Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   204
-qullanma (1)

 
CaCO

Q CO

Q H
2


 Ca (HCO
3
)
2
 
Bo’r bo’sh jins bo’lganligidan suvda faqatgina erib qolmasdan, osonlik
bilan yuvilib chiqib ketadi. Karstni hosil bo’lishida tog’ jinslarning darzliligi ham 
katta ta’sir ko’rsatadi. Darzlardan kirib borgan, yer osti suvlari, atmosfera 
yog’inlari va tog’ jinslari yemirilishini kuchaytiradi. Karstlar, ayniqsa tektonik 
zonalarda ko’proq uchraydi, sababi bu zonalarda tog’ jinslari darzlari ko’proq va 
yerning chuqurrok qismlarigacha kirib boradi. 
Atmosfera yog’inlari va daryo suvlari kamroq minerallashgani sababli, 
karstlar hosil kilishda faol rol’ o’ynaydi. 
Atmosfera suvlari yemiriluvchi jinslar massivlari ustida dastlabki yo’llarni 
hosil kiladi, so’ngra bu yo’llar kengayib jo’yaklar, tarnovlar (karrlar) hosil kiladi 
va bu hosil kilingan yuzalarni -
karrli yuzalar
deb ataladi.
Lyoss tog’ jinslarida hosil bo’ladigan bo’shliqlar, ko’pincha o’simliklar 
hamda xayvonlarning (kemiruvchilar) yashashi jarayonidan paydo bo’lgan, yer 
ustidan pastga qarab yo’nalgan, naysimon, ba’zan aylanasimon holdagi, turli 


105 
kattalikdagi bo’shliqlarga, atmosfera yog’inlarining oqib kirishi va birorta pastlik, 
qulay joydan yer yuzasiga sizib chiqishi natijasida hosil bo’ladi. Bunday 
bo’shliqlar Respublikamizda Toshkent oldi rayonlarida, Parkent vodiysida, 
Shimoliy Farg’ona vodiysida - Namangansoy, Chortoqsoy, Kosonsoyda uchraydi.
Karstlar hosil bo’ladigan tog’ jinslari qurilish uchun anchagina mushkulliklar 
tug’diradi. Gipsli va osh tuzi tarqalgan joylarda faqatgina mavjud bo’lgan karst 
emas balki, uning yangi xillarini va ayniqsa binoning asosida hosil bo’lishi, 
qurilish uchun xavf soladi. Og’ir inshoot qurilishi natijasida yer yuzasiga yaqin 
joylashgan g’orlar, o’pirilib tushishi mumkin. Tonnellarni qurishda karstli 
hududlardan o’tishda, yo’llarda yirik g’orlar uchrashi mumkin va bu anchagina 
qiyinchiliklar tug’diradi. Agarda inshootning geologik jihatdan qulay bo’lgan 
joylarga joylashtirish imkoni bo’lmasa, karstli bo’shoq tog’ jinslarini sun’iy 
ravishda zaminda zichlash, masalan, zich sementli, mayda zarrali qum 
aralashmalari, sementli - gilli aralashma bilan zichlash lozim. Tonnellarni 
o’tkazishda, g’orlarni shiplaridagi tog’ jinslarini o’pirilib ketmasligini oldini olish 
maqsadida, mustahkam tom nishalari tayyorlanadi. 
Karstli hududlarda har qanday inshoot qurilishida yer osti g’orliklari 
namoyon bo’lish bosqichi va xarakterini o’rganish, karstli qatlamlarini va uning 
suvli xususiyatlarini o’rganish, va ayniqsa tektonik zonalarga ahamiyat berish 
zarur. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin