Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

16.2. 0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat
330


0
‘smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy intim muloqotdir. 
0
‘smirlik davrida yetakchi faoliyat — bu o‘qish, muloqot ham­
da mehnat faoliyatidir. 0 ‘smirlik davri muloqotining asosiy va- 
zifasi — bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash 
va egallashdir. 0 ‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shun- 
dan iboratki, u to la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi. 0 ‘smirlarni 
o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyat­
ga egadir. 0 ‘smirlar do‘stlik, o‘rtoqlik va o‘zaro yordamlashuv- 
ni hamma narsadan yuqori qo‘yadilar: ana shunday o‘zaro mu- 
nosabatlar, o‘spirinlik yillarida ham davom eta beradi. Bunda 
o‘smirlar va ilk yoshdagi o‘spirin o‘quvchilarniig xulq-atvorlari- 
ga do‘stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta 
kuchliroq ta’sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, 
o‘smir bolaning yetilmaganligi va tajribasizligi uni tevarak-atrof­
dagi kimsalardan madad axtarishga majbur qiladi. 0 ‘smir bolaga 
uning istaklarini tushunadigan va ularni amalga oshirishga yor­
dam beradigan do‘st kerak. 0 ‘smirning do‘stlari bilan muloqoti 
ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tengdosh bolalar bilan prin- 
sipial tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o‘smirda 
alohida qiziqish boladi. Bu hoi o‘smirda yuzaga keladigan shax­
siy kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan 
muloqotda bolish tengdoshlari bilan bolgan muloqotning o‘rnini 
bosa olmaydi.
0
‘smir uchun tengdoshlari bilan bolgan muloqot u musta­
qil harakat qiladigan o‘zining shaxsiy munosabatlari muhitiga 
ajraladi. U bunga haqqim bor, deb o‘ylaydi, o‘z huquqlarini hi- 
moya qiladi va aynan shuning uchun ham o‘rtoqlari bilan bolgan 
munosabatga kattalarning o‘rinsiz, qo‘pol aralashuvi o‘smirning 
xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi.
0
‘smirda tengdoshlar bilan muloqot qilish va hamkorlikda- 
gi faoliyatga intilish yaqqol namoyon boladi. Jamoa hayoti bilan 
yashash, yaqin o‘rtoqlar, do‘stga ega bolish xohishi — do‘stlar to­
monidan qabul qilingan, tan olingan, hurmat qilingan bolishdek 
kuchli xohishdir. Bu o‘smirning muhim talabiga aylanib boradi.
331


0
‘smir uchun eng yoqimsiz vaziyat — jamoa va o‘rtoqlarining 
noroziligi, muloqot qilishni istamaslik, eng og‘ir jazo esa — ochiq 
yoki nooshkor aloqa uzish, gaplashmaslikdir.
0
‘smirlar do‘stlik kodeksining muhim me’yorlari — sha’nini 
hurmat qilish, tenglik, sodiqlik, do‘stga yordam, to‘g‘riso‘zlik.
Do‘stlik me’yorlarini egallash bolaning o‘smirlikdagi muhim 
yutug‘idir.
Agarda u bunday do‘stni qarindoshlari va pedagoglari orasidan 
topa olmasa, unday paytda u o‘z qiziqishlari va intilishlarini 
qo‘llab-quvvatlaydigan hamda undagi kamchiliklarni nimalar bi- 
landir toldira oladigan odamni begona katta kishilar yoki o‘z 
tengqurlari orasidan albatta topadi.
0
‘z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan munosabat aso­
sida o‘smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o‘taydi. 
0
‘zaro qiziqishlar, atrof dunyoni, bir-birlarini o‘zligini anglashlari 
va tushunishlari ular uchun juda qimmatlidir. 0 ‘smirlar uchun uy 
vazifalari, uy ishlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga qaragan- 
da tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimroqdir. 0 ‘z sirlarini 
bola endi ota-onasiga emas, balki tengdoshiga ko‘proq ishonadi. 
0
‘z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jarayonida o‘z shax- 
sini erkinlik bilan to‘la namoyon eta oladi. Shaxsiy erkinlikni u 
katta bo‘lish huquqi deb anglaydi. 0 ‘smirning o‘z tengdoshlari bi­
lan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini yax­
shi bilgan tajribali o‘qituvchilar sinfda ham o‘quvchilarning ayrim 
kichik-kichik guruhlari orasida ijobiy ijtimoiy fikrni shakllanti- 
rishga katta e’tibor beradilar, o‘smirlarga ularning yaqin do‘stlari 
orqali ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladilar. Ayrim o‘quvchilarning 
(ayniqsa o‘qishda o‘rqada qoladigan va «tarbiyasi qiyin» bolgan 
o‘quvchilarning) sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizi- 
midan «tushib qolishlariga» yo‘l qo‘ymaydilar.
0
‘rtoqlarining ta’siri ostida o'smir o‘zining ehtiyojlari va is- 
taklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish un­
ga katta mamnunlik baglshlasa, bunday hollarda uning ba’zi 
bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bolgan tasodifiy qiziqish-
332


lari dastavval ishtiyoqqa, undan keyin ehtiros yoki odatga ayla- 
nishi mumkin. Ana shunday yo‘l bilan o‘quvchilarda, masalan, 
matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki 
qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi, 
ammo o‘quvchilar xuddi shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka, be- 
zorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o‘rganib qo- 
lishlari mumkin.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin