surilish
terrasalari
deyiladi. Surilish yuz bergandan keyin surilish yuzasining ochilib
qolgan qismi
surilish
yoki
cho’zilish devori
deb ataladi.
89
Surilish devorlarining balandligi bir necha o’n metrlargacha yetib, uzunligi
bir necha metrdan - bir necha yuz metr va undan uzun ham bo’lishi mumkin.
Masalan: Ohangaron vodiysidagi ba’zi surilishlar devorlarining balandligi
30-40 m bo’lib, uzunligi 600-700 m gacha boradi.
Qiyalik bo’ylab ko’chib tushayotgan massasi
surilish tanasi
deb ataladi.
Surilgan massaning kattaligi surilish devorining chegarasi ruy bergan joyning
kengligiga va surilgan massaning qalinligiga bog’liqdir.
Surilib tushgan massaning eng oldingi qismi,
surilish tili
deyiladi.
Surilish tanasi ustida va surilish devorlari atrofida hosil bo’lgan yoriqlar,
surilish yoriqlari
deb ataladi. Surilish yoriqlarining kengligi, chuqurligi va
uzunligi har-xil, kengligi 1-2 m, chuqurligi 5-7m, uzunligi 15-20m va undan
ortik bo’ladi. Surilish tabiiy va inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan holda ro’y
berishi mumkin.
14.2.Surilish hodisalarini o’rganish usullari va uning ahamiyati
Surilishga moyil bo’lgan qiyaliklarni tashqi ko’rinishi bir necha belgilarga
ega bo’lib, ularga qarab qiyaliklarni xar doim bilib olish mumkin. Ajralib ketgan
tog’ massasi o’rnida qator kontsentrik yoriqlar, qiyalikning uzunasi bo’ylab hosil
bo’ladi. Jinslarning qurilishi tufayli qiyaliklarni sirtini va ayniqsa paski qismlarini
yuzalari bo’rtishlariga sabab bo’ladi. Surilib kelayotgan jinslar bosimidagi qiyalik
ustun, bosim vallari hosil bo’ladir kiradi. Vallar va ko’tarilgan tepaliklar orasida
sharoitga qarab, yuzaki va yer osti suvlari to’planadi. Bu esa qiyaliklarni
botqoqlanishiga sabab bo’ladi va siljish ro’y beradi. Surilishlar hosil bo’lishi va
ular hosil bo’lishi va rivojlanishida ba’zi bir ma’lum sharoitlar rol’ o’ynaydi. Ular
orasida muhitlar: qiyaliklarning balandligi, qiyaligi, shakli, geologik tuzilishi,
jinslar xossasi, gidgeologik sifatidir. Hamma sharoitlar surilishga moil bo’ladi.
Surilish ko’tarib turgan va osilib turgan shakldagi qiyaliklarga xosdir. Surilish
jarayonlariga geologik tuzilishi ham ta’sir etadi. Surilishga moyil bo’lgan tipik
jinslar vakili - turli gilli jinslar bo’lib, ularga siljish deformatsiyasi xosdir. Bu
ko’pincha lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan hududlarga xosdir.
90
Surilishga jinslarning qovushqoqligi va ichki ishqalanish kuchlari ham
qarshilik ko’rsatadi. Massani pastga suruvchi kuchlarga - jins og’irligi, uning
ustidagi bino va inshoot og’irligi, yer osti suvlarining gidrostatik va
gidrodinamik bosimlaridir. Kt
1 bo’lganda qiyalik turg’un holatda bo’ladi; Kt= 1
bo’lgandagi holat muvozonatlashgan deyilib, ma’lum sharoitda qiyalik suriladigan
bo’lib qolishi mumkin; agar Kt
1 bo’lsa, qiyalik turg’un bo’lmagan holatda
bo’lib,surilish ro’y beradi.Surilish sabablarini N.V. Kolomenskiy va I.S. Komarov
bo’yicha 3 guruhdagi jarayonlarga bo’lish mumkin:
1) Qiyalikni balandligini va tashqi shaklini o’zgartiruvchi jarayonlar:
daryolar, jarliklar eroziyasi bazisi o’zgarishi, oqar suvlar va to’lqinlarning
yemiruvchi faoliyati; qiyalikni sun’iy yo’llar bilan chuqurlashtirish;
2) Qiyalikni tashkil topgan tog’ jinslarining tarkib va fizik-texnikaviy
xossalarini o’zgarishiga sabab bo’ladigan jarayonlar: nurash ta’sirida fizik-
texnikaviy xossalarini yomonlashuvi.
Tog’ jinslarini fizik - texnikaviy xossalarini yomonlashuvi, yer osti suvlari,
yomg’ir suvlari, erigan qor, muzliklar, xo’jalik suvlari bilan namlanishi oqibatida
yomonlashuvi. Tog’ jinslarini fizik-texnikaviy xossalarini ular tarkibidagi suvda
eriydigan tuzlarni ishqorlanib, oqar suvlar ta’sirida oqizilib ketib, jinsda kovaklar
va bo’shliqlar (suffoziya) sabab bo’ladi;
3) Qiyalikni tashkil etgan jinslariga qo’shimcha bosim vujudga keltiradigan
jarayonlar: qiyalikga qarab fil’trlanib boruvchi suvlarning gidrodinamik bosimi;
Jinslarning g’ovaklaridagi va yoriqlardagi suvning gidrostatik bosimi; Qiyalikga
ta’sir etilayotgan sun’iy dinamik va statik bosim, seysmik xodisalar.
Surilishning sodir bo’lish sabablaridan biri jinslar namligining birdan
oshib ketishidir. Namlik oshgan sari uning og’irligi ortadi, strukturasi buzilib
yopishqoqligi kamayadi, oquvchanligi ortadi.
Yonbag’irliklarda yotgan tog’ jinslari ikki tomondan; atmosfera yog’inlari
va yer osti suvlari ta’sirida namlanadi. Atmosfera yog’inlari O’rta Osiyoda
bo’ladigan surilishlarning bosh sababchilaridir. Tinimsiz 3-4 kun yoqqan yomg’ir,
91
erigan qor suvlarining bir qismi qiyalik bo’ylab pastga oqsa, bir qismi tog’
yonbag’irliklaridagi lyoss va lyossimon jinslarga shimiladi. Jinsning namligi
oshib, ostki qatlam esa suv o’tkazmaydigan qatlamga to’planib kuchsizlangan
zonalar hosil bo’ladi. Jinsning massasi ortib, konsistentsiyasi o’zgarib, yarim
qattiq holdan - plastik yumshoq holga o’tadi va qiyalik bo’ylab siljiydi.
Yer osti suvlari yonbag’irlikdagi buloq ko’rinishida yer yuziga chiqib
jinslarning namligini oshiradi va ikkinchi tomondan, qatlamlar orasida suvli
qatlam hosil qilib, ustki va ostki qatlamni namligini oshiradi. Bunday ta’sirlar
uzoq vaqt davom etishida surilish hodisasi ro’y beradi. Tog’ jinslarining litologik
va mineralogik tarkibi ham, surilishlarning hosil bo’lishida katta rol o’ynaydi,
tarkibida montmorillonit va kaolinit minerali ko’p bo’lgan jinslar suv ta’sirida
namligi oshib yopishqoqligi kamayadi, bu plastik yoki oquvchan holatga tez o’tadi
va qiya qatlam bo’yicha surila boshlaydi. To’g’on qurilishi natijasida daryodagi
suvning sathi ko’tarilib qirg’oqdagi jinslar suv ostida qola boshlaydi. Suvning
ko’tarilishi kuchi ta’sirida, jinsning og’irligi kamayib u qiyalik bo’ylab o’z ustida
yotgan jinslar bosimiga bardosh bera olmay daryo tomon siljiydi. Bunday
surilishlar ko’pincha yangi ishga tushirilgan suv omborlarida vujudga keladi.
Zilzila ham surilish hodisasiga sabab bo’ladi. Zilzila tufayli lyoss va
lyossimon jinslarning fizik-mexanik xossalari o’zgaradi. Masalan; kuchli zilzila
natijasida jinslarning ichki ishqalanish burchagi 10 dan 60 gacha kichrayadi, bu
esa yonbag’irlikni mustahkamlik koeffitsienti kamayishiga sabab bo’ladi. Ko’chki
dinamikasida uning boshlanishi, o’sa borishi va to’xtashgacha bo’lgan davrdagi
xususiyatlarining va harakat tezligining vaqt birligidagi o’zgarishiga aytiladi. Shu
bois, surilish davrlarini 3 bosqichga: tayyorlanish, surilish va surilgan massaning
qiyalikdagi keyingi holatiga ajratish mumkin. Tayyorlanish bosqichida tabiatdagi
surilish hosil qiluvchi omillar ta’sirida qiyalikning mustahkamlik darajasi kamayib
boradi va surilish belgilari ko’rina boshlaydi. Surilishning mexanizmi va
dinamikasini baholash uchun, ularning hosil bo’lish belgilarini bilish lozimdir.
Ular quyidagilardir:
92
1.Qiyalikda har - xil kenglikda, chuqurlikda yoriqlar paydo bo’lib,
dastavval ular sezilmay, keyin asta - sekin kengayib, uzayib keta boshlaydi;
2.Surilish uyumlari paydo bo’ladi;
3.Qoyada, ko’lmak suvlar, sho’rxoklar hosil bo’ladi, botqoq o’simliklari
tarqaladi;
4.Surilishning o’sa borishidan qiyalikning yuqori qismida o’zilish devori
hosil bo’ladi;
5.Yonbag’irlikning quyi qismida asta-sekin ko’tarilgan joylar vujudga
keladi, bu esa ko’chkidan darak beradi;
6.Qiyalikda joylashgan tog’ jinslarining namligi yuqori bo’ladi;
7.Surilish bo’lgan joydagi daraxtlar qiyshayib qoladi va shu holda o’sadi.
Bunday daraxtlar «
Dostları ilə paylaş: |