O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

 
 
 
 
 
 
 
 
Aytib o’tilganidek, barcha shaxslarda bo’lgani kabi pedagoglarda ham kreativlik sifatlari 
o’z-o’zidan rivojlanmaydi. Shunga ko’ra, tadqiqotlarda shaxs (jumladan, pedagoglar)da 
kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir qator yo’llari yoritiladi. Patti Drepeau 
tomonidan ham shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli 
rivojlantirishning to’rtta yo’li ko’rsatilgan: 
- Kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirish; 
-
Amaliy kreativ harakat ko’nikmalarini rivojlantirish; 
-
Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish; 
Kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. 
Topshiriq:
Quyida keltirilgan rasm qaysi sinf darsligidan olingan? 
Tafakkur tezligiga 
egalik 
Tavakkal qila olish 
qobiliyati 
Eruditsiya 
(bilag’onlik) 
Mantiqiy fikrlash 
qobiliyati 
O’z ijodkorligini to’la- 
to’kis namoyish etish 
Refleksiya qobiliyati 
Ijodiy ta’sirchanlik va 
tashabbuskorlik 
Innovatsion qobiliyatga 
egalik 
O’ziga xos (orginal) 
g’oyalarni ilgari sura 
olish qobiliyati; 


119 
Topshiriq:
4-sinf o’quvchilari uchun tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tuzish. 
14-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish. 
Reja: 
1.Mavzu yuzasidan nazariy ma’lumotlarga asoslanib savol-javoblar jamlanmasini tuzish. 
2. Tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tuzish. 
Maqsad: 
Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish bo’yicha bilim, 
ko’nikma va malakalarni rivojlantirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 107-bet.
 
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.213-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
 


120 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.108-bet.
 
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.203-bet. 
 
O’zbekistonda ta`lim-tarbiya sohasini isloh qilish maqsadida «Ta`lim-tarbiya to’g’risida»gi 
qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning amaldagi holati muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev bu muammo ilmiy - nazariy va amaliy nuqtai nazardan asoslab, 
o’quv-tarbiya jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, boshqarish, 
maqsadga erishish samaradorlikni oshirishning muhim omili deb hisobladi. 
Respublikamizda olib borilayotgan ta`lim-tarbiya islohotlari, mutaxassis kadrlar salohiyotini 
oshirishga qaratilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlarida pedagoglarning metodik mahoratini oshirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchilarimiz bu vaziyatdan chiqishda ularni o’z faoliyatiga 
tanqidiy yondashib, psixologik jixatdan qayta ko’rib chiqib, ularni yangi sharoitda bolalarga 
samimiy munosabatda bo’lish, ularni rivojlantirishda shaxsiy yondashuv, hamkorlik, 
hamijodkorlik, individuallashish asosida, ularni ta`lim - tarbiya jarayoniga motivatsiya hosil qilish 
orqali ta`lim jarayonida faol ishtirokini ta`minlashga barcha kuchlarini va e`tiborlarini qaratishni 
talab etadi. Agar o’qituvchi o’zining faoliyatni kuzatib borsa, tahlil qilsa, o’ziga baho bera olsa, 
o’z faoliyatiga tuzatishlar, yangiliklar kirita olish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Shu sababli ham respublikamizda interfaol metodlarni o’quv jarayoniga qo’llash keng joriy 
etilmog’i kerak. Bu o’z navbatida o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, demokratiyalashtirish, 
liberilizatsiyalashni tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o’quv jarayoni 
markazida o’quvchi shaxsi, uning extiyoji bo’lmog’i lozim. O’quv jarayoni uning hoxish, istagiga 
qaratilgan, yo’naltirilgan bo’lmog’i talab etiladi. SHaxsga qaratilgan ta`lim o’quvchini o’quv – 
biluv faoliyatini tashkil etishning harakatlantiruvchi, qiziqish, extiyojini, hoxish, istaklarini 
ro’yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin