Toshkent 2020 yil


Yerning alohida qobiqlari-geosferalarini o‗rganayotganida hayot



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Yerning alohida qobiqlari-geosferalarini o‗rganayotganida hayot 
tarqalgan qobiqni u ―biosfera‖ deb ajratdi

Biosfera xaqidagi ta‘limotning asoschisi rus olimi, akademik V.I.Vernadskiy 
(1863-1945) hisoblanadi. V.I.Vernadskiy birinchi bo‗lib Yer sayyorasi 
evolyutsiyasida tirik organizmlarning roli va ahamiyatini ochib bergan, biosferani 
biogeokimyoviy o‗rganishni boshlagan.
Biosferaning hosil bo‗lishida abiotik, biotik va noobiotik bosqichlar 
ajratiladi
.
Abiotik
 
bosqichda (4,5-3,5 mlrd. yil oldin) sayyorada hayotning vujudga 
kelishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yuzaga kelgan
.


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
60 
Biotik
 
bosqichda (3,5 mlrd. yil oldin) dastlabki tirik organizmlar suv muhitida 
paydo bo‗lgan. Qur‘oni Karimda, Olloh taolo shunday marhamat qiladi
:«...
va
 
suvdan har bir narsani qilganmiz»
15
.
 

 
 
Boshqa bir oyatda esa: 
«Olloh hamma jonivorni suvdan yaratdi»
16
,
deydi.
Arxey va Proterozoy eralarida hayot sodda ko‗rinishda bo‗lgan va okean 
o‗simliklarida fotosintez amalga oshgan. 600 mln. yil ilgari, Paleozoy erasining 
Kembriy davriga kelib okeanda hayot turlana boshlaydi. Keyinchalik, hayot 
quruqlika chiqadi, butun biosferani egallaydi va gurkirab rivojlangan.
Organik evolyutsiya davomida tirik organizmlar atmosfera havosini, Dunyo 
okeanining suvini, tuproqlarning asosiy massasini, mineral birikmalarining katta 
massasini a‘zolari, terilari, xujayralari, qonlari orqali minglab martalab o‗tkazgan 
va butun yer muhitini o‗zgartirgan (Akimova,1998). 
Biosferada hozirda 500 mingga yaqin o‗simlik turlari va 1,5 mln.dan ortiq 
hayvon turlari mavjuddir.
Noobiotik bosqichining shakllanishi 40-50 ming yil oldin boshlangan deb 
hisoblanadi. 
Biosferaning umumiy massasi boshqa qobiqlardan farqlanadi (III.1.1-jadval). 
Tirik organizmlar birgalikda juda katta ish bajaradi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin