Reja:
1.Trening haqida tushuncha.
2.Boshlang’ich sinflarda trening o’tkazish.
Maqsad:
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy trening turlari , ularning mazmuni va
mohiyati haqida bilim, ko’nikmalarni rivojlantirish.
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma.
Toshkent, “Fan” 2008 y. 101-bet.
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.183-bet.
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.172-bet.
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.200-bet.
122
Zamonaviy psixologiya sohalarining muammolaridan biri har tomonlama barkamol
shaxslarni tarbiyalash va jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish, malakalarini rivojlantirish
hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda albatta, psixologik treningni o’ziga xos o’rni
mavjud bo’lib, hozirda mutaxassislar fanning imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqdalar
desak, mubolag’a bo’lmaydi. Natijada, shaxslararo munosabatlar orasida muloqot uslubining
o’zgarishi, muayyan kasbiy sohalardagi bilim, ko’nikma va malakalarning ortishi, rahbar,
menejer, tadbirkor, kadrlar menejeri, psixolog, murabbiyning faoliyati kabilarda, ayniqsa,
shiddatli sharoitlarda juda murakkab faoliyat turlarida yoshlarning peshqadamligi fanning asl
mohiyatini tahlil qilishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, bugungi globallashuv davri shaxslarida
muloqotga bo’lgan (ishlab chiqarish, ta’lim-tarbiya jarayoni, oilaviy munosabatlar, emotsional
sferaning barqarorligini ta’minlash kabilarda ) ehtiyojlarning kundan- kunga oshib borishi, ular
o’rtasida yuzaga keladigan turli nizoli vaziyatlarni bartaraf etish jarayonida albatta psixologik
treninglarning imkoniyatlarini kengligi ham hech kimga sir emas. Psixologik adabiyotlarni tahlil
qilganimizda treningga oid turli qarashlarni, amaliy tavsiyalarni uchratamiz. Xo’sh trening o’zi
nima? Treningni tashkil qilishdan maqsad nima? Trening shaxs barkamolligini shakllantirib bera
oladimi? kabi savollarga duch kelamiz. Avvalo, trening - bu odamning muloqot uslubini
o'zgartirishga, uyg'unlashtirishga, kerakli ko'nikmalarni singdirishga va boshqa odamlar bilan
o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan yoki ong osti xarakterga ega bo'lgan qarama-
qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin, hissiy jihatdan jadal o’quv faoliyat turi deb
ta’kidlasak ham xato bo’lmaydi. Trening - bu turli faoliyat sohalarida keng qo'llaniladigan juda
mashhur va keng tarqalgan o'qitish shaklidir. Kasbiy muvaffaqiyat ko'plab tarkibiy qismlardan
iborat, shu bilan birga, trening texnologiyasi odamning kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga
bo'lgan munosabatini o'zgartirishga, o'z-o'zini tarbiyalash va o'zini rivojlantirish zarurligini
anglashga yordam beradigan o’quv shakllardan biridir. Hozirgi davrda insonlarni eng tabiiy
bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo’lish, o’zgalarga samarali ta’sir eta
olishga intilishining kuchayishi, bo’lajak kadrlarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga
oshirishga tayyorlash, shuningdek, rahbar kadrlarni samarali boshqarish usuliga o’rgatish kabi
masalalarni echimini topish borasidagi ishlardan biri - bu ijtimoiy psixologiyaning asosiy sohasi
bo’lgan psixologik treninglarni tashkil etishdir. Trening tushinchasi ingliz tilidan kelib chiqqan
bo’lib, “train”, “training” ko’plab ma’nolarga ya’ni: o’qitmoq, tarbiyalamoq, (trenirovka) mashq
qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko’p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos
keladi.
Odatda trening mashg’ulotlari maxsus xonalarda yoki maxsus tanlangan joylarda (tabiat
quchog’ida) o’tkaziladi. Lekin joyning tayyorlanishidagi asosiy talab shuki, shu guruh a’zolari bir
biriga hissiy yaqin bo’lishlari o’zaro bevosita ta’sir ko’rsatish yoki ko’zlariga boqish
imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak. Masalan: yumaloq stol atrofida kishilarning to’planishi yuzma-
yuz o’tirish va hakozolar. Bu “Men - o’yinda” deb ataluvchi holat bo’lib, ishtirokchilar,
boshlovchi ham doira shakldagi stol atrofida joylashadilar va o’rtaga tashlangan mavzu yuzasidan
erkin fikr almashish, hattoki, ayrim ishtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
123
Guruh a’zolarining qanday shakli stol atrofida o’tirishlari, yoki birbirlariga nisbatan fazoviy
joylashishlariga qarab, shaxslarni o’zlarini ruhiy his qilishlari ham har xil bo’ladi. Masalan: agar
trening guruhi a’zolari to’rt burchak stol atrofida joylashgan bo’lsalar bunda har bir a’zoning
fazoviy tavvurlari va munosabatlari bahs-munozaraga moyil bo’ladi va bunday holat
“Menmunozaradaman” deb ataladi.
Yoki taxminan 1,5 metrga 2 metr diametr yumaloq stol atrofida o’tkazilayotgan suhbatdagi
shaxs holati ‘Men o’yindaman’ deb atalsa yumshoq yuza (Krislo, gilam va devan) ustida
xohlagan qulay holat bo’lsa
Dostları ilə paylaş: |