Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov


Simsiz lokal tarmoqlar - Wi-Fi va Bluetooth



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
3.1.3.Simsiz lokal tarmoqlar - Wi-Fi va Bluetooth 
texnologiyalari 
Wi-Fi texnologiyasi. 
Hozirgi paytga kelib simsiz lokal tarmoqlar
simli lokal tarmoqlarga 
qo‘shimcha
lokal tarmoqlar sifatida qaralmoqda. 
Boshqacha qilib aytganda simsiz lokal tarmoqlar simli, ya‟ni kabelli 
lokal tarmoqlar bilan 
raqobatlashuvchi
tarmoqlar emas.
Simsiz lokal tarmoqlarning ko„pgina afzal tomonlarini yaqqol 
ko„rish mumkin. Ularni o„rnatish va modifikatsiyalash, ya‟ni yangilab 
turish juda ham oson, bunda katta-katta hajmli kabellarga va ularni ulash 
uchun zarur bo„lgan qurilmalarga extiyoj bo„lmaydi. 
Simsiz 
tarmoqlarning yana bir afzalligi, unda foydalanuvchilarning ko„chib 
yurish imkoniyatining (rus tilida - мобильность) borligidir. 
Ammo simsiz lokal tarmoqlarda qo„llaniladigan axborot uzatish 
muhiti, ya‟ni simsiz muhit holatining turg„un emasligi, va u ishlashi 
davomida o„zini qanday tutishi noma‟lum ekanligi kabi muommolarga 
ega. 
Wi-Fi texnologiyasining - ya‟ni IEEE 802.11 standartining 
protokollari steki ham 802 komitet standartlarining umumiy tuzilishiga 
mos keladi, ya‟ni u ham – fizik sath, MAC sathi, hamda ulardan 
yuqorroqda joylashgan LLC sathlaridan iborat. IEEE 802.11 protokollari 
stekining tuzilishi 3.10-rasmda keltirilgan. 
Fizik sathda spetsifikatsiyalarning bir necha variantlari mavjud. 
Ular - foydalanadigan chastotalar diapazoni, kodlash usullari, hamda 
ma‟lumotlarni uzatish tezliklari bilan bir-biridan farqlanadilar. Bu 


45 
standartning, ya‟ni WiFi ning - hozirda ko„p foydalanilayotgan quyidagi 
spetsifikatsiyalari mavjud: 
1. 
802.11a
spetsifikatsiyasi – unda chastotaning nisbatan yuqori 
diapazoni 5 GGs qo„llanilishi hisobiga ma‟lumotlar uzatish tezligi 
oshirilgan. Bu spetsifikatsiyada ma‟lumotlarni uzatishda - 
chastotali 
multiplekslashning ortogonal usuli,
OFDM-dan (Orthogonal Frequency 
Division Multiplexing)
foydalanilgan. 
2.
802.11b
spetsifikatsiyasida 
esa, 
2,4 
GGs 
diapazonidan 
foydalanilgan. Ma‟lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/s-ga etkazilgan. Bu 
komplementar kodlardan foydalangan holda kodlash texnikasi CCK-dan 
(Complementary Code Keying)
foydalanuvchi 
DSSS (Direct Sequence 
Spread Spectrum) 
– 
to‘g‘ri ketma-ketlik asosida spektrni kengaytirish 
usulini qo„llash hisobiga amalga oshirilgan. 
3.10-rasm.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin