Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


 ‘smirlik davrida psixologik yangilik



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

16.5. 0 ‘smirlik davrida psixologik yangilik
0
‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat — 
voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bolishi alohida ahami­
yatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda, 
qiziqishda, munosabatda, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z 
ifodasini topadi. 0 ‘smirlik yoshiga xos bolgan psixologik xususi- 
yatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, 
kamolotga erishish yollarini va unga ta’sir etadigan biologik va 
ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy 
yetilish o‘smirning bu yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vo- 
sita sifatida ta’sir o‘tkazadi. Lekin bu bevosita ta’sirdir. Kichik 
o‘smir psixologik «mexanizmi» sxematik ravishda quyidagicha 
baholanadi. Endokrin garmonlarining paydo bolishi va ularning 
markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bogliq bolgan jin­
siy yetilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psi­
xologik imkoniyatlarini oshiradi hamda ularning o‘zlarini kat- 
talardek his etish, mustaqil bolish tuyg‘ularini tuyushlari uchun 
qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanish­
ning bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga to la 
tayyor bolmaydi. Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik 
maktab yoshidan o‘rta maktabga olish, ya’ni yakka o‘qituvchi 
rahbarligidan ko‘pchilik o‘qituvchilar tasarrufiga olish va mu- 
loqotdagi o‘zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib bo­
rish, mustaqil va amaliy ishlarni ko‘proq bajarish, shu bilan birga 
bolaning oiladagi o‘rnining ham o‘zgarishidir. Katta o‘smirlarga 
nisbatan kichik o‘smirlarda paydo boladigan kelisha olmaslikni 
ulardagi jinsiy yetilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoit- 
lar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahal- 
la-ko‘y, ya’ni ijtimoiy sharoitlar ta’siri bilan boglash zarur.
346


Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlimni 
o'zgartirish yoli bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan 
to‘g‘ri ta’sir kolsatish, yomon xulq-atvor, o‘jarlik, kamchiliklari­
ni tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin. 
Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin katta­
lar hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi. 0 ‘smir 
o‘zining qobiliyati va kuchini to‘g‘ri baholamay turib, murakkab 
hayotiy masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr yuritish qo­
biliyati yuzaki bo‘lganligi sababli kundalik hayotida qator kam- 
chiliklarga yo‘l qo‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan ko‘ra 
kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni 
yoqtirmaydi, har bir tanqid go‘yoki uni mensimaslik belgisi, ata- 
yin qilinayotgan ish bo‘lib ko‘rinadi. U mustaqil, o‘zboshimchalik 
bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e’tibor ber- 
maydi. Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini 
namoyish qilish uchun turli xil salbiy odatlarga o‘rgana boshlay­
dilar. 0 ‘smir xulqidagi bunday o'zgarishlar o‘qituvchi va ota-ona- 
larni qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish 
uchun esa kattalardan psixologik bilim va tajribani talab etadi. 
Bu yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kam- 
chilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab 
emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish 
uni «katta bo‘lib qolganlik» tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki kat­
ta odam qanday bolishi va qanday talablarga javob berishi kerak- 
ligini anglatishi zarur.
Kichik o'smir davrida bilish faolligi, bilishga bolgan qiziqish 
kuchayadi (11—12 yosh). 0 ‘smirlik davrida tafakkur, tushuncha- 
larni hosil qilish funksiyasi shakllanadi. Fan asoslarini, umum- 
lashtirilgan bilimlarni o‘zlashtirish hisobiga psixik funksiyalar 
ixtiyoriy boshqariladigan jarayonlarga qayta quriladi. Kogni- 
tiv sohadagi o‘zgarishlar o‘smirning tevarak-atrofga munosa- 
batini, umuman shaxs sifatida shakllanishini o'zgartiradi. Idrok 
tanlovchan, maqsadga yo‘naltirilgan analitik-sintetik faoliyatga 
aylanadi. Xotira mantiqiy operatsiyalar bilan ichdan bogliq bola-
347


di. Nazariy diskursiv tafakkur tushunchalarga tayanilgan holda, 
ular o‘zaro taqqoslanadi, bir fikrdan boshqa bir fikrga olish ro‘y 
beradi.
0
‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan 
o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid boladi. 0 ‘smir av­
val bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata bosh­
laydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, 
yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qi­
lishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va 
fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa boladi va noro- 
zilik bildiradi. 0 £smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo boladi va u 
o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin 
bolmagan inson deb biladi. Ota-onalar va pedagoglar o‘smirlar 
bilan alohida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti-harakat­
larini o‘z vaqtida to‘g‘ri yolga solishlari lozim. Ba’zi o‘qituvchi- 
lar kichik o‘smirdagi bu o‘zgarishlar - salbiy alomatlar, urush- 
qoqlik, o‘jarliklarining ildizlari qayerdan kelib chiqqani va nima 
bilan bog‘langanligi, nimaning ta’siri ekanligini bilmay turib, 
noto‘g‘ri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat hol­
da fojiaga olib kelishi mumkin. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqa- 
ruvchi omillardan biri o‘smirning o‘z mustaqilligini imkoniya- 
tidan ortiq darajada baholashidir. 0 ‘z imkoniyatlarini ortiqcha 
baholash bilan kichik o‘smirning psixik imkoniyatlari oltasi- 
da tafovut paydo boladi. Kattalarning irodasiga bo‘ysunmaslik, 
maktab, sinf faollari va boshqalarning qarorlarini bajarmaslik bu 
mazkur sharoitga yetarli darajada baho bera olmaslikning yago­
na reaksiyasi bolibgina qolmay, shu bilan birga bu o‘smir, uning 
shaxsi nuqtayi nazaridan o‘zini boshqalarga tanitish yoli sifati­
da ham xizmat qiladi. Bu yo‘1 orqali bola o‘z shaxsining ahami­
yatini, uning ta’sirchanligini hamda tevarak-atrofdagi kishilar- 
ga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini ham ta’kidlab ko‘rsatishga 
erishmoqchi boladi.
Demak, bu o‘smirni tolaqonli psixik rivojlanishi uchun 
zarur bolgan hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan
348


bogliq salbiy ishlarning psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i 
va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, ak- 
sincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga in- 
tilishi kerak.
0
‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq qiziqtira- 
di, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga 
harakat qiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa 
kengaytiradi, kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hur- 
mat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etish- 
ga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum tenghuquqlilikka va 
ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.
0
‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini 
anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat 
o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishi- 
da irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya si­
fatida o'smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi 
rivojining magistral chizig‘i bolib hisoblanadi.
0
‘z-o‘zini anglash hissining tarkib topishi, o‘ziga nisbat­
an go‘yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vu­
judga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan tempe­
rament tipidagi o‘smirlar uchun muhim xususiyatlardir. 0 ‘smir 
o‘gll-qizlar shaxsining kamol topishida, o‘zini anglash jara­
yonida o‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar 
bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish ehtiyoji paydo boladi. Bu- 
lar esa o‘smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-at- 
rofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilk 
0
‘smirlik 
davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteris- 
tika beradilar. Katta bolgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan 
bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlar­
da o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon b o la
boshlaydi.
0
‘g‘il bolalar va qiz bolalarning ijtimoiy rollari turlicha b o li­
shi to‘g‘risidagi jamiyatda tarkib topgan tushunchalar bilan bola­
lar tomonidan o‘zlashtiri!gan tasavvurlar o‘smir yoshidagi shaxs-
349


ning shakllanish yo‘llarini belgilab beradi. 0 ‘smir o‘z kuchi va 
quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayot- 
ganini anglay boshlaydi.
0
‘smirlar ustanovkalari muhim funksional ahamiyatga ega 
bolib, uning m alum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorli- 
gi sifatida namoyon boladi. Uning asosiy vazifalari: 1) faoliyat 
amalga oshirilishining qat’iy xarakterini belgilab beradi; 2) o‘smir 
shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin holda 
nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi.
0
‘smirlik davri xususiyatlarini talqin qilgan olimlarning 
ta’kidlashicha, o‘g‘il va qizlarning bu yoshda o‘rtoqlari bilan mu- 
nosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqi- 
shi yorqin namoyon boladi. Ushbu o‘zgarishlar ta’sirida bolalar 
jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o‘sib borish munosabati bilan 
o‘zlariga ko‘proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy muammo- 
lar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar.
Aslida o‘smir yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psi­
xik rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, psixik muammo- 
larini erkin va to‘g‘ri yechishlari uchun yordam berish, ular­
ga psixologik yondashish zarur. Kichik o‘smir yoshdagilar bilan 
ishlayotganda o‘quvchining har bir tashqi va ichki reaksiya- 
si ortida uning o‘z psixologik sabablari borligini bilish muhim- 
dir. Bu «madaniyatsiz», «zararli», «tushunib bolmaydigan» deb 
nom olgan xatti-harakatlar bir qarashda shunday baholanadi, 
lekin bu xatti-harakatlar shaxs qaror topishining maxsus bos­
qichi uchun xos xususiyatdir. Kichik o‘smirda o‘z-o‘zini hurmat 
qilish va o‘zini anglashni shakllantirishning bir qancha yollari 
mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada 
o‘z hurmatini talab qilish, o‘z so‘zini olkazish, o‘zini hurmat- 
li, obroMi katta yoshli kishining obraziga o‘xshatib rivojlantirish 
kuchli boladi. Ularga biror so‘z yoki tanbeh bilan murojaat qil- 
sangiz, u o‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta ud- 
dasidan chiqa oladigandek ko‘rsatadi. Vaholanki, hali o‘smir- 
ning psixologik imkoniyatlari yetarli emas yoki rivojlanmagan
350


bo'lishi mumkin. Kattalar, o'qituvchilar o'smirdagi bu jarayonni 
psixologik nuqtayi nazardan baholay olishlari, unga soxta, yuza- 
ki yondashmay, aksincha, unga o'z imkoniyatlarini o'stirishga, 
o'z ichki va tashqi qobiliyatlarini to'g'ri rivojlantirishga yo'nal- 
tirishlari muhim hisoblanadi. O'smirlar uchun o'z tengdoshlari 
bilan muloqotda bo'lishi g'oyat katta ahamiyatga egadir. U en- 
di salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urg'u bermagan hol­
da o'zi xohlagan kishisi bilan do'st bo'lish huquqini talab etadi. 
O'smirlar orasida sodiqlik va to'g'rilik kabi xislatlar yuqori ba- 
holanib, sotqinlik, o'z so'ziga bevafolik, egoizm, qizg'anchiqlik 
qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan urishish, 
kaltaklash, unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolg'izlatib 
qo'yish shaklida bo'lishi mumkin. O'smirlar o'zini hurmat qi- 
lishini, o'z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan teng- 
doshlariga juda past baho beradilar.
5—6-sinf o'quvchilariga sinfdagi o'zi egallagan mavqeiga kat­
ta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6-sinfdan boshlab, 
o'quvchilar o'z tashqi ko'rinishlariga, shuningdek qarama-qarshi 
jinsdagi bolalar va ular bilan o'zaro munosabatlariga e’tibor be- 
ra boshlaydilar.
7-sinf o'quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos 
qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga 
xoslik, do'stlik va o‘rtoqlik bilan bogliq bo'ladigan shaxsiy xislat­
lar paydo boladi.
Ma’lumki, har bir bolaning munosabatlari aniq ishlar- 
da ko‘rinadi, mustahkamlanadi va qayd etiladi. Bola o'zida- 
gi mustaqillikni shakllantirish uchun o'zi mustaqil ishlarni 
bajarishiga to‘g'ri keladi. Lekin, ikkinchi tomondan bir mar­
ta mustaqil ish bajarish uchun mavjud shart-sharoitlardan xo- 
li bo'lishga harakat qiladi. Bola boshqa mexanizmlarga ega 
emas. Bular o'smirning o'z kuchiga ichki bir ishonchni mav­
jud emasligini bildiradi. Bu belgilar mana shu yoshda kishi- 
ni mustaqil harakat qilishga qodir bo'lishga, ayni hollarda 
tevarak-atrofdagi kishilarga qarshi borib, o'zini haq ekanli-
351


gini qattiq turib himoya qilishga, boshqa hollarda esa vaziyat- 
ni vazminlik bilan qabul qilishga da’vat etadi. Mustaqil ishlaT 
qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini- 
o‘zi ishontiradi, chunki men endi «katta bolib qoldim» deb 
o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar «katta bolib qolganlik 
tuyg‘usi» shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifa­
tida talqin qiladilar. Bu yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay 
qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, 
kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo‘1 bilan yondash- 
gan holda yordam berish uni «katta bolib qolganlik» tuyg‘usini 
so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bolishi va qanday ta- 
lablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur. Demak, bu 
o‘smirni tolaqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bolgan ha­
yotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bogliq sal­
biy ishlarni psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmogl va bola­
larni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, aksincha 
ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi 
kerak. 0 ‘smirlarning o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi 
g‘oyat katta ahamiyatga egadir.
0
‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada 
rivojlanadi. Bu yillarda o‘smirlar uchun hayot davomida kerak 
boladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko‘ri- 
na boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira 
darajasiga kolariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur 
esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy da- 
rajasida rivojlanadi. 0 ‘smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoli- 
yatlarga o‘rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va 
maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.
0
‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar 
xos. Maktab dasturini o‘zlashtirish va boshqa ishlar bilan bogliq 
turli masalalarni yechishda ko‘zga tashlanadigan 
0
‘smirlar- 
ning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy 
muammolar bo‘yicha fikrlashga undaydi, o‘smirlarning o‘zlari 
ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, ke-
352


lajak kasb, xulq-atvor etikasi, o‘z majburiyatlariga mas’ullik ka­
bi muammolar muhokamasida infantillik (yosh bolalarga xos jis- 
moniy va psixologik holat)ni kuzatish mumkin.
0
‘smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqish- 
lariga asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va 
boshqa foydali sifatlarni rivojlantirishi mumkin. 0 ‘smirlik davri­
da o‘quv fanlarini turli o‘qituvchilar o‘qitishlari bilan kattalar 
shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari ham shakl­
lana boshlaydi. 0 ‘smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, 
o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladi- 
gan, o‘quvchilarni ajratmaydigan, o‘qituvchilarni ko‘proq hurmat 
qiladilar va yaxshi ko‘radilar. Ular o‘qituvchi bilan munosabatla- 
riga ham katta e’tibor beradilar.
10—15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar 
amalga oshadi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga 
salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smir- 
ning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, 
ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da 
namoyon bo‘la boshlaydi.
0
‘smirlik yoshidagi o‘quvchilarning emotsional xususiyatlari. 
0 ‘smirlik yoshida, taxminan 13—14 yoshlarda, bolalarni emot­
sional kechinmalarida katta o‘zgarishlar boshlanadi. Shu yosh­
dagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-mantiqiy va tanqidiy 
tafakkur ancha o‘sadi. 0 ‘smirlar dunyoqarashlari bilan bog‘liq 
bo‘lgan masalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ularning kamalak va 
yoshlar ittifoqida ishtirok etishlari bunday qiziqishlarning o‘si- 
shiga ko‘p jihatdan yordam beradi. Mana shularning hamma- 
si xilma-xil intellektual va axloqiy hislarni o‘sishi uchun manba 
bolib qoladi. 0 ‘smirlarda xayol kuchli ravishda o‘sadi. Hislarning 
o‘zi xayolning o‘sishiga yordam beradi va xayolning o‘zi ham xil­
ma-xil chuqur emotsional kechinmalarning manbayi bolib qola­
di. Kelajak to‘g‘risidagi orzular, qahramonlik, romantika shu­
larning hammasi emotsional kechinmalarning manbayidir. Bu 
yoshda o‘z-o‘ziga baho berish hissi kuchli ravishda o‘sadi.
353


0
‘smir yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va 
ularda ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqish o‘sishi tufayli axloqiy 
hislar o‘smirlar hayotida katta o‘rin oladigan bo‘lib qoladi, ular­
da vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo‘ladi. Shu yoshda or- 
ganizmda fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi sababli emotsional 
qo‘zg‘alishlarning xarakterida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Hislar 
kuchli ravishda namoyon bo‘laveradi, lekin ko‘pincha bu hislar 
barqaror bo‘lmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda o‘smir- 
larda injiqlik va arazlash ko‘p bo‘ladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin