Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
74
Bunday faol migrantlarni ikki guruhga bo‗lish mumkin:
1.
Havo migrantlari
– ular migratsiya jarayonida gazsimon fazani bosib
o‗tadi (kislorod, azot, uglerod, vodorod).
2
.
Suv migrantlari
– oddiy yoki kompleks ionlar, yoxud molekulalar tarzida
migratsiyalanuvchi elementlar. Bular jumlasiga Na, F, S, Cl, K kabi elementlar
kiradi.
Tabiatdagi
organik
moddalarning
paydo
bo‗lishida
havodagi
migratsiyalanuvchi elementlar muhim ahamiyatga egadir, ular orasida SO
2
, O
2
,
N
2
98,3 foizni tashkil qiladi.
Biosfera juda katta makonni egallagani tufayli va sayyoraning turli xil mineral
qobiqlariga kirib borish imkoniyatlariga ega bo‗lganligi uchun organizmlar
tarqalgan muhit, ya‘ni yashaydigan sharoitlar nihoyatda har xil bo‗ladi.
Shunday qilib, biosfera Yerda hayot vujudga kelgandan keyin va uning bir
necha milliard yillar davomida rivojlanishi hamda evolyutsiyasi natijasida hosil
bo‗lgan juda murakkab va bir-biri bilan uzviy bog‘liq strukturadan tashkil topgan
tizim, Yer kurrasining noyob qobig‘idir. Global miqyosda biosferani ekotizimga
qiyoslasa bo‗ladi. Bu ekotizimning har bir struktura elementi biror sabab bilan o‗z
funktsiyasini bajara olmay qolsa, u vaqtda biosferaning normal hayotiy jarayonlari
buzilib, biogeokimyoviy muhitning buzilishiga, va hatto ba‘zi bir biologik
turlarning mutlaqo yo‗q bo‗lib ketishiga sabab bo‗ladi.
Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish kerakki, hozirgi fan va texnika taraqqiyoti
davrida insonning ta‘siri birinchi navbatda biosferaning mahsuldorligiga, uning
energiya balansiga qaratilgandir.
Dostları ilə paylaş: