elyuviy jarayon
deyiladi.
Biroq bu jinslar, ko’pincha tog’ yonbag’irliklari bo’ylab surilib, delyuviy
qoplamani hosil qiladi.
Delyuviy
deganda, nurash natijasida yemirilgan tog’
jinslarini yomg’ir, qor, muz suvlari ta’sirida tog’ oldiga va tog’ etaklariga
yotqizilishi tushuniladi.
Kimyoviy nurash
- kimyoviy aktiv suvni, ayniqsa uning tarkibida erigan
moddalar kam bo’lib, (oqar suvlar) asosida karbonat angidridni kislorod bilan
birgalikda ta’sirida ruy beradi. Kimyoviy nurash turli kimyoviy reaksiyalar
(oksidlanish, erish, gidratlanish, gidroliz va boshqalar) asosida ruy berib, natijada
minerallar va jinslar to’la parchalanishi va yangi sharoitlarda turg’un bo’lgan jins
va minerallar hosil bo’lishi mumkin.
Masalan, magmatik tog’ jinslari (granit, diorit va boshqalar) jins tashkil
etuvchi minerallari, dala shpatlari va slyudalar yemirilib, gilli minerallar: kaolinit,
gidroslyuda va montmorillonit kabi minerallarni tashkil etadi. Ayni vaqtda
reaktsiya mahsuli sifatida karbonatlar, sul’fatlar, xloridlar hosil bo’lib, qulay
sharoit hosil bo’lsa, ya’ni nurash mahsullari suvga to’yinsa, suvli eritmalar holiga
o’tib, fizik va kimyoviy nurashda ishtirok etishi mumkin.
98
Organik nurash
- organik nurash jarayonida o’simlik va hayvon
organizmlarining aktiv ishtirokida ruy beradi. Organik nurash anchagina
murakkab jarayondir. Bunda fizik va kimyoviy nurashning elementlari mavjud
bo’lib, shu sababli har doim ham bu yemirilishni turi mustaqil ravishda
uchramasligi mumkin.
Masalan, turli hayvonot organizmlar o’z inlari va yo’llarini o’yib qurishda,
o’simliklarning ildizlarini yeb, yer ichiga kirib borib, kattalashib, jinslarni
yemirilishi fizik nurash turiga kiritiladi. Organizmlarni organik moddalarni
parchalanib yashash faoliyati natijasida kimyoviy nurash uchun muhim bo’lgan
mahsulotlar, kislorod, karbonat angidrid gazi, turli kimyoviy komponentlar hosil
bo’lib, muhitning kislotali sharoiti ortadi. Nurashning hamma turlari bir-biri bilan
bog’liq holda ro’y beradi. Nurash jarayonining tog’ jinslarining xossalarini
ta’siri.
Nurash geologik jarayon sifatida birlamchi jinslarni yemirilishiga va
o’zgarishiga sabab bo’ladi. Injenerlik geologik nuqtai nazaridan nurash jarayoni-
ning asosiy yo’nalishi. Tog’ jinslarini fizik xolatini va fizik mexanikaviy
xossalarini o’zgartirishiga qaratilgan bo’lib, bino va inshoot asosidagi, tabiiy va
sun’iy qiyalikdagi, yer osti qazilmalardagi jinsning turg’unligini kamaytirishga
olib keladi. Nurashga uchragan qatlamning fizik-mexanikaviy xususiyati, uni
nurashga uchraganlik darajasi, petrografik mineral tarkibi va tuzilishiga bog’liq
bo’ladi.
Chuqurlik
magmatik
jinslari,
yer
sirtida
yemirilishiga
uchrab,
mustaxkamligini tez yo’qotadi va «po’k» juda past mustahkamlikka, yuqori
deformativ xossalarga ega bo’lgan bo’sh, yumshoq jinslarga aylanadi. Yemirilgan
o’rta va nordon magmatik jinslarningbo’shoq jinslari, asosan nurashga bardoshli
kvarts mineralidan tashkil topgandir. Asosli va ul’tra asosli jinslarning bo’shoq
jinslar-turg’un bo’lmagan dala shpatidan tuzilgan bo’lib, nurash qobig’ida gilli
jinslarga aylanib ketadi. Bunday jinslarning mexanik xususiyati, nordon va o’rta
nordon jinslarnikiga qaraganda pastroq bo’ladi. Magmatik jinslarning kelgusi
yemirilishida yirik chaqiqli ellyuvial gruntlar hosil bo’lib, ularning mustahkamligi
99
va siqiluvchanligi to’ldirgichdan va qisman yemirilgan jinsning mexanik
mustahkamligiga bog’liq bo’ladi. Ellyuvial qumli gruntlar, anchagina strukturali
mustaxkamlikka ega bo’lib, bunga sabab zarrachalarning saqlanib qolgan tabiiy
birlashish kuchi va ikkilamchi sementlashishning mavjudligidir. Gilli ellyuviy
jinsning xarakterli xususiyati-namlanganda shishib bo’kishi va quritilganda-
kichrayishidir. Bu jarayonlar qurilish sharoitini va binodan foydalanishni
yomonlashuviga, harajatlarni oshib ketishiga sabab bo’ladi. Metamorfik jinslarning
ellyuviyi, fizik - mexanik ko’rsatkichlari bo’yicha-asosli va ul’tra asosli magmatik
jinslarning yemirilishiga qobig’iga yaqin turadi.
Cho’kindi jinslarning yemirilishi o’zgachalik bilan ajralib turadi.
Kimyoviy va organik jinslar ko’proq yemirilib, bo’sh jinslar kamroq yemiriladi.
Kimyoviy va organik yo’llar bilan hosil bo’lgan jinslar suvda to’la eriydi yoki
qum va gilli o’lchamlar bo’yicha maydalanib ketadi. Sementlashgan jinslarda
dastlab sement yemiriladi, qumtosh qumga aylanadi.
Gilli jinslar nuraganda quyidagilar ro’y beradi:
a) mavjud yoriqlar kengayadi va yangilari xosil bo’ladi;
b) g’ovaklashish;
v) ikkilamchi minerallar paydo bo’ladi.
Bu jarayonlar gilli jinslarning fizik-mexanik hususiyatlarini yomon-
lashtirdi, ularda surilishga qarshilik kamayadi va siqiluvchanligi ortadi. Bu
jarayonlar ayniqsa ularni keskin bo’shatish, ustidagi bosib yotgan jinslar og’irligi
olib tashlanganda ro’y beradi. Bunday xodisalar chuqurlar qazishda namoyon
bo’ladi. Gillar yuqoridagi og’ir bosib turuvchi qatlamdan ozod bo’lgach, o’z
xajmini oshirishga intiladi. Shunda ularda nurashning tashqi agentlarining
o’tqazuvchi yoriqlar paydo bo’ladi.
Mineral tarkibi ko’pincha montmorillonit miqdori oshishi tomoniga (ph>7)
o’zgarib, gilli gruntlarning siqiluvchanligi va bo’kishi ortadi. Yuqoridagilardan
ko’rinadiki, nurash jarayoni gruntlarning va qurilish maydonining geologik
sharoitini shunchalik o’zgartiradiki, binolarni va inshootlarni maxsus tadbirlarsiz
100
qurishni ko’z oldiga keltirib bo’lmaydi. Nurash protsessining sodir bo’lishi va
kuchayishiga kishilarning muhandislik faoliyatlari ham katta ta’sir qiladi.
Muhandis inshootlari, shaxtalar, kotlavonlar, suv omborlari qurish singari
ishlarda yerning geologik sharoiti o’zgaradi. Suv omborlari qurilishida, to’g’on
hisobiga suvni ko’tarilishi oqibatida, tog’ jinslari tarkibidagi tuzlarning miqdorini
oshishi, burg’ quduqlarini qazish, yer ichidagi ma’lum chuqurliklarda qandaydir
darajada bo’lsa ham, vaqt o’tishi bilan mexanikaviy, kimyoviy va organik nurash
jarayonlari boshlanadi. Nurash jarayonida tog’ jinslarining fizik - mexanik
xususiyatlari o’zgaradi, ularda yoriqlar hosil bo’ladi, ular kengayadi, g’ovakligi
ortib, mustahkamligi pasayadi.
Binolar va inshootlar asosini tanlashda poydevor chuqurligi, nurashga
uchramagan jinsgacha kovlanadi yoki elyuviy yotqiziqlarini maxsus choralar
bilan zichlansa, asos sifatida ishlatsa ham bo’laveradi. Chuqurliklardagi
qiyaliklarni nurashga uchragan jinsni hisobga olib tayinlanadi. Nurashning oldini
olish yoki nurashga uchragan jinslarni xossalarini yaxshilash uchun turli tadbirlar
qo’llaniladi:
1.Tog’ jinslarini nuratuvchi ta’siridan saqlovchi maxsus qoplamalar bilan
qoplash;
2. Jinslarni tarkibiga turli moddalarni shimdirish yo’li bilan;
3. Nurash agentlari (suv, havo, gaz va boshqa) ni ta’sirini yo’qotish;
4. Yer hududlarini tekislash va oqava suvlarni tartibga solish.
Tog’ jinslarini yuzalarini turli materiallar - gudron, bitum, beton, asfal’to-
beton, sement qorishmasi, gillar bilan qoplab, ular nurashning xiliga, chuqurligiga
qarab belgilanadi. Masalan, gudron, bitum, sement va boshqa sun’iy qoplamalar
suvni yo’lini to’sish uchun ishlatiladi, lekin ular ham haroratning issiq - sovuq
o’zgarishlaridan saklay olmaydi. Jinslarni zichligini oshirish uchun ularni suyuq
shisha, bitum, gidron, sement qorishmasi, giltuproqlar bilan shimdirish mumkin.
Yer osti suvlarini yo’qotish drenaj (zaxqop) lar qurish yo’li bilan amalga oshirish
mumkin. Tosh materiallarni nurashdan saqlash choralari 2 ga bo’linadi:
konstruktiv va kimyoviy.
|