O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

XIV-BOSQICH.
- Har bir o’quvchiga ballar qo`yilgach (har bir o`quvchi baholangach) trener mashg‘ulotga yakun 
yasaydi. O`quvchi-talabalarning faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o`z fikrini bildiradi 
va quyidagi savollar bilan ularga murojaat qiladi: 
1.
bugungi mashg‘ulotdan nimalarni bilib oldingiz? 
2.
Nimalarni o`rgagandingiz? 
3.
Nimalar sizlar uchun yangilik bo`ldi? 
4.
Yana nimalarni bilishni istar edingiz? 
AQLIY HUJUM.


90 
Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qo`llaniladigan, ko`plab g‘oyalarni ishlab chiqish 
mumkin bo`lgan metoddir. Bu haqiqatan ham o`quvchilarning o`quv jarayonida faol ishtirok 
etishlari, turli g‘oyalarni bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo`llashlari, turli 
g‘oyalrni bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo`llashlari, ilhom bilan 
ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag‘batlantiruvchi metoddir. Aqliy hujum shuning uchun 
ham faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g‘oya guruhning 
barcha ishtirokchilarini bir xilda o`ziga tortib oladi. O`qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi 
zarur, keyin esa o`quv faolligi 5-10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi. 
Aqliy hujum turli tarzda qo`llanilishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish 
uchun, yangi savol qo`yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun. 
ASOSIY QOIDALARI QUYIDAGILAR:
1.
Aytilayotgan barcha g‘oyalar bir-biriga nisbatan muhimlikda tengdir. 
2.
Kiritilayotgan g‘oyalarga nisbatan tanqid mavjud emas. 
3.
G‘oyani taqdim etayotgan paytda so`zlovchining gapini bo`lmaslik. 
4.
So`zlovchiga nisbatan baholovchi component mavjud emas. 
1.
METOD-guruhning barcha ishtirokchilariga bir mavzu va bir savol qo`yiladi. 
1.
O`qituvchi o`quv jarayonida tashabbusni o`z qo`liga shunday tarzda oladi: u auditoriyadagi 
barcha o`quvchilarga savol beradi va qandaydir maxsus mavzuga daxldor barcha mumkin 
bo`lgan fikrlarni aytishni so`raydi. 
2.
Barcha, hatto axmoqona goyalarni ham aytishga ruxsat beriladi. Aytilayotgan fikrlar ichida 
birgina asosiy mavzu saqlanib qolishi shart. 
3.
Birortasining ham fikri sharhlanmaydi, tanqid qilinmaydi, baholanmaydi. 
4.
Asosiy fikrlarni o`qituvchi flip-karta, doskaga yozib oladi yoki ekranda ko`rsatadi. 
5.
Aqliy hujum tugagach, barcha g‘oyalar to`planishi, guruhlarga ajratilishi yoki 
kategoriyalarga bo`linishi mumkin. 
2.
METOD- barcha mavzu va savollar umumiy yo`nalishi saqlangan holda katta guruh 
tarkibidagi guruhchalariga taqdim etiladi. 
1.
O`qituvchi umumiy mavzu bo`yicha bir necha, balki 4-6 ta savol tayyorlashi mumkin. 
2.
Katta guruh kichik guruhchalarga ajratiladi va har bir guruhchaga aqliy hujum o`tkazish 
uchun alohida savol beriladi. 
3.
Har bir guruhcha aqliy hujum mahsulotini yozib olish uchun bittadan kishi ajratadi, 
keyinchalik, jarayon tugashi bilan uni guruhning barcha a`zolariga taqdim etadi. 
4.
G‘oyalar har bir guruhcha tomonidan katta sahifaga markerdan fodalanib yozib linishi 
mumkin. Shunday sahifa- plakatning yuqorisiga tayyorlangan savollar yozib qo`yiladi. 
Sahifa-plakat jarayonning oxirida har bir xoxlovchi nima yozilgan va jamlanganligini 
ko`rishi uchun osib qo`yiladi. 
5.
Aqliy hujumning bu metodi vaqtning qisqacha davrida bir savolning bir necha jihati ishlab 
chiqilishi zarur bo`lgan joyda, ayniqsa, foydalidir. 
6.
Oqituvchi rahbar-yordamchi sifatida harakat qiladi va bir guruhda ikkinchi guruhga aqliy 
hujum amalgam oshirilayotgan paytda o`tib turadi. 


91 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin