XIV-BOSQICH.
- Har bir o’quvchiga ballar qo`yilgach (har bir o`quvchi baholangach) trener mashg‘ulotga yakun
yasaydi. O`quvchi-talabalarning faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o`z fikrini bildiradi
va quyidagi savollar bilan ularga murojaat qiladi:
1.
bugungi mashg‘ulotdan nimalarni bilib oldingiz?
2.
Nimalarni o`rgagandingiz?
3.
Nimalar sizlar uchun yangilik bo`ldi?
4.
Yana nimalarni bilishni istar edingiz?
AQLIY HUJUM.
90
Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qo`llaniladigan, ko`plab g‘oyalarni ishlab chiqish
mumkin bo`lgan metoddir. Bu haqiqatan ham o`quvchilarning o`quv jarayonida faol ishtirok
etishlari, turli g‘oyalarni bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo`llashlari, turli
g‘oyalrni bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo`llashlari, ilhom bilan
ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag‘batlantiruvchi metoddir. Aqliy hujum shuning uchun
ham faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g‘oya guruhning
barcha ishtirokchilarini bir xilda o`ziga tortib oladi. O`qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi
zarur, keyin esa o`quv faolligi 5-10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi.
Aqliy hujum turli tarzda qo`llanilishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish
uchun, yangi savol qo`yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun.
ASOSIY QOIDALARI QUYIDAGILAR:
1.
Aytilayotgan barcha g‘oyalar bir-biriga nisbatan muhimlikda tengdir.
2.
Kiritilayotgan g‘oyalarga nisbatan tanqid mavjud emas.
3.
G‘oyani taqdim etayotgan paytda so`zlovchining gapini bo`lmaslik.
4.
So`zlovchiga nisbatan baholovchi component mavjud emas.
1.
METOD-guruhning barcha ishtirokchilariga bir mavzu va bir savol qo`yiladi.
1.
O`qituvchi o`quv jarayonida tashabbusni o`z qo`liga shunday tarzda oladi: u auditoriyadagi
barcha o`quvchilarga savol beradi va qandaydir maxsus mavzuga daxldor barcha mumkin
bo`lgan fikrlarni aytishni so`raydi.
2.
Barcha, hatto axmoqona goyalarni ham aytishga ruxsat beriladi. Aytilayotgan fikrlar ichida
birgina asosiy mavzu saqlanib qolishi shart.
3.
Birortasining ham fikri sharhlanmaydi, tanqid qilinmaydi, baholanmaydi.
4.
Asosiy fikrlarni o`qituvchi flip-karta, doskaga yozib oladi yoki ekranda ko`rsatadi.
5.
Aqliy hujum tugagach, barcha g‘oyalar to`planishi, guruhlarga ajratilishi yoki
kategoriyalarga bo`linishi mumkin.
2.
METOD- barcha mavzu va savollar umumiy yo`nalishi saqlangan holda katta guruh
tarkibidagi guruhchalariga taqdim etiladi.
1.
O`qituvchi umumiy mavzu bo`yicha bir necha, balki 4-6 ta savol tayyorlashi mumkin.
2.
Katta guruh kichik guruhchalarga ajratiladi va har bir guruhchaga aqliy hujum o`tkazish
uchun alohida savol beriladi.
3.
Har bir guruhcha aqliy hujum mahsulotini yozib olish uchun bittadan kishi ajratadi,
keyinchalik, jarayon tugashi bilan uni guruhning barcha a`zolariga taqdim etadi.
4.
G‘oyalar har bir guruhcha tomonidan katta sahifaga markerdan fodalanib yozib linishi
mumkin. Shunday sahifa- plakatning yuqorisiga tayyorlangan savollar yozib qo`yiladi.
Sahifa-plakat jarayonning oxirida har bir xoxlovchi nima yozilgan va jamlanganligini
ko`rishi uchun osib qo`yiladi.
5.
Aqliy hujumning bu metodi vaqtning qisqacha davrida bir savolning bir necha jihati ishlab
chiqilishi zarur bo`lgan joyda, ayniqsa, foydalidir.
6.
Oqituvchi rahbar-yordamchi sifatida harakat qiladi va bir guruhda ikkinchi guruhga aqliy
hujum amalgam oshirilayotgan paytda o`tib turadi.
|