Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə436/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Mahalla - estetik tarbiyaning 
muhim vositasi.
Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga ta'siri nihoyatda katta. Modomiki
mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo'lib, u bugun shaxsning ijtimoiy–siyosiy faolligini 
oshirishga, uning ijtimoiy–huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko'mak beruvchi makon 
sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga 
yaqindan ta'sir ko'rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o'z 
navbatida o'z oldigan qo'ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli 
jihatdan tarbiyalaydi. Chunonchi mahalla; - o'ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi
ko'rkamligini hamda fuqarolarning hamjihatligini ta'minlashi bilan; - turmush nafosati va 
muomala estetikani shakllantirib, insonlar qalbida ijobiy tuyg'ular, yaxshi orzularni namoyon 
ettirishi bilan; - mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo'l qo'ymasligi hamda 
qo'shnichilik madaniyatini kamol toptirishi bilan; - san'at, madaniyat, ma'rifat arboblari, ilm 
ahllari ishtirokida bo'ladigan rang-barang mavzulardagi ma'ruzalarni, suhbatlarni uyushtira olishi 


18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI 
272 
bilan; - isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo'l qo'ymagan holda urf-odatlar, an'analar, 
marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli, chiroyli o'tishini ta'minlashi va hokazo shu kabilar 
bilan inson estetika tafakkurini shakllantirishda birlamchi maskan bo'lib hisoblanadi. 
Tabiat - 
estetik tarbiyaning zaruriy vositasi.
Shuni maxsus ta'kidlash kerakki, zamonaviy inson 
tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo'lib hisoblansa, bu 
jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa 
qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo'lib yetishishiga monelik ko'rsatadi. Shuning 
uchun inson va tabiat o'rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi 
vaqtda bu muammoni chetlab o'tish maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Ma'lumki, inson o'zining 
ma'naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib 
kelgan. Tabiatdagi go'zalliklardan bahramand bo'lishlari barobarida uni nafosatli tarzda 
o'zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi 
bir necha o'n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil 
etish davri bo'ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabatni abadul abad 
buzib qo'yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr o'rtalariga kelib inson faoliyati 
yerdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi xavfi yana ham aniqroq 
namoyon bo'lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o'zgarish yer atmosferasida yuz berayotganligi 
barchamizga ayon. Bu ayniqsa, karbonat angidrid va azot okisi singari “parnik” gazlariga 
taalluqlidir... Bu xolning insoniyatga qanday ta'sir ko'rsatishini ilgaridan aytib berish qiyin, 
chunki global iqlim g'oyatda murakkab tizimdir. Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo'lib 
kelgan va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo'nalishini, yog'inlar 
miqdorini o'zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg'oq hududlarida yashovchilarga havf–
hatar tug'dirib dengizlardagi suvning sathi ko'tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko'payib 
ketgan va borgan sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari 
bor, Ushbu qo'shimcha ta'sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi 
esdan chiqarmaslik kerak. Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo'ladigan 
munosabati estetik jihatdan to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi hamda uning estetik «no'noqligi» bois 
ular o'rtasida katta bo'shliq yuzaga keldi; bu bo'shliq insoniyat boshiga misli ko'rilmagan 
talofotlarni solishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish pirovardida inson ehtiyoji uchun 
zarur bo'lgan ko'plab tabiiy–moddiy boyliklarni tejab qolishga, atrof–muhit musaffoligini 
ta'minlashga, o'simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng asosiysi inson genofondining 
yo'q bo'lib ketish havfining oldini oladi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin