INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
262
QISQA MUDDATLI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINI TASHKIL
ETISH
Jo'rayeva Xolida
Meliboyeva Farangiz
Abdurasulova Ozoda
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 4- bosqich talabasi
Abstrakt :
Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining
mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan
tasdiqlangan Maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturiga hamda Ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturida
belgilab beriladi.
Annotatsiya :
Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining
mazmuni moslashuvchan xususiyatga ega, shuningdek, bolaning o‘ziga xos,
shaxsga yo‘naltirilgan kamol topishini ta’minlaydigan innovatsion pedagogik
texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Kalit
so'zlar
:qisqa.muddatli,maktabgqcha
ta'lim,tashkil
etish
,guruxlar,metodika,qo'llanma,uslub ,
Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayoni yakka tartibdagi va
birgalikdagi faoliyatning har xil shakllarini —
ham katta yoshdagilarning
bolalar bilan, ham bolalarning o‘zlari ishtirokidagi shakllarini o‘z ichiga oladi.
Negizida qisqa muddatli guruh tashkil etilgan maktabgacha ta’lim
tashkilotining rahbari bolalar bilan metodik ishlarni tashkil etadi,
qisqa
muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini va hujjatlar
yuritilishini nazorat qiladi.
Qisqa muddatli guruhlarda bolalar bilan mashg‘ulotlarni tashkil etishda
ta’lim yuklamasi bir haftalik ta’lim yuklamasining eng ko‘p
ruxsat etilgan
hajmidan va mashg‘ulotlarning eng ko‘p ruxsat etilgan sonidan oshmasligi
kerak.
Uzluksiz ta’lim faoliyati muddati sanitariya talablariga muvofiq
hisoblab
chiqiladi.Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida quyidagi qisqa
Muddatli guruhlar faoliyat ko’rsatishi mumkin:
Rivojlantirish guruhi – soni 20
nafardan kam, biroq 25 Nafardan ortiq
bo’lmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan
Bolalar uchun ularni har
tomonlama rivojlantirish, tengdoshlar Va katta
yoshli bolalar jamoasiga
moslashtirish maqsadida Tashkil etiladi; «Kelajakdagi o’quvchi» guruhi – soni