Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

uzun kun o‗simliklari
 
deb ataladi. Madaniy o‗simliklardan javdar, suli, bug‗doy 
va arpaning ko‗p navlari, zig‗ir shular jumlasidandir. Biroq asosan 
janubdan keltirilgan ba‘zi o‗simliklar, masalan, xrizantema, kartoshkagul uchun 
qisqa kun yetarli bo‗ladi. Shuning uchun ular yoz oxirida yoki kuzda ochiladi. Bu 
xildagi o‗simliklar 
qisqa kun o‗simliklari
deb ataladi.
Kun uzunligi hayvonlarga ham katta ta‘sir ko‗rsatadi. Hasharotlar bilan 
kanalarda qishki tinim boshlanishi kun uzunligiga bog‗lik. Chunonchi, karam 
kapalagi qurtlari uzun kun (15 soatdan ortiq) sharoitda saqlanganida tez orada 
g‗umbaklardan kapalaklar chiqib, ketma-ket bir qancha avlodlari to‗xtovsiz 
ravishda rivojlana boradi. Lekin qurtlar ( 4 soatdan qisqa kunda saqlansa, xatto 
bahorda va yozda ham kishlaydigan g‗umbaklar paydo bo‗lib, ular xarorat yuqori 
bo‗lishiga qaramay, bir necha oy davomida rivojlanmaydi. Tabiatda yozda, kun 
hali uzun bo‗lgan vaqtda nima uchun hasharotlarning bir necha avlodi rivojlanishi 
mumkinligini, kuzda esa ularning rivojlanishi nima uchun xamisha qishlovchi 
bosqichda to‗xtab qolishini shu xildagi reaksiya orqali tushunib olish mumkin. 
Bahorga kelib, kunlar uzayishi bilan ko‗pgina qushlarning jinsiy bezlari 
rivojlanib, uya qurish instinkti paydo bo‗ladi. Kuzgi kun qisqarishi tullashga, 
zahira yog‗ to‗planishiga va uchib ketish payiga tushib qolisnga sabab bo‗ladi. Kun 
uzunligi biologik jarayonlarning yo‗nalishini belgilaydigan signal omilidir. Kun 
uzunligining 
xuddi 
shu 
mavsumiy 
o‗zgarishlari tirik organizmlar xayotida nima 
uchun bu qadar katta ahamiyatga ega?
Kun uzunlignning o‗zgarishi xamisha 
xaroratning yil bo‗yi o‗zgarib turishi bilan 
chambarchas bog‗liq bo‗ladi Shuning uchun 
kun 
uzunligi 
xaroratning 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin