125
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TARBIYA FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM
MAVZULARI
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladiganmavzular:
Bakalavr mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan
holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo‘yiha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; masofaviy ta’lim.
Bakalavr talabaga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi
kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan
muddatda nazariy material konspekti, referati ko‘riladi, test yoki savol-javob o‘tkaziladi.
Mustaqil ishni tashkil etishda unga mo‘ljallangan har bir bo‘lim bo‘yicha adabiyotlar talaba
tomonidan o‘rganilishi, mustaqil ish uchun mo‘ljallangan nazariy va amaliy bilim mavzularini
o‘zlashtirish, har bir bo‘lim bo‘yicha berilgan topshiriqlarning mos varianti talaba tomonidan
bajarilishi, Powerpoint, Maple dasturlaridan foydalanib, ularni prezentatsiya ko‘rinishida
tayyorlab topshirishi talab qilinadi. Jarayon o‘qituvchi tomonidan uzluksiz nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: