Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/33
tarix28.11.2023
ölçüsü3,99 Mb.
#168794
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

« * & & < & * £ * * * »
1
84 



IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI - iqtisodiyotning bevosita moddiy
ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq 
sohasi bo'lib, u sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish, transport, aloqa 
tarmoqlarini o'z ichiga oladi.
IQTISODIYOTNING TARKIBIY TUZILISHI - iqtisodiyotning turli
qism va bo'laklari o'rtasidagi proporsiyalar va o'zaro nisbatlar.
IQTISODIY ISLOHOTLAR - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sifat jihatidan
takomillashtirish, uning barqaror va mutanosib rivojlanishini 
ta’minlash imkonini beruvchi, maqsadga muvofiq holda va izchil 
ravishda amalga oshiriluvchi tub o'zgarishlar, chora-tadbirlar 
majmuyi.
IQTISODIY NOCHOR KORXONA 
-
kreditorlarning 
tovar 
(ish,
xizmat) lar haqini to' lash bo'yicha talablarini qondirish, shuningdek, 
budjet va nobudjet fondlariga majburiy to'lovlarni ta’minlashga 
layoqatsiz bo'Igan korxona.
IQTISODIY O'SISH - real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki aholi
jon boshiga to'g'ri keladigan real yalpi ichki mahsulotning oldingi 
yilga nisbatan o'sishi.
ISH - tabiat va inson tomonidan birlashgan kuchlarning obyektiv natijasidir.
ISH BERUVCHI - yuridik shaxs hisoblanmish biron-bir tashkilot, uning rahbari
yuridik shaxsning vakili sifatida ish yuritadi yoxud yollanma ishchi 
bilan mehnat shartnomasini tuzgan jismoniy shaxs.
ISH BILAN BAND BO'LG AN JAMI AHOLI - ishchi kuchi (iqtisodiy faol
aholi)ning ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'Igan qismi.
ISH FAOLLIGI SOLIG'I - bir necha xorijiy mamlakatlarning (masalan,
AQSHda) soliqqa tortish amaliyotida qo'llanilib, o'z tarkibiga ikki 
elementm oladi: 1) korxonaning umumiy yillik oborotni soliqqa 
tortish (odatda, 1,0 %dan 2,5 % gacha); 2) ish haqi fondini soliqqa 
tortish.
ISH HAQI - joriy davrda ish beruvchi tomonidan yollangan xodimga bajargan
ishlari uchun berilgan pul yoki natura usulidagi to'lovlar bo'lib, ular 
hisoblangan summalar yig'indisidan tashkil topadi va ikki qismga 
bo'linadi: ish haqi va ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar.
ISH HAQI MINIMUMI - ish haqining eng kam stavkasi, uni tadbirkor
qonuniy asosda xodimga ish vaqti birligiga to'laydi. Ish haqi 
minimumi davlat tomonidan belgilanadi, tadbirkorlar esa undan 
kam ish haqi to'lashga haqi yo'q. Chunonchi, O'zbekistonda 2017- 
yil oktabrdan boshlab eng kam ish haqi miqdori 149755 so'm 
miqdorida belgilangan.


ISH HAQI SOLIG'I - yuridik shaxslardan ish haqi xarajatlariga nisbatan va
xodimlarning ish haqidan ma’lum foizda olinadigan soliq.
ISH HAQI STAVKASI - vaqt birligiga sarf qilingan mehnat bahosi. Ishsizlikning
tabiiy darajasi (
Qarang: ishsizlik darajasi).
ISH HAQINING SHAKLLARI VA TIZIMLARI - mehnatning miqdor
natijalari va sifatiga (uning murakkabligi, intensivligi, shart- 
sharoitlari) bog'liq ravishda ish haqini belgilash mexanizmi.
ISH JOYIDA TA’LIM BERISH - ish joyining o'zida xodimning boy tajribaga ega
bo'lgan murabbiy tomonidan ishni to'liq o'zlashtirib olgunga qadar 
o'qitilishi (o'rgatilishi) bilan bog'liq bo'lgan holat.
ISH KUCHI BOZORI - yollanma ishchi aqliy va jismoniy mehnatining
oldi-sotdi qilinishi. Ishchi kuchi bozori mazmuniga ko'ra mehnat 
bozorini ifodalaydi. Mehnat bozorida bir tomonda ishchi kuchi, 
ikkinchi tomonda esa unga muhtoj bo'lgan korxona turadi hamda 
ular o'rtasida yollash va yollanish shaklida tovar bo'lgan ishchi 
kuchini sotish va sotib olish yuz beradi.
ISH KUCHI MIGRATSIYASI - ishchilarning boshqa hududga yoki bir
mamlakatdan ikkinchisiga ko'chib yashashi va joyini o'zgartirishi. 
Ishchi kuchi migratsiyasi aholini yangi joyga doimiy, uzoq yoki 
qisqa muddatga ko'chirishdan iborat. Bir hududda ishchi kuchiga 
talabning ortishi tufayli mavsumiy migratsiya ham vujudga keladi.
ISH KUCHIGA SARFLANGAN XARAJATLAR -
ish beruvchilar
tomonidan ishchi kuchini yollash va uni asrash bilan bog'liqbo'lgan 
xarajatlar yig'indisi.
ISH KUCHINING XALQARO MIGRATSIYASI - mehnat resurslarining
ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanishi maqsadida bir 
mamlakatdan boshqasiga ko'chib o'tishini bildiradi.
ISH KUNI - ishchi yoki xizmatchining korxona yoki muassasada bir sutka
davomida ishlash vaqti.
ISH NORMASI - vaqt birligi (soat, smena, kun, oy)da ishchi ishlab chiqarishi
kerak bo'lgan mahsulot yoki bajarishi lozim bo'lgan ish miqdori. 
Ish normasi mehnatning turi va texnologiyaga, mehnat va ishlab 
chiqarishni tashkil etish darajalari hamda ishchilarning malakasiga 
bog'liq holda belgilanadi.
ISH O'RN I - ishlab chiqarish makonining bir qismi bo'lib, unda barcha asosiy
va yordamchi texnologiya uskunalari, moslamalar, ish mebellari 
va maxsus qurilmalar joylashgan. Ular muayyan turdagi ishlarni 
bajarish uchun mo'ljallangan bo'ladi.


ISH SOHASIDAGI FAOLLIK (ISHCHANLIK) - kishida (yoki tashkilot
miqyosida) namoyon bo'ladigan alohida xususiyatlar majmuyi. 
Ular jumlasiga quyidagi sifatlami kiritish mumkin: tashabbuskorlik, 
ijodkorlik, samaradorlik, intensivlik, foydalilik.
ISH VAQTI - korxona yoki muassasada muayyan ishni bajarish uchun qonuniy
berilgan muddat ish kuni va ish haftasi bilan belgilanadi. Ish vaqti 
davomida ishlanmagan vaqt (nima sababdan sodir b o'lgani dan qat’i 
nazar) bekor turish vaqti deyiladi.
ISH VAQTI ZAXIRASI - ishlar boshlanishining erta va kech muddati oralig'ida
yotgan, ishlar bajarilishi kechiktirilishi mumkin bo'lgan vaqt.
ISHBAY ISH HAQI - ishchining bajargan ish miqdoriga ko'ra haq to'lash usuli.
ISHBAY-MUKOFOT HAQ. TO'LASH - bajarilgan ishlar va yetishtirilgan
mahsulot uchun to'lanadigan ish haqi tizimi.
ISHBILARMONLIK 
FAOLIYATININ G 
SEGMENTI 
-
subyektning
ayrim faoliyat turi, mahsulot turi bo'limi, bozor manzili va hokazo.
ISHCHI KUCHI - insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlari yig'indisi va
mehnatga layoqati bo'lib, har qanday jamiyat ishlab chiqarishining 
asosiy sharti hisoblanadi. Mamlakat aholisining jismoniy va 
mehnatga layoqatli qismi uning ishchi kuchi hisoblanadi.
ISHCHI KUCHI BOZORI - ish kuchining egasi va ish beruvchilar orasidagi
ijtimoiy munosabatlar tizimi.
ISHCHI KUCHI SIFATINING KO'RSATKICHI - ishchi kuchining
ma'lumot darajasi va ishlab chiqarish tajribasi hisoblanadi.
ISHCHI KUCHINI TAKROR ISHLAB CHIQARISH - insonning aqliy
va jismoniy qobiliyatlarining uzluksiz ravishda tiklanib borishi, 
doimiy ravishda uning bilim va malaka saviyasi ko'tarilib, yangilanib 
borishidir.
ISHCHI 
QOG'OZLARNI 
KODLASHTIRISH 
audit 
tekshiruvi
jarayonida tuzilgan barcha ishchi qog'ozlarni auditorlik firmasida 
qabul qilingan raqamlashtirish tizimi asosida joriy va doimiy 
fayllarda arxivlash.
ISHCHINING NAFLILIGINI MAKSIMALLASHTIRISH SHARTI -
bo'sh vaqtni daromad bilan chekli almashtirish normasining ish 
haqiga tengligi.
ISHGAYOLLOVCHILARIJTIMOIYSUG'URTAUCHUNAJRATADIGAN
HAQIQIY AJRATMALAR - yollanma xodimlar foydasiga 
uchinchi shaxslar uchun yollovchilar o'tkazadigan mablag‘dan, 
masalan, ijtimoiy ta’minot jamg'armasi, sug'urta korporatsiyalari


yoki boshqa turdagi mustaqil va ijtimoiy sug'urta dasturining 
boshqaruviga mas’ul bo'Igan institutsion birliklarga o'tkaziladigan 
mablag'lar.
ISHGA YOLLOVCHILAR IJTIMOIY SUG'URTA UCHUN SHARTLI
HISOBLAB CHI QILADI GAN AJRATMALAR - yollanma 
xodimlar uchun shartli hisoblab chiqiladigan rag'batlantirish 
mablag'i. Bu mablag*, aslida, (de fakto) ijtimoiy nafaqa olish 
huquqiga ega bo'Igan shaxslarga ajratiladigan ijtimoiy sug'urta puli 
yig'indisiga teng bo'lishi kerak.
ISHLAB CHIQAISH XARAJATLARI - tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish
va iste’molchilarga yetkazib berishda qilinadigan barcha sarflardan 
iborat.
ISHLAB CHIQARILGAN AKTIVLAR - inson tomonidan yaratilgan
aktivlardan iborat. Bularga: yer, konlar, suv havzalari, daryo va 
uning irmoqlari, o'rmonlar, tabiiy o'tloqlar, patentlangan iqtisodiy 
obyektlar, hali ishlab chiqarilmagan aktivlarga egalik huquqi va h.k.
ISHLAB CHIQARISH - barcha tarmoqlar moddiy ishlab chiqarishining
umumlashgan shakli bo'lib, ishlab chiqarish uchun shart-sharoit 
- ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarini ishlab 
chiqaradi. Ishlab chiqarish sohasiga sanoat, qishloq va o'rmon 
xo'jaligi, transport, aloqa, energetika, savdo, umumiy ovqatlanish, 
xo'jalik omborxonalari va xizmat ko'rsatish tarmoqlari, ilm- 
fan (innovatsion) yutuqlari kiradi. Chunki ular ishlab chiqarish 
jarayonida qo'llaniladi. Bu jarayonda ishchi kuchi va ishlab 
chiqarish vositalari birlashadi. Ishlab chiqarish iste’mol kabi 
uzluksiz davom etadi, ya’ni takror ishlab chiqarish amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarishning besh usuli ma’lum: ibtidoiy, 
quldorlik, feodal, kapitalistik, ijtimoiy. Buxgalteriya hisobida ishlab 
chiqarish xarajatlari, olingan mahsulotlar va ularning iste’moli aks 
ettiriladi. Ishlab chiqarish vositalari - mehnat vositalari va mehnat 
buyumlari majmuasi. Ishlab chiqarish zaxiralari - korxonadagi 
barcha materiallar majmuasi. Ishlab chiqarish zaxiralari 1000 
“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” va boshqa schyotlarda 
hisobga olinadi.
ISHLAB CHIQARISHNING ASOSIY VOSITALARI - moddiy ishlab
chiqarish sohasida ishlatilib, ishlab chiqarish jarayonida qayta- 
qayta qatnashib, asta-sekin eskirib, o'z qiymatini yaratilgan 
mahsulot tannarxiga qisman o'tkazib boradi. Ularga moddiy ishlab 
chiqarish sohasida ishlatiladigan imoratlar, inshootlar, o'tkazuvchi 
moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, ishlab

188 



chiqarish va xo'jalik inventarlari, yirik ish va mahsuldor hayvonlar, 
ko'p yillik ко‘chat qilingan daraxtlar va boshqa mehnat vositalari 
kiradi.
ISHLAB CHIQARISH BAHOSI - firmaning aynan mahsulotni ishlab
chiqarish va marketingga sarflangan xarajatlariga kutilayotgan 
daromad hajmini qo'shish orqali aniqlanadi.
ISHLAB CHIQARISH CHEGARASI - tizim tarkibiga qo‘shiladigan ishlab
chiqarish faoliyati quyidagicha ta’riflanishi mumkin: individual 
(yakka) yoki jamoa tarzida mahsulot ishlab chiqarish va xizmat 
ko'rsatish. Bu mahsulot va xizmatlar ularni ishlab chiqarishda 
ishtirok etmagan boshqa birliklarga yetkazib beriladi. Yoki ana shu 
tovar va xizmatlar ana shunday tovar ishlab chiqarish va xizmat 
ko'rsatish jarayonida ishlatiladi; Ishlab chiqaruvchilar o'zining 
pirovard iste’moliga qoldirilgan yoki ishlab chiqarish moddiy oborot 
zaxirasini oshirishda foydalanish uchun ishlab chiqariladigan barcha 
tovarlar; o'z ehtiyoji yo'lida pirovard iste’mol talabini qondirish 
uchun ko'rsatiladigan xizmat. Buning tarkibiga uyda ko'rsatiladigan 
yoki shaxsiy xizmat kiritilmaydi, chunki uy xo'jaligi sharoitida 
bunday xizmatlar o'z iste’moli uchun yaratiladi. Ammo xizmat ishlab 
chiqarish tarkibiga muayyan haq evaziga uy xizmatchisi bajargan 
ishlar hamda o'z istiqomat joyiga, ya’ni o'z turar joyiga qilingan 
xizmat hajmi qo'shiladi.
ISHLAB CHIQARISH CHIQINDILARI - materiallar va yarim tayyor
mahsulotlarni qayta ishlash jarayonida to'la yoki qisman iste’mol 
qilish sifatini yo'qotgan material yoki yarim tayyor mahsulotlar 
qoldig'i. 
Chiqindilar 
qaytariladigan 
va 
qaytarilmaydigan 
chiqindilarga bo'linadi.
ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI - ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdori bilan shu mahsulotni ishlab chiqarishdagi sarflangan ishlab 
chiqarish omillari miqdori o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi 
funksiya.
ISHLAB CHIQARISH HISOBI - bevosita ishlab chiqarish jarayoniga
aloqador operatsiya (harakat) larni ko'rsatadi. Bu hisob tarmoqlar va 
sektorlar miqyosida olib boriladi. Ishlab chiqarish hisobining resurs 
qismi mahsulot ishlab chiqarishni, foydalanish qismi esa oraliqdagi 
iste’mol holatini o'z ichiga oladi.
ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI - mamlakat resurslaridan
to'la foydalanib, ikki mahsulot chiqarishni qo'shib olib borish.


ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI EGRI CHIZIG‘ 1 - iqtisodiyotda
to'la bandlik va ishlab chiqarishning boshqa omillaridan to'la 
foydalanilgan sharoitda ikkita mahsulot (mahsulotlar guruhlari) 
ni ishlab chiqarishning har xil kombinatsiyalarini ko'rsatuvchi egri 
chiziq. Bunda ishlab chiqarishning texnologik asosi va yer resurslari 
doimiydir.
ISHLAB 
CHIQARISH 
INFRATUZILMASI 
-
ishlab 
chiqarishning
rivojlanishi uchun tashqi shart-sharoitlarni ta’minlovchi tarmoqlar 
majmuyi bo'lib, o'z ichiga temir va avtomobil yo'llari, elektr, gaz 
va suv ta’minoti, aloqa kommunikatsiyalari, ombor xo'jaligi va 
boshqalarni oladi.
ISHLAB CHIQARISH IXTISOSLASHUVI - ayrim korxonalarda bir
turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan jarayonlarning 
to'planishi. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligi 
o'sishining asosiy omillaridan biri.
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI - jamiyat ixtiyoridagi barcha resurslardan
foydalanib, jamiyat a’zolari uchun zarur bo'Igan tovar va xizmatlami 
yaratish.
ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI JADALLASHTIRISH - ishlab
turgan apparat (unga xizmat ko'rsatayotgan kishilar sonini 
oshirmagan holda) vaqtbirligi ichida ishlab chiqarayotgan mahsulot 
miqdorini oshirish uchun qo'llaniladigan barcha tashkiliy tadbirlar 
yig'indisi.
ISHLAB 
CHIQARISH 
KO'LAM I 
(MASSHTABI)NING 
SALBIY
SAMARASI - firma ishlab chiqarish hajminingxarajatlarga nisbatan 
orqada qolishiga xos bo'Igan holat.
ISHLAB CHIQARISH KONSENTRATSIYASI -
qishloq xo'jaligida
ixtisoslashtirish tobora chuqurlashib, har bir korxonada ishlab 
chiqarish vositalari, ishchi kuchlari va buning natijasida mahsulot 
ishlab chiqarish jarayonining mujassamlanib borishi jarayoni.
ISHLAB CHIQARISH KONSEPSIYASI - ishlab chiqarish faoliyatini
ifodalovchi va hisobga olish tartib-qoidalaridan iborat. Ishlab 
chiqarish va iqtisodiy ishlab chiqarish bir xil mazmunda qo'llaniladi.
ISHLAB CHIQARISH KOOPERATIVI - fuqarolarning shaxsiy ishtirok
etish hamda a’zolar (ishtirokchilar)ning mulk bilan qo'shiladigan 
pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish 
yoki boshqa xo'jalik faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi 
ixtiyoriy birlashmasi.


ISHLAB CHIQARISH KOOPERATSIYASI - ijtimoiy mehnat taqsimoti
natijasida 
ixtisoslashgan 
korxonalar 
o'rtasida 
mahsulot 
ishlab chiqarish va xizmatlarni bajarish bo'yicha faoliyatini 
muvofiqlashtirish shakli. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi bir xil 
korxonalarda ortiqcha quwatlar bo'lib, boshqasida yetishmagan 
hollarda ham tashkil etiladi.
ISHLAB 
CHIQARISH 
KO'LAMI 
(MASSHTABl)NING 
IJOBIY
SAMARASI - firmada qo'llanilayotgan resurs va xarajatlarga 
nisbatan uning ishlab chiqarish hajmi tez o'sishigaxos bo'lgan holat.
ISHLAB CHIQARISH MUNOSABATLARI - hayotiy ne’matlaming ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida 
kishilar o'rtasida paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlardir.
ISHLAB CHIQARISH NARXI - tovar (xizmat) ni ishlab chiqarish bilan
bevosita va bilvosita bog'liq bo'lgan xarajatlar qiymati.
ISHLAB CHIQARISH NATIJASIDA MAHSULOT YARATISH - jarayon
ishlab chiqaruvchi birlik buxgalteriya hisobotida aniq bir ко ‘rsatkich 
orqali ifo dalanmaydi. MHTda bu j arayonni aniq bir ko'rsakich orqali 
ifoda etish mumkin. Bu ko'rsatkich - sof qo'shilgan qiymat deb 
ataladi va mamlakat miqyosida sof ichki mahsulot deb yuritiladi.
ISHLAB CHIQARISH NORMASI - tegishli malakaga ega bo'lgan bir xodim
(brigada) tomonidan muayyan vaqt birligi (soat, ish smenasi) 
davomida ma’lum tashkiliy-texnikaviy sharoitda ishlab chiqarilishi 
lozim bo' lgan mahsulot miqdori. t, kg, m, dona hisobida ifodalanadi.
ISHLAB 
CHIQARISH 
OBYEKTLARINING 
KOMPYUTER JOY-
LASHISHI TAQQOSLASH METODI - (Computerized 
Relative Allocation o f Facilities Technique - CRAFT). Uskunalarni 
texnologik prinsip bo'yicha joylashtirishning optimal yo'lini topish 
imkonini beradigan kompyuter metodi.
ISHLAB CHIQARISH OMILLARI - ishlab chiqarish jarayonini amalga
oshirishda qatnashuvchi inson (ish kuchi), mehnat vositalari va 
mehnat sarflanadigan xomashyolar yig'indisi. Insonlar nimadir 
yordamida mehnat ashyosiga o'z ta sirlarini o'tkazsalar, shu narsalar 
mehnat vositalari (qurollari) hisoblanadi. Ular turli xil mashina va 
mexanizmlar, asbob-uskunalar, turli qurilmalar va hokazolardan 
tashkil topadi. Ishlab chiqarish jarayonining ro'y berishi uchun 
ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari bilan mehnat jarayonida 
inson o'z ta’sirini o'tkazadigan tabiat narsalari (xomashyolar) 
mehnat omillarini ifodalaydi.

sf l N* . —
191 



ISHLAB CHIQARISH Q U W A T I - asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlar,
shuningdek, moliyaviy resurslardan iloji boricha to'liq va oqilona 
foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo'lgan mahsulotning 
maksimal hajmi.
ISHLAB CHIQARISH RENTABELLIGI - umumiy (balans) foydaning
asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalashtiriluvchi aylanma 
mablag'laming o'rtacha у illik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanuvchi 
ishlab chiqarish samaradorligi ko'rsatkichi.
ISHLAB CHIQARISH RESURSLARI - moddiy va insoniy resurslardan
tashkil topadi. Moddiy resurslar tabiiy resurslardan, ya’ni yer va 
yer osti boyliklari; o'rmonlar, suv resurslaridan tashkil topadi. 
Insonlar yaratgan resurslar esa ishlab chiqarish vositalari: asbob- 
uskunalar, mashinalar, texnikalar, xomashyo va hokazolardan tashkil 
topadi. Insoniy resurslar insonlarning ishlab chiqarish jarayonida 
qo'llaniladigan jismoniy, aqliy qobiliyati yoki insonlarning mehnat 
qila olish qobiliyati va tadbirkorlik layoqatidan tashkil topadi. 
Tadbirkor layoqati - bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqa resurslarni 
samarali ishlata olish qobiliyatiga ega bo'lgan insoniy resursdir.
ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI - ishlab chiqarishning natijasi,
ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati hajmini ishlab chiqarish 
xarajatlari qiymatiga bo'lgan nisbatida ifodalanadi.
ISHLAB CHIQARISH SARFLARI - ishlab chiqarish davomida bo'ladigan
chiqim, xarajatlar; mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan jonli 
va moddiy mehnat sarflari yig'indisi miqdori, ishlab chiqarilgan 
tovar uchun sarflangan ish vaqti.
ISHLAB CHIQARISH SIKLI - ma’lum sanoat korxonasida muayyan
mahsulotni tayyorlash uchun zarur bo'lgan vaqt. Mahsulot ishlab 
chiqarish sikli - ish davri (tayyor mahsulot olish uchun ketgan vaqt) 
va ishlab chiqarish jarayonidagi tanaffuslar (operatsiyalar orasida 
davr va smenalar o'rtasidagi vaqt) dan iborat. Ishlab chiqarish 
siklining asosiy texnik iqtisodiy ko'rsatkichi uning muddati 
hisoblanadi. Bu muddat ishlab chiqarish xarakteriga qarab soat, 
kun, oy bilan o'lchanadi.
ISHLAB CHIQARISH SOHASI - mahsulot, tovarlar ishlab chiqaruvchi
tarmoqlar yig'indisi. Masalan, mahsulot, energiya, mahsulotlarni 
saqlash, sarflash va boshqa funksiyalar. Ular muomalada ishlab 
chiqarishning davomi hisoblanadi.
ISHLAB CHIQARISH SOLIQLARI - ishlab chiqaruvchi o'zi ishlab chiqargan
va o'zi sotadigan, boshqalarga beradigan yoki boshqacha tarzda o'zi 
foydalanadigan mahsulot, tovar va xizmatlarga solinadigan soliqlar.


Bular, asosan, mulk yoki binolardan, boshqa turdagi aktivlardan 
yoki yerdan foydalanganlik solig'i, agar ishlab chiqarishda yoki 
ishchi kuchi yollashda yollanma ishchi kuchiga ish haqi to'lashda 
foydalanilgan b o‘ Isa, bunday sarf-xarajat ham ishlab chiqarish solig'i 
tarkibiga kiritiladi.
ISHLAB CHIQARISH TIZIM I - bu korxonaning operatsion resurslaridan
kiritilayotgan ishlab chiqarish omili 
(“kirish”)ni korxona 
tomonidan tanlangan mahsulot (“chiqish” )ga aylantirish maqsadida 
foydalanadigan tizimdir.
ISHLAB CHIQARISH TUZILMASI - korxonaning mahsulot ishlab chiqarish
jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan ishlab chiqarish 
bo linmalari - sexlar, uchastkalar, xizmat ko'rsatish xo'jaligi 
aloqalarining yig'indisi.
ISHLAB CHIQARISH UCHUN BOSHQA SUBSIDIYALAR - subsidiyalar
rezidentli korxonalar u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishda 
ishtirok etganligi uchun olgan subsidiyalardan tashqari barcha 
subsidiyalar.
ISHLAB CHIQARISH USULI - jamiyat taraqqiyotining turli tarixiy
bosqichlarida 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlari 
hamda 
bu 
munosabatlarga xos bo'lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning birligi 
va o'zaro ta’siri birgalikda ishlab chiqarish usulini tashkil etadi. 
Uning quyidagi turlari mavjud. 1. An’anaviy ishlab chiqarish usuli. 
Bu usul sust rivojlangan ko'pgina mamlakatlarda mavjud. Bu ishlab 
chiqarish usulida ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar 
ko‘p yillab o'zgarmaydi. U sekin o'zgaradigan urf-odatlar bilan 
belgilanadi. An anaviy ishlab chiqarish oddiy takror ishlab chiqarish 
holatida bo'ladi. 2. Ma’muriy buyruqbozlik tizimidagi ishlab 
chiqarish usuli. Bu usul ijtimoiy tizimda bo'lgan davlatlarga oid 
bo'lib, bu davlatlarning iqtisodiyoti aralash iqtisodni tashkil etadi. 
Mazkur ishlab chiqarish usuli xususiyati mulkning umumiy ekanligi 
va ishlab chiqarish natijasi bo'lgan moddiy ne’matlar markazdan 
taqsimlanishiga, xo'jalik bo'g'inlarida iqtisodiy mustaqillikning 
mavjud ekanligiga asoslanadi. 3. Aralash iqtisodiy tizimdagi ishlab 
chiqarish usuli. Davlatning iqtisodga aralashuvi inkor etilmaydi. 
Lekin ishlab chiqarish usuli rivojlanishi turli mulk shakllariga 
asoslangan holda uni bozor belgilaydi. Davlat bilan bozor ishlab 
chiqarish usuli rivojlanishini ta’minlaydi. 4. Bozor iqtisodiyoti 
tizimidagi ishlab chiqarish usuli turli mulkchilik shakllari va erkin 
raqobatga asoslangan holda tashkil topadi.


ISHLAB CHIQARISH VA IMPORT SOLIG‘ 1 - davlat tomonidan ishlab
chiqaruvchi birliklardan tovar va xizmatlar ishlab chiqargani yoki 
ishlab chiqarish omillaridan foydalangani uchun olinadigan soliqlar 
- majburiyat, qaytarilmas to'lovlardir. Ularga mahsulotlar ishlab 
chiqarishga bo'lgan soliqlar va import soliqlar kiradi.
ISHLAB CHIQARISH VA SOTUV IMKONIYATLARI TAHLILI - firma
maqsadlariga tovar g'oyasi va marketing strategiyasi mos kelishini 
aniqiash uchun aniqiangan sotish ko'rsatkichlari, xarajatlar va 
daromadlarni tahlil qilish.
ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI - ishlab chiqarish jarayonida
qatnashadigan va moddiy ne’matlar tayyorlashda odamlar 
foydalanadigan mehnat predmetlari va vositalari. Mehnat 
predmetlari - kishi mehnati sarflanadigan obyektdir. Yer, o'rmon, 
qazilma boylikJar, xomashyo, binolar, mashina va mexanizmlar, 
asbob-uskunalar birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil 
etadi.
ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI BOZORI - mehnat qurollari,
xomashyolar va yonilg'i moylash materiallari savdosi. Ishlab 
chiqarish vositalari bozor tovar birjalari, yarmarkalar ko'rinishida 
bo'lib, asosan, uigurji savdo qilinadi.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - mahsulot tayyorlash uchun
qilingan barcha moddiy va ma’naviy mehnat sarfi. Uning qiymat 
shakli mahsulot tannarxini o'zida aks ettiradi. Korxonalarning 
ishlab chiqarish xarajatlarini ikkita qismga: doimiy va o'zgaruvchan 
xarajatlarga bo'lish mumkin. Doimiy xarajatlarga: ijara to'Iovi, 
qorovullik va ma’muriyat xizmati kabilar kiradi. O'zgaruvchan 
xarajatlarga xomashyo, yoqilg'i, energiya, ish haqiga qilingan sarf- 
xarajatlar kiradi.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI - u yoki bu mahsulot
birligining tannarxini aniqlashda qo'llaniladigan usullar tizimi.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI INFLYATSIYASI - ish vaqti va
xomashyoga narxlarning ko'tarilishi natijasida jami taklifning 
qisqarishi asosida yuzaga keladigan inflyatsiya, bunda ishlab 
chiqarishning real hajmi va bandlik darajasi pasayadi.
ISHLAB CHIQARISHDAGI BOSHQA SOLIQLAR - soliq korxona u yoki
bu mahsulotni ishlab chiqarishda ishtirok etganligi uchun solingan 
soliqdan tashqari barcha soliqlar.
ISHLAB CHIQARISHDAGI YAROQSIZ MAHSULOT - o'z sifatiga ko ra
belgilangan standart va texnik sharoitlarga to'g'ri kelmaydigan detal 
hamda yarim tayyor mahsulotlar.

194




ISHLAB CHIQARISHNI IXTISOSLASHTIRISH - yirik korxonalarda
texnologiya va tuzilmasi bir xil bo'lgan mahsulotlarni ommaviy 
ravishda ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish xo'jaligi aloqalarining 
yig'indisi.
ISHLAB CHIQARISHNI KIMYOLASHTIRISH - mahsulot ishlab chiqa-
rishda kimyoviy mahsulot va suniy materiallar, shuningdek, 
kimyoviy usullardan keng foydalanish.
ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISH - sanoat ishlab
chiqarishining turlibosqichlarida import shaklida xarid qilish orqali 
qo'llaniluvchi detallar, butlovchi qismlar, yarim tayyor mahsulotlar 
va tayyor mahsulotlarni mahalliy xomashyo va materiallar asosida 
ishlab chiqarishga o'tkazish jarayoni.
ISHLAB CHIQARISHNI MODERNIZATSIYALASH - ishlab chiqarishni
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan 
yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi 
chora-tadbirlarni o ‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalashning asosiy yo'nalish va vositalari quyidagilar 
hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarib, 
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan almashtirish; mahalliy 
resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni 
joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini 
kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni 
tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; 
chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
ISHLAB CHIQARISHNI YIRIKLASHTIRISH - mahsulotni yirik korxo­
nalarda chiqarishni tashkil qilish.
ISHLAB CHIQARISHNING DIVERSIFIKATSIYASI - bir tomonlama,
ko'pincha bitta mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng 
nomenklaturada tayyorlanuvchi mahsulodarga asoslangan ishlab 
chiqarishga o'tkazish.
ISHLAB CHIQARISHNING IXTISOSLASHUVI - korxona yoki hududning
bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga yo'naltirilganligi. Ishlab 
chiqarishning ixtisoslashuvi ishlab chiqarish jarayonining turli 
bosqichlarida hudud, tarmoq va korxonalar o'rtasida ichki mehnat 
taqsimoti shaklidir. Ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish mahsulot, 
texnologik jarayon, asbob-uskunalar va tegishli mutaxassisliklarning 
bir xilligi bilan tavsiflanadi.
ISHLAB CHIQARISHNING POTENSIAL M IQDORI - resurslardan to'liq
foydalanilganda iqtisodiyot ishlab chiqara oladigan mahsulot ishlab 
chiqarishning real hajmi.


ISHLAB CHIQARUVCHANLIK - resurslardan samarali foydalanish
ko'rsatkichlari.
ISHLAB CHIQARUVCHANLIK (UNUMDORLIK) - tizimdan chiqishda
olinadigan natijani ushbu tizimning kirishiga bo'lgan nisbati. 
Umumiy unumdorlik, odatda, tizimning chiqishida olinadigan 
natijalarning pul qiymatini (masalan, sotilgan mahsulotlar yoki 
ko'rsatilgan xizmatlar) barcha kiritilgan ishlab chiqarish omillari 
qiymatiga bo'lish orqali hisoblanadi.
ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLAR - ishchi kuchi va ishlab chiqarishlar
vositalari yig'indisi. Ular ishlab chiqarishni harakatga keltiradi. 
Asosiy ishlab chiqarish kuchlariga moddiy ne’matlar yaratuvchi 
mehnatkashlar va mehnat vositalari kiradi.
ISHLAB CHIQARUVCHI NARXI - yetkazib berilishi mumkin bo'lgan
mahsulot va xizmat sifatida ishlab chiqarilgan va ishlab chiqaruvchi 
tomonidan olinadigan tovar va xizmat birligining narxi. To'lanishi 
zarur bo'lgan turli mahsulot soliqlar (qo'shilgan qiymat uchun 
olinadigan soliqdan tashqari), sotilgan va foydalanilgan mahsulot 
uchun olingan subsidiyalar ham ishlab chiqaruvchi narxi tarkibiga 
kiritiladi. Ishlab chiqaruvchi mol yetkazib berishva xizmat ko'rsatish 
uchun alohida qo'shadigan chiqim-sarflar. U ishlab chiqaruvchi 
narxiga qo'shilmaydi.
ISHLAB CHIQARUVCHI NARXI BO YICHA YALPI QO'SHILGAN
QIYMAT - ishlab chiqaruvchi narxida baholangan va undan sotib 
oluvchi narxidagi oraliq iste’mol qiymati chegirib tashlangach hosil 
bo‘ladigan narx.
ISHLAB CHIQARUVCHI ORTIQCHALIGI (YUTUG‘1) - tovarlarning
haqiqiy narxlaridan chekli (bir birlik qo'shimcha tovar ishlab 
chiqarishga ketgan) xarajatlarning ayirmalari yig'indisiga teng.
ISHLAB CHIQARUVCHILAR NARXLARINING INDEKSI - bazis
davriga nisbatan xomashyo materiallar va oraliq tovarlar narxlari 
o ‘zgarishining o'rtacha darajasini aks ettiruvchi ko'rsatkich. 
YalMning maksimal darajada detallashtirilgan komponentlari 
narxini solishtirma narxlarga o‘tkazishda ishlatiladi.
ISHLAB CHIQJSH OMILLARI BOZORI - yer, mehnat, kapital kabi ishlab
chiqarish omillarini sotib olish va sotishni nazarda tutadi. Yer 
deganda fermerlar va tadbirkorlar tomonidan ishlatiladigan faqat 
bevosita yerning o‘zi emas, shu bilan birga, yer ostidan qazib 
olinadigan yoki yer yuzasida yig'ishtirib olinadigan xomashyo, 
masalan, paxta tushuniladi. Mehnat barcha ishlovchilarning, 
shu jumladan, malakasiz ishchilar, tadbirkorlar, firmalarning 
boshqaruvchilari va rahbarlarining xizmatlari sifatida izohlanadi. 
Mehnat birjasi ushbu bozorning eng muhim vositasi hisoblanadi.


Bu yerda turli xil ishchi kuchiga talab va uni taklif etish bevosita 
shakllanadi. Mehnat birjasi ishchi kuchining butun rezervini ham 
aks ettiradi. Ishsizlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy 
ishlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Kapital tarzidagi ishlab 
chiqarish omili ishlab chiqarish vositalari, binolar, inshootlar, 
dastgohlar, uskunalar, shuningdek, ishlab chiqarish vositalarini 
sotib olish uchun talab qilinadigan pul mablag'laridan iboratdir. 
G'arbdagi ayrim iqtisodchilar ishlab chiqarish omillariga tovarlar 
va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etuvchi, qanday tovarlar 
yoki xizmatlarni ishlab chiqarish xususida qarorlar qabul qiluvchi 
va xavfni o'z zimmasiga oluvchi, yangi texnika, texnologiyani ishlab 
chiqarish, yangi tovarlarning innovatsiya usullarini joriy etuvchi 
tadbirkorlik talantini ham kiritadilar.
ISHLAR - bajarilishi uchun ma’lum vaqt talab qilinadigan WBS loyihasi ishlari
tuzilmasining dastlabki elementlari. Berilgan loyihada ko'rsatilgan 
barcha ishlarning tugatilishi - butun loyiha tugashi demakdir.
ISHLAR (XIZM ATLAR)N 1EKSPORT QILISH - ishlarni bajarish (xizmatlar
ko'rsatish) joyidan qat’i nazar, O'zbekiston Respublikasining 
yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik 
yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish.
ISHLATILISH KOEFFITSIYENTI - ma lum bir resursning faktik ishlatilish
vaqtining uning ishlatilishi mumkin bo'lgan vaqtga nisbati.
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI - jamiyat ixtiyoridagi barcha resurslardan
foydalanib, jamiyat a’zolari uchun zarur bo'lgan tovar va xizmatlarni 
yaratish.
ISHLAB CHIQARISH MUNOSABATLARI - hayotiy ne’matlarning ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida 
kishilar o'rtasida paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlardir.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish
va iste’molchilarga etkazib berishda qilinadigan barcha sarflardan 
iborat.
ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLAR - ishchi kuchi yoki boshqacha
aytganda, ma’lum malakaga, tajribaga ega bo'lgan kishilar hamda 
ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topgan.
ISHONCHSIZ KREDITLAR - ishonchsiz deb turkumlangan aktivlar qaytishi
mumkin bo'lmagan aktivlar deb qaraladi. Bunday aktivlar juda 
past qiymatga ega va ularni bank aktivlari sifatida hisobga yuritish 
maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi. Bunday turkumlash bu 
aktivlarning hech qanday likvidatsion bahosi yo'q degani emas, lekin 
banklarga bunday aktivlarni o'z balansida yuritish tavsiya etilmaydi 
va bu aktivlar likvidatsiya qilinishi kerak.

197




ISHSIZLIK - sog'lig'i yoki yoshi jihatidan ishga Iayoqatli kishining ish o'rnini
yo'qotib, bosh bo'lib qolishi. Ishsizlik uch xil ko'rinishda uchraydi: 
1. Ixtiyoriy ishsizlik (boshqa hududga ko'chish, o'qishga kirish, 
bolani parvarish qilish kabi sabablarga ko'ra ishdan bo'shashi 
natijasida yuzaga keladi). 2. Tarkibiy ishsizhk (ayrim kasblar, ish 
turlariga bo'lgan talabning susayishi natijasida yuzaga keladi). 3. 
Davriy ishsizlik (ayrim hududlar va tarmoqlarda ishchi kuchiga 
bo'lgan talabning kamayishi natijasida yuzaga keladi).
ISHSIZLIK DARAJASI - ishsizlik sonining iqtisodiy faol aholi soniga nisbati.
16 va undan yuqori yoshdagilar, lekin ishga ega bo'lmaganlar, faol 
ish qidirayotganlar, ishni boshlashga tayyor turganlar ishsizlar deb 
ataladi.
ISHSIZLIKNING TABIIY DARAJASI - real va potensial yalpi milliy
mahsulotning o'sishi bir-biriga mos keladigan iqtisodiy rivojlanish 
davri oraliqlariga xos bo'lgan ishsizlik darajasi. U iqtisodiy 
rivojlanishning haqiqiy va strukturaviy ishsizlik ko'rsatkichlari 
yig'indisi sifatida ham hisoblanishi mumkin. Shuningdek, NARU 
(natural rate o f unemloyment) atamasi ishsizlikning o'smaydigan 
darajasi ko'rsatkichi tarzida ham qo'llaniladi. Bu ko'rsatkich ijtimoiy 
jihatdan nisbatan neytral bo'lib, inflyatsiyaning turg'un, barqaror 
darajalari hamda real va potensial yalpi milliy mahsulot (YaMM) 
mos tushgan holatidagi ishsizlik darajasini aks ettiradi.
ISLOHOT - turli ravishda o'tkazilgan o'zgarish: isloh qilish, reforma. Iqtisodiy
islohot iqtisodni inqiroz holatidan chiqarish borasida o'tkazilgan 
chora-tadbirlar yig'indisidir.
ISLOM VII asrda (hijriy 622-yil) - dastlab Arabistonda tarqalgan so'nggi
muqaddas din. Islomning muqaddas kitobi Quroni karimda 
(arabchada o'qish, qiroat degani) Alloh taolo tarafidan shaxsiy 
mulk muqaddas deb e’lon qilingan, unga ko'z olaytirish katta gunoh 
deyilgan va sudxo'rlik harom qilingan, ortiqcha sarf-xarajatlar 
qoralangan, ayniqsa, “yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, lekin isrof 
qilmang” degan oyatlar bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir.
ISTE’MOL XARAJATLARI - tovarlar va xizmatlarni yakuniy iste’mol qilish
maqsadida xarid qilish uchun qilingan xarajatlar. Uy xo'jaliklari va 
davlatning iste’mol xarajatlariga bo'linadi. YalMning xarajatlariga 
ko'ra tarkibida eng katta va barqaror komponent.
ISTE’MOL - ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi fazasi, ijtimoiy
mahsulotdan aholining iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni.
ISTE’MOL BAHOLARI INDEKSI - iste’mol savatiga kiritilgan tovar va
xizmatlar bahosining u yoki bu davrdagi o'rtacha o'zgarishini 
ifodalovchi indeks. U, odatda, Leypeyres formulasi bo'yicha 
aniqlanadi.


ISTE’MOL BOZORI - aholi iste’moli uchun zarur bo'lgan tovarlar va
xizmatlarning ayirboshlanishi.
ISTE’MOL BOZORIDAGI MUTANOSIBLIK - iste’mol bozoriga taklif
etilayotgan tovarlar va xizmatlar hajmi bilan aholining to'lovga 
qodir talabining o'zaro mosligi.
ISTE’MOL BUDJETI - moddiy-ma’naviy ne’matlar va xizmatlar iste’moli
salmog'i va tarkibining qiymati bahosi hamda soliqlardir.
ISTE’MOL DARAJASI - ma’lum paytda haqiqiy iste’molning istalgan,
mo‘ ljallangan yoki ratsional iste’molga nisbatan erishgan darajasi.
ISTE’MOL FUNKSIYASI - jami iste’mol sarflari bilan har ma’lum paytda
iste’molchi ixtiyoridagi daromadning har xil miqdorlar o'rtasidagi 
bog'liqlik. Ma’lum bir paytda iste’molchi ixtiyoridagi daromadning 
mumkin bo'lgan har xil darajalaridagi iste’mol sarflari.
ISTE’MOL KREDITI - bu aholining iste’mol talablarini qondirishga yordam
beruvchi kreditdir va uy-ro'zg'or buyumlari: radio-elektron va 
maishiy asbob-uskunalar, mebellar, interyer buyumlari, turar uy- 
joylarni ta’mirlash bilan bog'liq tovarlarni xarid qilish, avtomashina 
sotib olish va aholiga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlar va boshqa 
xizmatlarning haqini to'lash uchun 3 yilgacha bo'lgan muddatga 
beriladi.
ISTE’MOL ME’YORI - mahsulotlar iste’moli ratsional darajasining
ko'rsatkichlari.
ISTE’MOL MOLLARI VA XIZMAT - uy xo'jaliklari, notijorat tashkilotlar
tomonidan ishlab chiqarish jarayonida, tizimda ko'rsatilganidek, 
qo'shimcha o'zgartirishsiz foydalaniladigan tovar va xizmatlar. 
Bunday foydalanish uy xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi subyektlar, 
shaxslarning bevosita ehtiyoji va xohishini yoki jamiyat a’zolarining 
umumiy ehtiyojlarini qondiruvchi umumdavlat boshqaruvbirliklari 
tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
ISTE’MOL MUVOZANATI - iste’molchining holati, u barcha daromadiga
tovar va xizmatlarni ma’lum baholarda va shunday miqdorda xarid 
qiladiki, ularning nafliligini oshiradi.
ISTE’MOL NARXLARINDEKSI - o'rtacha oila tomonidan, odatda, iste’mol
qilinadigan tovar va xizmatlar narxining bazis davriga nisbatan 
o'zgarishi o'rtacha darajasini aks ettiradigan ko'rsatkich, inflyatsiya 
ko'rsatkichi sifatida ishlatiladi.
ISTE’MOL SAVATI - insonning salomatligini saqlash va uning hayot faoliyatini
ta’minlash uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq- 
ovqat tovarlari va xizmatlarning minimal to'plamidir. Bu yig'indi 
aholi iste’molining tarkibi va darajasini to'liqroq ifodalaydi.


ISTE’MOL SOLIG‘1 - bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf
qilinayotgan paytda olinadi. Qo'shilgan qiymat solig'i va aksizlar 
ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Bojxona bojlarini ham iste’mol 
soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat 
foydasiga olinsa, boshqa birovlari mahalliy budjetlarga borib 
tushadi.
ISTE’MOL STRUKTURASI - iste’mol yo nalishlari va iste’mol qilinadigan
mahsulot turlari.
ISTE’MOL TOVARLARI - insonlarning bevosita ehtiyojlarini qondiruvchi
tovar va xizmatlar, masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, 
maishiy xizmatlar va shu kabilar.
ISTE’MOL TOVARINING XIZMAT MUDDATI - mahsulotning o'z
iste’mol xossalarini yo'qotmay saqlab turish davri.
ISTE’MOLCHI - o'z ehtiyojini qondirish uchun mahsulot, tovar, xizmatlardan
foydalanadigan shaxs, oila, jamoa, korxona, tashkilot, muassasa.
ISTE’MOLCHI JAMOA - korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va boshqa
jamoalar.
ISTE’MOLCHI ORTIQCHALIGI (YUTUG‘ 1) - iste’molchi tovarlar
uchun to'lashi mumkin bo'lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda 
haqiqiy to'langan narxlar ayirmalarining yig'indisi.
ISTE’MOLCHI ULUSHI - bozor ulushini kengaytirishdan iste’molchilar
sonini ko'paytirishga o'tish. Buning uchun kompaniyalar dolzarb 
iste’molchilarga tovarlarning kengaytirilgan assortimentini taklif 
etadilar, xodimlarni o'zaro o'rnini bosuvchi tovarlarni sotishga va 
savdo hajmini oshirishga o'rgatadilar.
ISTE’MOLCHILAR PANELI - ko'p marta marketing tadqiqotlari uchun
maxsus tanlab olingan, sinaladigan kishilar majmuyi.
ISTE’MOLCHILAR TALABI - ma’lum paytda yoki davrda iste’molchilar
ehtiyojining to'lov vositasi bilan ta’minlangan qismi; to'lov 
qobiliyatiga ega bo'lgan ehtiyoji; odamda biror narsaga talab paydo 
bo'lishi uchun o'sha narsaga ehtiyoji va shunga yarasha mablag'i 
bo'lishi kerak; bozor mexanizmining muhim elementi bo'lib, 
xaridor tomonidan bozorga chiqadi; ehtiyojningbozorda ko'rinishi, 
qondirish shakli.
ISTE’MOLCHILAR XARID FONDLARI - iste’molchilar (aholi) pul
daromadlarining tovarlar sotib olish uchun mo'ljallangan va 
ajratilgan qismi.
ISTE’MOLCHILAR XARID QOBILIYATI - iste’molchilarning o'zlariga zarur
tovarlar (xizmatlar) ni sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatlari 
bo'lib, xarid fondlarining tovarlar narxlarida ifodalangan shakli.
200


ISTE’MOLCHINING 
MUSTAQILLIGI 
(suvereniteti) 
-
iste’mol
huquqining mustaqilligi, qaram emasligi, huquqning mustaqil 
yo'nalishi bo'lib, tovar va xizmatlar bozorida iste’molchining 
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qoida va yo'riqnomalar 
majmuyidan iborat.
ISTE’M OL (JAMG'ARISH)GA CHEGARALANGAN MOYILLIK - iste’mol
xarajatlaridagi (jamg'arish hajmi) o'zgarishning bu o'zgarishni 
keltirib chiqargan daromadlarning o'zgarish miqdoridagi ulushi.
ISTE’MOLGA O'RTACHA MOYILLIK - iste’mol xarajatlarining daromaddagi
(yoki shaxsiy tasarrufdagi daromad hajmidagi) hissasi.
ISTE’MOL BOZORIDAGI MUTANOSIBLIK - iste’mol bozoriga taklif
etilayotgan tovarlar va xizmatlar hajmi bilan aholining to'lovga 
qodir talabining o'zaro mosligi.
ISTIQBOLLI MOLIYAVIY MA’ LUMOTLAR - ma’lum voqealar sodir
bo'lishi vaxo'jalikyurituvchisubyektrahbariyatitomonidanmuayyan 
harakatlar amalga oshirilishi taxminlaridan kelib chiqadigan xo'jalik 
yurituvchi subyektning kelajakdagi moliyaviy holati, faoliyatining 
kelajakdagi moliyaviy natijalari, pul mablag'larining yoki moliyaviy 
xo'jalik faoliyatidagi alohida tarmoqlarining harakatlari to'g'risida 
ma’lumot.
ISTIQBOLLI REJALAR - uzoq muddatli davrlar uchun korxonani iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlantirish nisbatlari va yo'nalishlarini belgilab beruvchi 
rejalar.
ISTIQBOLNI ANIQLASH - moliyaviy mexanizmining asosiy qismi bo'lib,
u moliyaviy rejalar va balanslar hamda moliyaviy ko'rsatkichlar, 
norma va normativlar tizimini o'z ichiga oladi.
ISTIQBOLNI BELGILASH MALAKASI - ijtimoiy va bilish jarayonlarini
rejalashtirish va boshqarish.
ISTE’MOL TOVARLAR! - inson ehtiyojini qondirishga mo'ljallangan iste’mol
buyumlarining tovar shakli; pulga sotib olib, iste’mol etiladigan 
moddiy mahsulotlar va har xil xizmatlar.
IXTILOF - bir-biriga qarama-qarshi yo'naltirilgan maqsadlar, manfaatlar,
nuqtayi nazarlar, fikrlar yoki ikki va undan ortiq kishining qarashlari 
to'qnashuvidan iborat.
IXTILOFLARNI BOSHQARISH - ixtilofni vujudga keltirgan sabablarga
barham berish (kamaytirish) sohasida aniq maqsadli tasir ko'rsatish 
yoki ixtilof qatnashchilari xulq-atvorini o'zgartirishga qaratilgan 
ta’sir ko'rsatish.
IXTILOFLARNI HAL QILISH - ularning sabablari va oqibatlariga barham
beradigan jarayon yoki aniq maqsadga qaratilgan faoliyatdir.

201 



IXTILOFLI VAZIYAT - tomonlarning biron-bir xususda qarama-qarshi,
ziddiyatli nuqtayi nazari, ziddiyatli maqsadlarga intilishi, ularga 
erishish uchun turli-tuman vositalardan foydalanishi, manfaatlar, 
istaklarning bir-biriga mos kelmasligi va shu kabilar.
IXTIRO - turli sohalardagi mahsulot (xususan; qurilma, modda, mikroorganizm
shtamplari, o'simlik va hayvonlar hujayralari) yoki usul (moddiy 
vositalar yordamida moddiy obyektlar ustidan harakatni amalga 
oshirish jarayoni)ga tegishli texnik yechim.
IXTISOSLASHGAN BANKLAR - muayyan mijozlar guruhiga xizmat
ко rsatadigan yoki ayrim harakatlarga ixtisoslashgan banklar. 
Masalan, eksport banklari, ipoteka banklari, investitsion bank va 
shu kabilar.
IXTISOSLASHTIRISH - 1. Faoliyatni biron-bir mashg'ulotga, kasb-hunarga
yo'naltirish; ijtimoiy mehnat taqsimoti shaldlaridan biri. 2. Biron- 
bir cheklangan sohada ma’lumot olish. 3. Ishlab chiqarishni 
ixtisoslashtirish, sanoatda, qurilishda, qishloq xo'jaligida, xizmat 
ko'rsatish sohasida texnologiyani ixtisoslashtirish - faoliyatini 
muayyan mahsulot, buyum, detal ishlab chiqarishga yo'naltirish. 
Ishlab chiqarish ixtisoslashtirish - fan-texnika taraqqiyoti va ishlab 
chiqarish ko'lami oshganligining ifodasi, uning samaradorligini 
oshirish va mehnat unumdorligini ko'tarishning eng muhim 
yo'llaridan biri.
IXTISOSLASHUV - ishlab chiqarishning muayyan mahsulot ishlab chiqarish
yoki xizmat ko'rsatishga moslashuvidir. Ixtisoslashuv asosida 
mehnat taqsimoti turadi.
IXTIYORIYISHSIZLIK - qarang: friksion ishsizlik.
IXTIYORJY SUG'URTA - tomonlarning xohish-irodasiga ko'ra amalga
oshiriladigan sug'urta.
IZOHLASH (TUSHUNTIRISH) - og'zaki izoh, yoritilishi lozim bo'lgan turli
materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
IZOKOSTA - yig'indisi bir xil yalpi xarajatga teng bo'lgan resurslar sarflari
kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq.
IZOKVANT KARTA - izokvantlar jami si, ularning har biri, qo'llanilayotgan
resurslarning har xil birikmalarini qo'llashda erishish mumkin 
bo'lgan maksimal ishlab chiqarish hajmini ko'rsatadi.
IZOKVANTA - mahsulotni ishlab chiqarishda qo' llanishi mumkin bo' lgan barcha
o'zgaruvchan resurslarning o'zaro birikish kombinatsiyalarini aks 
ettiruvchi egri chiziq. Foydalanish bir xil xarajatlarni talab etuvchi 
resurslarning barcha birikish kombinatsiyalarini ko'rsatuvchi egri
202


JADALLASHTIRILGAN AMORTIZATSIYA - kamayayotgan balans usuli da
hisoblanadigan amortizatsiya. Bunda foydalanishning birinchi 
yilida ajratiladigan mablag'lar me’yori ikki baravarga oshiriladi, 
ikkinchi yilda esa qoldiq qiymatdan 20% ajratiladi va h. k.
JAHON BAHOSI - talab va taklif egri chiziqlari tasirini hisobga olgan holda
milliy narx ko'rsatkichlari ta sirida xalqaro savdo markazlarida hosil 
bo'ladi.
JAHON BANKI - rasman nomi xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki. 1944-y ilda
Xalqaro valyuta jamg'armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi 
davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o'zining faoliyatini 1946- 
yil 25-iyundan boshlagan. Jahon banki o'zaro bir-biri bilan bog'liq 
beshta institutdan tarkib topgan ko'p tomonlama kredit tashkiloti 
hisoblanadi.
JAHON BANKINING BOSH MAQSADI - uzoq muddatli iqtisodiy o'sishga
yordam ko'rsatish, buning natijasi o'laroq, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda qashshoqlikni tugatish. Jahon banki qarzlari faqat 
rivojlanayotgan mamlakatlarga ularning uzoq muddatli rivojlanishni 
hal etish uchun beriladi. O'zbekiston Jahon bankiga 1992-yilda a’zo 
bo'Igan. Jahon ankida 3 ta sho'ba bor, bular XTTBdan ancha keyin 
tashkil etilgan.
JAHON BOZORI - xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biriga bog'langan
mamlakatlar o'rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlari. Jahon 
bozorida ishtirok etish uchun mamlakatning eksport salohiyatini 
yuksaltirish kerak. Jahon bozori tovarlar, xizmatlar, valyuta, 
investitsiya, iimiy ishlanmalar bozorlaridan iborat.
JAHON BOZORI KONYUNKTURASI - jahon tovar bozorlaridagi sotish
sharti, ushbu bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning 
o'zgarish tendensiyalari.
JAHON INFRATUZILMASI - jahon mamlakatlari o'rtasidagi barcha
munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan kema, samolyot, 
poyezd, avtomobil transporti, xalqaro gaz va neft quvurlari, elektr 
energiyasini yetkazib berish tarmoqlari, reklama, axborot yetkazib 
berish kommunikatsiyalari (telefon, radio, oynayijahon, kompyuter 
tizimi), xalqaro birjalar, moliya markazlari, banklar tizimini o'z 
ichiga oladi.
2
0
3
----------------


JAHON IQTISODIYOTI NAZARIYALARI - jahon bozorida mahsulot,
valyuta, ishchi kuchi va boshqalarning harakat jarayonlariga xos 
qonun va qonuniyadarini o'rganuvchi nazariyalar. “Ishlab chiqarish 
omillarining xalqaro taqsimoti” nazariyasi tipikdir (E. Xeksher, 
B. Olin, P. Samuel son); “Mahsulot hayoti sikli” nazariyasi (G. 
Xufbauer, R. Vernon, M. Pozner); Monopolistik raqobat nazariyasi 
(E.X. CHemberlin) va boshqalar.
JAHON ISHCHI KUCHI BOZORI (JIKB) - milliy xo'jalik tizimlari va jahon
iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi, 
tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining 
mamlakatlar va hududlar o'rtasida jami migratsion aylanmasi.
JAHON MOLIYAVIY INQIROZI - bu bank-moliya tizimida ro'y bergan
chuqur tanglik holati, buning natijasida yirik banklar va moliyaviy 
tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to'lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy 
inqirozga aylanib ketishi, dunyoning yetakchi fond bozorlarida 
eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati 
halokatli darajada tushib ketishi, oqibatda ko'plab mamlakatlarda 
ishlab chiqarish va iqtisodiy o'sish sur atlarining keskin pasayib 
ketishi bilan bog'liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib 
chiqaruvchi holatdir.
JAHON PULI - xalqaro miqyosda hamma uchun umumiy xarid va umumiy to' lov
vositasi, boylikning umumiy moddiy timsoli, baynalmilal qiymat 
ifodasi bo'lgan pul. Ilgarilari jahon puli vositasini oltin yombilari 
bajargan, hozir esa bu vazifani dollar, yevro, funt sterling, nemis 
markasi, yapon iyeni, Fransiya va Shvetsariya franki bajaradi.
JAHON SAVDO TASHKILOTI - xalqaro savdoning institutsional va huquqiy
asosini tashkil etuvchi mustaqil davlatlararo tashkilot.
JAHON VALYUTA TIZIM I - xalqaro pul-kredit munosabati bo'lib, jahon
bozorining rivojlanishi natijasida tarkib topgan va davlatlar o'rtasida 
tuzilgan bitimlar bilan mustahkamlangan. Jahon valyuta tizimining 
asosiy unsurlari quyidagilardan iborat: zaxiradagi milliy va jahon 
valyuta birliklari, valyutalarning oltin nisbati hamda kurslari 
mexanizmi, o'zaro qaytarilish sharti, cheklanish hajmi, xalqaro 
hisob-kitoblar shakli, xalqaro valyuta va oltin bozorlari tarkibi, 
valyuta munosabatlarini boshqaradigan davlatlararo valyuta-kredit 
tashkilotlarining maqomi va boshqalar. 3 ta jahon valyuta tizimi 
mavjud: a) XIX asr oxirida oltin va kumush andozasi asosida yuzaga 
kelgan tizim; b) oltin andozasi asosida yuzaga kelgan tizim. Bu 
tizim 1944-yili AQSH va Brutton-Vuds konferensiyalarida yuridik
204


jihatdan rasmiylashtirilgan; v) 1971-yilda AQSH o'z dollarini 
oltinning rasmiy bahosi bo'yicha almashtirib olishdan bosh tortdi 
va uzoq yillar davom etgan oltinning jahon bozoridagi bahosiga 
ko‘ra belgilanadigan valyuta fondi tizimi puturdan ketdi. 1976-yilda 
“Xalqaro valyuta fondi a’zolari” bo'lgan davlatlaming kelishuvlariga 
muvofiq “Tebranib turuvchi boshqariladigan valyuta kursi tizimi” 
belgilandi. Unga ko'ra, XVF ga a’zo bo'lgan davlatlar o'z valyuta 
kurslarini mustaqil tanlab olish huquqiga ega.
JAHON XO'JALIGI - jahon xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etuvchi va
jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali 
bog'liq bo'lgan mamlakatlar milliy xo'jaliklari yig'indisi. XVI 
asrdagi buyuk geografik kashfiyotlar tufayli rivoj topgan, ayniqsa,
II Jahon urushidan keyin avj olgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
majmuyi. Xalqaro mehnat taqsimoti bu xo'jalikning moddiy asosini 
tashkil etadi. Xalqaro integratsiyada baynalmilallik xos.
JAHON 
XO'JALIGI 
INTEGRATSIYASI 
-
jahon 
xo'jaligi 
ishlab
chiqarishining asosiy ko'rinishlaridan biri mamlakatlararo ishlab 
chiqarish,savdo, valyutamunosabatlarivaboshqasohalardaiqtisodiy 
hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu mintaqadagi 
davlatlar ittifoqining shakllanishi bo'ldi. Buning asosida yuzaga 
keladigan xo'jalik aloqalarini bog'lovchi va birlashtiruvchi iqtisodiy 
jarayonlar davlatlar o'rtasidagi integratsiya nomini oldi. 
gU
JAHONSHUMUL MUAMMOLAR - dunyodagi ijtimoiy hodisalar va
jarayonlarning alohida qatorini tashkil etadi. Bular o'z miqyosi va 
ahamiyatlari jihatdan olamshumul xususiyatga egaligi bilan ajralib 
turadi. Bu muammolarni ijtimoiy tuzum, taraqqiyot darajasi, dini, 
jo'g'rofiy mavqeyidan qat’i nazar, barcha davlatlaming hamjihatligi 
bilan hal etish mumkin. Bu muammolarga urush va tinchlik, 
qurolsizlanish va rivojlanish; inson-jamiyat muammolari; jamiyat- 
tabiat muammolari kiradi.
JAMGARIB BORILADIGAN IXTIYORIY PENSIYA BADALLARI -
shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisob-raqamlariga ixtiyoriylik 
asosida kiritiladigan pul mablag'lari kiradi.
JAMGARIB BORILADIGAN PENSIYA TA’MINOTI - fuqarolarni shaxsiy
jamg'arib boriladigan pensiya hisob-raqamlaridagi mablag'lardan 
davlat pensiyasiga qo'shimcha ravishda pul mablag'lari bilan 
ta’minlash.
JAMGARISH - 1. Ixtiyordagi daromadning bir qismi bo'lib, u oxirgi iste’mol
maqsadlari uchun sarflanmaydi, balki jamg'arish uchun sarflanadi.
205


Kengaytirilgan 
takror ishlab 
chiqarishni 
amalga 
oshirish 
maqsadida asosiy fondlar, aylanma mablag'lar va moliyaviy aktivlar 
hajmi orttiriladi. 2. Mavjud daromaddan foydalanish hisobida 
balanslantiruvchi modda. Bu modda mavjud daromadning pirovard 
iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar uchun hali sarflanmagan 
qismini ko'rsatadi.
JAMG'ARISH FONDI - milliy daromadning bir qismi bo'lib, asosiy va
aylanma fondlar, zaxirani ko'paytirish uchun foydalaniladi. Ishlab 
chiqarish jamg'arish fondi va noishlab chiqarish jamg'arish fondi 
mavjud. Jamg'arish fondi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning 
sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omildir.
JAMG'ARISH FUNKSIYASI - har qanday yillik potensial daromad
darajasidan qat’i nazar, ishlab chiqaruvchi tomonidan sarf 
qilinmoqchi bo'Igan investitsion sarflar.
JAMG'ARISH NORMASI - jamg'arish fondining milliy daromadga nisbatan
foizda ifodalanishi.
JAMG'ARISH VA KAPITAL TRANSFERTLAR TUFAYLI XUSUSIY
KAPITAL SOF QIYMATINING O'ZGARISHI - kapital 
muomalasi hisobidagi manbayi xususiy kapital yoki birlikning sof 
qiymati o'zgarganligini ko'rsatadi. Bu o'zgarish jamg'arish va kapital 
transfertlari tufayli ro'y beradi.
JAMG'ARISHGA CHEGARALANGAN MOYILLIK - jamg'arish hajmi
o'zgarishning bu o'zgarishni keltirib chiqargan daromadlarning 
o'zgarish miqdoridagi ulushi.
JAMG'ARMA - aholining kelajak ehtiyojlarini qondirish va kelajakda xarid qilish
uchun saqlab qo yilgan pulli daromadlari. Uning hajmi ixtiyoridagi 
daromaddan iste’mol xarajatlarni ayirish yo'li bilan belgilanadi.
JAMG'ARMA BANKI - kredit muassasasi bo'lib, uning asosiy vazifasi aholining
pul jamgarmalari va vaqtincha erkin pul mablag'larini jalb qilish va 
aholiga kredit berishdan iborat.
JAMG'ARMA SERTIFIKATLARI - bank tomonidan chiqariladigan va uning
egasiga oldindan shartlashilgan vaqtda belgilangan summani olish 
huquqini beruvchi qimmatli qog'ozdir.
JAMG'ARMACHI - tijorat banklariga pul mablag'i qo'ygan jismoniy va yuridik
shaxslardir.
JAMI BAND AHOLI - band bo'Igan aholi va harbiy xizmatchilar.
206


JAMI IJTIMOIY MAHSULOT - ma’lum davr mobaynida, jamiyatda
hosil qilingan barcha iste’mol mahsulotlari qiymatlari yig'indisidan 
iborat. Uijtimoiyishlabchiqarishningbarchabo'g'inlaridasarflangan 
mehnatni mujassamlashtiradi va ayrim ishlab chiqaruvchilarning 
shu vaqt oralig'idagi mahsulotlarining yig'indisi sifatida ta’riflanadi. 
JIM tarkibiga turli-tuman moddiy va moddiy bolmagan ne’matlar 
va xizmatlar kiradi.
JAMI TAKLIF - iqtisodiyot ishlab chiqaradigan hamma tovar va xizmatlar;
mumkin bo'lgan har bir baho darajasidagi ishlab chiqarishning real 
hajmi. Unga baho ta’sir etadi. Bu ta’sir proporsionaldir, ya’ni baho 
darajasi o'sgan sari jami taklif miqdori ham o'sadi. Undan tashqari, 
jami taklifga resurslarga baholarning o'zgarishi, ishlab chiqarish 
unumdorligining o'sishi va shu kabi omillar tasir ko'rsatadi.
JAMI TAKLIF EGRI CHIZIG'INING KLASSIK KESMASI - jami taklif
egri chizig'ining vertikal qismi iqtisodiyotda to'liq bandlik 
sharoitidagi yoki ishsizlikning tabiiy nuqtasidagi holatini ifodalaydi, 
bunda real YaMM hajmi o'zgarmasdan qoladi, faqat baholar oshadi.
JAMI TAKLIF EGRI CHIZIG'INING ORALIQ.KESMASI - ishlab chiqarish
real hajmining o'sishi bilan baholar ham o'sayotgan vaziyatni aks 
ettiradi. Milliy ishlab chiqarish miqdorining ortishi baholarning 
o'zgarishi sharoitida yuz beradi.
JAMI TALAB - mumkin bo'lgan har qanday baholar darajasida iste’molchilar,
tadbirkorlar va davlat tomonidan sotib olinishi mumkin bo'lgan 
mahsulot hajmi. Jami talabga baho darajasi teskari proporsional 
ta’sir ko'rsatadi, ya’ni baho o'sgan sari talab kamayadi va aksincha, 
shuningdek, jami talabga aholi daromadlari, investitsion sarflardagi 
o'zgarishlar kabi omillar tasir qiladi.
JAMI TASHQI SAMARA - ma’lum ne’matning ishlab chiqarish hajmi. Unda
me’yoriy umumiy naflilik me’yoriy umumiy xarajatlarga teng 
bo'ladi.
JAMIYATNING 
SOF YO'QOTISHLARI 
(MONOPOLIYALARNING
IJTIMOIY BAHO SI) - monopoliya mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini samarali darajada past qilib qisqartirishi natijasida ortiqcha 
iste’molchi va xaridorlar kamayishi.
JAM LAN GAN BUDJET - O'zbekiston Respublikasi budjet tizimining
geografik tuzilishiga muvofiq turli darajadagi barcha budjetlar 
yig'indisi.
207


JAMLANMA (KONSENTRIK) DIVERSIFIKATSIYA - firma texnikaviy yoki
bozor nuqtayi nazaridan korxonaning ilgarigi tovarlariga o'xshash 
yangi mahsulotni ishlab chiqarish.
JAMOA - birgalikda mehnat qiladigan shaxslar guruhi bo'lib, unda kishilar bir-
birlari bilan shunday o'zaro harakat qiladilarki, har kim boshqa 
shaxsga murojaat qiladi, ayni vaqtda uning tasirini ham his etadi.
JAMOA ISTE’M OL XIZMATI - ayni bir vaqtda jamiyatning barcha a’zolariga
yoki alohida ijtimoiy guruh a’zolariga, masalan, muayyan tumanda 
yashovchi uy xo'jaliklariga ko'rsatiladigan xizmat.
JAMOA MULKI - madaniylashgan jamiyatda mulkchilikning bir shakli bo'lib,
uning asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalariga 
jamoa-guruh tarzida egalik qilishdir. O'zbekistonda qabul qilingan 
mulkchilik to'g'risidagi qonunda ishlab chiqarish vositalari 
sifatida jamoa egalik qilishining kooperativ (jamoa), shirkat ijara, 
aksionerlik, konsern mulk shakllari mavjud bo'lishi ko'rsatilgan.
JAMOANING FUNKSIYALARI - insonning jamoaga mansubligini his qilishi;
shaxs uchun uning yashashiga zarur ijtimoiy muhit yaratishdir.
JAMOATCHILIK BILAN ALOQA O'RNATISH - tashkilot, ishlab
chiqariladigan tovar (xizmat)lar, kompaniyaning bosh menejerlari, 
ish uslubi, korporativ madaniyatga nisbatan jamoatchilik fikrining 
shakllantirilishiga yo'naltirilgan faoliyat turi.
JARAYON - tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ma’lum bir
qismiki, bunda ishlab chiqarishning kiritiluvchi omillari (“kirish”) 
tugallangan mahsulotga (“chiqish”) aylantiriladi. Bu bilan korxona 
o'z qiymatini ishlab chiqarishning kiritiluvchi omillariga nisbatan 
balandroqbo'lishini ta’minlaydi.
JARAYONNING О ' TKAZUVCHANLIK QOBILIYATI - jarayonning
ma’lum bir vaqt oralig'idagi kutilayotgan unumdorligi. Bu sikl 
vaqtiga teskari o'lchamdir.
JARAYONNING TOR JOYI - cheklangan qobiliyat resursi. Bu berilgan
jarayonning ishlab chiqaruvchanligini cheklab qo'yadigan resurs.
JARIMA - qonun, shartnoma yoki belgilangan qoidani buzganligi uchun
ko'riladigan tadbir, pul to'lovi; jarima.
JENEVA KONVENSIYASI - (veksel va cheklarni ishlab chiqarish yuzasidan) -
xalqaro bitim. 1949-yilda urushda azob chekkan fuqarolarni himoya 
qilish maqsadida tashkil etilgan.
2 0 8
1 "I Г 
----


JIHAT - biror-bir maxsus fan (falsafa, siyosiy iqtisod, sotsiologiya, psixologiya va
h.k.) tomonidan maxsus tadqiqot qilinadigan munosabatlar ostida 
namoyon bo'ladigan boshqaruv munosabatlarining bir tomoni, bir 
xususiyatini o'rganishga imkon beradi.
JIRANT - vekseldagi shaxsning, egasining mablag‘ini o'chirish to'g'risidagi belgi.
JIROKONTO - shu bankda joriy hisob-raqami bo'Igan uchinchi shaxs bilan
hisob-kitob qilish maqsadida hisob-raqamini ochish.
JISMONIY ESKIRISH - mehnat vositalarining foydalanish va tabiat kuchlari
tasiri ostida moddiy jihatdan yemirilishi. Mehnat vositalarining 
ma’naviy eskirishi ularning to'liq jismoniy eskirishidan oldinroq, 
ishlab chiqarish ko'rsatkichlari yuqoriroq va tejamkor bo'Igan 
mashina va qurilmalar paydo bo'lishi tufayli yuz berishi mumkin.
JISMONIY SHAXS - iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchi va bu jarayonning to'la
huquqli subyekti sifatida faoliyat ko'rsatuvchi shaxs. Jismoniy shaxs 
o'z nomidan ish yuritadi, firma yoki korxona kabi hokimiyatda 
ro'yxatdan o'tish majburiyatidan ozod. Jismoniy shaxslar yuridik 
shaxs maqomini olmasdan faoliyat yuritayotgan yoki har xil 
sabablarga ko'ra ishlamayotgan - pensionerlar, nafaqaxo'rlar va 
boshqalardir. Bunday shaxslarga O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, 
fuqaroligi bo'lmaganlar va chet el mamlakatlari fuqarolari kiradi.
JISMONIY SHAXS LARD AN OLINADIGAN MAHALLIY SOLIQLAR -
yer uchun to'lovlar (yer solig'i, yer uchun ijara haqi), reklama 
solig'i, mahalliy yig'imlar (birjada amalga oshirilgan bitimlar 
bo'yicha yig'im, mahalliy auksion va lotoreya o'yinlarini o'tkazish 
huquqi uchun litsenziya yig'imi, savdo qilish huquqi uchun yig'im 
va boshqa maqsadli yig'imlar) dan iborat.
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR - daromad
solig'i, fuqarolarning mulkidan olinadigan soliqlar (transport 
vositalari solig'i, mol-mulk solig'i, uy-joy solig'i, meros tariqasida 
o'tadigan mulkdan olinadigan soliq va boshqalar), tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qayd 
etish yig'imi, boshqa soliq, yig'im va to'lovlardan iborat.
JISMONIY SHAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQ,
- umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, budjet daromadlarining 
muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Moliya yilida soliq 
solinadigan daromadga ega bo'Igan jismoniy shaxslar bu soliqning 
to'lovchilaridir. Soliq progressiv xarakterga ega. U quyidagi 
shakllarda to'lanishi mumkin: daromad manbayidan, ya’ni asosiy
209


ish joyidan va boshqa ish beruvchilardan; agar daromad bir necha 
manba hisobidan olinsa va qonuniy tarzda belgilangan daromadning 
yilhk summasidan oshsa, daromadlar to'g'risidagi deklaratsiya 
ko'rinishida; tadbirkorlikfaoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa 
tortish shaklida. Jami yillik daromad bilan qonunda belgilangan 
chegirmalar o'rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan 
daromad soliqqa tortish obyektidir. Jismoniy shaxslarning jami 
yillik daromadiga soliq to'lovchi olishi lozim bo'lgan (olgan) yoki 
tekinga olgan pul yoki boshqa mablag'lar, shu jumladan, mehnatga 
haq to'lash shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslarning 
mulkiy daromadi va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan 
keladigan yalpi daromad kiradi.
JON LOU (1671-1729) - asli shotlandiyalik, ammo ko'proq Fransiyada ijod
etgan. Merkantilizmning bir oqimi, ya’ni korxonalar va savdo haqiqiy 
boylikdir, degan g'oyani ilgari surgan. Bank, aksiya, obligatsiya va 
qimmatli qog'ozlar sotish yo'lini tutgan. Hozirgi “piramida” usuli 
muallifi. Oxir-oqibatda inqirozga uchradi (Moskvadagi “МММ” 
va boshqa shu kabi aksioner jamiyatlarining ibtidosi). Banklarning 
ijobiy tomonini ko'ra bildi.
JON SOLIG‘1 - har bir soliq to'lovchidan teng summalarda olinadigan soliq.
JONLANISH - iqtisodiy davr (sikl)ning turg'unlikdan keyin keladigan bosqichi.
Unda ishlab chiqarish tushkunlik arafasidagi darajasiga yetadi, 
iste’molchilarning sotib olish qobiliyati o'sadi, narxlar oshadi, 
ishsizlik kamayadi, jonlanish bosqichining boshlanishi ozmi-ko'pmi 
darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o'tishini 
bildiradi. Iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib 
borishiga o'tishini tavsiflovchi fazasi.
JORIY (AYLANMA) AKTIVLAR - asosan, qayta takroriy sotish maqsadida yoki
qisqa muddatda saqlab turilgan bo'Isa va undan hisobot vaqtidan 
keyingi 12 oy mobaynida aktivlar foydalaniladigan obyektlar.
JORIY HISOB VARAQASI - banklardagi pul mablag'larini saqlash va hisob-
kitoblarda amalga oshirishga xizmat qiluvchi hisob-varaq (schyot) 
turi.
JORIY KONYUNKTURA - muayyan davrda tovarlarga bo'lgan talab va
taklifning tarkibi, dinamikasini shakllantiruvchi iqtisodiy sharoit va 
omillar majmuyi. Joriy konyunktura ayni davrdagi milliy va jahon 
iqtisodiyotining u yoki bu omillaridan tarkib topgan vaqtinchalik 
vaziyatni ifodalaydi.


JORIY LIKVIDLILIK - Iikvid shakldagi balans aktivlari bankning talab qilib
olinguncha saqlanadigan va muddati 30 kungacha bo'Igan hisob- 
varaqlar bo'yicha majburiyatlari summasi o'rtasidagi nisbatni 
tavsiflaydi.
JORIY NARX - aniq tovarga shakllanib amal qilib kelayotgan narx.
JORIY NAZORAT - ichki xo'jalik nazoratining uzviy qismi, butun korxona va
uning ichki bo'linmalari ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini 
tezkor boshqarish va tartibga solish jarayonining tarkibiy qismi.
JORIY OPERATSIYALAR HISOB-RAQAMI - mamlakat to'lov balansi
bo'limi. Unda mamlakatning tovar va xizmatlar importi va 
eksporti hajmi, investitsiyalardan olingan sof daromadi va transfert 
to'lovlarining sof hajmi ko'rsatiladi.
JORIY OPERATSIYALAR HISOBI - tovarlar va xizmatlarni xarid qilish
hamda sotish, transfert tarzidagi o'tkazishlar, investitsiya bilan 
bog' liq foizlar, dividendlar vaboshqa daromadlarni hamda nafaqalar, 
ish haqi, elementlarni o'tkazish singari boshqa operatsiyalardan 
keladigan daromadlaming mamlakatlararo harakatini aks ettiradi.
JORIY QIYMAT - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo'yicha
asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga 
oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o'rtasida bitimni amalga 
oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun 
yetarli bo'Igan summa.
JORIY TA’MIRLASH - asosiy vositalar obyektini ishchi holatida saqlab turish
maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
JORIY TRANSFERTLAR- kapital bo'lmagan barcha transfertlardan iborat.
JORIY XALQARO HAMKORLIK - turli mamlakatlardagi davlat birliklari
va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi pul yoki natura shaklida ro'y 
beradigan joriy transfertlarni o'z ichiga olgan hamkorlik.
JOYLASHISHNI TIZIM LI REJALASHTIRISH METODI - uskunalarni
texnologik prinsip bo'yicha bo'limlar orasidagi material oqimining 
sonli o'lchash imkoni kam bo'Igan hollarda joylashtirish imkonini 
beradi.
-
аи— — 
711 




KABINET TADQIQOTLARI - rasmiy bosma axborot manbalari asosida
umumxo'jalik konyunkturasi holati, ayrim bozorlar taraqqiyoti, 
ayrim mamlakatlar iqtisodiyotini o'rganish va ular to'g'risida tegishli 
tasawurlar berish.
KADASTR - l ) jon boshidan olinadigan soliq to'lovchilar ro'yxati; 2) vaqti-
vaqtida yoki uzluksiz kuzatish natijasida tegishli obyekt xususida 
struktura, tuzilma ma’Iumotlar to'plami; masalan, suv kadastri 
- daryolar, ularda o'tkazilgan tekshirishlar haqidagi ma’Iumotlar 
to'plami; 3) ko'chmas mulkni baholash, uning ro'yxatini yuritish 
bilan shug'ullanuvchi davlat tashkiloti.
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI - “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni 1997- 
yil 29-avgustda qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
“Ta’lim to'g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qoidalariga 
muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim 
tizimining jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda 
yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy 
faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to‘g'ri 
ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish 
va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga 
yo'naltirilgan.
KADRLAR ZAXIRASINI REJALASHTIRISH - xodimlarning lavozimlarga
ko'tarilib borishini maqsad qilib qo yadi. U muayyan xodimlarning 
lavozimlarga ko'tarilishi, almashinishi, bo'shatilishining butun bir 
zanjirini ishlab chiqishni talab qiladi.
KADRLARGA OID YANGILIKLAR - kadrlarga oid yangiliklarni joriy qilish
sohasidagi aniq maqsadli faoliyatdir.
KADRLARNI IZLASH VA TANLASH - yangi samarali kadrlar potensialini
yaratishdir.
KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH
BILAN BOG'LIQ, YANGILIKLAR - mazkur sohadagi yan- 
giliklar, ehtiyojlarni aniqlash usullarini takomillashtirish va shu 
kabilardir.
KADRLARNI 
QISQARTIRISH 
VA 
FOYDA 
BERMAYDIGAN
KADRLARNI TUGATISH - ortiqcha kadrlarni qisqartirish 
hamda eng kam ish beradigan hamda istiqboli yo'q kadrlar potensiali 
qismi va ish o'rinlarini korxona miqyosida tugatishdir.

212 1
***&&*&***—


KADRLARNI REJALASHTIRISH - odamlarga zarur vaqtda kerakli
miqdordagi ish o'rinlarini ularning qobiliyatlari, mayllari va ishlab 
chiqirish talablariga muvofiq ta’minlab berish.
KAF - tashqi savdo shartnomasi bo'yicha yuklami belgilangan portgacha
(joygacha) yetkazib berish sharti. Bunda tashilayotgan tovarning 
qiymatiga dengiz transportida tashish bilan bog'liq xarajatlar 
kiritiladi. Ushbu shart bo'yicha tovarlami sug'urta qilish tovar 
yetkazib beruvchi (sotuvchi)ning majburiyatiga kirmaydi.
KAFOLAT - fransuz tilidan olingan bo'lib, ta’minot degan ma’noni bildiradi.
Fuqarolik huquqida shartnomaga ko'ra qarzdor kreditor oldidagi 
majburiyatini to'la yoki qisman bajarmaganda, kafillik beradi; 
kafillik garov; garantiya.
KAFOLAT BERUVCHI BANK - o'z mijoziga kafolatlik qiladigan bank.
Talabnomalar va mijozlar hisobidan kafillik beradi.
KAFOLAT FONDI - davlat qarzi bo'yicha to'lovlami o'z vaqtida amalga
oshirish hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag' jalb 
qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi majburiyatlaridan kelib 
chiquvchi to'lovlami amalga oshirish uchun mablag'larnijamlashga 
shart-sharoit yaratish maqsadida respublika budjeti tarkibida 
tuziladigan fond.
KALENDAR REJALASHTIRISH - korxonada har bir ishni aniq bajarish vaqti
ko'rsatilgan mahsulot ishlab chiqarish rejasi.
KALKULATSIYA (lot. calculatio - hisoblash) - korxona faoliyatini boshqarish
jarayonida sarflangan xarajatlami aniqlash va ishlab chiqarilgan 
mahsulot, ish va xizmat birligining tannarxini aniqlash usulidir. 
Ushbu usulda mahsulot tannarxi aniqlanib, ma’lum bir faoliyat 
turidan olingan foyda va zararlar aniqlanadi. Kalkulatsiya ishlab 
chiqarilgan mahsulot va sotib olingan moddiy boyliklarning 
tannarxini aniqlash usuli bo'lib, buxgalteriya hisobi obyektlari 
haqida umumlashgan ma’lumotlar olish uchun zarur.
KALKULATSIYA OBYEKTI - bu korxonalarda tayyorlanadigan ayrim
mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, biron-bir buyurtma turi yoki 
bajariladigan xizmat turlaridan iborat. Korxona uchun kalkulatsiya 
obyektining ro'yxati awaldan ishlab chiqiladi va mutasaddixodimlar 
tomonidan tasdiqlanadi.
KALKULATSIYALASHNING BO'LIM LI USULI - xarajatlami hisobga
olish va kalkulatsiya qilishning bo'limli (poperedel) usuli, asosan, 
metallurgiya, to'qimachilik, yengil, kimyo va boshqa sanoat 
korxonalarida qo'llaniladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish ayrim
213
"wU'WeSKasCM'----


ishlab chiqarish bo'limlari, bosqichlaridan tashkil topgan bo'ladi. 
Bo'limli usulning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda har 
bir sexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning har bir 
bo'limli bosqichi bo'yicha alohida hisobga olinib, bu xarajatlar 
hisobi mahsulotning ayrim turlari yoki guruhlari kalkulatsiya 
moddalari bo'yicha yuritiladi.
KALKULATSIYALASHNING BUYURTMALI USULI - bu usulning
mohiyati shundan iboratki, bunda hamma asosiy xarajatlar 
kalkulatsiya moddalari va har bir ishlab chiqarish buyurtmasi 
bo'yicha alohida hisob qilinadi. Ishlab chiqarish buyurtmalari 
chetdan mahsulotning ma’lum turlarini ishlab chiqarish uchun 
beriladi.
KALKULATSIYALASHNING NORMATIV USULI - bu usul, asosan, ishlab
chiqarishning ommaviy va yirik tarmog'i bo'lmish mashinasozlik 
hamda metallni qayta ishlash korxonalarida qo'llaniladi. Bu 
usulning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Mahsulotning 
me’yordagi tannarxi aniqlanadi. 
Buning uchun normativ 
kalkulatsiyasi tuziladi. Mahsulotning normativ tannarxi material, 
yoqilg'i, ish haqi va boshqa asosiy xarajatlarning tasdiqlangan 
chorakli smetalari asosida aniqlanadi. 2. Hisobot oyi davomida asosiy 
ishlab chiqarish xarajatlari (xomashyo va yordamchi materiallar, 
ish haqi)ning haqiqiy summasi emas, balki haqiqiy summasi bilan 
me’yorlashtirilgan summasi o'rtasidagi farq, ya’ni me’yordan chetga 
chiqish hisob qilinadi.
KALKULYATSION SCHYOTLAR - ishlab chiqarilgan mahsulot va bajarilgan
ishlar tannarxini hisoblashda zarur bo'ladigan ma’lumotlarni olish 
uchun xizmat qiladigan buxgalteriya hisobi schyotlari.
KALKULYATSIYA OBYEKTI - tannarxi aniqlanadigan sotib olingan moddiy
qiymatliklar, tayyorlangan buyum yoki bajarilgan ishlarning turi 
yoki bir xil guruhi.
KAMAYIB BORUVCHI NAFLILIK QONUNI - o'zgaruvchan xarajatlarga
qo'shiladigan turli chiqimlar (bino va inshootlarga qilinadigan 
sarflar) to'g'ri kelgan paytda ularning birligi hisobiga mahsulot 
ishlab chiqarish ko'payib boradi. Natijada ushbu jarayon kamayib 
boruvchi daromadlilik qonuni amal qila boshlaydigan paytga kiradi. 
Endi chiqim birligiga mahsulot ishlab chiqarish kamaya boshlaydi.
KAMERALISTIKA - merkantilizmning Germaniyadagi shakli. Bu g'oya
tarafdorlari yirik feodallar xo'jaliklarini boshqarish masalasini 
yuqori qo'yadilar va buni idora doirasida hal qiladilar.
——•«’’гезиждогс-Ф"—
214 —



KAMOMAD - mol; pul va shu kabilaming tegishli miqdoridan kam chiqqan qismi.
KAPITAL (nem. kapital - asosiy mulk; lot.capitalis - eng muhim, asosiy, bosh)
- biror maqsadga yo'naltirishga mo'ljallangan pul mablag'i, 
boshlang'ich, doimiy, o'zgaruvchan, asosiy va aylanma kapital kabi 
turlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilot, korxona, 
firma va boshqalarda ustav kapitali, zaxira kapitali va aksionerlik 
jamiyati kapitali kabi turlari mavjud. Aksionerlik jamiyati kapitali 
o'z aksiya obligatsiyalarini sotishdan tushgan pullardan tashkil 
topadi. Kapital doimiy va o'zgaruvchan, asosiy va aylanma kapitalga 
bo'linadi; sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali shakllarida 
faoliyat yuritadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxona, firma, 
turli jamoalarga tegishli aksionerlik kapitali, zaxira kapitali, ustav 
kapitali singari ko'rinishlari mavjud.
KAPITAL BOZORI - bozorda jismoniy va yuridik shaxslarning uzoq muddatli
omonadarini moliyaviy vositachilar investitsion kredit sifatida 
ishlatadilar.
KAPITAL INVESTITSIYALAR - asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror
ishlab chiqarish, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa 
shakllarini rivojlantir ishga qo'shiladigan investitsiyalar.
KAPITAL JORIY SOLIG‘1 - institutsion birliklarning mulki yoki boyligining sof
qiymatiga vaqt-vaqti bilan, odatda, bir yilda bir marta to'lanadigan 
soliqdir. Korxonalarga qarashli yoki ular ishlab chiqarishda 
foydalanish uchun ijaraga olgan yerlar yoki boshqa turdagi aktivlarga 
solinadigan soliqlar bundan mustasnodir. Bunday soliqlar boshqa 
turdagi ishlab chiqarish solig'i jumlasiga kiradi.
KAPITAL QO'YILM A - natijada asosiy vositalarni ko'paytiradigan xarajatlar.
Korxonalarda kapital qo'yilmalar tasdiqlangan titul ro'yxati va 
loyiha-smetahujjatlaribo'lsaginaamalgaoshirilishimumkin. Kapital 
qo'yilmalar ularning yo'nalishi, rejalashtirish tartibi, kapital ishlar 
turlari, qurilish obyektlarining qiymati, qurilish ishlarini olib borish 
usullari bo'yicha guruhlanadi. Yo'nalishi bo'yicha ishlab chiqarish 
obyektlari turar joy, maktab, shifoxona va h.k.larga bo'linadi. 
Rejalashtirish tartibiga qarab kapital qo'yilmalar davlat rejasida 
nazarda tutilgan va davlat rejasida nazarda tutilmagan qo'yilmalarga 
bo'linadi. Davlat rejasida nazarda tutilmagan kapital qo'yilmalar 
korxonaning o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Kapital 
qo'yilmalar “Kapital qo'yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar” 
bo'yicha hisobga olinadi.
KAPITAL QO'YILM A О ВYEKTL ARIDAN FOYDALANUVCHILAR -
bular yuridik va jismoniy shaxslar hamda davlat organlari, mahalliy
2
1
5


hokimiyat, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar bo'lib, ushbu 
obyektlar ular uchun yaratiladi.
KAPITAL QURILISH - asosiy fondlami yangi korxona qurish, mavjud
korxonalarni qayta tiklash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta 
qurollantirish va zamonaviylashtirish yo'li bilan yaratish hamda 
mukammallashtirish jarayoni.
KAPITAL SIG'IMI - asosiy kapitalning mos keluvchi davri mobaynida ishlab
chiqarilgan mahsulot yoki uning biron-bir qismini - milliy daromad, 
sof daromad, foydaga nisbatini tavsiflovchi ko'rsatkich.
KAPITAL TA’MIRLASH - asosiy vositalarni yirik ko'lamda butkul detallari,
qismlarini almashtirish bilan bog'liq qayta ta mirlash tushuniladi.
KAPITAL TRANSFERTLAR - bepul berilgan (olingan) ishlab chiqarish vositasi
sifatida ishlatiladigan moddiy va nomoddiy aktivlardan iborat.
KAPITAL VA KREDITLAR HARAKATI BALANSI - mamlakatlarning
to'lov hamda hisob-kitob balanslari bo'lib, unda mazkur 
mamlakatning chet ellardan olgan va uning boshqa davlatlarga 
bergan kreditlari, kapitallar eksporti va importining nisbati 
ko'rsatiladi.
KAPITAL XARAJATLAR - asosiy kapitalga kiritiladigan mablag'lar va
zaxiralarning o'sishi.
KAPITAL XARAJATLAR DEGANDA - bir hisobot davridan ko'proq vaqtda
ishlab chiqarishda foydalanish mumkin bo'lgan moddiy va 
nomoddiy aktivlarni kapital tiklash, ularni yaratish uchun qilingan 
sarflarga aytiladi.
KAPITAL UCHUN JORIY SOLIQLAR - institutsion birliklar tomonidan
o'zlari egalik qilayotgan va ijaraga olgan mulklari (yer va inshootlar), 
sof boyliklari va boshqa qimmatbaho buyumlari uchun muntazam 
ravishda (odatda, yilda bir marta) to'laydigan soliqlar.
KAPITALIZM - ishlab chiqarish omillarining xususiy mulkligi, raqobat va foyda
olish maqsadiga asoslangan iqtisodiy tizim.
KAPITALLAR VA 
KREDITLARNING 
HARAKATI 
BALANSI 
-
tadbirkorlik bilan ssuda kapitalining harakati aks ettiriladi.
KAPITALLASHTIRISH DARAJASI - aktivlardan foydalanish natijasida
kutilayotgan hajmining aktivlar qiymatiga bog'liqlik darajasini 
o'rnatadigan koeffitsiyent.
KAPITALNING 
HARAKATI 
HISOB-VARAG'I 
-
mamlakat 
to'lov
balansining bo'limi. Unda kapitalning mamlakatga kirishi va chiqib 
ketishi miqdori ko'rsatiladi.
216


KAPITALNING TARKIBIY QISMI BILAN BOG'LIQ, RISKLAR - risklar
passivlarning tarkibiy qismi va ishbilarmonlik riski bilan bog'liq.
KARGO - transport vositasida tashiladigan va sug'urtalanishi mumkin bo'lgan
yukning nomlanishi.
KARLMARKS (1818- 1883),FRIDRIXENGELS (1820-1895) -ilm iy sotsializm
nazariyasi asoschilari. Kapitalizmning o'rniga sotsializm kelishini 
bashorat etishgan. Xususiy mulkni inkor qilishgan. Umumxalq 
mulkini asosiy deb qarashgan (tarix bulami inkor etmoqda).
KARTEL (fran. cartel; ital. cartello carta - qog'oz, hujjat) - monopolistik
birlashmaning bir ko'rinishi. Yirik korxona egalarining bozorda 
tanho hukmdorlik qilish, ko'p foyda olish maqsadida tuzgan 
uyushmasi. Uyushmaga kiruvchilar mahsulot hajmi, narxi, ishchilar 
yollash sharti, patentlar ayirboshlash, bozorlarni bo'lish, umumiy 
mahsulot ishlab chiqarishdagi har bir qatnashchining kvotasi va 
shu kabilar bo'yicha kelishib olishlari. Karter ishlab chiqarish 
quwatlarining ish bilan ta'minlanishini talabga moslashtirish, 
narxlami barqarorlashtirish, bozordagi ta’sir ko'rsatish sohalarini 
taqsimlash, mahsulotni o'tkazish sanoatning xorijiy raqobat va 
chet el firmalarining mahsulot narxlarini ataylab pasaytirishidan 
himoyalanmagan yangi sohalariga sarmoya sarflanishini bir 
maromda saqlab turish uchun narxlar va ishlab chiqarishda ishtirok 
etish ulushlarini belgilash maqsadida mustaqil firmalar o'rtasida 
tuzilgan bitimga asoslangan tadbirkorlik birlashma turi. Kartel 
narxlar ustidan nazorat o'rnatish maqsadida ishlab chiqarish hajmini 
cheklash xususida o'zaro imzolangan firmalar yoki korxonalarning 
monopol birlashmasi shakli. Uning boshqa uyushmalardan farqi 
shuki, unga kiruvchilar xo'jalik yuritish mustaqilligini saqlab qoladi. 
Kartel bitimlari ko'proq yirik trest va konsernlar o'rtasida tuziladi.
KASABA UYUSHMALARI - o'z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun
tuzilgan ishchilar uyushmasi.
KASABA UYUSHMASI - bu ishchilar uyushmasi bo'lib, u o'zining a’zolari
nomidan va ko'rsatmasiga ko'ra tadbirkorlar bilan muzokara olib 
borish huquqiga ega tashkilot.
KASANACHI (NADOMNIK) - muayyan korxona yoki shu korxonaga qarashli
ishxonalarda o'z ish joyiga ega bo'lmagan, taxminiy kelishuv yoki 
shartnoma asosida ishlab, muayyan korxonaga muayyan miqdorda 
tovar yetkazib berish yoki xizmat ko'rsatishga rozi bo'lgan shaxs.
KASANACHILIK - yirik sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnoma asosida uy
sharoitida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish.
«eras»*кггт*»»-— 217


KASB SOLIG'I (KASBIY SOLIQ) - mahalliy hokimiyat organlari tomonidan
tadbirkorlik faoliyatining barcha turlaridan har yili olinadigan 
to'g'ri (bevosita) soliqlardan biri. Kasb solig'i (kasbiy soliq)ning 
summasi asos raqamlari va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan 
belgilanadigan koeffitsiyent asosida hisoblanadi. Bunda uning 
summasi korxonada yangidan yaratilgan mahsulotning ma’lum bir 
foizidan (masalan, 5%) oshmasligi lozim.
KASBIY JAVOBGARLIK - chet el tajribasida vrachlar, advokatlar, auditorlar,
notariuslar, buxgalter, arxitektor va boshqa kasb egalarining 
uchinchi shaxsga zarar keltirish kasbiy javobgarligini sug'urtalash 
shartnomasini tasdiqlaydigan sug'urta polisining atalishi. Ushbu 
kasb egalari xususiy amaliyot bilan shug'ullanganlarida, ularda 
sug'urta polisining bo'lishi majburiydir.
KASB-TA’LIM SOHASIDAGI YANGILIKLAR - oliy o'quv yurtlarida,
kollejlarda va boshqa o'quv yurtlarida kadrlarni kasbiy jihatdan 
tayyorlash sohasidagi yangiliklar.
KASKO - transport vositasi borti. Kasko sug'urtasi transport vositasiningyaroqsiz
holga kelishi yoki shikastlanishini o'z ichiga oladi.
KASSA - 1) pul, qimmatbaho qog'ozlar saqlanadigan po'lat sandiq, quti, shkaf; 2)
muassasa, korxonalarning pul qabul qilish, pul berish, bilet sotish 
va shu kabilar bilan ish yurituvchi, muomala qiluvchi bo'linmasi; 3) 
muassasa, korxona va shu kabilardagi bor pul.
KASSA KITOBI - korxona kassiri kassa jarayonlari hisobini yurgizishiga
mo'ljallangan hisob registrlari.
KASSA LIMITI - korxona kassasida doim bo'lishi mumkin bo'Igan pul
mablag' larining summasi. Bu summa kunlik mayda xarajatlar uchun 
ishlatiladi.
KASSA NAQDI - banklar o'z seyflari va kassalarida saqlaydigan pullar.
KASSANING ORDERLARI - korxona kassasiga pul kirimi va chiqimining
qonuniyligi hamda belgilangan 
maqsad bo'yicha 
amalga 
oshirilganligini asoslovchi hujjatlar.
KASSANING 
UMUMLASHTIRILGAN 
SMETASI 
- budjetlashtirish
tizimidagi ishlab chiqarish muomalalariga to'g'ri keladigan ma’lum 
vaqtda kassadagi naqd pullarni hisoblash.
KATON STARSHIY (m.a. 234-149) - Qadimgi Rimdagi qulchilikni himoya
qilgan. Dehqonchilik to'g'risidagi asarida qishloq xo'jaligiga 
ko'proq e’tibor berishni taklif etadi, ko'proq sotish va kam olishni 
ma’qullaydi. Qullar mehnatidan ratsional foydalanishni taklif etadi
218


(Villa xo'jaligi). Yaxshi ishlagan qulning sharoitini yaxshilash va 
gunohkor qattiq jazolanishi kerakligini ta’kidlaydi.
KATTA YIGIRMALIK - 20 ta yirik mamlakatlar guruhi bo'lib, unga jahondagi
eng boy mamlakatlar va yirik rivojlanayotgan davlatlar kiradi. Ular 
hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 90 foiz ulushi to'g'ri keladi.
KECHIKTIRILGAN TALAB - biror sababga ko'ra hozir qondirish iloji
yoki zarur bo'lmay, ma’lum vaqtdan so'ng qondiriladigan talab; u 
qondirilmagan talabning bir ko'rinishi hisoblanadi.
KELGUSI DAVR DAROMADLARI - hisobot davrida olingan, ammo kelgusi
davrga tegishli bo'lgan mablag'lar.
KELISHIB HAL QILINADIGAN IXTILOFLAR - ixtilof qatnashchilari
maqsadlarining, o'zaro harakat qilish muddatlari va shartlarining 
o'zaro o'zgarishi hisobiga ularni hal etishning bir necha variantiga 
yo'l qo'yadi.
KELISHUV - nizoli holatda muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti.
KELTIRILGAN (DISKONTLANGAN) SOF QIYMAT - boshlang'ich
investitsiya xarajatlari summasiga kamaytirilgan, diskontlangan 
qiymat.
KELTIRILGAN NARXLAR - inflyatsiya sur’atiga moslab to'g'rilangan narxlar.
KEMBRIJ MAKTABI (Angliya) - asosiy vakili Alfred Marshall (1842-1924).
U “qiymatsiz baho” nazariyasi asoschisi. Bahoga “eng yuqori naf” 
va ishlab chiqarish chiqimlari ta’sir qiladi, degan fikrni ilgari surgan. 
Marksning “qiymatning mehnat nazariyasi’ ga qarshi. “Siyosiy 
iqtisod’ ni “Ekonomiks” bilan almashtirdi. Asosiy asari “Iqtisodiyot 
prinsiplari” (1890), 3 jilddan iborat, rus tiliga o'girilgan.
KENE FRANSUA (1694-1774) - fransuz iqtisodchi-fiziokrati, klassik iqtisodiyot
nazariyasi maktabi namoyandasi. “Iqtisodiy jadval” (1758) asarida 
u birinchi marta oddiy takror ishlab chiqarish shartlarini tahlil etib, 
qanday qilib ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning muomalada 
taqsimlanishi, natijada ishlab chiqarishning takrorlanishiga sharoit 
yaratilishini ko'rsatib berishga harakat qilgan. Shuningdek, kapital 
masalalariga alohida e’tibor berib, uni doimiy va o'zgaruvchan 
shakllargabo'lgan.Ammoumumiyfoydavaboylikqishloqxo'jaligida 
yaratiladi, shu bois undagi mehnat unumli mehnat hisoblanadi, 
sanoatda qishloq xo'jaligi mahsulotlari qayta ishlanganligi sabab 
undagi mehnatni unumsiz mehnat, deb hisoblagan (
Qarang:
KENGASH - muayyan masalani muhokama etish va oqilona qaror qabul qilish
maqsadida uyushtiriladigan majlis.
219


KEPTIV SUG'URTA KOMPANIYASI - ta’sischilarning manfaatlarini sug'urta
himoyasiga oladigan yoki yirik konsern, korporatsiyalar, yirik 
sanoat-moliya guruhlari tarkibiga kiruvchi sug'urta kompaniyasi. 
Raqobatdagi boshqa sug'urta kompaniyalarining keptiv sug'urta 
kompaniyasi mavjud bo'Igan tarmoqqa kirishi murakkabroq 
hisoblanadi. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan keptiv sug'urta 
kompaniyalariga “ALSKOM”, ''Universal sug'urta” kompaniyalarini 
misol keltirish mumkin.
KERI GENRI CHARLZ (1793-1879) - amerikalik iqtisodchi, “Manfaatlar
uyg'unligi” (1872) asari muallifi. Shu g'oyaning tarafdori bo'Igan, 
millatlar uyg'unligi g'oyasini ilgari surgan, Rikardo va Maltusga 
qarshi chiqqan. Erkin savdoni rad etdi, proteksionizm va qulchilikni 
qo'lladi.
KEYNS JON MEYNARD (1882-1946) - ingliz iqtisodchisi, iqtisodiyotning
davlat tomonidan tartiblanishi nazariyasi asoschisi. Uning asosiy 
g'oyalari “Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi" asarida 
o'z aksini topgan. Uning fikricha, bozor bir qator kamchiliklarga 
ega va davlat ulami bartaraf etishi zarur. U davlat o'zining 
iqtisodiy siyosati yordamida jami talab va jami taklifni o'zaro 
muvofiqlashtirishi, iqtisodiyotni tanazzul holatidan chiqarishi 
va keyinchalik barqarorlikni ta’minlashi zarur deb hisoblagan. 
Birinchi marta jami talab va jami taklif, milliy daromad, jamg'arish, 
investitsiyalash kabi kattaliklarning o'zaro harakatini tahlil qilgan. 
Nazariy jihatdan iqtisodiyot nazariyasining yangi makroiqtisodiyot 
bo'limi vujudga kelishiga sabab bo'Igan. Amaliy jihatdan esa 
Ikkinchi jahon urushidan so'ng uning g'oyalari AQSh va G'arbiy 
Yevropa mamlakatlaridagi hukumatlar olib borgan siyosatning 
asosini tashkil etgan. Milliy daromad, kapital mablag', ish bilan 
bandlik, iste’mol, jamg'arish va boshqa iqtisodiy miqdorlarning 
tahliliga alohida e’tibor berdi. “Boshqariladigan kapitalizrn’ning 
tarafdori bo'ldi, turli yo'nalishlari mavjud. A. Marshallning do'sti, 
marksizmning ashaddiy dushmani, “Aralash iqtisodiyot’ ning otasi 
va “Iqtisodiy jurnaTning muharriri hisoblanadi.
KEYNSCHA IQTISODIY NAZARTYA - makroiqtisodiy konsepsiya, unga
binoan bozor iqtisodiyoti mustaqil (davlat aralashuvisiz) mavjud 
resurslaridan samarali foydalana ololmaydi, binobarin davlat 
iqtisodiyotni tartibga solishga aralashishi zarur. Shuning uchun u 
mamlakatni to'la ish bilan bandlikka erishish va iqtisodiyotning 
rivojlanishiga ta’sir etish uchun faol fiskal va monetar (pul-kredit) 
siyosatni olib borishi zarur.
220


KEYNSCHILIK - J.M. Keynsning fikrlarini ilgari suruvchi yo'nalish bo'lib, uch
oqimi mavjud: 1. O ng oqim - o'ta reaksion oqim, qurollanish 
tarafdori, tartibga solish takliflari bor. Germaniya va Italiyada keng 
tarqalgan. 2. Liberal oqim - monopoliya manfaatlarini himoya 
qiluvchi va qurollanishni inkor etuvchi oqim. Uning asosiy vakili 
Jenni Robinson xonim. Bu oqimda kasaba uyushmalariga keng 
о Yin berilgan. Fransiyada “dirij izm” (dirijor sozidan olingan) 
nazariyasi vujudga kelgan. 3. Yangi keynschilik, keyinroq ortodoksal 
keynschilik - J.M. Keyns qoidalari to'la qabul qilingan holda A. 
Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan to'ldiriladi. A. 
Xansen va K. Klark multiplikator prinsipini akselerator prinsipi 
bilan to'ldirdilar, industriallangan investitsiya tushunchasini 
kiritdilar. Imperativ (zaruriy) va Indikativ (taklif majburiy emas) 
rejalashtirishlardan foydalanish mumkinligi aytiladi (Fransiya va bir 
qancha mamlakatlardakengtarqalgan). Asosiy vakillari fransiyalik G. 
Ardan, G. Mendes-Frans, F. Perru, S. Harrislardir. Yangi keynschilik 
o'rniga postkeynschilik vujudga keldi. Uning vakillari J. Robinson, 
N. Kaldor, P. Sraffa (Angliya), L. Eyxner, Vayntraub (AQSh). Bu 
oqimda o'sish va taqsimot markaziy deb hisoblanadi. Iqtisodni 
tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish taklif etiladi.
K1CHIK BIZNES - bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o'ziga
mustaqil mayda korxonalarning daromad olish maqsadida amalga 
oshiradigan faoliyati.
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI - korxona ko'lami, ishlab chiqarish hajmi,
ishlovchilar soni, moliyaviy mablag'lari miqdori va boshqalar 
jihatidan imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi subyektlar. 
Respublikamizda sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida 
(masalan, yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va 
asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, 
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg'i-energetika sanoati va 
boshqalarda) 50 kishigacha, xizmatko'rsatish sohasida 25 kishigacha 
ishlovchi korxonalar kichik biznes subyektlari hisoblanadi.
KIRITILADIGAN XARAJATLAR - kelgusida daromad olib keladigan sotib
olingan va mavjud bo'lgan resurslar.
KLEYTONNING TRESTLARGA QARSHI QONUNI - AQSH Kongressi
tomonidan 1914-yilda qabul qilingan qonun. Unda qaysi qonun 
hujjatlarini “Savdo erkinligini cheklash” deb hisoblash lozimligi 
ko'rsatib berilgan.
KLIRING (ingl. clearing, clear - tozalash, ravshanlashtirish) - o'zaro talab va
majburiyatlarni hisobga olib amalga oshiriladigan naqd pulsiz


hisob-kitob tizimi. Mamlakat ichidagi kliring banklar o'rtasidagi 
to'lovlar, naqd pulsiz hisob-kitoblami o'z ichiga oladi. Xalqaro 
hisob-kitoblarda kliring kelishuvlar (kliring kelishuvlari, valyuta 
kliring) ko'rinishida amalga oshiriladi. Davlatlararo o'zaro 
qarzlarini tilla va valyutaga o'tkazmasdan savdo-sotiq talablariga 
ko'ra amalga oshiradi. Masalan, paxta tolasi o'rniga uning qiymatiga 
teng miqdorda mashina, asbob-uskuna olish.
KLIRING BANKI - 1. Bank, hisob-kitob palatasi a’zosi. Bank o'zida ochilgan
schyotlar bo'yicha xizmatlar ko'rsatadi (moddiy qiymatlar holati, 
qimmatli qo'g'ozlar olish va ularni yetkazib berish, to'lov va hisob- 
kitoblarni amalga oshirish qaydnomalarini yuritish). 2. O'zaro 
zachyot talabnomasi asosida chek va boshqa to'lovhujjatlarini naqd 
pulsiz amalga oshiruvchi maxsus banklararo tashkilot. 3. O'zaro 
hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi banklararo organ; tovar va fond 
birjasi a’zolari o'rtasida o'zaro hisoblar o'tkazish mexanizmi.
KLIRING NUQTA (MUVOZANAT NUQTASI) - bozorda talab va taklifning
teng bo'lishi yoki talab bilan taklif chiziqlarining kesishish nuqtasi.
KNIS KARL (1821 -1892) - nemis iqtisodchisi, uningcha, iqtisodiy qonunlar yo'q
va tabiiy qonunlar bor. Karl xususiy mulk va kapitalizmni abadiy 
deb hisoblagan. Iqtisodiy siyosatga katta o'rin bergan.
KO'CHMAS MULK - yer bilan mustahkam bog'liq bo'lgan yer maydonlari,
alohidalashtirilgan suv obyektlari, o'rmonlar, ko'p yillik o'simliklar, 
binolar, inshootlardan iborat. Ularning ko'chirilishi shu narsalarning 
mo'ljallanganligiga zarar yetkazadi. Ko'chmas mulkning tarkibiga 
davlat qaydidan o'tgan havo va dengiz kemalari, kosmik obyektlar 
ham kiradi. Ko'chmas mulkning asosiy belgisi sifatida yer hisobga 
olinadi. Qonun bo'yicha ko'chmas mulkning tarkibiga boshqa 
mulklar, masalan, korxona yoki xonadonlar ham kiritilishi mumkin.
KO'CHMAS MULK - yer, tabiiy hududlar va yer bilan bog'langan mulk. Yerga
egalik huquqlari ham ko'chmas mulkka kiradi.
KO'P KANALLI MARKETING TIZIM I - bir korxona tovarlari yoki bir xil
tovarlarni iste’molchilarga bir necha kanal orqali yetkazib berish 
tizimi.
KO'P POG'ONALI (BO 'G 'IN LI) KANAL - tovarning ishlab chiqaruvchidan
iste’molchigacha harakatida bir necha vositachilar ishtirok etadigan 
yo'li.
KO'P UKLADLI IQTISOD - turli mulk shakllari va har xil xo'jalik
turlarining yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiyot.


KO'RGAZM A ISHLAB CHIQARISH - ma’lum bir standart mahsulotlarni
nisbatan kichik partiyalar bilan ishlab chiqarish imkonini beradigan 
tizimga ega ishlab chiqarish oqimi. Bu mahsulotlar uskunalarning 
qayta tayyorlanishiga ketadigan vaqt xarajatlarini qisqartirish 
imkonini beruvchi periodik takrorlanadigan partiyalar bilan ishlab 
chiqariladi.
KO'RSATMALI TA’S IR - ular o'rnatilgan tashkiliy aloqalardan joriy foydalanish
va ish sharoitlari o'zgarganda ularni qisman to'g'rilashni aks ettiradi. 
Ko'rsatmali ta’sir asosida vakolat va majburiyatlar yotadi. Mazkur 
uslublarga qarorlar, buyruqlar, ko'rsatmalar, rezolyutsiyalar kiradi.
KOBBA-DUGLAS ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI - iqtisodiyot
rivojlanishini tahlil qilishda foydalaniladigan darajali ko'rinishidagi 
funksiya.
KODLASH - belgili usulda o'ylab topilgan aloqa jarayoni.
KOLLEGIYA - kollegiya, guruh, bir guruh saylangan kishilar.
KOLLEKTIV SHARTNOMA - korxona xodimlari va ish beruvchilari o'rtasida
ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solishni mo'ljallab 
tuziladigan huquqiy-normativ akt.
KOLLIZION NORMA - xalqaro xarakterdagi fuqarolik, mehnat va boshqa
huquq munosabatlarida davlat tomonidan qo'llanadigan huquq 
normasi.
KOMBINAT - har xil ishlab chiqarish tarmoqlarining sanoat korxonalari
birlashmasi.
KOMBINATLASHUV 
-
kooperatsiyalashuvga 
o'xshab 
korxonalar
birlashmasidan iborat. Kombinatlashuv ma’lum bir turdagi xom- 
ashyoni texnologik qayta ishlash, uning chiqindilaridan to'la 
foydalangan holda turli mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi. 
Kombinatlashuv sanoat tarmoqlarining ko'pchiligiga xosdir.
KOMBINATSIYALASH - bitta korxona, kombinat doirasida sanoatning
bitta yoki bir nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlarni 
texnologik jihatdan birlashtirishda ifodalanuvchi, ishlab chiqarishni 
umumlashtirish shakllaridan biri.
KOMBINATSIYALI SUG'URTA - bir necha sug'urta turlari bo'yicha sug'urta
qoplamasi sharti.
KOMISSION - uchinchi shaxs vositasida sotib olinadigan va sotiladigan narsalar;
komission savdo korxonalari yoki komissionerlar vositachilik ishi 
uchun ma’lum haq, mukofot oladilar.
KOMISSION CHEGIRISH - kichik korxona ulgurji savdoda tovarni targ'ib
qiluvchiga beradigan baho chegirmasi (arzon bahoda sotish).


KOMISSION OPERATSIYA - komissioner va komitent o'rtasida bajariladigan
operatsiyalar. Komissioner vositachilik faoliyati uchun komission.
KOMISSION RAG'BATLANTIRISH - boshqa shaxsning topshirig'iga ko'ra
bir shaxsni xizmati uchun rag'batlantirish.
KOMISSIONER - pulli xizmat ko'rsatish, ish bajarilishi bo'yicha shartnomada
ko'rsatilgan bir tomon.
KOMISSIYA - komissiya, vositachiUk, saylanadigan guruh.
KOMISSIYA HAQI - mijozlarni sug'urtaga tortganligi uchun sug'urta
kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug'urta brokeri, agent) 
to'lanadigan haq. Komissiya haqining miqdori sug'urtaning turiga 
va kelib tushgan badalning hajmiga bog'liq holda sug'urta badaliga 
nisbatan foizlarda to'lanadi.
KOMITENT - komissiya shartnomasidagi bir tomon. Boshqa tomon
(komissioner)ga bir nechta bitimni bajarishni topshiradi.
KOMMERSANT - xususiy savdo bilan shug'ullanuvchi shaxs.
KOMMIVOYAJER - savdo firmasining sayyor agenti, namunalar, kataloglar va
boshqalar yordamida tovarlar sotilishini ta’min etuvchi mutaxassis.
KOMMUNIKATIV MALAKA - boshqa kishilarni to'g'ri tushunish va ular
bilan samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan mahorat.
KOMMUNIKATIV SIYOSAT - l ) korxonaning istiqboldagi harakatlar kursi
hamda talabni shakllantirish, iste’molchilar ehtiyojini qondirish 
va foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarni bozorga olib kirish 
bo'yicha samarali va barqaror faoliyatni ta’minlovchi marketing 
tizimining barcha subyektlari bilan o'zaro harakatlarni tashkil etish 
va kommunikativ vositalar (kommunikativ miks) majmuasidan 
foydalanish strategiyasining mavjudligi; 
2) 
rag'batlantirish 
majmuasini ishlab chiqish, yani biznes - hamkorliklarning o'zaro 
aloqalari samarali bo' lishini ta’minlash bo'yicha, tadbirlar, reklamani 
tashkil etish, savdoni rag'batlantirish usullari, jamoatchilik bilan 
aloqa va shu kabilar.
KOMMUNIKATOR - ma’lumotni jo'natuvchi, muomaladagi aktiv subyekt.
KOMMUNIKATSIYA - aloqa munosabat akti. Ikki va undan ortiq individ
o'rtasidagi aloqa.
KOMPANION - biror mulkka birov bilan birgalikda ega bo'lgan kishi yoki
tashkilot.
KOMPANIYA - tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo'lgan, pay


KOMPANIYANING MOLIYAVIY HISOBOTI - kompaniyaning har xil
daromadlari, to' lov va ajratmalari hamda xarajadari aks etgan hujjat.
KOMPENSATSIYA - qoplash, rag'batlantirish yoki bir majburiyat to'lovini
ikkinchisi bilan to'lash; biror narsa uchun to'lanadigan pul, haq, 
tovon, badal.
KOMPENSATSIYA BITIMI - kompensatsiya bitimi, kelishuvi. U yoki bu
shaklda kontragentlar manfaatini o'zaro ta’minlash yoki o'zaro tovar 
yetkazib berish. Bunda belgilangan qiymatdagi tovarlarni boshqa 
tovar yoki xizmatlarga ayirboshlash amalga oshiriladi.
KOMPROMISS - nizoli vaziyat qatnashuvchilarining bir-birlariga yon bosish
asosida kelishuvga erishishi; muzokaralar olib borish asosida 
nizoli vaziyatda masalaning o'zaro kelishuv uchun asos bo'ladigan 
jihatlarini izlab topish usuli.
KON UCHUN RENTA - kon egasining boshqa institutsion birliklarga kondan
ma’lum 
muddatga 
foydalanishiga 
litsenziya 
(ruxsatnoma) 
berishi evaziga oladigan daromadiga aytiladi. Renta to'lovlari bir 
marotabalikyoki kondan qazib olingan mahsulot miqdoriga bog'liq 
ravishda to'lanadigan to'lovlardan iborat.
KONDITSIYA - tovaming shartnomaga asosan belgilangan sifat, andoza,
me’yorga mos bo'lishi.
KONFISKATSIYA - majburiy holda mulkning jami yoki bir qismini musodara
qilish va davlat ixtiyoriga o'tkazish.
KONGLOMERAT - monopolistik birlashma turlaridan biri. Konglomerat
ishlab chiqarish va turli iqtisodiy faoliyat sohalarini o'z ichiga olgan 
kompaniyalarni bir shaxs qo'lida birlashtiradi.
KONGLOMERAT DrVERSIFIKATSIYA - firma assortimentini na firmada
qo'llanayotgan 
texnologiyalarga, 
na 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotlarga, na hozirgi bozorga hech qanday aloqasi bo'lmagan 
mahsulotlar bilan to'ldirish.
KONGLOMERAT TARKIBI - unda firmaning bo'limlari turli belgilar bilan
tuzilgan bo'lib, masalan, bittasida vazifaviy tarkib ishlatilsa, 
boshqasida hudud belgisi bo'yicha divizional tarkib, uchinchisida 
esa matritsali tarkib ishlatiladi.
KONKURENSIYA (RAQOBAT) - tovar va xizmatlar bozorida iqtisodiy faoliyat
subyektlarining o'z mahsulotlarini xaridorlarga taqdim etish 
borasida olib boradigan o'zaro kurashi.
KONKURS ASOSIDA BOSHQARUVCHI - joriy qonunchilik doirasida
konkurs asosidagi ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish uchun 
xo'jalik sudining qarori bilan tayinlanadigan shaxs.
225


KONKURS ASOSIDAGI ISHLAB CHIQARISH - bankrotlikni rasman
e’tirof etish bilan bog'liq huquqiy taomillardan biri. Uning 
bosh maqsadi imkon qadar kreditorlarning qonuniy talablarini 
qondirishdan iborat.
KONOSAMENT - dengiz transportida yuklarni tashish shartlarini ifodalovchi
hujjat. Konosament shartnoma mavjudligi fakti vayuktashuvchining 
yukni qabul qilib olganligini tasdiqlovchi hujjat. Konosamentga 
imzo chekishi bilan yukni saqlash, uni tegishli manzilga yetkazish 
mas’uliyati to'laligicha yuk tashuvchi kema zimmasiga o'tadi. 
Imzolangan konosamentning asl nusxasi sotib oluvchiga yuboriladi 
va ushbu hujjat unga tegishi bilan sotib oluvchi yukning huquqiy 
egasi hisoblanadi.
KONSALTING - maslahatxizmatini ko'rsatish va ekspertiza o'tkazish. Konsalting
bilan shug'ullanadigan firmalar konsultativ deb ataladi.
KONSEGNATSIYA - vositachi konsegnatsiya omborlari orqali tovarlarni sotish
shakli.
KONSENSUS - qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha bahsli masalalar va
turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir.
KONSENTRATSIYALI MARKETING - marketing harakatlarini yirik
bozorning kichik qismini egallashga qaratish o'rniga bir yoki bir 
necha bozor segmentlarining katta qismiga qaratadi.
KONSENTRIK (MARKAZLASHTIRILGAN) DIVERSIFIKATSIYA - firma
assortimentini mavjud tovarlarga texnik va marketing nuqtayi 
nazaridan o'xshash bo'lmagan mahsulotlar bilan to'ldirish.
KONSEPSIYA (lot. tizim ) - ma’lumpredmet, hodisa va jarayonlarni tushuntirish
uslubi, predmet va boshqalarga qaratilgan asosiy ko'zqarash; ularni 
sistematikyoritib berish uchun bosh g'oya; bu matn ilmiy va boshqa 
faoliyatdagi asosiy fikrni, konstruktiv tamoyilni belgilash uchun 
ham qo'llaniladi. Masalan, tabiiy tartib konsepsiyasi va boshqalar.
KONSERN (ingl. concern) - ishlab chiqarish diversifikatsiyasi asosida tarkib
topadigan yirik, ko'p tarmoqli korporatsiya. Ular asta-sekin sanoat 
monopoliyasining yetakchi shakliga aylanadi. Konsernlar bir-biri 
bilan yaqin aloqada bo'lib, odatda, rasmiy mustaqilligini saqlab 
qoladigan, yagona idora etish markazidan boshqarilib turadigan 
bir guruh korxonalar birlashmasi. Bir konsern tarkibiga sanoat, 
transport, savdo korxonalari va bank uyushgan bo'lishi mumkin. 
Konsern tarkibidagi korxonalar ko'p sohalarda faoliyatlarini o'zaro 
muvofiqlashtirgan holda hamkorlikda tashkil etadilar.
226


KONSERVATIZM - eskirib qolgan g'oyalarga, tartiblarga mutaassibona e’tiqod
qo'yish, berilish, ergashish, taraqqiyotga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
hayotdagi, fan, san’atdagi va boshqa sohalardagi yangiliklarga qarshi 
harakat qilish.
KONSESSIYA (lot. ruxsat, yon berish) - biror davlatning chet el firmasi bilan
kapitalni jalb etish uchun tuzgan shartnomasi. Konsessiya chet el 
xususiy yoki davlat firmasiga sanoat, transport va boshqa korxonalar 
qurish, ularni ekspluatatsiya qilish, yer osti boyliklarini qazib olish, 
ma’lum muddatga foydalanish huquqini beradi.
KONSESSIYA SHARTNOMALARI - tabiiy boyliklar, ayrim foydali
qazilmalarni qazib olish va o'zlashtirish uchun tuziladi.
KONSIGNATOR - sotiladigan tovarlar qo'lida bo'lgan, lekin uning egasi
bo'lmagan vositachi. U tovarlar uchun to'lovni ularni sotib 
bo'lganidan keyin yoki muayyan muddatda amalga oshiradi.
KONSIGNATSIYA - tovarlarni vositachilar ombori orqali sotish shakli. Bunda
yetkazib beruvchi vositachi omboriga kelib tushgan tovarga egalik 
qilish huquqini tovar xaridorga sotilgan paytga qadar saqlab qoladi.
KONSIGNATSIYA OPERATSIYA - vositachilik operatsiyalarining bir turi.
Konsignatsiya operatsiyada konsignant deb nomlangan bir tomon 
konsignator deb nomlangan ikkinchi tomonga omborxonadan 
tovarni o'z nomidan va konsignant hisobiga sotishni topshiradi. 
Konsignatsiya operatsiya konsignatsiya shartnomasi asosida 
amalga oshiriladi. Unga nisbatan komissiya shartnomasi haqidagi 
qonun me’yorlari qo'llanadi. Konsignatsiya shartnomasi deganda 
shunday shartnoma tushuniladiki, unga muvofiq bir tomon 
(konsignator) boshqa tomon (konsignant) topshirig'iga ko'ra 
muayyan vaqt davomida (konsignatsiya shartnomasi muddatida) 
shartlashilgan mukofot uchun o'z nomidan va konsignant hisobiga 
konsignator mamlakati omborxonasiga yetkazilgan tovarlarni sotish 
majburiyatini zimmasiga oladi. Bu tovarlar ular uchinchi shaxslarga 
sotiladigan paytgacha konsignant mulki bo'lib qoladi. Sotishning 
konsignatsiya shaklidan bozor bo'sh o'zlashtirilganda yoki mahalliy 
xaridorlarga kam ma’lum bo'lgan yangi tovarlarni yetkazib berishda 
foydalaniladi.
KONSORSIUM (lot. consortium - shirkat, uyushma) - 1. Korxonalaming
vaqtincha tashkil etilgan birlashmalari. Ular, odatda, moliyaviy 
ishlar yuzasidan tashkil etiladi. Unda davlat, banklar, moliyaviy 
muassasalar, yirik firmalar eshtirok etadi. 2. Muayyan iqtisodiy 
loyihalar yoki moliyaviy operatsiyalarni birgalikda amalga oshirish 
maqsadida banklar va sanoat kompaniyalari o'rtasida tuzilgan 
muvaqqat bitim.
227


KONSULLIK - biron davlat, firma yoki kompaniyaning boshqa bir mamlakat
ichidagi vakolatxonasi.
KONSYUMERIZM - iste’molchilar huquqi va manfaatlarini himoya qilish
maqsadida tashkil qilingan harakat. Iste’molchilar xavfsizligi, 
ularning iqtisodiy manfaatlarini muhofaza qilish, sifatsiz tovar ishlab 
chiqarish, g'irrom raqobatchilikka qarshi kurash bilan bog'liq.
KONTINGENTLASHTIRILGAN 
SOLIQLAR 
-
umumiy 
summasi
oldindan o'rnatiladigan va so'ng mamuriy birliklardan tortib to 
alohida soliq to'lovchilar o'rtasida taqsimlanadigan soliqlar.
KONTINGENTLASHTIRISH 
-
eksport 
va 
import 
kvotalarini
belgilashyordamida davlat tomonidan tashqi savdoni tartibga solish 
shakllaridan biri.
KONTOKORRENT - l) bank bilan mijoz o'rtasidagi barcha operatsiyalarni
hisobga oladigan yagona schyot; 2) doimo savdo muloqotida 
bo'Igan ikki savdo korxonasining o'zaro kelishuvi bo'yicha ochilgan 
hisob-varag'i.
KONTOKORRENT KREDITI - bankning mijozi bo'Igan korxona ko'p
sonli korxonalar bilan ikki tomonlama aloqada bo'Igan hollarda 
qo'llashdir.
KONTRABANDA (ital. contrabando) - davlat chegarasidan mollar, qimmatbaho
buyumlarva boshqa narsalarni qonungaxilof (yashirincha) ravishda 
olib o'tish.
KONTRAGENT - shartnomabo'yichabelgilanganmajburiyatlarni o'z zimmasiga
olgan shaxs yoki muassasa.
KONTRAKT (lot. contractus - bitim, kelishuv) - mamlakatlar, firma, korxona
va boshqalar o'rtasida o'zaro huquq va majburiyatlarni belgilash, 
o'zgartirish yoki to'xtatish to'g'risidagi ikki tomonlama yozma 
kelishuv, shartnoma.
KONTRAKTATSIYA - l) biror narsani muayyan muddatga olish va ma lum
sharoitda foydalanish uchun tuzilgan shartnoma; 2) tayyorlash 
tashkilotlari bilan ishlab chiqaruvchilar, dehqonchilikmahsulotlarini 
tayyorlash yuzasidan har yili tuziladigan shartnoma.
KONTRAKTIV SCHYOT - moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks
ettirish uchun uning qoldig'iubilanbog'liqbo'lganaktivschyotining 
qoldig'idan chegirib tashlanadi. Kontraktiv schyotlarga 0200 
''Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar”, 0500 
"Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar”, 
2980 “Savdo ustamasi” 4910 “Dargumon qarzlar bo'yicha rezerv” 
schyotlari kiradi.

>
« » т а >
а й
<
2 й
» г и
» >

2
2
8


Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin