46
1.
w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
3.w.w.w.ziyonet.uz
4.w.w.w edu.uz
5.tdpu-INTRANET.Ped
Tarbiya metodi
(yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li.
Maktab
amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari
va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi.
Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga
ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining
xususiy
qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy
takomillashtirish
tarbiya usullari
deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi,
alohida
harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq
erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan
so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng
ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya
metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri
qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri.
Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.
Amaliyotda
tarbiya vositalari
tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir
ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita –
bu usul ham emas,
metod ham emas. Masalan, mehnat –
tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni
baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq
replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni
muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va
vositalar tizimi sifatida
aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi.
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi
samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u
qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: