120
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.108-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.203-bet.
O’zbekistonda ta`lim-tarbiya sohasini isloh qilish maqsadida «Ta`lim-tarbiya to’g’risida»gi
qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning amaldagi holati muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev bu muammo ilmiy - nazariy va amaliy nuqtai nazardan asoslab,
o’quv-tarbiya jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, boshqarish,
maqsadga erishish samaradorlikni oshirishning muhim omili deb hisobladi.
Respublikamizda olib borilayotgan ta`lim-tarbiya islohotlari, mutaxassis kadrlar salohiyotini
oshirishga qaratilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlarida pedagoglarning metodik mahoratini oshirish
muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchilarimiz bu vaziyatdan chiqishda ularni o’z faoliyatiga
tanqidiy yondashib, psixologik jixatdan qayta ko’rib chiqib, ularni yangi sharoitda bolalarga
samimiy munosabatda bo’lish, ularni rivojlantirishda shaxsiy yondashuv, hamkorlik,
hamijodkorlik, individuallashish asosida, ularni ta`lim - tarbiya jarayoniga motivatsiya hosil qilish
orqali ta`lim jarayonida faol ishtirokini ta`minlashga barcha kuchlarini va e`tiborlarini qaratishni
talab etadi. Agar o’qituvchi o’zining faoliyatni kuzatib borsa, tahlil qilsa, o’ziga baho bera olsa,
o’z faoliyatiga tuzatishlar, yangiliklar kirita olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Shu sababli ham respublikamizda interfaol metodlarni o’quv jarayoniga qo’llash keng joriy
etilmog’i kerak. Bu o’z navbatida o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, demokratiyalashtirish,
liberilizatsiyalashni tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o’quv jarayoni
markazida o’quvchi shaxsi, uning extiyoji bo’lmog’i lozim. O’quv jarayoni uning hoxish, istagiga
qaratilgan, yo’naltirilgan bo’lmog’i talab etiladi. SHaxsga qaratilgan ta`lim o’quvchini o’quv –
biluv faoliyatini tashkil etishning harakatlantiruvchi, qiziqish, extiyojini, hoxish, istaklarini
ro’yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: