53
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
1-JILD, 5-SON, PART 2 (YOʻTA)
etishi u yoki bu muassasaning ish faoliyati xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shahar, tuman va
qishloqlar muassasalarning idoraviy arxivlarda hujjatlar 5 yil davomida saqlanadi. Viloyat
muassasalari va tashkilotlari hujjatlari ularning arxivlarida 10 yil davomida saqlanishi
mumkin. O’zbekiston Respublikasi oliy davlat va hokimiyat boshqaruv organlarining hujjatlari
idoraviy arxivlarda 15 yil davomida saqlanadi. Tashqi ishlar vazirligi hujjatlari 30 yil
davomida, fuqarolik holatlarini qayd etish (ZAGS) hujjatlari esa 75 yil davomida idoraviy
arxivlarda saqlanishi nazarda tutilgan. Mavjud nizomlarga binoan shaxsiy tarkibga doir
hujjatlar idoraviy arxivlarda 40 yil davomida saqlanishi kerak.Doimo har bir shaxsning hayoti
va faoliyati davomida uning ixtiyorida ma’lum hujjatlar to’planadi. Bu hujjat va materiallar
o’sha fuqaroning shaxsiy arxivini tashkil etadi. Unday arxivlar garchi fuqarolarning shaxsiy
mulki bo’lsa-da, ularda davlat ahamiyatiga molik hujjatlar ham saqlanishi ehtimoldan holi
emas. Shuning uchun ham bunday hujjatlar ekspertiza qilingandan so’ng O’zbekiston Milliy
arxivi fondiga kiritiladi va bu hujjatlarning egalarining saqlanishini ta’minlashlari zarur.
Shaxsiy arxivlardagi bunday hujjatlarni egasining roziligi bilan mulk huquqi saqlangan holda
davlat arxivlari, muzey va kutubxonalarda shartnoma asosida doimiy yoki depozitar
(vaqtincha) asrovga olinishi mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda
O’zbekistonda davlat, idoraviy va shaxsiy arxivla mavjud bo’lib, bu arxivlarda
respublikamizning o’tmishi va hozirgi kunini o’zida aks ettirgan bebaho hujjatli manbalar
saqlanmoqda. Ularni nes-nobud qilmasdan kelajak avlodlarga yetkazish arxiv xodimlarining
asosiy vazifasidir.
Sovet davrida ham foto va kinohujjatlarida O’zbekistonning 74 yil davomida bosib o’tgan
yo’li aks ettirilgan. Fonohujjatlar esa davlat va jamoat arboblari, fan, adabiyot va san’at
namoyandalari, ishlab chiqarish ilg’orlarining yozib olingan nutq va intervyularidan, eski
bolsheviklar, fuqarolar urushi va ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining esdaliklaridan
iboratdir. Arxivda mualliflar ijrosida badiiy asarlar yozib olingan magnit lentalari hamda
taniqli san’atkorlar va jamoalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo’shiqlar audiokassetalari
saqlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi va uning barcha
viloyatlardagi bo’limlarida sobiq O’zkompartiya va O’zbekiston komsomoli hujjatlari bilan bir
qatorda hozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan muassasa va tashkilotlar, jumladan Prezident
Devoni, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, O’z XDP va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy
harakatining hujjatlari saqlanmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
I.A.Alimov Arxivshunoslik Toskent:’’Tafakkur Bo’stoni”
2.
U.Jumayev O’zbekistonda arxiv ishi tarixi Toshkent ”Turon-iqbol”-2016
3.
M. M. Is’hoqov, I.B.Xudoynazarov, ”Yordamchi tarixiy fanlar”.: ”Noshir”.2019
Dostları ilə paylaş: |