Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

q o ‘y a d i. 
Birinchi bor maktabga kelgan 
bola hali o‘zini toliq anglashi va o‘z xatti-harakatlarini aniq bi- 
lishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga me’yorlar qo‘yishi, ular­
ning xatti-harakatlarini baholashi, o‘z xatti-harakatlarini boshqa- 
lar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlanglch 
sinfda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi shart- 
larni qabul qiladilar va ularning qoidalariga to la amal qilishga 
harakat qiladilar. Bola uchun o‘qituvchi uning psixologik holatini
1 Клычева 
З. П.
Общение в учебно-воспитательном процессе как фактор
формирования личности учащихся начальных классов. —Т. Автореф. к
пс. н. 2005.-23 с.
316


belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat 
sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosa- 
batiga, bu munosabat esa o‘z-o‘zidan oilasidagi munosabatlariga 
ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar uning o‘quv 
faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi.
0
‘qituvchining bolaga munosabati uning o‘rtoqlari va oila- 
si bilan bolgan munosabatiga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsata- 
di. Shuni ham alohida ta’kidlab olish kerakki, yangi muloqotning 
xarakteri kichik maktab yoshidagi o‘quvchi ta’limining motivlari- 
ga, undagi axloqiy sifatlarning rivojlanishiga, o‘z-o‘ziga beriladigan 
bahoning shakllanishiga hamda bolaning qiziqishlari darajasiga 
sezilarli ta’sir kolsatadi. Bolalarning o‘quv faoliyati muvaffaqiyati 
hamda shaxsining shakllanishi ko‘p jihatdan ularning o‘qituvchisi 
bilan munosabatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlariga, sinfdagi o‘z 
mavqeini qay darajada anglab yetishiga, tarkib topgan o‘quvchilar 
jamoasi bilan o£zaro munosabatlariga bogliq boladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin