Toshkent 2020 yil


VII.3.1-rasm. Ozonning eng katta kontsentratsiyasi strotosferada, 15-50 km



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

VII.3.1-rasm. Ozonning eng katta kontsentratsiyasi strotosferada, 15-50 km 
balandlikda aniqlangan. 
Tashqi himoya (zirh) yo‗qligi insonga atrof-muhitda hayot uchun xavfli 
bo‗lgan omillarni, masalan, o‗ta ta‘sirchanlik kabi qo‗shimcha hususiyatni ato etdi. 
Bu esa ruhiyatni, ya‘ni odamning boshqa hayvonlardan ajratib turadigan oliy nerv 
faoliyati rivojlanishiga sabab bo‗ldi. Shunday qilib, odam dunyoga kelishi uchun 
hamma sharoitlar yaratildi. Olimlar komp‘yuter yordamida evolyutsion
jarayonning turli yo‗nalishlarida bo‗lgan vaziyatlarni tahlil qilib chiqdilar. 
Geologik 
davrlar 
ketma-ketligiga 
muvofiq 
atrof-muhit 
omillari 
bilan 
uyg‘unlashtirildi. Ba‘zi davrlarda odam dunyoga kelishi to‗g‘risida ma‘lumotlar 
umuman yo‗q edi. Hozirda ekologik vaziyat insoniyat uchun juda xavfli bo‗lib 
bormoqda. Ultrabinafsha nurlari teriga ta‘sir qilib, unda so‗gal va o‗smalar paydo 
bo‗lishiga olib kelishi mumkin (yaqin kelajakda zirh ham paydo bo‗lishi mumkin). 
Xavfli nurlar qon tomirlariga ta‘sir qilib, immunitetni pasaytiradi. Kim biladi?
Balki, Ozon qatlamining keskin siyraklashishi (yemirilishi) OITS ga olib 
kelgandir.
O‗tgan asrimiz o‗rtalariga kelib tabiat va jamiyat o‗rtasidagi munosabatlar 
foydalanishda, tabiat qonunlarini yaxshi bilmasligi va ulardan ko‗r-ko‗rona 
foydalanishlaridadir. Hozirgi kunda butun yer shari hududlarida tarqalayotgan 
juda ko‗p ekologik muammolar global xususiyatga ega bo‗lib bormoqda. Global 
muammolardan biri bu atmosferada mavjud bo‗lgan Ozon qatlamining 
yemirilishidir. 1939-yilda nemis olimi Sheynbeyn tomonidan Ozon moddalari 
aniqlangan. O‗tgan asrning 70-yillarida Ozon qatlamini yemirilishi to‗g‘isida 
olimlar bir necha keskinlashib ketdi. Buning asosiy sabablari insoniyatning tabiiy 
tesurslardan bor ta‘kidlab o‗tishgan edilar. 
Ozon qatlamini yemirilishi, yer shari tabiati va tirik organizmlariga salbiy 
ta‘sirini ko‗rsatmoqda.
Ozon qatlamini yemirilishi shu tarzda davom etishi natijasida butun 
sayyoramizning iqlimi, tabiati o‗zgarib tirik organizmlar yashashi uchun sharoitlar 
o‗zgarib ketishi mumkin. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
130 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning asarlaridan, quyidagi fikrlarini 
keltirib o‗tishimiz o‗rinli bo‗ladi: ―Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, 
mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, 
qo‗l qovushtirib o‗tirish, o‗z-o‗zini o‗limga mahkum etish bilan barobardir‖. 
Darhaqiqat, mintaqamizda ro‗y berayotgan ekologik holat mamlakatimizda 
yashayotgan aholi uchun mislsiz darajada zarar keltiruvchi yashirin tahdid 
sanaladi. Bunga e‘tiborsizlik bilan qarab turish o‗z boshimizga katta tashvishlar 
keltirishi shubhasizdir‖
33
-deb ta‘kidlab o‗tgan edi. 
Islom Karimov tomonidan, mustaqillikning dastlabki kunlardanoq ekologik 
muammolar va ularni oldini olish masalalariga alohida e‘tibor qaratib kelingan. 
Shu ma‘noda O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va ―O‗zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalari to‗g‘risida‖gi Qonunga muvofiq
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda O‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senati tomonidan ma‘qullangan quyidagi O‗zbekiston Respublikasi
Qonunlari Islom Karimov tomonidan 
2006-yil 
7-sentyabrda 
imzolangan. 
―Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar 
bo‗yicha 
Monreal 
Protokoliga 
Tuzatmani (Monreal, 1997- yil 17- 
sentabr) ratifikatsiya qilish to‗g‘risida‖gi 
va ―Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar 
bo‗yicha Monreal Protokoliga Tuzatmani 
(Pekin, 1999- yil 3-dekabr) ratifikatsiya 
qilish to‗g‘risida‖gi Qonunlarni qabul 
qilinishi 
shular 
jumlasidandir. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib Ozon qatlamida sodir bo‗layotgan geoekologik 
o‗zgarishlarni o‗rganish dolzarb masala sanaladi.
 
Ozon moddasi 1939-yilda nemis olimi Sheynbeyn tomonidan aniqlanganligini 
yuqorida ham aytib o‗tdik. Atmosferaning yuqori qismlarida Ozonning mavjudligi 
ingliz kimyogari Gartli tomonidan aniqlangan. U vaqtlarda atmosferani yuqori 
qatlamlarini to‗g‘ridan-to‗g‘ri aniqlash imkoniyati mavjud bo‗lmagan. Ozon 
qatlamining mavjudligini yer sathidan o‗tuvchi quyoshning ultrabinafsha 
nurlarining analiz yo‗li bilan aniqlangan. 1974-yili Kaliforniya Universiteti 
kimyogarlari Mario Molina va Frink Shervud Rolandlar Ozon qatlamini aniqlashni 
yangi usullarini taklif etishdi. Bulardan tashqari Ozon qatlamini YuNEP va bir 
qator xalqaro tashkilotlar hamda dasturlar asosida o‗rganib kelinmoqda. 1970-
yillar oxirida olimlar birinchi marta Ozon qatlami emirilayotganini qayd etishdi. 
Ozon qatlamidagi o‗zgarishlar hozir ham davom etmoqda bu esa muammoni 
o‗rganish va yechimini topishni qanchalik dolzarbligini bildiradi. 
33
Karimov I.A. O`zbekiston XXI – asr bo`sagʹasida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari. Toshkent, ―O`zbekiston‖, 1997. 16-bet 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
131 
Ozon qatlamidagi o‗zgarishlar faqat atmosferaga emas, yerdagi ―hayotʹʹ -deb 
atalgan jarayonga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Bu inson salomatligiga xavf soladiki
turli xil kasalliklar ko‗payadi, inson umri qisqaradi, biologik buxron vujudga kelib
o‗simlik va hayvon turlari yo‗qolib boradi, okean, dengiz, daryo, ko‗l suvlari 
takibi o‗zgaradi, tuproq zaharlanadi, tabiatda ekologik muvozanat buziladi.
Ozon qatlamining yemiruvchi moddalar -tarkibida xlor, ftor, brom, uglerod 
va vodorod kabi kimyoviy unsurlar mavjud bo‗lib, so‗nggi yillarda ular atmosfera 
tarkibida miqdorini ko‗payishi sodir bo‗lmoqda. Bu esa atmosferadagi Ozon 
qatlamini o‗zgarishiga (Ozon qatlamini siyraklashishi, Ozon tuyniklarini paydo 
bo‗lishi) olib kelmoqda. 
Ozon gazsimon o‗ziga xos hidli modda bo‗lib, uning molekulasi 3 ta kislorod 
atomidan iborat
. Ozon, momaqaldiroq bo‗lib, chaqmoq chaqnaganda, laboratoriya 
sharoitida past elektr zaryadlanishida yoki ultrabinafsha nurlarining kislorodga 
ta‘siri natijasida hosil bo‗ladi.
Ozon–tez parchalanuvchi moddadir. Uning molekulasi atomlarga oson 
bo‗linadi. Kislorod atomi yoki kislorodning erkin radikali, turli kimyoviy 
reaktsiyalarda faol oksidlovchi moddadir. Turmushda undan, suv va havoni 
tozalashda, kirni oqartirishda foydalaniladi. 
Ozon kichik miqdorda (toksiklikdan 50 barobar kam) antioksidantdir, shu 
hususiyati tufayli u mikroblar, zamburug‘lar va viruslarni yo‗q qila oladi, 
tibbiyot va kosmetologiyada ishlatiladi. Ozon diabet, virusli gepatit, gerpes, 
xlamidioz va boshqa kasaliklarni Ozonoterapiya usulida davolashda qo‗llaniladi. 
Ozon hayvonlar va odamlar sog‘lig‘i uchun xavfli bo‗lib, is gaziga nisbatan 
zaharliroq hisoblanadi. U odamlarda yo‗tal paydo qiladi, bosh og‘rig‘iga sabab
bo‗ladi, ko‗zga zarar etkazadi, nafas olishni buzadi.
Ozon molekulalari hosil bo‗lishi bilan birga ularning dissotsiatsiyasi, ya‘ni 
molekulalarning yemirilishi kuzatiladi. Bu jarayon quyosh nurlari ta‘siri natijasida 
bo‗lishi mumkin, lekin o‗ziga xos ―Ozon qotillari‖ ham mavjudki, ular haqida 
keyinroq so‗z yuritamiz. 
Eng ko‗p Ozon stratosferada to‗planib, u 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin