114
Korreksion-pedaaogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab
psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora- tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi
pedagogik tizim.
Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion- profilaktik faoliyatlar bilan
birqatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish, psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini
ta’minlaydi. Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar
yordamida anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit
jarayon.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi
xususiyatlariga ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat.
Korrektsion - tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan
foydalaniladi. Korrektsion —tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o’qitish jarayonida amalga
oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat
ta’limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o’z ishlarini rejalashtirish ko’nikmalari,
og’zaki ko’rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa
malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal
rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlaryaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal
bolalar uchun davolash-korrektsion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va
nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo’ladi.
Korrektsion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o’zgartirish, uning
emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat,
badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
Korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim o’qishda va maktabda anomal bolalarga o’z vaqtida malakali
yordam ko’rsatishni ta’minlovchi differcnsial ta’lim tizimi bo’lib, uning asosiy vazifasi bola
rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning
rivojlanishi va o’qishidagi kamchiliklarni yo’qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va
ko’nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.
Korrektsion-pedagogikaning paydo bo’lishi, tashkil topishi va rivojlanishi. Rivojlanishida
nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-pedagogik faoliyat boy tarixiy
tajribalarga ega. Anomal (yunoncha anomalos — noto’g’ri) bolalarga jismoniy yoki psixik
nuqsonlari umumiy rivojlanishini buzilishiga olib keladigan bolalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: