Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


XXIV BOB. PEDAGOGIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

572


XXIV BOB. PEDAGOGIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK
ASOSLARI
Reja:
1. Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari.
2. Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar.
3. Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi.
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
Talabalarni ta’lim jarayonida o'qituvchining shaxsi­
ga, kasbiy bilimdonligiga qo‘yiladigan mezon va talablar bilan 
tanishtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi va 
o'quvchi hamkorligining o'rnini anglatish.
Tarbiyaviy:
Pedagogik faoliyatda, shaxslararo munosabat- 
lar jarayonidagi muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish. Bolajak 
o'qituvchilarda pedagogik mahorat, pedagogik nazokat kabi sifat- 
larini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:
Talabalarning pedagogik faoliyat subyekti 
bolgan o‘qituvchi shaxsiga xos psixologik xususiyatlar, ta’lim ja- 
rayonining samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi bi- 
limlarini rivojlantirish.
24.1. Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari
Pedagogik faoliyat o‘qituvchining o‘quvchiga uni shaxs va in- 
tellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta’limiy va tar­
biyaviy ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi.
Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari 
kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yo'nalganlik, motiv- 
lashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta’rifiga ko‘ra, peda­
gogik faoliyatning muhim jihati - bu uning mahsuldorligidir. 
Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko'rsa- 
tiladi:
I - (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni 
boshqalarga yetkazib bera oladi;
II — (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga 
o‘ziga xos jihatlari bilan ma’lum qila oladi.
573


III — (o‘rta) lokal modellashtirilish: o‘qituvchi fanning ma’lum 
bir bolim i bo‘yicha o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar- 
ning strategiyasini egallaydi.
IV - (yuqori) o‘quvchilar bilimini sistemali modellashti- 
rish; o‘qituvchi o‘quvchilarda fan malakalarini shakllantirishning 
yol-yo‘riqlarini biladi.
V — (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va o‘quvchi- 
lar xulq-atvori. Bunda pedagog o‘z fanini o‘rgatishdagi yo‘1- 
yo‘riqlarni shunday egallaydiki, natijada u o'quvchi ehtiyojlarida 
o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘ziga ta’lim berish, o‘z-o‘zini rivojlan- 
tirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Pedagogik faoliyat borasida so‘z yuritilganda yuqori mahsuldor- 
lik tushunchasi asosiy o‘rinni ifodalaydi.
Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsi- 
yasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini 
aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi.
Pedagogik faoliyatning predmeti bolib, shaxs rivojlanishining 
sharti va asosi bolmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratil- 
gan o‘quv faoliyatining manbayi hisoblanadi. Pedagogik faoli­
yatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni 
ko‘rish mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, 
grafik vositalarni kiritish mumkin.
Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani yetkazish bu 
tushuntirish, ko‘rsatish (illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil 
oluvchilar bilan birga ishlash, -tahsil oluvchini bevosita amaliyo-
574


ti (laboratoriya, amaldagi) va treningdan iborat. Pedagogik faoli­
yatning mahsuli bo‘lib o‘quvchining aksiologik, emotsional-maz- 
muniy, predmetli, baholash mezonlarini aks ettiruvchi individual 
malakasining shakllanganligi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning 
natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning 
shaxsiy, intellektual rivojlanishi, ularni o‘quv faoliyatining sub- 
yekti va shaxs sifatida shakllanishi hisoblanadi.
Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu 
motivatsiya hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoli- 
yatdagi kabi motivatsion soha ajratilib ko‘rsatiladi. Bu tashqi va 
ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror-bir narsaga erishish 
istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va nati- 
jasiga e’tibor berishni misol qilish mumkin.
Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli-tuman xat- 
ti-harakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, 
kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h.k. 
Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psi- 
xologo-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi.
P.F.Kapterev o‘qituvchiga xos bolgan obyektiv va subyektiv 
xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Umumiy ko‘rinishda u quyida- 
gicha aks etadi:
575


0
‘zaro munosabat doirasida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida- 
gi ta’sirlashuvning emotsional darajasini tadqiqot predmeti tar- 
zida qo‘yilishi, xususan, tarbiyachilik faoliyatining yo‘nalishida 
kam uchraydi. Bu muammoga oid ishlar jumlasiga G.S.Abra- 
mova, A.A.Beknazarov, R.Berns, I.B.Shuvanov va boshqalarning 
tadqiqotlarini kiritish mumkin. Aynan ushbu muammoga alo- 
qador o‘zbek o‘qituvchisiga baglshlangan ilmiy izlanishlar ni- 
hoyatda kamchilikni tashkil etadi. Bu sohada A.A.Beknazarov, 
F.S.Ismagilova, E.G‘.G‘oziyev va boshqalarning ishlarini namuna 
sifatida sanab o‘tish joiz.
L.Ya.Kolominskiy o‘z tadqiqotida o‘qituvchining o‘quvchilarga 
munosabati so‘zsiz muallim mehnati muvaffaqiyatlarida hal qiluv- 
chi rol o‘ynashini ta’kidlagan edi. Uning fikricha, bu pedagogik 
mahoratning muhim tomoni bolib, o‘qituvchi bilan o‘quvchi- 
larning o‘zaro munosabati ko‘p jihatdan aynan mana shu jara- 
yonga bogliqdir. Muallifning ko‘rsatishicha, o‘zaro munosabat- 
ni o‘qituvchi shaxsining faolligi va jamoadagi ta’sirlashuv nuqtayi 
nazaridan yondashgan holda o‘rganish ham mumkin ekan.
Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda pedagogning bolalarga 
nisbatan munosabatidagi emotsional-qadriyatli yondashuvi uning 
munosabat uslubidagi motivatsion jihatlari, shuningdek, bir vaqt- 
ning o‘zida uning o‘quvchilarga bolgan munosabati jarayonida 
xulqiga ta’sir ko‘rsatuvchi operatsional jihat bilan belgilanishini 
qayd qilish mumkin.
Qator tadqiqotlarda esa o‘qituvchi va o‘quvchilarning pedagogik 
muomaladagi turli xil jihatlarini baholash holati ham o‘rganilgan.
0
‘qituvchiga nisbatan o‘smirlarning talab va umidlari chet 
el psixologlari tomonidan tadqiq qilingan bolib, A.Djersildning 
izlanishlariga binoan bolalar quyida qayd qilingan xarakterga ega 
bolgan o‘qituvchilarni afzal hisoblar ekanlar:
1
) mehribon, quvnoq, javobgarlikni his qiluvchi, barqaror in- 
soniy sifatli;
2
) haqiqatgo‘y, batartib, halol, boshqalarni hurmatlovchi, tash- 
kilotchilik sifatidagi;
576


3) boshqalar manfaatini o‘ylaydigan, xalqparvar, sinf ishlari­
da o‘quvchilarga erkinlik huquqini beruvchi, qiziquvchan, ishti- 
yoqli va ishchan;
4) yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi o‘qituvchi.
V.Kessel tadqiqotlarida o‘quvchilarning yosh xususiyatiga bog‘liq
holda o‘qituvchilarning mashhurlik va mashhur emaslik motivlari 
o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 
0
‘qituvchining mashhurli- 
gi ko‘p jihatdan uning materiallarni ko‘rgazmali, jonli va muam- 
moli tarzda yetkaza olish qobiliyatiga bog‘liq ekan. V.S.Abramova,
S.M.Illyusizova, V.A.Kan-Kalik va boshqalar «o‘qituvchi-o‘quvchi» 
munosabati bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazganlar. Tadqiqot natijalariga 
ko‘ra, o‘qituvchining muloqotda do‘st sifatida o‘z o‘rnini 
0
‘quvchi- 
larning tengdoshlari va ularning ota-onalariga berganligi ko‘rindi.
Ko‘pchilik psixologlar, shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog 
olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‘qituvchilar 
uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossi- 
ya psixologlaridan N.V. Kuzmina, V. Slastenin, F.N. Gonobolin, 
o'zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S. 
Jalilova, A. Jabborov, M. Kaplanova va boshqalar tomonidan olib 
borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham o‘qituvchilik kasbi va ta’lim 
jarayoniga doir muammolar keng tadqiq etilgan. Bunda o‘qituvchi- 
lik kasbiga muvofiq yaratilgan professiogrammani ko‘rish mumkin.
0
‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o‘qituv- 
chiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim. 
Bo‘lajak o‘qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar 
qo‘yilishini bilish va shu asnoda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qi­
lish uchun pedagogik oliy o‘quv yurtlarida muayyan mutaxassislik 
bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasining ishlab chiqilishi zarurdir.
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, 
Ye.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamrokulov, E.Xidirov va bosh- 
qalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek maktablarida rus tili va mak- 
tabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mu- 
taxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasining taxminiy 
modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.
577


Professiogrammada muhim xislatlarning borgan sari birmun­
cha ortib borishini hisobga olgan holda o‘qituvchining quyidagi 
xislatlari ko‘rsatib berilishi lozim:
1

0
‘qituvchining shaxsiy xislatlari: bolalarni yaxshi ko‘rish, 
ularni sevish; aql-farosatlilik; mehnatsevarlik; jamoat ishlari- 
da faollik; kamtarinlik; odamiylik, dilkashlik; uddaburonlik; o‘z 
bilimini oshirishga intilish.
2. Kasbiga xos bilimi: ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bi­
lan uning maqsad va vazifalarini tushunishi; psixologiya asos- 
larini, ayniqsa yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asos- 
larini bilishi, etnopsixologik bilimlarni egallashi; hozirgi zamon 
pedagogikasi asoslarini bilishi; hozirgi zamon pedagogikasining 
metodologik asoslarini egallaganligi; maktab yoshidagi bolalar- 
ning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi; o‘z fanini 
o'qitish metodikasini bilishi; o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etish- 
ning samaradorligini bilishi; ota-onalar va jamoatchilik bilan olib 
boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi.
3. 0 ‘z kasbiga xos xislatlari: o‘qituvchining kuzatuvchanligi; 
o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi; pedagogik fantaziya (xa- 
yol)ning rivojlanishi; o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi; o'zini 
qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi; pedagogik takt; nutqning 
emotsional ifodalanishi;
4. Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: 
dars mashg‘ulotlari 
uchun zarur materiallarni tanlay bilishi; o‘quvchilarning bilish 
faoliyatini boshqara olishi; a’lim va tarbiya jarayonida o'quvchi- 
larning bilimi o‘sishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi; 
pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni re­
jalashtira olish; bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoli­
yatini rejalashtirishni bilishi; o‘quv maqsadlarini rejalashtira 
olishi; o‘zining ta’lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini re­
jalashtira olishi.
5. Tashkilotchilik malakalari: bolalar jamoasini uyushti- 
ra bilishi; turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara oli­
shi; bolalarni nimalar bilandir qiziqtirib, ularni faollashtira
578


olishi; amaliy masalalarni hal etishda o‘zining bilim va tajribala- 
rini ustalik bilan tez qo‘llay olishi.
6
. Kommunikativ malakalari: bolalarni o‘ziga jalb etishni bili­
shi; bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik mu- 
nosabatlarni tiklashni bilishi; bolalarning jamoalararo va jamoa 
ichidagi o‘zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi; bolalar 
va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa boglashni bilishi.
7. Gnostik malakalari: bolalarning asab psixik taraqqiyoti da- 
rajasini aniqlay bilishi; o‘zining tajribasi va pedagogik faoliya- 
ti natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi; boshqa o‘qituvchilarning 
tajribalarni o‘rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to‘g‘ri 
xulosa chiqara olishi; psixologik-pedagogik adabiyotlardan foyda- 
lanishni bilishi; o‘quvchilarni to‘g‘ri tushunib, ularninig xulq-at- 
vori sabablarini tushuntirishni bilishi.
8
. Ijodiy xislatlari: pedagogik mahoratini takomillashtirish- 
ga intilishi; o‘quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va 
uni amalga oshira olish qobiliyati; o‘zini o'quvchi o‘rniga qo‘yib, 
bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi; avval- 
gi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray 
olish qobiliyati; o‘zining o‘quvchiga pedagogik ta’siri natijalarini 
oldindan ko‘ra bilishga intilishi.
Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi 
tariqasida quyidagilar keltiriladi: shaxsning jamoatchilik va kas­
biy yo‘nalishi; pedagogik mahorat va qobiliyati; xarakterining psi­
xologik xususiyatlari; bilish faoliyati; o‘qituvchi shaxsining bola- 
larni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Professiogramma yoshlarga o'zlarining kelgusida o‘qituvchilik 
kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Professiogrammani kasbga xos ravishda o‘qitishni tashkil qi- 
lishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday 
bilim va ko‘nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyati va 
shaxsiy xislatlariga bog'liq ekanligini albatta ko‘rsatish zarurdir.
Pedagogik faoliyat tezligi va muvaffaqiyati asosida N.V.Kuz­
mina o‘qituvchilarni uch guruhga bo‘ladi:
579


1. Kasbiy malakalarni tez o‘zlashtiradi, o‘z faoliyatida tezda 
muvaffaqiyatga erishadi, dars qoldirmaydi.
2.
Kasbiy sifatlarni sekin o‘zlashtiradi, ba’zan dars qoldiradi, am­
mo pedagogik xususiyatlami sekin-asta bo‘lsa-da o‘zlashtirib oladi.
3. Ko‘p yillik faoliyati davomida ham o‘qituvchilik qobiliyati- 
ni egallamaydi.
N.V. Kuzmina pedagogik faoliyatga murakkab dinamik siste- 
ma sifatida qaraydi.
A.I.Sherbakov ishlarida esa pedagogik ta’lim muammolari 
ko‘zga tashlanadi. 
0
‘qituvchi shaxsi yo‘nalganligining shakllanishi 
masalasida to‘xtalar ekan, muallif o‘qituvchilarni tayyorlash va 
o‘qitish jarayonida e’tiborga olish zarur bolgan vaziyatlar xususida 
o‘z tavsiyalarini beradi. Ayniqsa, olim bolajak o‘qituvchi xulq-at- 
vor xususiyatlarining shakllanishiga asosiy e’tiborni qaratadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin