Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni
byudjetga to‘lash
Soliq kodeksining 338-moddasiga
muvofiq, kalendar yil soliq davri,
yilning choragi esa hisobot davridir.
Soliq kodeksining 339-moddasiga
ko’ra, hisobot (soliq) davrining
yakunlari bo’yicha soliq summasi
soliq to’lovchi tomonidan
mustaqil
ravishda aniqlanadi.
Hisobot davri yakunlari
bo’yicha soliq summasi soliq
davrining boshidan oshib
boruvchi yakun
bilan soliq
bazasining soliq stavkasiga
muvofiq bo’lgan foizlardagi
ulushi sifatida hisoblab
chiqariladi.
Soliq to’lovchi Soliq kodeksining 342-moddasida belgilangan hollarda va
tartibda foyda solig’ini yoki chet davlatda to’langan daromadlardan
olinadigan xuddi shunday turdagi to’langan soliqni hisobga o’tkazish yo’li
bilan soliq summasini kamaytirishga haqli.
Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni
byudjetga to‘lash
Soliq hisoboti barcha soliq to’lovchilar tomonidan
har bir hisobot va soliq
davri o’tganidan keyin soliq bo’yicha hisobda turgan joyidagi soliq
organiga taqdim etiladi.
Soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim
etiladi:
hisobot davri yakunlari bo’yicha
— hisobot davridan keyingi
oyning yigirmanchi kunidan
kechiktirmay
soliq davri yakunlari bo’yicha
— soliq davri o’tgandan
keyingi yilning 1 martidan
kechiktirmay