Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/33
tarix28.11.2023
ölçüsü3,99 Mb.
#168794
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

« m s & e s x ii* * * - - —
401 



TANQID - amaldagi faoliyatning takomillashtirilishini ko zlab turib, uning
salbiy jihatlarini ko'rsatish, baho berish.
TANQID QILISH - mehnat faoliyati jarayonida xodimlarning bir-birlari
sha’niga tanqidiy mulohazalar bildirishidir.
TANTEMA - savdo, sanoat, bank, aksionerlar tashkilotlari foydasidan bu
tashkilotlarning boshqaruv xodimlariga to'lanadigan qo'shimcha 
mukofot.
TAQCHILLIK (TANGLIK) - xalq iste’mol tovarlari va xizmatlarning aholi
talabini qondirish uchun yetishmasligi.
TAQSIMLANMAGAN FOYDA SOLIG'I - alohida soliq to'lovchi sifatida
tan olingan aksionerlik kompaniyalari, banklar va boshqa institutlar 
foydasining dividendlarga taqsimlanmagan qismidan olinadi.
TAQSIMLASH SAMARASI - biror-bir davr mobaynida ishlab chiqarilgan,
ma’lum 
miqdordagi 
mahsulot 
iste’molchilar 
o'rtasida 
taqsimlanadigan ahvol, bunda bir iste’molchining ahvolini boshqa 
iste’molchining ahvolini yomonlashtirmasdan yaxshilab bo'lmaydi.
TAQSIMLOVCHI SCHYOTLAR - ma’lum ishlab chiqarish xarajatlarini
hisobga olish va ularnig kalkulyatsiya obyektlari, hisobot davrlari va 
hokazolar bo'yicha to'g'ri taqsimlashni ta’minlash uchun tayinlangan 
buxgalteriya hisobi schyotlari. Taqsimlovchi schyotlar ikki turda 
bo'ladi. Ularning bir xili hisobot davri davomida egri xarajatlar 
smetasining bajarilishi va hisobot davri oxirida kalkulyatsiya 
obyektlari bo'yicha taqsimlanishi ustidan nazorat qilish uchun 
tayinlangan. Bunday schyotlar yig'uvchi-tarqatuvchi hisoblanadi. 
Boshqa taqsimlovchi schyotlar kelgusi davrlar xarajatlari bo'yicha 
to'g'ri taqsimlash uchun tayinlangan. Bunday schyotlarga davrlar 
bo'yicha taqsimlovchi schyotlar deyiladi. Ular budjet-taqsimlovchi 
ham deyiladi.
TAQSIMOT KANALI - bu tovarni savdo joylariga etkazib berishni ta’minlovchi
tizimdir.
TAQSIMOT QATORLARI - to'plam birliklarini ma’lum belgilar asosida
guruhlarga (qismlarga) bo'linishi.
TARAQQIYOT BUDJETI - davlat budjetining tarkibiy qismi, uning kapital
xarajatlari tarkibida shakllantiriladi va investitsion loyihalarni 
kreditlashtirish, investitsiyalashtirish va kafolatli ta’minlash uchun 
foydalaniladi.
TARBIYA - 1) shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga muntazam va maqsadga
muvofiq ta’sir etish; 2) pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini


amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus 
tashkil etilgan faoliyati.
TARG IBO T (PABLISITl) - iste’molchilarda korxona va uning tovari to'g'risida
yaxshiroq tasawur shakllantirish maqsadida ommaviy axborot 
vositalari orqali ma’Iumotlar tarqatish va tushuntirish.
TARIF -1 . Korxonalar, tashkilotlar, alohida ko'rsatiladigan turli ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish yo'nalishidagi xizmatlar uchun to'lanadigan haq. 
2. Rasmiy belgilangan stavka, soliq, birorta to'lov yig'im, stavkalar 
tizimi, masalan: transport tariflari, aloqa bo'yicha, bojxona tariflari.
TARIF KOEFFITSIYENTI - tarif setkasini tasniflovchi tarif tizimining
elementi. U yoki bu razryad tarif stavkasini bir hisobiga qabul 
qilinadigan birinchi razryad tarif stavkasiga nisbati. Tarif 
koeffitsiyenti ushbu razryadga mansub ishchilar (xodimlar) ish 
haqi darajasining eng malakasiz (1-razryadli) ishchilarga nisbatan 
ortiqchaligini ko'rsatadi.
TARIF RAZRYADI - ishchi bajaradigan ishlarning murakkabligini va malaka
darajasini tavsiflovchi ko'rsatkich, ta’rif setkasi elementlaridan biri 
hisoblanadi.
TARIF SETKASI - ikkinchi, uchinchi va hokazo razryad stavkasiga ega bo'lgan
ishchilarning birinchi razryad stavkasiga nisbatini aniqlovchi 
shkala. Yagona tarif setkasini davlat ishlab chiqib, joriy etadi. 
Shuningdek, davlat tomonidan belgilangan minimal ish haqi 
darajasi tarif setkasiga asosan ish haqini belgilashning asosi bo'ladi. 
Keyingi razryadga taalluqli bo'lgan ishchilarning ish haqlari razryad 
oralaridagi belgilangan koeffitsiyentga ko'ra hisoblab chiqariladi.
TARIF STAVKASI - ishchining razryadiga muvofiq unga ma’lum vaqt birligi
(soat, kun) uchun to'lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda, 
tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar 
uchun esa birinchi razryad tarif stavkasi qolgan razryadlar tarif 
koeflitsientiga ko'paytirish yo'li bilan aniqlanadi.
TARIF TIZIM I - ishlab chiqarish turlari, ish sharoiti, ishchining malakasiga
ko'ra ish belgilash uchun qaratilgan normativ hujjatlar jamlanmasi. 
Tarif tizimi o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: tarif stavkalari, 
tarif setkalari, tarif malaka ma’lumotnomasi.
TARIF-MALAKA 
MA’LUMOTNOMASI 
-
ishchilarni 
tasniflash
(tarifikatsiyalash) va ishchilarga malakaviy razryadlarni berish 
uchun foydalaniladigan me’yoriy hujjat. U tarif tizimining elementi 
hisoblanadi. Tarif malaka ma’lumotnomasida xizmatchilarning 
kasbi va mahoratiga ko'ra tarif setkasidagi qaysi razryadga taalluqli 
ekanligi ko'rsatilgan bo'ladi.
- issM
KKaga*»—

403


TARIXIY MAKTAB - Germaniyada (vakillari: F. List, V. Rosher,
B. Gildebrand, K. Knis) vujudga kelgan siyosiy iqtisod. Unda 
foydalilikva yuqori nafbirinchi o'ringa qo'yiladi. Iqtisodiy qonunlar 
inkor etilib, iqtisodiy tarix bilan almashtiriladi.
TARKIBIDA 
SHAHARLAR! 
BO'LGAN 
TUMAN 
BUDJETI 
-
umumtuman budjeti hamda tuman bo'ysunuvidagi shaharlar 
budjetlari.
TARKIBIY INQIROZ - xomashyo, tovarlarning keskin yetishmasligi
natijasida vujudga keladi. Bunga misol qilib energetik resurslarning 
yetishmasligini olish mumkin. Oqibatda talab va taklif mutanosibligi 
buziladi va xomashyoning bahosi ko'tarilib ketadi. Natijada shu 
vaqtgacha yashirin ko'rinishda bo'Igan iqtisodiyotning muhim 
tarmoqlarida ortiqcha yig'ilib qolgan kapitallar yuzaga chiqadi. 
Ularda ishlab chiqarish vositalarining bir qismida ishlab chiqarish 
samarasiz bo'lib qoladi, ishlab chiqarish to'xtaydi, korxonalar 
yopiladi, ishsizlik ko'payadi. Tarkibiy inqirozlar davriy xarakterga 
ega emas, ammo uzoq muddat davom etishi bilan xarakterlanadi. 
Davriy inqirozdan farqli ravishda, tarkibiy inqirozda, masalan, po'lat 
qo'yish, ko'mir sanoati izdan chiqib turganda, to'qimachillk sanoati, 
kemasozlik va shunga o'xshash ayrim alohida tarmoqlar rivojlanishi 
mumkin.
TARKIBIY ISHSIZLIK - iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish oqibatida ishchi
kuchiga talab tarkibida o'zgarish ro'y berishi natijasida yuzaga 
keladigan majburiy ishsizlikning ko'rinishi.
TARKIBIY O'ZGARISHLAR - milliy iqtisodiyotning samarali va barqaror
tarkibiy tuzilishini ta’minlash maqsadida uning tarmoq va sohalarini 
izchil ravishda o'zgartirib borish. Tarkibiy o'zgarishlar yangi 
tarmoqlami barpo etish, ba’zilarini kengaytirish, ayrim samarasiz, 
istiqbolga ega bo'lmagan tarmoqlarni qisqartirish kabi chora- 
tadbirlarni o'z ichiga oladi.
TARKIBIY SIYOSAT - milliy iqtisodiyotning fan, texnika va texnologiyadagi
o'zgarishlarga muvofiq tarzda umumiy va alohida ehtiyojlarni 
hisobga olgan holda rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi.
T A R M O Q - 1. Jarayonlarning maxsus bo'limlarga ajratilishi, masalan, “qishloq
xo'jaligi” “yengilsanoat ”/ ‘og'irsanoat”vahokazo. 2. Qo'llanilayotgan 
vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish xususiyati 
hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko'ra bir-biridan farq 
qiladigan ishlab chiqarishning bir qismi.
TARM O Q TASNIFI - hisobotlarni soddalashtiradi, iqtisodiy jarayonlarni
tahlil qilishga va modellashtirishga imkon yaratadi, iqtisodiy 
siyosatni yuritishda qulayliklar tug'diradi.
404


TARMOQLARARO BALANS - MHTning muhim bo'limi bo'lib, uning
yordamida tarmoqlararo aloqalar, oraliq iste’mol, tarmoqlar ishlab 
chiqarishi va talabi orasidagi murakkab bog'lanishlar tadqiq qilinadi.
TARMOQLARARO BALANS - tarmoqlararo ishlab chiqarish va ijtimoiy
mahsulotni taqsimlash, iqtisodiy matematik model bo'lib, u 
yakuniy natijalar bo'yicha bir-biriga bog'liq bo'lgan (shaxmat 
balans), mahsulot taqsimoti balansining ko'paytma ustamasidan 
(jadval satrlari) va ularni ishlab chiqarish xarajatlaridan (ustunlari) 
tashkil topgan bo'ladi; u tarmoqlarning ishlab chiqarish va 
xo'jalik aloqalarini o'zida aks ettiradi. Tarmoqlararo balans pul va 
natura shaklida tuziladi. Asosiy ko'rsatkichlari - to'liq xarajatlar 
koefitsientlari va bevosita xarajatlar koefiitsientlaridan iborat 
bo'ladi. U xorijda “ishlab chiqarish xarajatlari” usuli deb ataladi.
TARTIBGA SOLISH - iqtisodiyotning ma’lum bir holatda bo'lishini ta’minlash.
Iqtisodiyot subyektlari aloqalarini o'zgartirishni yoki quwatlashni 
ta’minlovchi, maqsadli yo'naltirilgan jarayonlar. Masalan: sohalar, 
pul-kredit, moliya, tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish.
TARTIBGA SOLUVCHI (TARTIBLOVCHI) DAROMADLAR - tegishli
budjetda ko'zda tutilgan barcha xarajatlami to'liq qoplash 
maqsadida umumdavlat soliqlaridan quyi budjetdagi biriktirilgan 
daromadlarning ustiga yuqori budjetdan beriladigan daromadlar. 
Bunday daromadlarning tarkibiga qo'shilgan qiymat solig'i, aksizlar, 
korxonalardan olinadigan daromad (foyda) solig'i, jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig'i kabilar kiradi. Bu soliqlar 
bo'yicha daromadlar quyi budjetlardagi tushumlarni tartibga solish 
uchun moliyaviy hisobot davrida (odatda, bir yilda) belgilangan 
tartibda tasdiqlangan stavkalar bo'yicha soliqlardan foiz ajratmalari 
ko'rinishida foydalaniladi. Tartibga soluvchi daromadlar bo'yicha 
ajratmalar bevosita quyi budjetlarga borib tushadi, ajratmalar 
stavkasi (normativi) esa davlat budjeti tasdiqlanayotgan paytda 
aniqlanadi.
TARTIBGA SOLUVCHI SCHYOTLAR - xo'jalik mablag'lari baholarini
tuzatish (tartibga solish), bu mablag'lar holati to'g'risida qo'shimcha 
ko'rsatkichlarni olish, shuningdek, ularning manbalarini aniqlash 
uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Har bir schyot 
ma’lum asosiy schyotni tartibga solish uchun tayinlangan. Bunda 
tartibga soluvchi schyotlarda hisobga olingan summa asosiy schyot 
summasiga qo'shiladi, yoki undan olib tashlanadi. Tartibga soluvchi 
schyotlami qo'llash zaruriyati xo'jalik mablag'larini baholash 
bo'yicha belgilangan qoidalar bilan bog'liq.
405


TARTIBGA SOLUVCHI SOLIQLAR - budjet darajasiga qarab ajratmalar
miqdori belgilanadigan barcha turdagi soliqli daromadlar.
TARTIB-INTIZOM 
-
birgalikda 
amalga 
oshiriladigan 
faoliyatning
muayyan turdagi tashkiliy shakllari va qonun-qoidalarini barqaror 
saqlab turish uchun xizmat qiladigan o'ziga xos munosabatlar shakli.
TASARRUF ETISH - mulk bo'lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish.
TASDIQLANGAN KAFOLATLAR - kafolatlarni tasdiqlash shaklida
namoyon bo'ladi. Masalan, bank o'z mijozi bo'lgan importyorning 
to'lov majburiyatlari bo'yicha kafolat bergan bo'lsa, eksportyorning 
banki ham ushbu kafolatlar bo'yicha majburiyatni o'z zimmasiga 
oladi. Bu esa, mavjud kafolatlarni tasdiqlash yo'li bilan amalga 
oshiriladi.
TASHABBUSKORLIK - tadbirkorlik, yaratuvchanlik, tajribachilik.
TASHABBUSLI AUDITORLIK TEKSHIRUVI - tashabbusli audit har
qanday vaqtda hamda xohlagan hajmda o'tkazilishi mumukin. Uni 
o'tkazish hajmi yuridik shaxs bo'lgan xo'jalik subyekt boshqaruv 
organi yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy 
shaxs bilan auditorlik tashkiloti o'rtasidagi kelishuv asosida 
belgilanadi.
TASHKILIY HUQUQIY TIZIM - 1. Biror maqsadning samaradorligiga
erishishni ta’minlash uchun tashkil etilgan boshqaruv va funksional 
qismlarning o'zaro munosabati. 2. Korxonaning hajmi, uning 
kapitali, mulk shakliga bog'liq bo'lgan, mavjud bo'lgan mamlakat 
qonunlarida ko'zda tutilgan korporatsiya, tashkilot, kompaniya 
turlari va shakllari.
TASHKILIY INNOVATSIYA - firmaning ish amaliyotiga yangi tashkiliy
uslubni joriy etish.
TASHKILIY JIHATDAN INSON RESURSLARINI BOSHQARISH -
kadrlar bilan ishlashga javobgar bo'lgan shaxslar va institutlar 
(masalan, rahbarlar, kadrlar bo'limi, ishlab chiqarish kengashlari, 
kasaba uyushmalari va hokazolar) faoliyatidan iborat.
TASHKILIY MADANIYAT - tashkilotning ichida va uning chegarasidan
tashqaridagi munosabatlar asosidagi tashkilotning kattaroq qismi 
tomonidan qo'llaniladigan falsafa, qadriyatli mo'ljallar, hulqning 
me’yorlari, qoidalar va muhit.
TASHKILIY TEXNIKA - chizma ishlari, hisob-kitob operatsiyalari, hujjatlarni
tayyorlash, ularni ko'paytirish, qayta ishlash, saqlash, avtomatik 
qidirish va boshqalar uchun texnik vositalar majmuyi. Uning 
tarkibiga yozuv mashinkalari, fakslar, kartotekalar, nusxa olish
406


apparatlari, chizma priborlari, elektron hisoblagichlar va boshqalar 
kiradi.
TASHKILIY TUZILISH - awalo an’anaviy ravishda mehnat taqsimoti asos
qilib olingan tamoyildir.
TASHKILIY-MUVOZANATLOVCHI - mazkur uslublarga reglamentlash,
me’yorlashtirish va instruktsiyalash kiradi.
TASHKILOT - 1. Tashkilot, muassasa; idora, uyushma tashkil etish. 2. Tizim
elementlarini tartibga solish va koordinatsiya qilishga qaratilgan 
boshqaruvning tarkibiy qismi. Tashkilot odamlarning ma’lum 
maqsadlari: boshqaruv vazifalariga erishishni ko'zda tutuvchi 
tizimlashtirilgan, ongli birlashmasi.
TASHKILOT STRATEGIYASI - kompaniyaning turgan joyidan erishmoqchi
bo'Igan joyiga qanday qilib o'tkazish mumkin, degan masalani 
yechish haqidagi yo'riqnomadir.
TASHKILOT TAJRIBASI YIG'ILISHI - tashkilot amaliy faoliyati yig'ilishi va
uning boshqaruvi, texnologiyalari va injiniringidagi o'zgarishlari 
natijasidir.
TASHKILOTCHILIK QOBILIYATI - odamga tashkiliy faoliyat usullarini
egallash va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi 
shaxsning shaxsiy-psixologik xususiyatlari.
TASHKILOTNING MISSIYASI - tashkilot mavjud bo'lishining ma’nosini
ochib beruvchi shakllantirilgan tasdiq, unda ushbu tashkilotning 
boshqalardan farqi namoyon bo'ladi.
TASHQI AUDIT - tashqi auditor bilan ichki auditor faoliyatlari hamda tashqi
audit va ichki auditlarni ajratish uchun qo'llaniladigan termin.
TASHQI BOSHQARUV - bankrotlik holatiga tushib qolgan qarzdor
korxonaning hayotiy layoqatini tiklashga yo ‘naltirilgan chora-tadbir. 
Unga ko'ra, qarzdor korxonaning faoliyatini boshqarish mas’uliyati 
xo'jalik sudining qarori bilan tayinlangan tashqi boshqaruvchiga 
topshirilishi nazarda tutiladi.
TASHQI BOSHQARUVCHI - xo'jalik sudining qarori bilan qonunda ko'zda
tutilgan majburiy chora-tadbirlami amalga oshirish maqsadida 
tayinlangan shaxs.
TASHQI DUNYO - shu mamlakatni tashqi iqtisodiy aloqalar olib boruvchi
iqtisodiy agentlar bilan birlashtiruvchi institutsional sektor.
TASHQI DUNYO HISOBI - tashqi iqtisodiy faoliyat shaklida ro‘y beruvchi
va faoliyat natijasi quyidagi to'rt hisobda - tovarlar va xizmatlar 
tashqi hisobi, birlamchi daromadlar va joriy transfertlaming tashqi
407


hisobi; jamlashning tashqi hisobi (kapital hisobi, moliya hisobi, 
aktivlarda boshqa o'zgarishlar hisobi, baholash hisobi) aktivlar 
va majburiyatlarni tashqi hisoblarda o'z ifodasini topadi va turli 
mamlakatlarning iqtisodiy aloqasini tavsiflaydi.
TASHQI INVESTITSIYALAR - foyda olish maqsadida chet el investorlari
tomonidan 
boshqa 
davlat 
iqtisodiyotiga 
qo'yiladigan 
investitsiyalardir.
TASHQI MABLAG LARNI JALB QILISH - davlat tomonidan aktivlarni
xorij manbalardan - chet el davlatlaridan, norezident yuridik 
shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan jalb etish hamda buning 
natijasida O'zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki 
qarz oluvchi rezidentlarning o'z kreditlarini - qarzlarini to'lashiga 
kafil sifatidagi majburiyatlari yig'indisining yuzaga kelishidir.
TASHQI NODAVLAT QARZLAR - mamlakatdagi xususiy shaxslar
(moliya muassasalari, korxonalar va aholi) tomonidan boshqa 
mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy 
mablag'larining jami hajmi.
TASHQI QARZ - mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik
korxonalariningboshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan 
qarzga olgan moliyaviy mablag'larining jami hajmi.
TASHQI QARZNI RESTRUKTURIZATSIYA QILISH - qarzni qaytarish
va u bo'yicha foizlarni to'lash muddatlarini uzaytirish.
TASHQI SAVDO - chet mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini yuritish, xorijga
tovar chiqarish (eksport) va xorijdan tovar kiritish (import)ni o'z 
ichiga oladigan savdo.
TASHQI SAVDO AYLANMASI - mamlakat, mamlakatlar guruhi tashqi savdo
faoliyati hajmining pul ko'rinishidagi ifodasi bo'lib, muayyan vaqt 
oralig'idagi (masalan, yil davomidagi) eksport va import hajmining 
yig'indisiga teng bo'ladi.
TASHQI SAVDO AYLANMASI SALDOSI - mamlakat eksporti va importi
hajmlari o'rtasidagi farq, tafovut.
TASHQI SAVDO BALANSI - ma’lum davr mobaynida (oy, chorak, yil) eksport
va import qiymati o'rtasidagi nisbat. Tashqi savdo balansiga, 
naqd to'langan va kredit hisobiga amalga oshirilgan tovar bitimlar 
kiritiladi. Savdo balansi ikki turga bo'linadi: a) aktiv balans, bunda 
eksport importdan ortiq va mamlakatga tashqaridan valyuta 
oqib kelib, moliyaviy ahvoli faollashadi; b) passiv balans, bunda 
import eksportdan ustun, mamlakatdan valyuta chiqib keta 
boshlaydi, moliyaviy ahvol zaiflashadi. Eksport va import nisbati
408


quyidagilarga bog'liq bo'ladi: a) oldi-sotdi qilinadigan tovarlarning 
turi va miqdoriga; b) tovarlarning narxiga. Savdo balansi holati 
mamlakatdagi milliy ishlab chiqarish darajasiga, mamlakatning 
xalqaro savdodagi ishtirokiga, mamlakat tovarlarini dunyo bozorida 
raqobatlasha olishiga bog'liqdir. Savdo balansi holati mamlakatga 
valyuta kirib turishini izohlaydi, mamlakatning to'lov balansini 
shakllantiradi.
TASHQI SAVDO SIYOSATI - bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib
borayotgan savdosi (eksporti va importi) borasidagi siyosati. Bunga 
teng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish ko'zda tutiladi. 
Eksport va importning tovar tarkibi va geografik hajmiga asosan 
olib boriladi.
TASHQI SAVDO AYLANMASI DIVERSIFIKATSIYASI - eksport va
importning tovar nomenklaturasi va hamkor davlatlar sonining 
kengaytirilishi.
TASHQI XARAJATLAR - ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun
tashqaridan keltirilgan xomashyo, ishlab chiqarish vositalari yoki 
texnologiyalari uchun sarf etiladigan qiymat shaklidagi xarajatlar.
TASNIFIY BAHOLASH MODELI - kreditni baholashning balli modeli
(reyting uslubi) va bankrotlikni bashorat qilish (MDA - Multiple 
Discriminate Analysisga asoslangan statistik baholash) modellariga 
asoslanadi.
TASODIFIY HODISA - sinov natijasida ro'y berishi yoki ro'y bermasligi
mumkin bo'lgan har qanday fakt.
TASODIFIY M IQ D O R - sinov natijasida, awaldan e’tiborga olib bo'lmaydigan
tasodifga bog'liq holda, o'zining mumkin bo'lgan qiymatlaridan 
birini qabul qiladigan (aynan qaysi ekani awaldan ma’lum 
bo'lmagan) o'zgaruvchi tushuniladi.
TASODIFIY MIQDORNING TAQSIMOT QONUNI - tasodifiy miqdor
qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlari bilan ularning mos 
ehtimollarini bog'laydigan biror munosabat.
TASODIFIY TALAB - to'satdan paydo bo'lib, qondiriladigan talab.
TAVAKKALCHILIK - biron ish bilan shug'ullanish oqibatida zarar ко'rib
qolishdan qutulib qolish imkoniyati.
TAVAKKALCHILIKKA BEFARQ QAROVCHI SHAXS - kutiladigan
daromadda u kafolatlangan daromad bilan tavakkal daromaddan 
qaysi birini tanlashga befarq qaraydigan shaxs.
TAVAKKALCHILIKKA MOYILLIK - kutiladigan daromadda kafolatlangan
natijaga ko'ra ko'proq tavakalchilik bilan bog'liq bo'lgan natijani 
ustun ko'radigan shaxs.
409


TAVAKKALCHILIKKA QARSHI INSON - kutilgan daromadga nisbatan
kafolatlangan daromadni ustun ko'radigan inson.
TAVAKKALCHILIKLARNI QO'SHISH - ushbu usul tasodifiy yo'qotishlarni
o‘zgarmas 
xarajatlarga 
aylantirish 
orqali 
tavakkalchilikni 
kamaytirishga qaratilgan (mulkni sug'urtalash).
TAVAKKALCHILIKNI TAQSIMLASH - ushbu usulga ko'ra zarar ko'rish
ehtimoli bilan bog'liq bo'Igan tavakkalchilik qatnashuvchi 
subyektlar o'rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir 
subyektning kutiladigan zarari nisbatan kichik bo'ladi. Yirik moliya 
kompaniyalari katta masshtabdagi loyihalarni tavakkalchilikdan 
qo'rqmasdan moliyalashtiradi.
TAYYOR MAHSULOT - korxonada ishlab chiqarishi tugatilgan, belgilangan
standartlarga yoki texnik shartlarga to'g'ri keladigan mahsulot. 
Tayyor mahsulot texnik nazoratchi tomonidan qabul qilinib, 
belgilanganhujjatlarbilanrasmiylashtiriladivaomborgatopshiriladi. 
Ayrim hollarda tayyor mahsulotlar omborga topshirilmasdan, 
mol oluvchilarga jo'natiladi. Tayyor mahsulotning har bir turiga 
kartochkalar ochiladi yoki daftarlarda bir necha betlar ajratiladi. 
Kartochka yoki daftarda mahsulot nomi, uning nomenklatura 
nomeri, razmeri, markasi, o'lchov birligi, har birining bahosi 
ko'rsatiladi. Tayyor mahsulotlarning buxgalteriya hisobi, odatda, 
saldo usulida yuritiladi. Tayyor mahsulotlar joriy hisobda reja 
tannarxida yoki korxonaning ulgurji bahosida baholanadi. Oy 
oxirida tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanib, shu 
bahoda buxgalteriya balansida ko'rsatiladi. Ayrim tarmoqlarda 
mahsulotlarning haqiqiy tannarxi har oyda emas, yil oxirida 
aniqlanadi.
TAYYORGARLIK VAQTI (QAYTA TAYYORLASH VAQTI) - uskunalarni,
ma'lum bir mahsulot turini ishlab chiqarishga tayyorlash uchun 
lozim bo'ladigan vaqt
TEBRANUVCHI TALAB - talab darajasining dambadam o'sib va pasayib turish
holati.
TEHNOLOGIK PRINSIP BO'YICH A USKUNA JOYLASHISHI -
shunday joylashtirish uslubiki, bunda o'xshash uskunalar bir 
joyda joylashadi. Bu uslub funksional prinsip bo'yicha uskuna 
joylashtiruvi yoki mayda seriyali jarayon joylashtiruvi deb ataladi.
TEJAMKORLIK - jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muayyan darajasida
barcha resurslardan tejamli foydalanish bo'yicha iqtisodiy 
munosabat bo'lib, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashning 
asosiy omili hisoblanadi.
410


TELEKOMMUNIKATSION 
INFRATUZILMA 
-
kompaniyaning
telekommunikatsion infratuzilmasi - bu turli axborotlarni: 
avtomatlashgan boshqaruv tizimlari ma’lumotlari, elektron xabarlar, 
internet-grafika, turli fayllar hamda “ovoz” va video ko'rinishidagi 
axborotlarni uzatish vazifasini hal qiluvchi o'zaro aloqador 
tizim chalar majmuasidir.
TELEKOMMUNIKATSIYA - simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit
tizimlardan foydalanib, signal, belgi, matn, tasvir va tovushlarni yoki 
boshqa ko'rinishdagi axborotni uzatish, qabul qilish va unga ishlov 
berish jarayoni. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida 
ma’lumotlarni masofadan uzatish jarayoni.
TELEMARKETING - marketing turi bo'lib, uni amalga oshirish potensial
iste’molchilarga tovar va xizmatlarni real va virtual bozorlardan izlash 
va xarid qilish imkonini beruvchi telekommunikatsiya vositalari va 
Internet tarmog'idan foydalaniladi.
TENDENSIYA - xo'kiz yoki ayiq tendensiyalarini tavsiflovchi grafikdagi trend
chizig'i.
TENDENSIYA FAZALARI - trendning ko'tarilayotgan yoki pasayib
borayotgan yo'nalishlarini tavsiflaydi.
T E N D E R -1) yozma taklif, oferta, talabnoma; 2) qimmatli qo'g'ozlar, savdo uchun
obuna bo'lish haqidagi ariza; 3) muddatli shartnomaga ko'ra tovarni 
yetkazib berish to'g'risidagi xabarnoma; 4) bozorda obligatsiya va 
g'azna vekselini taklif etish vositasi; 5) xalqaro savdo shakli. Savdo 
tashkilotchilari tomonidan qatnashuvchilar orqali ma’lum tovarni 
yetkazib berish yoki ma’lum xizmatlarni bajarish taklifi qayd etilgan 
qo'g'oz (blank); 6) biror-bir ishni amalga oshirish uchun e’lon 
qilingan tanlov. Xaridor yoki buyurtmachi eng awalo tanlov e’lon 
qilib, tanlov shartlari bilan tanishtiradi. Tanlovda ishtirok etish 
niyatini bildirgan firmalar, korxona va tashkilotlar o'z takliflarini -
tenderlarni buyurtmachiga ko'rib chiqish uchun yuborishadi.
TENDER KOMISSIYASI - tenderdagi takliflarni baholovchi va golibni
aniqlovchi doimiy yoki vaqtinchalik tarkibga ega organ.
TEST - l ) standart shakldagi topshiriqlar bo'lib, aqliy taraqqiyot, qobiliyat, bilim
va malakani aniqlash maqsadida o'tkaziladigan sinovdir; 2) aniq 
sotsiologik tadqiqotlardan foydalaniladigan tarqatma material, 
savolnoma; 3) shaxs ruhiyati va xulqini aniq miqdoriy va ma’lum 
sifat baholarini oldindan berilgan ba’zi standart - test me’yorlari 
bilan qiyosiy o'rganishga mo'ljallangan psixologik tadqiqotlarning 
standartlashtirilgan metodi.


TEXNIK QAYTA QUROLLANTIRISH - ishlab 
chiqarish alohida
uchastkalarining texnik imkoniyatlarini zamonaviy darajaga 
chiqarish jarayoni.
TEXNIK TAHLIL - tendensiyalami o'rganishga asoslangan moliyaviy tahlil usuli.
TEXNIK YO'NALISHLAR - diagrammada chiziladigan yoki joylashtiriladigan
chiziqdir.
TEXNOLOGIK ISHSIZLIK - insonlarni mashinalar bilan almashtirish
natijasida vujudga kelgan ishsizlik turi. Masalan, yog'-moy zavodida 
10 kishi chigitni vagonlardan tushirar edi, zavod 2 ta avtoyukortgich 
sotib oladi, natijada 10 kishi bajaradigan ishni 2 kishi bajaradi, 8 tasi 
ishsiz qoladi.
TEXNOLOGIK JARAYON - ishlab chiqarishning asosini tashkil etib,
xomashyolarni 
ishlab 
chiqarish 
(iste’mol) 
mahsulotlariga 
aylantirish jarayonida sarflanadigan ishlar majmuyidan iboratdir. 
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ishlatilayotgan xomashyolar, 
qo'llanilayotgan jihoz va usullaming turli xilda bo'lishi texnologik 
jarayonning ham turlicha bo'lishini taqozo etadi.
TEXNOLOGIK KARTA - ayrim ekin turlari bo'yicha mahsulot yetishtirish
bilan bog'liq ishlarni tashkil qilishda korxonaning mashina va 
uskunalarga, ishchi kuchlari va mehnat xarajatlariga, yoqilg'i va 
moylash materiallariga bo'lgan talabi, mexanizatsiya ishlarining 
hajmi, traktor va qishloq xo'jaligi mashina va uskunalariga bo'lgan 
talab rejalashtiriladigan ish hujjati.
TEXNOLOGIK KARTA - biror buyumga ishlov berish uchun mo'ljallangan
operatsiyalarning qay tartibda bajarilishi, qanday asboblar 
ishlatilishi, ish rejimlari va shu kabilar aks ettirilgan texnologik 
hujjat.
TEXNOLOGIK PARK - iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda keng
tarqalgan yangi ilmiy kashfiyotlar asosidagi texnologiyalarni, 
joylarni iqtisodiyotga joriy etishga yordam beruvchi ilm-fan, maorif 
va ishlab chiqarish tizimlarining o'zaro integratsiyasini ifodalovchi 
hududiy birlashmalar shakli.
TEXNOLOGIK USUL - ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda
foydalaniladigan mehnat vositalari: homashyolar, energiya va 
axborotlar yig'indisi ishlab chiqarish texnologik usulini ifodalaydi.
TEXNOLOGTYA - tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida
(xomashyo, material yoki yarim fabrikatlarga ishlov berish, 
tayyorlash) qo'llaniladigan usul va usullar majmuyi; shunday 
usul va usullarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan.


412 


Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin