Muhandislik geologik tadqiqotlar


qum dyunalari, barxanlari



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   204
-qullanma (1)

qum dyunalari, barxanlari
deb ataladi. Qum 
do’ngliklari Sahroi Kabirda, Arabiston yarim orolida, Meksika, ekvator 
sahrolarida, Respublikamizda Orol dengizi bo’ylarida, Amudaryo qirg’og’ida, 
Qoraqum va Qizilqum sahrolarida, Farg’ona vodiysidagi, Yozyovon cho’llarida va
Mirzacho’lda uchraydi. Bu do’ngliklar shamol ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga 
ko’chib yuradi. 
Shamol ta’sirida tuproqning mayda zarrali qismi hamda undagi chirindi va 
ozuqa moddalar yo’qoladi, natijada tuproqning unumdorligi nihoyatda pasayadi. 
Shamol yerning unumdor qatlamlarini sidirib ketishdan tashqari ba’zi hududlarni 
sho’rlanishiga ham sabab bo’ladi. Ma’lumki sho’rxok yerlarda dengizning qurigan 
qismlarida va qirg’oqlarida masalan, Orol dengizi qirg’oklarida tuz yig’iladi. 


103 
Shamol bu tuzlarni uchirib, boshqa joylarga eltib yotqizadi, natijada unumdor 
yerlar sho’rxok yerlarga aylanadi. Bu hodisani Mirzacho’lda, Farg’ona va Qarshi 
cho’llarida ko’p kuzatish mumkin. Shamol eroziyasini (yemirilishi) bartaraf 
kilishda, temir yo’llarni, paxta maydonlarini, bog’larni, kanallarni shamollardan 
himoya qilishda maxsus yupka kobiklar hosil kiluvchi moddalar ishlatilmokda. Bu 
moddalardan, masalan - poliakriladning suvdagi eritmasi, harakat qiluvchi qumlar 
ustiga sepilganda ma’lum qalinlikda yupqa qatlam hosil bo’ladi va qum 
ko’chishdan to’xtaydi.
Shamol suv va muzliklar nurash mahsulotlarini bir joydan ikkinchi joyga 
ko’chirish bilangina chegaralanmaydi, balki ular tog’ jinslarini mexanikaviy 
ravishda parchalaydi va yer yuzi rel’efini o’zgartiradi. Bu hodisa geologiya 
fanida 
– denudatsiya jarayoni
deb ataladi. 
 
14.5 Karstlanish hodisasi. 
Yer osti suvlari ta’sirida ohaktosh, dolomit, gips, osh tuzi kabi tog’ 
jinslarini eritish natijasida hosil bo’ladigan geologik jarayonlar - 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin