4
MA’RUZALAR MATNI
Ma’ruza 1
MАVZU: TARBIYA IJTIMOIY-TARIXIY ZARURAT SIFATIDA.
R е j а :
1. “
Boshlang’ich ta’limda tarbiya” fani haqida tushuncha.
2. Tarbiyaviy ishlarning metodologik asoslari.
3. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berish.
Tayanch tushunchalar:
tarbiya, metod, metodika, tarbiyaviy ishlar, ilmiy-tadqiqot
metodlari.
Mustaqil ta’lim topshirig’i
Mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar
Amalga oshirish shakli
Tarbiyaviy
ishlarning
metodologik asoslari.
1. Salayeva M.S. Umumiy
pedagogika.
Darslik.
-
Toshkent
“Nodirabegim”.
2021. – 408 bet.
2.
Ismatova Nargiza va
boshalar. Tarbiya 1,2, 3,4.
Darslik. G‘afur G‘ulom
nomidagi
nashriyot-matbaa
ijodiy
uyi.:
Toshkent
–
2020.6-bet.
“Boshlang’ich
ta’limda
tarbiya”
fanining maqsadi va
vazifalari, asosiy tushuncha va
tamoyillari haqida taqdimot
tayyorlash.
Tarbiyaviy ishlarning maqsad
va vazifalari haqida ma’lumot
berish.
1.
SarsenbayevaR.M.
Tarbiyaviyishlar
metodikasi.O‘quv qo‘llanma.
- T.; 2019.13-bet.
2.Dexkanova M.U. Tarbiyaviy
ishlar metodikasi.
O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
“Boshlang’ich
ta’limda
tarbiya”
fanining mazmuni,
mohiyati
va
shaxs
tarbiyasidagi
roli
haqida
ko’rgazmalar tayyorlash.
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr
1. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent. “Nodirabegim” nashryoti. 2021-yil.8-b.
2. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O’quv qo’llanma.Toshkent.O’qituvchi nashryoti. 2021-
yil.209-bet.
3. Istamova N . va boshqalar. Tarbiya 1,2,3,4. Darslik. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi. Toshkent-2020-yil.203-bet.
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019-yil.17-bet.
5.Dexqanova M.U.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O’quv qo’llanma.Toshkent-2019 yil. 23-bet.
6. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-standart. 2017-
yil
.
9-bet
Elektron ta’lim resurslari:
1.
w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
3.w.w.w.ziyonet.uz
4.w.w.w edu.uz
5.tdpu-INTRANET.Ped
5
Hozirgi davrda mamlakatimizda tarbiyaviy ishlarning mazmuni barkamol avlodni
shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni
XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga
yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq,
maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab
chiqilgan. Birgina -Ta’lim to’g’risidagi Qonunning qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar
madaniyatiga, istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga
yo’naltirilganligini keltirish kifoya.
Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni
tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy , jismoniy, axloqiy, ma’naviy
sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun
zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga
qaratilgan bo’lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida
rivojlanadi.
Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida
faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini
anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan
jarayonlar bo’libgina qolmay, uning yetakchi g’oyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va
jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham o’z ichiga oladi. Zero, tarbiya ta’limga nisbatan
kengroq bo’lgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat
tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu jihatdan tarbiya ta’lim olish bilan
chambarchas bog’liq holda amalga oshiriladi. Ta’lim – tarbiya orqali shaxda ezgu ma’naviy –
axloqiy sifatlar tashkil topadi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom
Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: ―Albatta, ta’lim – tarbiya ong
mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini
shakllantiradigan va boyitadigan muhim omildir. Binobarin, ta’lim – tarbiya tizimini va shu
asosda ongni o’zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi..... har qaysi ota – ona,
ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rish kerak. Ana shu oddiy talabdan
kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli
yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va
vazifasi bo’lishi lozim.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish joizki, insonning boy ma’naviy-tarixiy
jarayonida samarali foydalanish, o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, xalqparvar, yuksak
ma’naviyatli etib voyaga yetkazish, insoniy fazilatlarni singdirishda tarbiyaviy ishlarni to’g’ri
tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- maqsadning aniq mezonlarda ifodalanishi;
- faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi;
- bolalar tarbiyasidagi faoliyatni o’qituvchi, ota – ona va jamoa bilan hamkorlikda
boshqaruvni ta’minlash muhimdir.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy
fazilatlarni singdirish ko’p jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil
etishga bog’liq. Ular quyidagi omillarni qo’llash asosida vujudga keladi:
6
- tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik
hayotiy voqyealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun
yondoshuv kabilardir;
- tarbiyaviy ishlarning maqsadi, aniqligi va ta’sirchanligi. Tarbiyaviy jarayonni
loyihalashtirish, shakl, metod, shart – sharoitlarni oldindan aniqlab qo’yilgan maqsadga
muvofiqlashtirish;
-
tarbiyachi
va
tarbiyalanuvchilarning
o’zaro munosabatlari. Tarbiyachi va
tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqot va munosabatda bo’lishlari, ruhiy shart – sharoitlar
yaratilishi, tarbiyaviy tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi,
tarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir.
-o’quvchi – yoshlarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish. Tarbiyaviy
tadbirlarni tashkil qilishda o’quvchi yoshlarning faolligi ko’p jihatdan ixtiyoriylik, tashkilotchilik
va ijodkorligiga bog’liq;
- tarbiyaviy ishlar ta’lim jarayonida olgan bilimlariga uyg’un bo’lishi. Tarbiyaviy ishlarni
rejalashtirishda turli fanlarning integrasiyasi hisobga olish ijobiy xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy
ishlar metodikasi yosh avlodni har tamonlama barkamol avlod qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy
g’oyani singdirishda har tamonlama ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqaroning ilm olishi, o’z qobiliyatlarini
har tomonlama rivojlantirish ta’kidlanadi. Ta’lim to’g’risida qabul qilingan qonunda maktabning,
unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaning mazmuni amalga oshirilishi lozim bo’lgan
tarbiyaning vazifalari belgilab berildi.
Ma’lumki yosh avlodga tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarga tarbiya berish, ularga ta’lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo,
tarbiyaning o’z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari mavjud. O’qish va tarbiya
jarayonining uzviyligi ta’lim muassasalari oldiga qo’yilgan eng muhim pedagogik vazifalardan
biri hisoblanadi. Shuning uchun 1-sinfdan, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o’quv
jarayoni bilan bog’langandir.
Har bir fanning predmeti, o’rganish obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud
bo’lganidek, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ham predmeti, o’rganish obyekti va amalga
oshirilishi lozim bo’lgan vazifalari bor.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan
barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu o’qituvchilarga katta
mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o’qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga
javob bermog’i lozim. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”ning bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib
tarbiyalashdan iborat etib belgilangan.
Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda
ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash,
ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar
tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarbiyaviy ishlar
shaxs kamolotining uzluksizligini va uzviyligini muvaffaqiyatli ta’minlaydi. Shu jihatdan
tarbiyaviy ishlar tizimi shaxs kamolotining eng muhim va zaruriy omillaridan biri hisoblanadi.
Albatta, bunda tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish muhimdir. O’zbekiston
mustaqilligi tufayli shaxsni tarbiyalashga, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratib
kelinmoqda. Uning mazmunida yoshlar tarbiyasi muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, O’zbekiston
Respublikasining birinchi prezidenti tomonidan 2008 yilni ―Yoshlar yili va 2010 yilni
7
―Barkamol avlod yili 2012 yilni ―Mustahkam oila yili deb e’lon qilinishi va ushbu yillar
bo’yicha davlat dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar
to’g’risidagi Farmoyishning qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama yetuk, jismonan va ma’nan
sog’lom, barkamol avlodni tarbiyalashni maqsad qilib belgilab berdi. Shuni alohida ta’kidlash
kerakki, tarbiya barkamol avlodning uzluksiz rivojlanishini ta’minlaydi. Tarbiyaviy ishlar sog’lom
hayot, sog’lom turmush tarzi, sog’lom e’tiqod, barkamollik kabilarning asosiga aylanadi.
Barkamol avlodni tarbiyalash mazmunida milliy qadriyatlarga sadoqat, jamiyatdagi tinchlik,
xotirjamlikni saqlashga ongli munosabatda bo’lish, tinch va farovon hayot yaratish, ijtimoiy
ma’naviyatni yuksaltirishga intilish kabi omillar tarbiyaviy ishlarda asosiy o’rin egallaydi. Shu
sababli bugungi yoshlar dunyoqarashida millat, Ona tuproq, Ona Vatan kabilar turli xil tarbiyaviy
tadbirlar, boy ma’naviy merosimiz haqidagi tushunchalar bilan tarkib topib boradi. Yoshlarni
tarbiyalashda ular ongida, millat, milliy axloq, milliy g’urur, milliy tarbiya, milliy g’oya, Vatan
tuyg’usi, Vatan qayg’usi, Vatan sog’inchi va shu kabi tushunchalarni sindirib borish, ularning
milliy dunyoqarashini kengaytirib borish tarbiya jarayonining asosiy maqsadlaridan biri
hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va
mashqqa degan edi, ulug’ olim Arastu. Shunga asosan tarbiya ishi bilan shug’ullanuvchilar
quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:
- tarbiyaviy ishlar jarayonida va tarbiyada ulg’ayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat
deb bilish, har bir bola, o’smir va yoshlarning o’ziga xosligini hurmat qilish;
- milliylikning o’ziga xos an’ana, vositalariga tayanish, milliy merosga asoslanish;
- o’quvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, to’laqonli
bolalar yosh jihatlariga mos turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga qatnashishini ta’minlash,
mehnat, ijtimoiy foydali, ko’ngilochar tadbirlar tashkil etish lozim.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviy, axloqiy
jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy
qadriyatlarga, urf-odatlar va an’analarga tayanib, ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib
tarbiyalashdir. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
- o’quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib, unga tarbiyaviy ta’sir
ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ;
- tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo’lgan metodlarni tanlab, ko’zlangan maqsadga
erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ;
- ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z faoliyatida ijodiy foydalanish ;
- tarbiyaviy ishlarning o’quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni
yanada rivojlantirish va takomillashtirish ;
- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim.
Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bilan birga MO’D
lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi.
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Aniq
maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir qilishini tashkil etish
tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.
2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini
hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Shuning uchun
o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish
maqsadga muvofiqdir.
8
Tarbiya metodlari. Yosh avlodni tarbiyalashda turli xil metod va vositalardan, zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Metod (lotincha-metodos-yo’l so’zidan
olingan bo’lib) tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilingan. Metodika (yunoncha-
metodika) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig’indisi
yoki o’qitish tarbiyalash usullari va vositalari degan tushunchani anglatadi.
Tarbiya metodlari - pedagog-o’qituvchilarning o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish usullari,
vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini
pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo’llaridir.
Tarbiya metodlari tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ishlarini to’g’ri tashkil etishda muhim
vosita bo’lib, bola shaxsining har tamonlama kamol topishi bilan belgilanadi va tarbiyaviy ishlar
jarayoniga taalluqli bo’lgan ko’pgina tarbiyaviy ta’sirlarni o’z ichiga oladi. Tarbiya metodlari
ijtimoiy jamiyat tamonidan ta’lim muassalari oldiga Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining
predmeti va vazifalari o’quvchilarni yuksak darajada tarbiyalash san’atining qirralari, shakllari va
yo’llari hamda o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish haqida baxs yuritadi; ta’lim
muassasalarida tarbiya ishlarini to’g’ri tashkil etish. O’quvchilarni ma’naviy, axloqiy jihatdan
intellektual salohiyatli etib tarbiyalash o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash,
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish, tarbiya ishlarida zarur bo’lgan metodlarni
qo’llay bilish,tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini rivojlantirib borish, har
tamonlama barkamol, erkin, ijodkor, tashkilotchi, mustaqil fikr egasi bo’lgan shaxsni tarbiyalash
vazifasini
o’z ichiga oladi. Tarbiya metodlari o’qituvchi va jamoa tamonidan
tarbiyalanuvchilarning g’oyaviy va ma’naviy e’tiqodlarini, ma’naviy his tuyg’u va odatlarini
tarkib toptirish maqsadida qo’llanadigan shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini anglatadi.
Metodlar
tarbiyaning
maqsad
va
mazmuniga
bog’liq
bo’ladi.
Shuning
uchun
tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali
foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. O’qituvchi o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib
borganda turli xil usul va vositalarni qo’llaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga
ajratish, ta’sir qilish zarurligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |