Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Homila bosqichi (9 —3 8 hafta)



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Homila bosqichi (9 —3 8 hafta)
208


1. Tuxumdon va urug‘don differensiatsiyasi.
2. Qon tomir tizimining faoliyati.
3. Homila harakatining onaga sezilishi.
4. Homila boshida soch qoplanishining hosil bolishi.
5. Solish va yutish faoliyati.
6
. Bosh miyaning maxsus faoliyati.
7. Homilaning hayotchan davri.
8
. Oglrligini tezda ko‘paytirib olishi.
9. Tug‘ruq.
Bu davrda organizm uchun muhim bolgan nerv, nafas olish 
va ovqat hazm qilish kabi organlarning shakllanishi tugallanadi.
Bu davrning eng muhim hodisalari quyidagilardan iborat.
Uruglanishdan 5—6 oydan so‘ng homilaning qoshlari, 
kipriklari va sochlari paydo boladi. Embrional davrning oxiriga 
borib, erkak embrionda urug‘don, qiz embrionda tuxumdonlar 
rivojlanadi. Uchinchi oyda urug‘donda tashqi jinsiy belgilar rivoj­
lanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi garmonlar sintez qilishni boshlay- 
di: qiz embrionda bu garmon sintezlanmaydi va o‘xshash hujay- 
ralardan jinsiy organlar hosil boladi.
4-haftada hujayralar qavati naysimon bolib o‘raladi. Nayning 
bir uchi kengayib, undan bosh miya hosil boladi, qolgan qismi- 
dan orqa miya shakllanadi. Homila bosqichi boshlanishiga kelib, 
bosh miya tarkibida turli tuzilmalar bolib, organizm funksiyala- 
rini boshqaradi. Bu bosqichda miyaning barcha sohalarini o‘si- 
shi amalga oshadi, xususan, odam xulq-atvorining ko‘plab mu­
him turlarini boshqaruvchi bosh miya po‘stlog‘ining xususiyatlari 
ham rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar homilaning 22 va 28 haftalar 
o‘rtasida rivojlanayotgan organlarning ko‘pchilik tizimi ishonch- 
li ravishda faoliyat yurita boshlaydi, shuning uchun homila ha- 
yotining bu davri homilaning hayotchan davri deb ataladi. Bu 
vaqtda homila bola ko‘rinishini oladi. Yaqtidan avval tugllgan 
bolalarning nafas olish organlarida muammolar tug‘ilishi mum­
kin. Shuningdek, ular tana haroratini doimiy tarzda boshqa- 
rib turolmaydilar. Chunki, ularda teri osti qavatidagi yog‘ qava-
209


ti mavjud bo‘lmaydi. Bu qavat homilaning 8-oyida hosil bo‘ladi. 
Hozirgi zamon neonatal yordamning imkoniyatlari yordamida 
erta tug‘ilib qolgan bolalar yashab qolishi mumkin. Homila bos- 
qichida xulq-atvor paydo bo'ladi, homilada faollik davri ko‘rina- 
di. Ko‘pchilik onalar homila harakatchanligi va tinch vaqtlarini 
aytib berishlari mumkin. Homilaning ko‘z va quloqlari ta’sirlarga 
javob beradi, yuragi tezroq urishni boshlaydi, ko‘zlari yoruglikka 
pirpirash bilan javob beradi.
Bunday ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, ona qornidagi 
oxirgi oylar homilani mustaqil hayotga, ya’ni, ona organizmidan 
tashqi hayotga tayyorlab beradi, bu o‘zgarishlar homilador ayol 
o‘zining bo‘lajak farzandiga sog‘lom atrof-muhitni ta’minlagan- 
dagina amalga oshishi mumkin.
SogMom bola tug‘ilishi uchun bo‘lajak onalarga vrachlar asosiy 
5ta tavsiyani ta’kidlab o‘tadilar:
1. Homilador ayol davolovchi vrach ko‘rigidan muntazam o‘tib 
turishi, har oyda, homiladorlikning oxirida har haftada vrach qa- 
buliga borib turishi shart.
2. Homilador ayol to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilishi 
shart. Asosiy ozuqa 5ta asosiy mahsulotlar guruhidan: yorma- 
lar, meva va sabzavotlar, sut mahsulotlari, go‘sht yoki dukkakli 
o‘simliklardan tayyorlangan ozuqalar bo‘lishi kerak. Barcha vita- 
minlar, minerallar va temir moddalardan iborat taomlarni tano- 
vul qilishlari kerak.
3. Alkogol va kofein tutuvchi ichimliklarni iste’mol qilish, 
chekish tavsiya etilmaydi. Biror-bir dori-darmon yoki tibbiy mu- 
olajani qabul qilishda avval vrach bilan maslahatlashishlari kerak.
4. Homiladorlik davrida badan tarbiya bilan shug‘ullanish 
zarur. Agar homilador ayol yaxshi jismoniy holatda bo‘lsa, tana 
qo‘shimcha oglrlikni ko‘tarishda qiyinchilikka uchramaydi.
5. Homilador ayol o‘zining toliqib qolishiga yo‘l qo'ymasligi, 
ayniqsa, homiladorlikning oxirgi haftalarida, maxsus mashg‘ulot- 
larga qatnashishi zarur. U yerda ayollarni tug‘ruqqa va yangi 
tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishni o‘rgatadilar.
210


Bola hayotining har bir oyi uning jismoniy va psixik imkoni- 
yatlarining shakllanishidagi muhim davrdir. Ikki, uch oylik bo­
la ham yangi tug‘ilgan chaqaloqdan ancha farq qiladi, uch yashar 
bola esa o‘z taraqqiyoti bilan bir yashar boladan birmuncha ustun 
turadi. Ilk bolalik davrda bolaning shaxsi, xarakteri, xulq-at­
vori ma’lum darajada tarkib topadi. Shu sababli bolaning ma’lum 
davrdagi rivojlanishi xususiyatlarini tahlil qilganda, bu rivojla­
nishning oldingi bosqichlarda qanday bolganligini bilish kerak. 
Bu faqat bolaning rivojlanish jarayonini takomillashtirish va tez- 
lashtirish uchun emas, balki ana shu jarayonning bola kuchiga 
yarasha va yosh imkoniyatiga mos keladigan bo‘lishini ta’minlash 
uchun ham kerakdir.
Pedagogik tajribalarga va mavjud psixologo-fiziologik tek- 
shirish natijalariga asoslanib maktabgacha yoshdagi bolalarning 
psixik taraqqiyoti quyidagi yosh bosqichlariga ajratiladi. (Bunda 
bola tug‘ilgandan tortib, to maktabda o‘qiy boshlaguncha bolgan 
davr hisobga olinadi.)
1. Tugllgandan bir yoshgacha: chaqaloqlik davri (hayotining 
birinchi oyi); hayotining birinchi yili — go‘daklik davri.
2. Bir yoshdan uch yoshgacha: ilk bolalik davri.
3. Uch yoshdan yetti yoshgacha: maktabgacha bolgan davr.
Bola psixikasi taraqqiyotining mana shu ko‘rsatilgan davrlari
umuman qabul qilingan bolsa ham, bu davrlarni absolut davr deb 
hisoblash mumkin emas. Yosh davrlariga ajratishda qat’iy che- 
gara yo‘q. U hech kim yil fasllarining almashinuv oyi va soatini 
ko‘rsata olmaganidek, odam hayotining davrlari o‘rtasidagi che- 
garani ham aniq ajratish mumkin emas. Shuning uchun yuqo- 
ridagi davrlarga ajratishni absolut deb bolmaydi.
Bola tuglldi. Yangi tug‘ilgan bola hayotida birinchi inqirozni 
boshidan kechiradi. Ona organizmi bilan anatomik boglanish 
uzilgan bolsa-da, bola mustaqil hayot kechira olmaydi, chunki 
bola ona bilan fiziologik jihatdan boglangandir, ona uni o‘z su- 
ti bilan boqadi. U yangi, o‘zgacha muhitda yashay boshlaydi. Bo­
la hayotining birinchi kunlari tugllganidagi og‘irligini yo‘qotadi.
211


Bunga tashqi dunyo sharoitiga moslashish davrida energiyaning 
ko‘plab sarflanishi sababdir. Bola organizmining, ma’lum vaqt 
o‘tib, tug'ilgan davridagi og‘irligiga teng kelishi uning tashqi mu- 
hitga, yangi sharoitga moslashganligidan darak beradi. Odatda 
chaqaloqning og‘irligi 10—12 kun o‘tgach, asli holiga keladi.
Yangi tug‘ilgan bola anatomik-fiziologik tomondan hali yetil- 
magan bolib, katta kishi organizmidan o‘ziga xos tomonlari bi­
lan farq qiladi. Yangi tug'ilgan bola suyak-muskul tizimining tez 
o‘sishi bilan kattalardan keskin farq qiladi. Ularning muskul va 
muskul to‘qimalari juda bo‘sh bo‘ladi. Muskullar asta-sekin qota 
boshlaydi. Oldin bo‘yin muskullari (bola boshini tuta boshlaydi), 
keyin tana muskullari (bola o'tira oladi), undan keyin esa oyoq va 
qo‘l muskullari yetiladi, predmetlar bilan harakat qilish imkoni- 
yati paydo bo'ladi, bola yura boshlaydi.
Yangi tug'ilgan bolaning suyagida ohak va boshqa tuzlar kam 
bolib, u asosan tog‘ay to'qimalaridan iboratdir. Bosh suyak- 
lar bola 2—3 oylik bolgandagina bir-biri bilan tutashib ketadi. 
Bosh suyagining peshana va tepa qismlari tepasida katta liqildoq 
deb ataladigan oraliq bolib, u qalin parda va teri bilan qoplan- 
gan boladi. Bu oraliq bir-bir yarim yildan keyingina suyak bilan 
qoplanib ketadi.
Yangi tug'ilgan bola nerv tizimining yuksak qismi — bosh miya 
yarim sharlari tashqi ko'rinishdangina kattalar miyasiga o'xshay- 
di. Aslida chaqaloqning boshi katta ko‘rinsa-da (miya og'irligi 
butun tananing sakkizdan birini, kattalarda esa qirqdan birini 
tashkil etadi), hali taraqqiy etmagan boladi. Tanasining umumiy 
og'irligi 3—4 kilogramm bo'lgani holda, miyaning og'irligi 300 
grammdan oshadi. Chaqaloq miyasidagi nerv hujayralari, «ariq- 
chalar» va «izlar»ning soni katta kishilar miyasidan farq qilmay- 
di, ammo bola miyasi tuzilish jihatidan bir shaklda bolib, «izlar» 
aniq ko'rinmaydi, nerv hujayralari tarmoqlarining miqdori kam 
boladi.
Nerv tolalarining bir-biridan yetarli darajada ajralmagan- 
ligidan tashqi olamdan kelayotgan o'zgarishlar boshqa nerv mar-
212


kazlariga ham ta’sir etadi, bosh miya yarim sharlarida hech qan­
day aniq va barqaror o‘zgarish joylari paydo bo‘lmaydi. Uning 
uchun chaqaloq tashqi qo‘zg‘ovchilar ta’siriga qo‘l, oyoq va boshi- 
ni tartibsiz harakat qilib javob beradi. Miyaning eng «qadimiy» 
bolimlari nafas olish, qon aylanishi, emish, yutinish kabi jara- 
yonlarni ta’minlaydi. Bu nerv tolalari bolaning yashashi uchun 
yetarli miqdorda (nerv tolasi) mielen qobig‘i bilan qoplangan.
Chaqaloq bola bizga eng ojiz zotdek tuyuladi. Shunga qara- 
may, xuddi shu yoshning ham kuchli tomoni bo‘lib, bu jihati bi­
lan go‘daklar kattalardan ustun turadi,—deb ta’kidlaydi professor 
Ye.A.Arkin. Uning fikricha, bolaning kuchi uning o‘sish energi- 
yasida namoyon bo‘ladi. Bola tanasining og‘irligi hayotining bi­
rinchi yilida uch barobar ko‘payadi, bo‘yga nisbatan yetti oylik 
bola juda tez o‘sadi va sakkiz oylik bolganda, bo‘yi ikki barobar 
ortadi, o‘ttiz oyga yetganda to‘rt marta ortadi. Bolalar har oyda
2 santimetr o‘sadi. Uning miya oglrligi har kuni 1,5 grammdan 
ko‘payadi. Miyaning rivojlanishi sur’ati haqida gapirganda shuni 
e’tiborga olish kerakki, yetti oylik bolaning miyasi 2 marta ko‘pay- 
sa, 2—3 yoshga kelib, uning og‘irligi uch marta ortadi. Miyaning 
kattaligi deyarli 20 yil mobaynida ortib boradi, katta yarim shar- 
larning ustki «izlari» murakkablashib boradi. Bolalarning o‘sishi- 
dagi bu qadar ulkan jadallik vegetativ nerv tizimiga, bir qator ich­
ki sekretsiya bezlari (bo‘qoq bezi va boshqalar)ga bogliq.
Ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan maxsus garmon- 
lar qonga olib, organizmning o‘sishi va rivojlanishiga katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Go‘daklarning bu qadar tez o‘sishi ushbu davrning 
o'ziga xos tomonini ifodalaydi. Shuning uchun bu davrda bola­
ning o‘sishiga va rivojlanishiga ta’sir etadigan barcha narsalar 
yaxshi bolishi, sifatli ovqat, sof havo, quyosh nuri yetarli miq­
dorda bolishi kerak.
Bolaning nerv faoliyati ikki xil ta’sirda o‘z ifodasini topadi. 
Bularning birinchisiga shartsiz yoki tug‘ma reflekslar, ikkinchisi- 
ga esa shartli reflekslar kiradi. Shartsiz reflekslar bolaning tugl- 
lish paytiga kelganda, ancha yetilgan boladi, buning natijasida
213


qon aylanish, nafas olish va ovqat hazm qilish singari eng zarur 
vegetativ funksiyalar amalga oshiriladi. Masalan, qorni och- 
gan chaqaloqning labiga bir narsa tegishi bilanoq, unda emishni 
bildiruvchi harakatlar paydo bo‘ladi, bu ovqatlanish refleksi, ya’ni 
shartsiz refleksdir.
Yuqorida qayd qilinganidek, tug‘ilish davrida bosh miya kat­
ta yarim sharlari og‘irligi, hajmi va funksiyasi jihatidan rivojlan- 
gan darajada bolmasa ham, bosh miya mavjud shartsiz reflekslar 
zaminida yangi tug‘ilgan bola bilan tashqi muhit o‘rtasida eng 
zarur aloqalar o‘rnatish imkoniyatini beradigan elementar shartli 
reflekslar hosil qilishga qodirdir.
Bola hayotining birinchi kunlaridan boshlab individual hayot 
kechirish jarayonida tashqi muhit bilan aloqa vujudga keladi. Bo­
la hayotining ikkinchi oyida unda barcha sezgi organlariga xos 
shartli reflekslar hosil boladi. Lekin tadqiqotchilarning ko‘rsa- 
tishicha, bola hayotining bu davridagi reflekslar zaif ifodalangan 
va beqaror boladi.
Bolaning o‘sishi va rivojlanishi jarayonida egallayotgan reak- 
siyalari barqaror b o la boradi, tez paydo bola boradi va anchagi- 
na differensiyalashadi. Modomiki, bolada shartli reflekslar hayo­
tining birinchi oylarida paydo bolar ekan, bola tarbiyasini ham 
hayotining birinchi oylaridan boshlab to‘g‘ri tashkil etish lozim. 
Bu esa bolaning rivojlanishi va xulq-atvorida salbiy xususiyatlar 
kelib chiqmasligining oldini oladi, bola taraqqiyotining normal 
bolishini ta’minlaydi. Markaziy nerv tizimining ruhiy bolimlari 
rolining ortib borishini asosiy nerv jarayonlari — qo‘zg‘alish va 
tormozlanishning ifodalanishida aniqroq ko‘rish mumkin b o la­
di. Odatda tormozlanish ikki turda: ichki va tashqi turga ajratila- 
di. Ichki tormozlanishning eng yorqin ifodasi uyqudir. Tormozla­
nishning tashqi ifodasi bolani tarbiyalash tufayligina hosil boladi. 
Buning uchun asosiy ozuqa (masalan, sut) bilan birga, bolaga ya­
na boshqa qo‘shimcha (doimo sut ichiriladigan shishachani al- 
mashtirib qo‘yish) ham ta’sir etadi. Chaqaloq tugllgandan bosh­
lab uning atrofidagilari har tomonlama qollab-quvvatlaydilar.
214


Ular bola organizmini jismoniy parvarish bilan ta’minlaydilar, 
o‘rgatadilar, tarbiyalaydilar, insoniy psixologik va axloqiy jihat­
larni o‘zlashtirishga, jamiyatda yashash sharoitlariga moslashu- 
viga yordam beradilar. Bolani ota-onalar va kattalar tomonidan 
qollab-quvvatlash tug‘ilishidan boshlab, toki bola katta bolib, 
mustaqil hayot tarzini kechira olguncha davom etadi.
Chaqaloq tug‘ilgandayoq amalda qollashga tayyor bolgan 
sensor va harakat malaka instinktlariga ega boladi, bu uning 
olamga moslashib olib o‘z rivojlanishida tezgina o‘sib ketish- 
ga yordam beradi. Chaqaloqda tugllganidan boshlab, masalan, 
ko'pgina murakkab harakatlar, asosan organizmni yetilish ja­
rayonida genetik berilgan dastur asosida, shuningdek, reflektor, 
ya’ni bu harakatlar dasturi kaliti sifatida kodlangan o‘ziga xos 
ichki va tashqi rag‘batlar ta’sirida hayotining birinchi soatlaridan 
keyin maxsus tayyorgarliksiz, darhol yuzaga keladi. Go‘daklik 
davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, 
issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo‘naltirilgan xatti-hara- 
katlarning tug‘ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan 
yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bolgan xatti-harakatlarni 
va yangi tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning 
borligi go‘dak yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridandir. 
Organik ehtiyojlarning yetarli darajada qondirib borilishi, to‘g‘ri 
tashkil etilgan kun tartibi, rejim va to‘g‘ri tarbiya natijasida bo­
la psixik rivojlanishi uchun asos boladigan taassurotlarga ega 
bolishiga, harakatga, muloqotga, nisbatan yangi turdagi ehtiyoj- 
lar turkumi yuzaga kelishiga sabab boladi. Bola tugllishining 
birinchi haftasidanoq, uning ko‘rish va eshitish sezgilari jadal 
sur’atda rivojlanadi.
Tug'ruqxonalarda bolalar hayotlarini birinchi kunidayoq kun- 
duzgi yoruglik tushib turgan deraza tarafiga yuzi bilan instink­
tiv buriladi. 0 ‘tkazilgan tadqiqotlardan aniqlandiki, tugllgani- 
ga bir yarim sutka bolgan bola miyasida ko‘ruv organiga rangli 
qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga javob potensiallarini ko‘rish mumkin. Bu 
vaqtga kelib miyada shartli reflekslar shakllanishi yuzaga keladi.
215


Hid bilish eng muhim sezgi organi sifatida u tugllgandan keyin 
darhol ishlay boshlaydi. Shunday o‘ziga xoslikka oddiy ko‘rish, 
harakat va eshitish ham ega. Bola hayotining boshlang‘ich ikki 
oyida og‘zini chetiga qandaydir predmet bilan teginganda, bun- 
ga javoban reflektor o‘girilish qobiliyatini namoyon etadi, bar- 
moqlari ustiga tegilsa, ularni qattiq siqib oladi, qollari, oyoqlari, 
boshi bilan umumiy koordinatlashmagan harakatlarni amalga 
oshiradi. Unda yana harakatlanayotgan obyektlarni ko‘zi bilan 
kuzatish, ular tomoniga boshini o‘girish qobiliyati ham mavjud.
Chaqaloq narsalarning mazasini ajrata oladi. U boshqa nar- 
salar mazasiga qaraganda shirin suyuqlikni xush ko‘radi va hatto 
shirinlik darajasini aniqlay oladi. Chaqaloq hidlarni sezadi, ular- 
ga boshini burish, yurak urishi va nafas olishi chastotasini o‘zga- 
rishi bilan javob beradi. Yana bola organizmiga o‘zini saqlash va 
rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravish­
da berilishini alohida aytib o‘tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, 
qon aylanish, nafas olish, tana harorati, moddalar almashinu- 
vi jarayonlari va hokazolarni boshqarish bilan bogliq. Shubhasiz, 
so‘rish, himoyaviy, moljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch hara- 
kati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularni bar- 
chasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq ko‘rinadi.
0
‘tkir yorug‘likdan bola «bevosita» ta’sirlanadi, ya’ni o‘tkir 
yoruglikka qaray olmay, undan ko‘zini yumadi. Predmetlarni 
ko‘z bilan idrok qila olmaydi, chunki ularda ko‘rish mexanizmi 
hali o‘sib yetmagan boladi, bu mexanizmlar kattaroq yoshda pay­
do boladi. Yetti-to‘qqiz kunlik bola ba’zan sekin harakatlanayot­
gan predmetga qarab qoladi, lekin uzoq vaqt qarolmaydi. Ko‘zini 
bir nuqtaga qaratish psixik taraqqiyotda muhim rol o‘ynaydi. Bo­
la ikki-uch oylik bolganda yaqinidagi predmetlarni ikki ko‘zi bi­
lan kuzata oladi, unda asosiy rang va shakllarni farq qila olish 
qobiliyati paydo boladi. Olti oyligida u ranglarga nisbatan o‘z 
munosabatini ham bildira boshlaydi, yoqqan rangiga intilsa, yoq- 
maganini itaradi, undan yuzini o‘giradi. Yangi tugllgan bolaning 
eshitishi zaifroq boladi, shunga k o la u hali o‘zi eshitib, odat-
216


lanib qolmagan juda kuchli qo‘zg‘ovchilarga javob beradi, lekin 
ovozning qaysi tomondan kelayotganligini ajrata olmaydi. Bola 
ikkinchi oyining oxirlariga borgandagina eshitayotgan tovushiga 
e’tibor bera boshlaydi, tovushning qayerdan kelayotganini qidi- 
rib, u yoq bu yoqqa qaraydi. Tovush manbayini topishni olgan- 
gan uch oylik bola gapirayotgan kishini o‘z ko‘zlari bilan tez topib 
oladi, o‘sha tomonga qarab, gapiruvchiga o‘z munosabatini ifoda- 
laydi. Ana shu vaqtdan boshlab, uning tevarak-atrofiga bolgan 
munosabati ancha kengaya boradi.
Bolaning tobora diqqat bilan eshita va kola borishi uning 
umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. Lekin ko‘rish, 
eshitish va boshqa analizatorlar faqat bolaning tevarak-atrof bilan 
o‘zaro munosabatida bolishi natijasida takomillashadi. Bolaning 
o‘z ko'zi bilan kola olishi ma’lum hayot tajribasi natijasidir. Bola­
ning eshitish orqali idrok etishi ham oldindan tovushlami ajratish- 
ga va ularni sintez qilishga o‘rganib boradi. Bolaning eshitib bilib 
olishi shartli boglanishlarning sifatiga bogliqdir. Yangi tugllgan 
bolada diqqat qilish qobiliyati bolmaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchi- 
lar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning 
tasavvur doirasi qancha qisqa bolsa, uning o‘zi uchun tanish va 
yangi bolgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va da- 
vomli boladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini 
idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning olishini kuchaytiradi va 
tasawurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi.
Bola organizmiga o‘zini saqlash va rivojlanishiga yordam 
beruvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida 
aytib olish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas 
olish, tana harorati, moddalar almashinuvi jarayonlari va hoka- 
zolarni boshqarish bilan bogliq. Shubhasiz, solish, himoyaviy, 
moljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator bosh­
qa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularni barchasi bola hayotining 
ikkinchi oyida aniq kolinadi.
Tugllganidan boshlab bolaning nafaqat sezgi organlari ish- 
lashga tayyorligi ma’lum bolmay, balki bosh miyasi ham faol ish-
217


lay boshlaydi. Onalar chaqaloqning faqatgina psixika va xulqning 
tug‘ma shakllarinigina bilmasdan, balki organizmni tabiiy rivoj­
lanish jarayonini ham bilishi kerak. Hayotining birinchi oylarida 
harakatlarning rivojlanishi alohida ahamiyatga ega.
Chaqaloq motorikasi tug‘ilganidan boshlab yetarlicha tashkiliy- 
likka ega, u holatlarni boshqarishga moljallangan ko‘pgina mexa- 
nizmlarni o‘z ichiga oladi. Chaqaloqda ko‘pincha oyoq-qo‘lla- 
rining yuqori harakatchanlik faolligi paydo boladi, bu kelajakda 
koordinatlashgan harakatlarni murakkab majmuyi shakllanishida 
ijobiy ahamiyatga ega. Chaqaloq bolalarda qo‘l-oyoqlar bukilib, 
barmoqlar musht bolib turadi.
Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlar- 
da, qo‘l va oyoqlarning harakati juda betartib, bir-biriga mos- 
lashmagan, beixtiyor holda bo'ladi. Keyin harakatlar asta-sekin 
«ongli»lashib boradi va bu harakatlar yangi sezgilarning man- 
bayi bo‘lib xizmat qiladi, bu murakkabroq harakatlarga o‘tishni 
tayyorlaydi. 3—3,5 oylik bola, unda hali aniq koordinatsiyalash- 
gan harakat bolmasa ham, qo‘llarini o‘yinchoqlarga uzatadi. 
Aniq koordinatsiyalashgan harakat 4 oylik bolada yaxshi ko‘rina- 
di. Bola o‘yinchoqni bemalol qo‘liga ololadi. Uni tutib olib, u-bu 
yog‘iga qaraydi, og‘ziga tegizib ko‘radi va shu yo‘l bilan ko‘plab 
har xil taassurotlar oladi. Ikki oylik bola, qorni bilan yotqizib 
qo‘yilsa, boshini ko‘tara boshlaydi. Uch oylikda esa yotgan hol­
da tirsagiga tiranib turadi va bemalol u yoq-bu yoqqa qaray oladi. 
Shu bilan birga, qo‘ltig‘idan tutib turilsa, oyog‘ida turadi. 8—8,5 
oyligida boshqalarning yordamisiz o‘tira oladi, emaklaydi va biror 
narsaga suyanib oyog‘ida tura oladi. 12—13 oyligida o‘tirib, tura 
oladi, birovning yordamisiz qadam qo‘ya oladi, demak, bola yu­
ra boshlaydi. Bolaning vaqtida yurib ketmasligiga salomatligining 
nochorligi, chaqaloqligida ko‘p kasal bo‘lganligi va umumiy ha­
rakat hamda sezgi organlarining kech rivojlanishi sabab bo‘ladi.
Bolaning harakatlari rivojlanishi hayotini birinchi yilida ju- 
dayam tez maromda kechadi, o‘n ikki oy ichida erishilgan taraq- 
qiyot hayratlanarli.
218


Cheklangan qo‘l-oyoq, boshni tug‘ma umumiy elementar 
harakatlar to‘plamidan iborat imkoniyatga ega bolgan, amalda 
yordamga muhtoj mavjudotdan bola kichkina odamga aylana­
di, u nafaqat ikki oyoqda oson turuvchi, balki muhitda nisbatan 
ozod va mustaqil harakatlanuvchi oyoqlar harakati bilan bir vaqt­
da lokomotsiyalardan ozod fazoda (harakatni ta’minlovchi funk­
siyalar) qo‘l bilan murakkab boshqaruv harakatlarini va atrofdagi 
olamni tadqiq etishga moljallangan harakatlarni amalga oshi- 
ra oladi. Yangi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo‘lmay- 
di. Unda turli qo‘zg‘ovchi!ar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat 
rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha qisqa bo‘lsa, 
uning o‘zi uchun tanish va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan 
diqqati shuncha intensiv va davomli bo‘ladi. Diqqatning psixik 
ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik ja- 
rayonlarning o‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada 
mustahkam saqlanishiga yordam beradi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin