3.20-rasm. Marshrutizatorlar yordamida tarmoqni mantiqiy
strukturalash.
3.3.Lokal tarmoq kommutatorlari
Lokal kompyuter tarmog„i kommutatorlarining har bir portiga,
kelayotgan ma‟lumotlar oqimini ishlash uchun,
ko‘prikda qo‘llanilgan
algoritm
asosida
ishlovchi
maxsus
protsessorlar
o„rnatilgan.
Kommutator deganda o„zining ixtiyoriy ikkita portlari o„rtasida,
kadrlarni
parallel
ravishda uzatib bera oladigan ko„pprotsessorli
ko„prikni tushunish mumkin.
Kommutator tarkibida, portlarining protsessorlari bilan birga,
markaziy protsessor
ham o„rnatilgan bo„lib, u portlar ishini
muvofiqlashtiradi, harakatlantirish jadvalini qurishga javob beradi,
hamda kommutatorni konfiguratsiyalash va boshqarish vazifalarini
bajarilishini
ta‟minlab beradi. Keyingi kommutatorlar, tarmoq
texnologiyalari rivojlanishi natijasida paydo bo„la boshlagan ko„pgina
qo„shimcha vazifalarni ham bajara olish imkoniyatiga ega bo„lgan holda
ishlab chiqarila boshladilar.
Bu vazifalar sirasiga –
virtual tarmoqlarni hosil qila olish, aloqa
chiziqlarini agregatsiyalash, trafikning qaysinisi qanday ahamiyatga
ega ekanligini aniqlay olish
va shularga o„xshash boshqa vazifalarni
kiritish mumkin.
Kalpana
firmasi
tomonidan
taklif
qilingan
EtherSwitch
kommutatorining
tuzilishini
3.21-rasmda
keltirilgan.
Ushbu
kommutatorda 10Base-T standartiga tegishli 8-ta portining har biriga
56
bittadan
Ethernet
paketlari protsessori
–
EPP (Ethernet Packet
Proctssor)
xizmat ko„rsatadi. Bundan tashqari kommutator EPP
protsessorlarining ishini muvofiqlashtirib turuvchi
tizimli modulga
ham
ega.
3.21-rasm. EtherSwitch kommutatorining tuzilishini.
Kommutator portiga kelib tushgan kadrni etib borishi kerak
bo„lgan adresini o„qish uchun, shu portning EPP protsessori tomonidan
bu kadrning dastlabki birinchi baytlari
buferlanadi
. Kadr etib borishi
kerak bo„lgan adres aniqlab olingandan so„ng, protsessor kadrning
qolgan baytlarini kelishini kutib turmasdan, uni ishlashni amalga
oshiradi, ya‟ni kadrni, o„sha adresga uzata olishi mumkin bo„lgan porti
orqali, uzatib berishni boshlab yuboradi (3.22-rasm).
Kadrni bunday tarzda, ya‟ni to„liq buferlamasdan uzatish
«yo‘l-
yo‘lakay kommutatsiyalash»
nomini olgan
(«on-the-fly» yoki «cut-
through»
). Kadrni bunday uzatish mohiyati jihatidan
konveyerli
ishlashga
to„g„ri keladi, ya‟ni kadrni uzatishda ba‟zi bir bosqichlarni
bajarish
bir vaqtda
yoki
parallel
amalga oshiriladi.
Kadrni uzatish bosqichlari ketma-ketligi quyidagicha bo„ladi:
57
1.Kadrning dastlabki baytlarini, uning yuborilishi kerak bo„lgan
adresi bilan birga, kirish porti protsessori tomonidan qabul qilish.
3.22-rasm. Kadrni kommutatsion matritsa orqali uzatish.
2.Kadrni etib borishi kerak bo„lgan adresini, kommutatorning adreslar
jadvalidan, ya‟ni protsessorning kesh xotirasidan yoki tizimli modulning
umumiy jadvalidan qidirib topish.
3.Matritsani kommutatsiyalash, ya‟ni ichki kanalni xosil qilish.
4.Kirish porti protsessori tomonidan kadrning qolgan baytlarini qabul
qilib olish.
5.Kommutatsion matritsa orqali kadrning baytlarini, chiqish porti
protsessori tomonidan qabul qilib olish.
6.Chiqish porti protsessori tomonidan ma‟lumotlarni uzatish muhitiga
ulanish (ya‟ni ulanishga ruxsat olish).
7.Chiqish porti protsessori tomonidan kadrning baytlarini tarmoqqa
uzatish. Kadrlarni konveyerli ishlash natijasida unumdorlik oshadi
(3.23-rasm).
58
3.23-rasm. Kadrni konveyerli ishlash natijasida vaqtdan yutish:
a
- konveyerli ishlash,
b
- to„liq buferizatsiyali odatdagi ishlash.
Kommutatorlarni qo„llash natijasida tarmoqning unumdorligini
oshishiga, bir nechta kadrlarni
parallel ishlash
bilan ham erishilar ekan
(3.24-rasm).
3.24-rasm. Kommutator tomonidan kadrlarni parallel uzatish.
Bunda, kommutator uning portlariga ulangan har bir stansiyaga
yoki segmentga unda qo„llanilayotgan protokolning erishishi mumkin
bo„lgan o„tkazish qobiliyatini taqdim etadi – deb ataladi.
|