International scientific-online conference:
“INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM”
PART 18, 25.05.2022
21
XORIJIY INVESTITSIYALAR VA MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA TA’SIRI
https://doi.org/10.5281/zenodo.6581833
Rejapov Xayrilli Xikmatullayevich
Termiz davlat universiteti,
PhD
BEK MUHAMMAD NAIEM
Iqtisodiyot mutaxassisligi 2-kurs magistranti
Аnnotatsiya:Maqolada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar mohiyati
va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda o‘rni ochib berilgan. Shuningdek,
Аfg‘oniston iqtisodiyotini holati tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar: xorijiy investitsiya, iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sishni
The article explains the essence of foreign direct investment and its role
in the development of the country's economy. It also analyzes the state of
the Afghan economy.
Key words: foreign investment, economy, economic growth
В статье раскрывается сущность прямых иностранных инвестиций
и их роль в развитии экономики страны. А также анализирует состояние
афганской экономики.
Ключевые
слова:
иностранные
инвестиции,
экономика,
экономический рост.
Xar bir mamlakatning iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish
uchun xorijiy investitsiyalarni
jalb qilish siyosati, mavjud mablag‗lardan,
vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga,
mavjud shart-
sharoitlardan kelib chiqib boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo‗l bilan
mamlakat iqtisodiyotini ko‗tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga
qo‗shilishiga, rag‗batlantirish yo‗li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor
tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan
samarali foydalanishga
qaratilgan.
Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi,
ichki va tashqi
investitsiyalarni jalb qilishning ko‗lami, yo‗nalishlari va samaradorligi bevosita
investitsiya muhitiga bog‗liq. SHu sababli mazkur iqtisodiy atamaning tub
mohiyatini o‗rganish, yoritish va asoslab berishga bo‗lgan
turli iqtisodchi
olimlarning qarashlari va o‗ziga xos yondashuvlari orqali o‗zaro ilmiy
munozaralar hozirgi kunda ham davom etmoqda.