111
Non! Shu non bizlar
dasturxonimizga kelguncha, ushatulguncha qanchadan qancha mehnatkash
qo’lidan o’tadi. Shuning uchun ham shunchalar shirin, shunchalar tabarrukdir.
8 – o’quvchi:
Mehnat lazzatini surmoqda Vatan.
To’kinlik rizqi deb yozamiz dasturxon
Ota – bobolarning odatin qilib
Hatto, ushog’ini e’zozlaylik har on.
O’qituvchi:
Mana, bolalr, yaqinda 3 – non zavodiga borib, u yerda nonni pishirilishini o’z
ko’zingiz bilan ko’rdingiz. Qani bolalar non qanday tayyorlanar ekan? Kim aytadi?
9 – o’quvchi:
Bug’doy uni saralanadi, quritiladi, haydalgan yerga seyalka bug’doyni ekadilar.
Dehqonlarimiz tinmay mehnat qiladilar. Bug’doy mana bunday o’sa boshlaydi (undirilgan
bug’doy ko’rsatiladi) Keyin gullab boshoq tugadi va mana bunday oltin kabi yetiladi. So’ngra un
qilinadi. Qoplanadi va un zavodlariga yuboriladi. U yerda nonvoylarimiz non yopadilar. Yopilgan
nonlarni biz hali shirin uyqumizda yotgan paytimizda mashinalarda magazinlarga tarqatiladi.
O’qituvchi:
Mana qarang bolalar qancha mehnat sarflanar ekan. Siz yaxshi niyat bilan juda ko’p
mehnat natijasida tayyorlangan nonlarning isrof bo’lib partalar ostida, hatto ko’chalarda yerga
tushib, uvol bo’lib yotishiga qanday qaraysiz?
(Bolalar o’z fikrlarini aytadilar)
Dostları ilə paylaş: