Buxoro davlat universitetining pedagogika


-rasm. Ustki qismda kattalashtirilgan hajmli englar ishlanmasi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

1-rasm. Ustki qismda kattalashtirilgan hajmli englar ishlanmasi: 
a,v – kesiklar chizig‘ini solish; b – eng qiyamasi bo‘yicha burmalar hosil qilish; g 
– taxlamachalar hosil qilish 
Pastga bir tekis kengaytirilgan eng uchun ajratishlar bir xil kattalikda 
bo‘lishi kerak, orqa tomondan ko‘proq kengaytirilgan eng uchun ajratishlar bir xil 
bo‘lmaydi: old va o‘rta – kamroq, tirsakdagi – ancha kattaroq. 
Butun uzunlik bo‘yicha bir tekis kengaytirilgan englar. Eng qiyamasi va pasti 
bo‘yicha bir tekis burma bilan bajariladi va manjet yoki rezinka bilan tugatiladi. 
Ularni to‘g‘ri eng asosida modellashtiriladi, o‘rta chzig‘ bo‘yicha kesiladi va 
burmalar istalgan miqdoriga qarab 6-12 sm ga suriladi. Eng uchida tushib turish 
hosil qilish uchun 3-6 sm qo‘yim beriladi. 
Ustki qismida tor va pastga qarab kengaytirilgan eng shaklan qiziqarli (2-rasm). 
U ham to‘g‘ri eng asosida modellashtiriladi. Bu maqsadda eng qiyamasi uchidan 
(O
2
nuqtadan) pastga vertikal bo‘yicha eng old kesiki bo‘yicha 6-8 sm, orqa kesiki 
bo‘yicha 4-6 sm qo‘yiladi. Topilgan nuqtalar orqali eng o‘mizining pasaytirilgan 


chizig‘i belgilanadi. Engning qolgan qismi 8 qismga bo‘linadi (har bir 
yarimtalikka 4 qismdan).
Eng belgilangan chiziqlar bo‘yicha kesiladi va har bir hosil qilingan qism eng 
qiyalamasining pasaytirilgan chizig‘i bo‘yicha o‘rtadan boshlab yon kesiklar 
tomoniga shunday kesiladiki, ular buzilib ketmasin. Eng qismlari teng 
masofalarga suriladi (loyihalanuvchi klyoshga qarab 3-4 sm ga). Keyin eng 
pastining yangi chizig‘i belgilanadi. Tayyor eng pasti kengaytirilgan bo‘lib 
qolishi yoki manjetga burmalanishi mumkin. 
2rasm. Pasaytirilgan kengaytirish chiziqli eng chizmasini tuzish: 
a – asosga kesik chiziqlarini solish; b – eng tayyor andazasi 
Tantanalar va kechalar uchun ko‘ylaklarga eng boshi bo‘yicha fantaziyali 
burmalanishli eng taklif etiladi (3-rasm). Andaza tayyorlash uchun kesiklar 
gorizontal chiziqlari belgilanadi va har bir taxlamaga 10 sm dan qo‘yib 
belgilangan. CHiziqlar bo‘yicha detal uzunasiga suriladi. Eng o‘rta chizig‘i 
bo‘yicha kertik bajarib u qo‘shimcha ustki qismda kengaytiriladi. 
Engni ulashdan keyin hajmli boshcha taxlamalar chizig‘ini bo‘ylab yumshoq 
burmalanish bilan tushadi. 
Ulanuvchi eng asosida kalta englarning turli shakllari modellashtiriladi. Engning 
kerakli uzunligi aniqlanadi va belgilangan gorizontal chiziq bo‘yicha eng kesiladi. 
Hosil qilingan shaklda vertikallar solinadi, ular bo‘yicha englar suriladi. Ustki 


qismda surilsa, qiyamasi bo‘ylab burmalangan va pasti tor eng hosil qilamiz (3-
rasm, b). Istalsa pastida uni yon kesiklar bo‘yicha yoki har bir detalning uchini 
birini ikkinchisiga qo‘yib (0,5-1 sm ga) qo‘shimcha toraytirish mumkin. Fonarcha 
englar – engni detallarga kesib va ularni surib hosil qilinadi (3-rasm, g,d). Past 
bo‘yicha qismlarni ajratishda eng - qanotchalar hosil bo‘ladi (3-rasm, v). 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin