Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov


 Marshrutizatorlar va ularni qo‘llaniladigan o‘rniga qarab



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
3.6. Marshrutizatorlar va ularni qo‘llaniladigan o‘rniga qarab
tasniflanishi 
 
Marshrutizatorlar alohida tarmoqlarni, umumiy 
tarmoqlardan 
iborat tarmoqqa 
birlashtiradi. Har bir marshrutizator bir nechta 
tarmoqqa ulangan bo„lishi mumkin (3.33-rasm).
3.33-rasm. Tarmoqlardan iborat tarmoq. 


66 
Marshrutizatorning asosiy vazifasi – har bir port orqali qabul 
qilinadigan va vaqtincha saqlab turiladigan tarmoq protokollari (masalan 
IPX, 
IP, 
AppleTalk 
yoki 
Decnet 
protokollari) 
paketlarining 
sarlavhalarini o„qish va paketning tarmoq adresi, ya‟ni IP-adresi asosida, 
uning navbatdagi marshruti qanday bo„lishi haqida qaror qabul qilishdan 
iboratdir. Marshrutizatorlar qo„llaniladigan o„rniga qarab, bir nechta 
sinflarga bo„linadi (3.34-rasm): 
1.Magistral tarmoqlarni qurish uchun mo„ljallangan marshrutizatorlar. 
2.Tarmoqlarning chegaralari uchun mo„ljallangan marshrutizatorlar. 
3.Xududiy bo„limlar marshrutizatorlari. 
4.Uzoqlardagi ofislar uchun mo„ljallangan marshrutizatorlar. 
5.Lokal tarmoqlar marshrutizatorlari. 
Katta tarmoqlarda, ko„pincha bir nechta ierarxik sathlarda 
ishlovchi marshrutizatorlar qo„llaniladi. Bunda lokal kompyuter 
tarmoqlari stansiyalari birinchi sath marshrutizatorlariga ulangan 
bo„ladi. Birinchi sath marshrutizatorlari esa, ikkinchi sath 
marshrutizatorlariga ulanadi. Yuqori uchinchi sath marshrutizatorlari 
esa, faqat o„zaro bog„langan bo„ladilar. 
Marshrutizatorlarning – 
yuqori, o‘rta (ikkinchi sath) va quyi 
(birinchi sath) sinflari 
mavjud. 
Yuqori sinf marshrutizatorlari – magistral marshrutizatorlar deb 
ataladi 
(
backbone 
routers
). 
Bu 
xildagi 
marshrutizatorlarning 
unumdorligi eng yuqori bo„ladi. Ular yordamida korxonalarning 
magistral tarmoqlari yoki biron bir xududning global tarmog„i magistrali 
hosil qilinishi mumkin. Magistral marshrutizatorlar yordamida 
sekundiga bir necha 100 ming, xatto bir necha millionlab paketlarni 
ishlash amalga oshiriladi. 
O„rta sinf marshrutizatorlari - deganda mintaqaviy bo„limlar uchun 
mo„ljallangan marshrutizatorlar tushuniladi. Ular yordamida mintaqaviy 
bo„limlarni, markaziy ya‟ni, magistral tarmoq bilan bog„lash amalga 
oshiriladi. Ushbu marshrutizatorlar, yuqori sinf marshrutizatorlarining 
nisbatan soddalashtirilgan variantlari hisoblanadi. 
Quyi sinf marshrutizatorlari esa – uzoq masofalarda joylashgan 
offislar uchun mo„ljallangan marshrutizatorlardir. Ular yordamida uncha 
katta bo„lmagan ofislarni korxona tarmog„i bilan ulash amalga 
oshiriladi. Bunday marshrutizatorlar uncha katta tezlikka ega bo„lmagan 
kanallar orqali ishlash uchun mo„ljallangan, jumladan ularda telefon 
tarmoqlari orqali ulanish portlari ham mavjud bo„ladi.


67 
3.34-rasm. Marshrutizatorlarning qo„llanish o„rinlari va xillari. 
Marshrutizatorlarni qurishda uch xil asosiy arxitekturalardan 
foydalanilgan: 
1.Bitta protsessorli arxitektura. 
2.Kuchaytirilgan bitta protsessorli arxitektura. 
3.Simmetrik ko„p protsessorli arxitektura. 
Bitta protsessorli arxitektura asosida qurilgan marshrutizatorlarda 
trafikni ishlash bosqichlari - filtrlash va paketlarni uzatish, marshrutlash 
jadvallarini 
yangilash, 
xizmat 
ko„rsatuvchi paketlarni ajratish, 
boshqaruvchi paketlarni shakllantirish va xokazo shu kabi vazifalarning 
barchasi markaziy protsessorga yuklangan bo„ladi. 


68 
Kuchaytirilgan bitta protsessorli marshrutizatorlarda esa, yuqorida 
sanab o„tilgan bosqichlarning ba‟zilarini bajaruvchi, qo„shimcha 
modullar o„rnatilgan bo„ladi. 
Simmetrik ko„p protsessorli marshrutizatorlarda, paketlarni ishlash 
bosqichlarini 
bajarish 
uchun 
alohida-alohida 
protsessorlardan 
foydalanilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin