Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Шихи Г. Возрастные кризисы. Ступени личностного роста



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Шихи Г. Возрастные кризисы. Ступени личностного роста.
419


Dastlabki inqiroz ilk yetuklikka o‘tishda, 20-22 yoshda namo­
yon bo‘lib, «ota-ona ildizlaridan bolinish» inqirozi deb ataladi. 
Yoshlikning asosiy vazifalari va muammolari: hayotiy rejalarni 
aniqlashtirish va ularni amalga oshirishga kirishish; o‘zligini topish 
individuallikni ishlab chiqish; o‘zining huquq va majburiyatlarini 
bilgan yetuk inson deb anglash; turmush o‘rtoq tanlash va o‘z oila- 
sini qurish; kasbiy faoliyatda ixtisoslashish va mahoratni egallash.
30 yoshlar - o‘rta yetuklik, «oltin yoshga» olish yuqori dara- 
jada ishchanlik davri. 30 yosh inqirozi — to‘plangan tajriba asosida 
hayotiy rejalarni korreksiya qilish vazifalari bilan bogliq, kasbiy 
faoliyat va oilada tartibli va oqilona hayot strukturasini yaratish 
bilan bog‘liqdir. Yoqimsiz hislarni bartaraf etishga intilgan inson 
ilgarigi tanlovlari — turmush o‘rtoq, karyera, hayotiy maqsadlari- 
ni qayta baholaydi. Ko‘pincha hayot tarzini tubdan o‘zgartirish 
kuzatiladi; erta qurilgan oilaning buzilishi; kasbiy qayta yo‘1 lash.
30 yoshdan keyin — «ildizlar va kengayish» — moddiy va ya- 
shash muammolarini hal qilish bilan bog‘liq, xizmat pog‘onasida 
ko‘tarilish, ijtimoiy aloqalarning kengayishi, o‘z kelib chiqishini 
tahlil qilish, ilgari rad etilgan o‘z Menini asta-sekin qabul qilish.
40 yosh inqirozi — hayot o‘rtasining inqirozi bolib, keng tarqal- 
gandir. Bu yosh davridagi inqirozning dastlabki belgilari ichki 
dunyoning o‘zgarishi — ilgari muhim, qiziqarli deb hisoblangan 
narsalarga befarq munosabat namoyon boladi. Identiklik inqiro­
zi — o‘ziga o'xshamaslik, boshqacha bolib qolganini his qilish- 
da ko‘rinadi. Inqiroz jismoniy kuchlari va yoqimtoyligining ka- 
mayayotganini his qilish bilan bogliqdir. Hayotiy kuchlarining 
kamayayotganligini anglash — o‘z-o‘zini baholashga va Men kon- 
sepsiyasiga qattiq ta’sir qiladi. Ayniqsa bu yoshdagi inqiroz ijod 
bilan shug‘ullanuvchi kasb egalarida qiyin kechadi.
40 yosh inqirozi xavfli va katta imkoniyatlar davri sifatida ang- 
lanadi. Yoshligi tugaganini anglash, jismoniy quvvatining kamay- 
ganligi, rollar va kutilmalarning o'zgarishi, xavotirlanish, chuqur 
o‘z-o‘zini tahlil qilish, kayfiyatning keskin tushishi bilan kecha­
di. Hayotini to‘g‘ri yashaganiga shubhalanish bu yosh davridagi
420


yetakchi muammodir. Bundan tashqari G.Spixi ayollardagi yosh 
inqirozlarining erkaklardan farqlarini ko‘rsatib bergan. Ayollar- 
ning hayot yo‘li bosqichlari ko‘proq oilaviy sikl hodisalari bilan 
bog‘liq: turmush qurish, farzandlar tug‘ilishi, bolalarning ulg‘ayi- 
shi, «bo‘sh uya» (ulg‘aygan bolalar ota-ona uyini tark etishi).
Eriksonning ta’kidlashicha, o‘rta yetuklik davrida avlodi- 
ni saqlash hissi kuchayadi, kelgusi avlod va uning tarbiyasiga 
qiziqish ortadi. Hayotning bu davri turli sohalarda yaratuvchan- 
lik va mahsuldorlik bilan ajralib turadi.
R.Pek Eriksonning g‘oyalarini davom ettirib, bu yosh davri­
da 4 inqirozning kuzatilishini va ularning hal qilinishi navbatda- 
gi shaxsiy rivojlanish uchun zarur sharoit hisoblanadi:
— insonda donolikni hurmat qilish rivojlanadi (jismoniy kuch- 
ga nisbatan);
— jinsiy munosabatlarning ijtimoiy munosabatlarga almashi- 
nuvi (jinsiy rollarning susayishi);
— emotsional egiluvchanlikni saqlash;
— ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni bartaraf et­
ish), xulq-atvorning yangi shakllarini izlash1.
Inson inqirozli kechinmalami muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun 
o‘zida emotsional egiluvchanlikni, o‘sayotgan bolalar va keksayayot- 
gan ota-onalarga nisbatan hissiy barqarorlikni rivojlantirishi zarur. 
0
‘rta yosh inqirozini hal qilish - hayotiy maqsadlami qayta ko‘rib 
chiqish, insonga berilgan umming qisqaligini anglash, hayot sharoit- 
larini tuzatish, yangi Men obrazini ishlab chiqish, turmush o‘rtog‘iga, 
do‘stlariga, farzandlariga ko‘proq e’tibor qaratish, yangi holatini to‘g‘ri 
idrok etish yangi barqaror davrga olib keladi. Inqirozlarni muaffaqi- 
yatli bartaraf etgan insonlarda 50—60 dan keyin kundalik muam- 
molar chetga chiqadi, yanada mahsuldor ishlash uchun sharoit yara- 
tiladi. Hayotiy tajribani umumlashtirish asosida ikkilamchi ijodiy 
cho‘qqilarga erishish mumkinligi, o‘z tajribasini tizimlashtirish, ish- 
xonadagi yoshlarga o‘rgatish shaxsga quvonch bag‘ishlaydi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin