Hozirgi davrdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosati ga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga qaratilgan. Sotsial rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash va boshqa sotsial ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning sotsial tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lab qo‘yish maqsadga muvofiq emas.
Takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi.
MOLIYA SIYOSATI QUYIDAGI XUSUSIYATLARGA EGA BO’LISHI KERAK
• birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o‘z manfaatlarini ko‘zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumenti emas, balki jamiyatning sosial-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo‘lishi kerak;
• ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha sub'ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
• uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur.
Korxonalarning moliyaviy siyosati menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
• raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog‘lom hayot kechirishiga (faoliyat ko‘rsatishiga) erishish;