Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Miqdoriy tahlil 
— moddalar xususiyatining tuzilishini miqdoriy ji- 
hatdan aniqlash metodlarining yig‘indisi.
Motiv 
— inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undov- 
chi kuch, sababdir.
Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning 
dinamik jarayoni, motivlar yig‘indisi bo'lib, unga tashabbus, yo‘nalgan- 
lik, tashkilotchilik, qo‘llab-quwatlash kiradi.
Muammoli vaziyat 
— bilish ehtiyojini qondirishda tafakkur qilish 
sharti bo‘lgan psixologik vaziyat.
Muammoli ta’lim 
— o‘quvchining faolligini oshirishga qaratilgan va 
o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan o'qitish usuli.
Muhit 
— organizm tug'ilgan, rivojlanadigan va yashaydigan tashqi 
omillar, sharoitlar va obyektlar majmuasi.
Negativizm 
— bolalar psixologiyasida atrofdagi kishilarga nisbatan 
bolaning sababsiz qarshilik ko'rsatishi. Negativizm ikki xil bo‘lib, pas- 
siv - taklif qilingan faoliyatning bola tomonidan bajarilmasligi. Faol -
shaxsiy negativizm — bolalarning qarama-qarshi xarakterga ega bo'lgan 
faoliyatni bajarishi.
Nutq 
— odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishining tarixan 
tarkib topgan shakli.
Odatlar 
— bu kundalik faoliyatda ko‘p takrorlanishi natijasida 
avtomatlashgan va bajarilishi shaxsning funksional ehtiyojiga aylanib 
ketgan harakatlardan iborat individual xislat.
Ong va faoliyat birligi 
- psixologiyaning ong bilan faoliyatning birli- 
gi, uning o‘zaro bog‘liqligini e’tirof etuvchi g‘oya.
Ontogenez 
— organizmning individual rivojlanishi. Tirik mavjudot- 
ning paydo bo‘lgan davridan to oxirigacha bolgan davrdagi o'zgarish- 
lar majmuyi.
Operant o‘rganish 
— bilim, ko'nikma va malakalar sinab ko‘rish va 
xato qilish metodi orqali o‘rganiladi. Individ duch keladigan vaziyat- 
lar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni vujudga keltira-
589


di. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish uchun har birini si- 
nab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin