Elektrokimyo



Yüklə 263,65 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü263,65 Kb.
#46175
Elektrokimyo

ELEKTROKIMYO

Elektrokimyo nima

  • fizik kimyoning tarkibida ionlari boʻlgan sistemalarni (eritmalar, suyukdanmalar va qattiq elektrolitlar), shuningdek, 2 faza chegarasida zaryadli zarralar (ionlar va elektronlar) ishtirokidagi jarayonlar va hodisalarni oʻrganadigan boʻlimi. Odatda, fazalardan biri metall yoki yarimoʻtkazgich, ikkinchisi esa eritma yoki elektrolit suyuqlanmasi yoxud qattiq elektrolit boʻladi. Aksari hollarda bu 2 fazaning oʻzaro taʼsirida elektr toki hosil boʻladi. Shu sababli E. elektr toki hosil boʻlishi yoki aksincha kimyoviy birikmalarga elektr tokining taʼsiri natijasida kechadigan fizikkimyoviy jarayonlarni oʻrganadigan fan deb hisoblanadi.

Elektr toki va kimyoviy hodisalarning oʻzaro bogʻliqligi borasidagi ilk tadqiqotlar 18-asrning 2-yarmiga taalluqli. Lekin bu tadqiqotlar oʻsha davrda kuchli elektr manbalari boʻlmagani bois tasodifiy tavsifga ega. Bunday manba 18—19-asrlarda L. Galʼvani va A. Volgpa ishlari natijasida paydo boʻldi va shu sababli E.ni ularning nomlari bilan bogʻlaydilar. Keyinchalik galvanik elemenshlar deb nom olgan mukammalroq kimyoviy tok manbalari ishlab chiqildi. Ulardan foydalanib fizika sohasida koʻpgina kashfiyotlar qilindi, elektr va magnetizmning qator asosiy qonunlari ochildi. 19-asrning 60- yillarida dinamomashinalarning kashf etilishi natijasida galvanik elementlar elektr manbalari sifatida oʻz ahamiyatini yoʻqotdi; 20-asrda yarimoʻtkazgichli radiotexnika, mikroelektronika, kosmik texnikaning rivojlanishi bilan ularga boʻlgan yangi qiziqish paydo boʻlgan. Hozirgi vaqtda avtonom kimyoviy tok manbalarining roli yanada ortdi

Potensiometriya nima

Potensiometrik analiz usullari elektrod potensialini ochishga asoslangan bo‘lib, elektrod potensiali bilan eritmaning konsentratsiyasi orasidagi bog‘lanishni o‘rganadi. Elektrolit eritmasiga elektrodlar tushirilganda, elektrod bilan eritma orasidagi sirt chegarasida potensial yuzaga keladi. Bu potensial Nernst tenglamasi yordamida ifodalanadi

Konduktomeriya nima

Konduktometrik analiz usullarining bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) va bilvosita (to’g’ridan-to’g’ri bo’lmagan) turlari mavjud, lekin har ikkalasining negizida muayyan modda eritmasining elektr o’tkazuvchanligini aniqlash yotadi. Amalda, ta’kidlash kerakki, bilvosita usul – konduktometrik titrlash kengroq ishlatiladi.

Konduktometrik titrlash hajm analizi usullaridan hisoblanib, unda eritmaning neytrallanish nuqtasi, odatdagidek indikatorlar bilan emas, balki o’rganilayotgan eritma elektr o’tkazuvchanligini bosqichma-boqich o’lchab topiladi. Bundan tashqari, rangli yoki tiniq bo’lmagan (loyqalangan) eritmalarning ekvivalent neytrallanish nuqtasini amalda ishlatiladigan indikator birikmalar vositasida titrlab aniqlashning o’zi o’ta mushkul. Konduktometrik usul bilan eritma titrlanganda uning qandaydir sabab loyqalanganligi yoki rangli bo’lishi elektr o’tkazuvchanligiga unchalik ta’sir eta olmaydi.


Yüklə 263,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin