Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
68
o'ta cheksiz edi. Odam ot-aravadan foydalanishni o'rganganda ham tabiiy boyliklar
to'lib-toshib yotar edi. Lekin o'sha davrlarda ham insoniyat yerga ayovsizlarcha
munosabatda bo'ldi. Keyinchalik Insonning mehnat qobiliyati shunchalik rivojlanib
ketdiki, u tabiiy boyliklarni, ulardan foydalanish yo'llarini to'xtovsiz izladi va
topdi. Tsivilizatsiyaning boshlang'ich davridan boshlab inson tashqi muhitni
o'zgartirishga harakat qildi va planeta ekotizimining tabiiy xazinasiga kirib olishga
jur'at qildi. Quruq o‗tinlar yordamida olov yoqilgan dastlabki paytlarda tabiiy
chirindi o'rniga anorganik modda-kul hosil bo'ldi. Uzoq vaqtlar qobiliyati ancha
cheklangan inson, tabiatga jiddiy zararli ta'sir ko'rsataolmadi. U o'ziga ozuqa va
olov topishga uringan neolit davridan boshlab tabiatni o'zgartira boshladi va uning
biosferaga ta'siri ham aynan shu davrdan boshlandi. To'g'ri, bu davrda inson
tabiatga nisbiy ravishda ta'sir ko'rsatayotgan edi. U yoqqan olov atrofga tarqalib,
yaqin o'rtadagi o't-o‗lanlarni nobud qilar, bu esa hayvonlaming to'yib oziqlanishga
dastlabki to'siq edi. Bora-bora odarnzot hayvonlarni quvib, haydab, o'idirib, tabiat
yoki tashqi muhitning o'zgarishiga ham ta'sir ko'rsatishga kirishdi.
O'sha davrlarda aholoi soni juda kam, maydoni esa juda keng bo'lgan
sayyoramizda, hamma istaganicha hayot kechirgan, tabiatni buzgan, kuydirgan
odamlar bundan o'ta mag'rurlanib yashagan (Oramizda hozir ham qancha tirik
organizmni yo'q qilganidan fahrlanib yuradiganlar ko‗p).
Tsivilizatsiya natijasida yo'q qilingan tabiiy boyliklarimiz tovonini
to'laydigan davr keldi. Tabiat boyliklardan to'xtovsiz foydalangani va ular uzluksiz
sarflangani uchun biosferaning ayrim joylarida tabiiy tenglik yo'qolgan. Uni qayta
tiklash imkoni bormi? Balki bugun sayyoramiz biosferasiga keltirgan ziyonlarimiz
uchun tovon to'layotgandirmiz (tabiiy ofatlarni eslang). Tabiiy zahiralarni tiklash
yo'lidagi urinishlarimizdan biron foyda bormi? Insoniyatning kelib chiqishi aslida
bir xil. Turli irqlar rivojlanish tarixida juda ko'p qiyinchiliklarga duch keldilar.
Ular tabiiy noqulay omillar ta'sirida turar joylarini o'zgartirganlar va natijada tur-
mush tarzi mutloq o'zgarib ke'tgan. Ammo qaysi muhitda yashashmasin, ularning
Dostları ilə paylaş: