Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/33
tarix28.11.2023
ölçüsü3,99 Mb.
#168794
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

( ushbu
tushunchalarga qarang).


IQTISODIY SIYOSAT - hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayirboshlash va iste’mol qilish sohasidagi davlatning aniq maqsadga 
yo'naltirilgan tadbirlari tizimidan iborat.
IQTISODIY TA’LIMOT, NAZARIYA, 
QONUN, KATEGORIYA -
merkantilizm, fiziokratizm, klassik iqtisodiy maktab, marjinalizm 
- bu iqtisodiy ta’limotlardir; “nufuz” “so'nggi soat”, “uchinchi 
shaxslar”, yuqori foydalilik, umumiy bandlik, qiymatning mehnat 
nazariyasi; qiymat, qo'shimcha qiymat, talab va taklif qonunlari; 
tovar, mehnat taqsimoti, pul, narx, ish haqi, renta va boshqalar 
iqtisodiy kategoriyalardir.
IQTISODIY VA IJTIMOIY KENGASH (EKOSOS) - BMTning asosiy
boshqaruv organlaridan biri bo'lib, uningXIM sohasidagi faoliyatini 
muvofiqlashtirib turadi.
IQTISODIY-EKOLOGIK BOSHQARUVNING MA’MURIYNAZORAT
INSTRUMENTLARI - yuridik (korxonalar, tashkilotlar) va 
jismoniy shaxslaming iqtisodiy-ekologik faoliyati natijalariga 
ushbu shaxslar amal qilishi va erishishi kerak bo'lgan maqsadlar, 
standartlar, reglamentlarni qonunlar va boshqa tartibga solish 
vositalarini qo'llash orqali bevosita ta’sir ko'rsatishga mo'ljallangan.
IQTISODIY-EKOLOGIK SIYOSAT - iqtisodiy siyosatning o'ziga xos
turi va yo'nalishidir. Iqtisodiy-ekologik siyosat - davlatning tabiiy 
muhit va tabiiy resurslardan foydalanish, ularni saqlash, asrash, 
muhofaza qilish hamda tabiatdan foydalanishga asoslangan ishlab 
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol sohalarida maqsadga 
muvofiq yo'naltirilgan tadbirlar tizimidir. U mamlakatning 
iqtisodiy-ekologik manfaatlarini aks ettirishi vaekologikxavfsizlikni 
mustahkamlashga yo'naltirilishi lozim.
IQTISODIY-EKOLOGIK TIZIM LAR - ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiatdagi
tabiiy jarayonlarning o'zaro bog'liq va o'zaro shartlangan 
harakatini ifodalaydigan iqtisodiyot va tabiat integratsiyasidir. 
Iqtisodiy-ekologik munosabatlar - insonlar o'rtasida tabiatdan 
foydalanish, ekologik tizimlarni tiklash va muhofaza qilish, foydali 
qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlash, ishlab chiqarishni 
ekologiyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlardir.
IQTISODIY-MATEMATIK USULLAR - kompleks iqtisodiy va matematik
ilmiy fanlarning umumiy nomi bo'lib, ular yordamida iqtisodiy 
jarayonlarni o'rganish vositalari ishlab chiqiladi.
IQTISODIYOT - 1. Iqtisodiyot, xalq xo'jaligi tarmoqlari, bo'limlari yig'indisi.
2. Sektorlar (sanoat, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish) va davlat


xo'jaligi bo'limlari, ishlab chiqarish sharoitlari va elementlarini 
o'rganuvchi fan. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli 
foydalanib, insonlar uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab 
chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan hamda chambarchas 
bog'liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligidir.
IQTISODIYOT AKTIVLARI - obyektlar bo'lib, ularga institutsion birliklar
yakka holda yoki jamoa bo'lib egalik qilish huquqiga ega bo'ladilar. 
Ularning egalari ma’lum vaqt davomida ularga egalik qilishdan 
yoki ulardan foydalanishdan iqtisodiy naf ko'radilar. Iqtisodiy 
aktivlarmoliyaviy va nomoliyaviy aktivlarga bo'linadi. Nomoliyaviy 
aktivlarga ishlab chiqarilgan (asosiy fondlar, material aylanma 
mablag'lar, boyliklar) va ishlab chiqarilmagan (yer, yer osti qazilma 
boyliklar, o'rmon resurslari, patentlar, litsenziyalar va h.k.) aktivlar 
kiradi. Moliyaviy aktivlarga ega monetar oltin, mavjud pul va 
depozitlar, qimmatli qog'ozlar, ssudalar, debitor va kreditor qarzlari 
kiradi.
IQTISODIYOT NAZARIYASI - insonning cheksiz ehtiyojlarini yuqori darajada
qondirish uchun, cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali 
foydalanish yo'llarini tanlash sharoitida kishilik jamiyatining 
rivojlanish qonuni va qonuniyatlarini o'rganadi. Shuningdek
iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy tizimlar evolyutsiyasi, milliy boylik 
va jamiyat farovonligini oshirish manbalari hamda harakatga 
keltiruvchi kuchlarni tahlil etishni ham o'z ichiga oladi. Iqtisodiyot 
nazariyasi fani barcha iqtisodiy fanlarning poydevori va davlat 
iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi hisoblanadi.
IQTISODIYOTDA XALQARO TENG MANFAATLI HAMKORLIKNI
O'RNATISHGA 
INTILISH 
-
yangi 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlarida iqtisodiy barqarorlik va tovar ayirboshlashda 
xalqaro hurmat tamoyillariga rioya etish tashqi iqtisodiy aloqalar 
rivojlanish garovidir.
IQTISODIYOTNI ANTITSIK BOSHQARISH - rivojlangan mamlakatlar
hukumatining iqtisodiy sikllari tebranishini yumshatish maqsadida 
olib boradigan iqtisodiy siyosat.
IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH - 1.
Davlatning xo'jalik subyektlariga va bozor konyunkturasiga bozor 
mexanizmlariga amal qilishi uchun normal sharoit yaratish hamda 
ekologik va ijtimoiy muammolarni hal etish maqsadida ta’sir etishi.
2. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, tartibga solish bir maromda 
ishlashini yo'lga qo'yish; iqtisodiy holatlar va ularning aloqalari 
o'zgarishi yoki quwatlashni ta’minlovchi maqsadli yo'naltirilgan


jarayonlar. Mexanizmlari: soliqlar, narxlar, davlat budjeti va 
tadbirkorligi, pul-kredit vositalari yordamida muayyan iqtisodiy 
siyosatni amalga oshirish.
IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYALASHTIRISH - ishlab chiqarish-
ning tarmoqlar tarkibini murakkablashtirish jarayoni. Bunda 
mahsulot turlarining xilma-xilligi va ixtisoslashgan korxonalar soni 
oshadi.
IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH - davlatlashtirishdan qaytish yoki
bu davlatning iqtisodiy faoliyatidagi hukmronligini, monopol 
mavqeyini yo'qotib, iqtisodiyotni boshqarishda yagona davlat 
mexanizmio'rnigaaralashiqtisodiyotgaxosbozormexanizmigakeng 
yo'l berishni ifodalaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish iqtisodiyotni 
tartibga solishni to'la bozor mexanizmiga topshirish emas, balki 
bozor mexanizmibilan davlat aralashuvi optimal darajada bo'lishini 
ta’minlashdan iborat.
IQTISODIYOTNI TARTIBLASH - bu davlatning undagi turli bo'g'inlar, soha
va tarmoqlar faoliyatining bir-biriga bog'lanishi hamda mos holda 
rivojlanib borishi masalasida amalga oshiradigan ma’muriy va 
iqtisodiy chora-tadbirlari majmuyidan iborat.
IQTISODIYOTNING 
DINAMIK 
MODELLARI 
-
iqtisodiyotning
rivojlanishini ko'rsatuvchi modellar.
IQTISODIYOTNING 
INTERNATSIONALIZATSIYALASHUVI
- xalqaro mehnat taqsimoti natijasida ayrim mamlakatlar 
(internatsionalizatsiya) o'rtasida barqaror ishlab chiqarish iqtisodiy 
aloqalarning yuzaga kelishi va ularning xalq xo'jaligida chambarchas 
bog'lanib ketishi.
IQTISODIYOTNING NORASMIY SEKTORIDA ISH BILAN BAND LAR
- doimiy, vaqtinchalik, mavsumiy ishlarni yollanib bajaradigan, o'z 
biznesiga ega, ro'yxatga olinmagan faoliyatdan ish haqi, daromad 
topadigan shaxslar.
IQTISODIYOTNING 
RAQOBATBARD OSHLIGI 
-
mamlakat
iqtisodiyotining xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o'z 
о ‘mi va mavqeini saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga 
javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati bo'lib, 
quyidagilar orqali belgilanadi: mamlakatdagi ishlab chiqarishning 
texnik-iqtisodiy darajasi, ishlab chiqarish xarajatlari miqdori, ishlab 
chiqarilayotgan tovarlar sifati, infratuzilmaning rivojlanganlik 
darajasi, mutlaq va nisbiy ustunliklarning mavjudligi.

Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin