Muhandislik geologik tadqiqotlar


karstlar  deb  ataladi. Karst



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   204
-qullanma (1)

karstlar 
deb 
ataladi.
Karst
so’zi shimoliy - g’arbiy Yugoslaviyadagi karst platosi (yassi tog’)
nomidan olinib, «
Tosh
» degan ma’noni bildiradi. Bunday deb atalishiga sabab 
shuki, ana shu yassi tog’da bunday hodisalar juda ko’p tarqalgan va dastlab shu 
yerda yaxshi o’rganilgan. 
G’orlar turli shakl va hajmdagi bo’shliqlar ko’rinishida bo’ladi.
G’orlar ikki xil bo’ladi: ochiq g’orlar yoki voronkasimon o’pirilgan
chuqurliklar; yopiq g’orlar - bu ohaktoshlar jinslari orasida paydo bo’lgan 
gorizontal yoki tik qiya bo’shliqlardir. Morfologik jihatdan g’orlar Yer yuzida 
ko’proq botiq shakllarini tashkil qiladi. Ochiq karst (g’or) lar xar - xil shaklga ega 
bo’lishi mumkin. Yer ostidagi karstlar ham bir necha xil bo’ladi; tik yunalgan 
quduq, og’zi tor, ichiga tomon kengayuvchi (epikarst), gorizontal yo’nalgan 
kanalli, yer yuziga yer osti suvini olib chiquvchi (mezokarst), chuqurlik 
(gipokarst). Karst shakllari botiq va qavariq bo’lishi mumkin, botiq shakllarning 
chuqurligi bir necha metrdan, ming m gacha bo’ladi. Yemiriluvchi, g’orlar hosil 


104 
kiluvchi jinslar suvda eriydigan jinslardir: karbonatli jinslardan: ohaktosh, 
dolomit, bo’r, marmar: Sul’fatli jinslardan: gips va angidrit; xloridlardan - osh tuzi, 
sil’vin va boshqalar. 
Eng ko’p eriydigan xloridlar bo’lib, har qanday kimyoviy tarkibdagi suvda 
eriydi; 1 litr distillangan suvda 328 gramm osh tuzi erishi mumkin. Sul’fatlar 
suvda nisbatan kam eriydi; 1 litr distillangan suvda 2,6 g gips eriydi. Agar suv 
tarkibidagi NaCl bo’lsa, uning eruvchanligi 4-marta oshadi, MgSO
4
bo’lsa, 
eruvchanligi aksincha kamayadi. 
Karbonatlar qiyin eriydigan jinslar hisoblanadi: 1 litr distillangan suvda 
0,013 g CaCO
3
eriydi. Umuman olganda, suvning tog’ jinslariga ta’siri juda 
sekinlik bilan boradi, biroq suvning tarkibida karbonat angidrid ko’p va harorati 
yuqori bo’lsa, bu jarayon tezlashadi. Karbonat angidrid suvda qiyin eruvchi 
magniy yoki kaltsiy karbonatli suvda eriydigan bikarbonatlarga aylantiriladi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin