Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/33
tarix28.11.2023
ölçüsü3,99 Mb.
#168794
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

’«W & S b X & r
* * ’—


Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi bo'Igan operatsiyalar 
(materiallarni qazib olish, tashish, yuklash, yuklash-taxlash, saqlash 
va b.) ularni bajarish bo'yicha instruksiyalar, texnik qoida va 
talablar, grafiklar va b. ham texnologiyaga kiradi. Texnologiyaning 
fan sifatidagi vazifasi amalda eng samarali va tejamli ishlab chiqarish 
jarayonlari (eng kam vaqt va material resurslar talab qiladigan)ni 
aniqlash va ulardan foydalanish maqsadida Hzik, kimyoviy, mexaniq 
va b. qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Zamonaviy texnologiyani 
rivojlantirishning asosiy yo'llari mashina va uskunalardan samarali 
foydalanish, uzlukli (diskret, siklli) texnologikjarayonlardan uzluksiz 
potok usuliga o'tish, yoqilg'i, energiya, material va xomashyodan 
to'la foydalanishdan iborat.
TEXNOPOLIS - innovatsion jarayonni aktivlashtirishga mo'ljallangan ochiq
iqtisodiy zona shakllaridan biri. Texnopolisning rivojlanish dasturi 
o'z ichiga fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o'tkazib, 
ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilishni talab etadi. 
Texnopolis davlat yordami (qo'llab-quwatlashi)da faoliyat olib 
boradi.
TEXNOPARK - o'z hududida kichik innovatsion korxonalarni yaratish va
rivojlantirish orqali ilmiy salohiyatdan foydalanish va ishlab 
chiqilgan texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil 
etiluvchi tuzilma.
TEZKOR HISOB - tezkor yoki tezkor-texnik hisob xo'jalik faoliyatining ayrim
uchastkalarida reja bajarilishi to'g'risidagi axborotlarni sistematik 
ravishda olib turish maqsadida ma’lum xo'jalik muomalalarini 
bevosita joyida va ular amalga oshishi paytida ro'yxatga olish 
tizimi bo'lib hisoblanadi. Tezkor hisob ma’lumotlaridan xo'jalik 
jarayonlari bevosita amalga oshgan paytda kundalik nazorat 
qilish va boshqarish uchun foydalaniladi. Tezkor hisobning ko'p 
ma’lumotlari umumlashtirilib, tarmoqlarni boshqarish uchun 
foydalaniladi.
TIBBIY SUG'URTA- aholi sog'lig'ini himoya qilish vositalaridan biri. Sug'urta
hodisasi ro'y berishi munosabati bilan, sug'urta polisi orqali bepul 
tibbiy xizmat ko'rsatilishi. Tibbiy xizmat ko'rsatish bilan bog'liq 
xarajatlarni sug'urta kompaniyasi to'laydi. Tibbiy sug'urta majburiy 
yoki ixtiyoriy bo'ladi.
TIJORAT BANKI - sanoat va savdoni qisqa muddatli kreditlar bilan ta’minlash,
shuningdek, xususiy mijozlarga turli turdagi bank xizmatlari 
ko'rsatish (joriyschyotlarniyuritish, tijorat, iste’molchilikva ipoteka 
qarzlarni berish va hokazolar)ga ixtisoslashtirilgan bank. Tijorat
413


banklari pay badali yoki aksionerlik (hissadorlik) asosda tuziladi 
va quyidagicha farqlanadi: ustav kapitalini shakllantirish bo'yicha 
(davlat, xorijiy kapital va boshqalar ishtirokida), ixtisoslashish 
bo'yicha (masalan, agrobank, innovatsiya banki), faoliyat ko'rsatish 
hududi bo'yicha, amalga oshiriladigan operatsiya turlari bo'yicha 
va hokazo usullariga qarab. Tijorat bankining mablag'lari o'zining 
xususiy (ustav fondi, zaxira fondi va boshqa foyda hisobiga tashkil 
topadigan fondlari) va jalb qilingan (korxonalar schyotlaridagi, 
ularning qo'yilmalari va depozitlari, fuqarolarning omonatlari va 
hokazolar) mablag'lariga bo'linadi.
TIJORAT JADVALI - har oyda tuziladigan tashqi savdo yuklarining kemalarga
ortilishi ko'rsatilgan asosiy hujjat.
TIJORAT KREDITLARI - ishlab chiqaruvchi subyektlarning iste’molchi
subyektlar va xo'jalik subyektlari o'rtasida tovar shaklida ma’lum 
muddati uzaytirilgan qarzi.
TIJORAT SIR! - korxona, ishlab chiqarish va savdo-sotiqning bevosita
ishtirokchilarigagina ma’lum bo'lgan va boshqalarga e’lon 
qilinmaydigan ma’Iumotlar.
TIJORATCHI - tadbirkorlik bilan shugullanuvchi, bitimlar tuzuvchi mustaqil
xo'jalik birligi yoki shaxs.
TIJORATLASHTIRISH (KOMMERSIALIZATSIYA) - yangi mahsulotni
ishlab chiqish bosqichi; bozorga kirib borish vaqtini to‘g'ri tanlash, 
turlibozorlarda faoliyatko‘rsatish hajmi vaketma-ketligi, mahsulotni 
operativ harakatlantirish va taqsimlash bo'yicha samarali usullar, 
shuningdek, marketing rejasini ishlab chiqish jarayoni.
TIJ ORATLASHUV - tovar, mahsulotni yirik masshtabda (seriyali) ishlab
chiqarish va taqsimlash (sotish).
TILXAT - kvitansiya, pul yoki biror qimmatli narsa qabul qilinganligi to'g'risida
berilgan rasmiy tilxat.
TIQILIB QOLISH - ma’lum bir bosqich faoliyati, natijalarini keying bosqichga
yetkazib bera olmasligi sababli, majburiy to'xtatib turilishi holati.
TIRIKCHILIK MINIMUMI - mehnatkashlar va ularning oilasi tirikchiligini
eng past darajada ta’minlash uchun zarur bo'lgan hayot vositalari 
(iste’mol mollari va xizmatlar) qiymatining pul shaklidagi ifodasi.
TIZIM - l) yaxlit ta’limni, uning birligini belgilovchi bir-biri bilan qonuniy
bog'liq aksariyat unsurlar (predmetlar, hodisalar, qarashlar, 
bilimlar va boshqalar); 2) qismlarning ma’lum bir bog'lanishlarda, 
harakatlarning o'ta izchillikda rejali, to'g'ri joylashish tartibi.
414


TIZIMLI YOZUV - buxgalteriya hisobi schyotlarida xo'jalik muomalalarini
ma’lum tizimda registratsiya qilish. Bu yozuv yordamida xo'jalik 
muomalalarini bir xil iqtisodiy belgilariga qarab guruhlash amalga 
oshiriladi. Tizimli yozuv buxgalteriya hisobi obyektlari bo'yicha 
ma’lumot olish imkoniyatini beradi. U alohida hisob registrlari 
(bosh daftar) da yoki xronologik yozuv bilan birga bir registr ( jumal- 
order)da amalga oshiriladi. Tizimli yozuv ma’lumotlari xronologik 
yozuv ma’lumotlari bilan bog'langan.
TO'PLAM BIRLIGI - to'plamda kuzatish talab etiladigan element.
TO'PLAM BIRLIKLARI - bu statistik to'plamni tashkil etuvchi elementlardir.
T O 'G 'R I (BEVOSITA) SOLIQLAR - daromad solig'i, foyda solig'i, resurs
to'lovlari, mol-mulk solig'i va boshqalardan iborat bo'lib, ularga 
egalik qilish va ulardan foydalanish soliqqa tortish uchun asos bo'lib 
xizmat qiladi.
T O 'G 'R I (BEVOSITA) SOLIQQA TORTISH - shaxsan yoki ish beruvchi
orqali soliqlarni soliq xizmatlariga to'g'ridan-to'g'ri to'lash orqali 
amalga oshiriladigan jamiyat a’zolarini bevosita soliqqa tortishdan 
iborat. Aniq bir shaxsning ahvoliga bog'liq bo'lmasdan, balki uning 
qanday mahsulotlarni sotib olishiga bog'liq bo'lgan egri (bilvosita) 
soliqqa tortishdan farq qiladi.
T O 'G 'R I KAFOLATLAR - bunda kafolat beruvchi tomon bevosita eksport-
importoperatsiyalarigakafolatberadi. Bunda mazkur to'Iovbo'yicha 
majburiyatlarini to'liq o'z zimmasiga oladi. Bunday kafolatlar to'lov 
talabnomalari bo'yicha hisob-kitoblar, hujjatlashtirilgan akkreditiv 
bo'yicha hisob-kitoblarda keng qo'llaniladi.
TO 'G 'RID AN -TO 'G 'RI INVESTITSIYALAR - bevosita mahsulot ishlab
chiqarish yoki xizmat ko'rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada 
kengaytirish maqsadida xorijiy sheriklar tomonidan uzoq muddatli 
kapital qo'yilmalar kiritish. To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar 
investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat 
qilish imkonini beradi.
TO 'G 'RID AN -TO 'G 'RI XORIJIY INVESTITSIYALAR - o'zga mamlakat
rezidentlari tomonidan boshqa mamlakat real aktivlariga mablag' 
kiritish, uni tasarruf etish va ular ishlatilishi ustidan nazorat 
o'rnatish. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tavsifiga 
ko'ra aksiyalarning kamida 10 foiziga egalik qilish.
TO'LDIRUVCHI TOVARLAR - birgalikda, komplektlarda iste’mol qilinadigan
tovarlar.
415


T O 'L IQ BANDLIK - ishlab chiqarish uchun yaroqli bo'Igan barcha
resurslardan foydalanish. Ishchilar majburiy ishsiz bo'lmasliklari, 
ekiladigan yerlar va dastgohlar bekor turmasligi kerak.
T O 'L IQ ISH BILAN TA’MINLASH - kasbga oid mehnat bilan ta’minlanish
bo'lib, u shaxsga daromad keltiradi va o'zi hamda oilasining munosib 
turmush kechirishiga sharoit yaratadi.
T O 'L IQ ISHLAB CHIQARISH HAJMI - resurslarni samarali taqsimlash,
ya’ni qo'llanilayotgan resurslardan shunday foydalanish kerakki, 
bunda mahsulotning hajmi o’sib borsin.
TO 'LO V AYLANMASI - mamlakat iqtisodiyotidagi barcha pulli to'lovlar (pul
to'lovlarining) majmuyi (yig'indisi, to'plami).
TO 'LO V BALANSI - 1. Ma’lum bir davr (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida
mamlakat tomonidan xorijga to'langan to'lanmalar va xorijdan 
olingan to'lovlar o'rtasidagi nisbat. O'z ichiga tegishli davrda 
mamlakat tovarlari eksporti va importi qiymatlarini ifodalovchi 
savdo balansi, xizmatlar balansi va notijoriy to'Iovni oladi. Bularning 
barchasi joriy operatsiyalar bo'yicha to'lov balansini shakllantiradi. 
Mamlakatningumumiyto'lovbalansiesajoriyoperatsiyalarbo'yicha 
to' lov balansi, kapitallar va kreditorlar harakati balansi, shuningdek, 
oltin va valyuta rezervlari harakati balansidan tashkil topadi. 2. 
Mamlakatning butun xalqaro iqtisodiy faoliyati natijalarini o'zida 
aks ettiruvchi balans. Xalqaro valyuta fondining klassifikatsiyasi 
bo'yicha to'lov balansi o'z ichiga: a) joriy operatsiyalar balansi; b) 
pul kapitallari balansi; d) rasmiy valyuta rezervlaridagio'zgarishlarni 
qamrab oladi. Umuman olganda, har qanday tashqi iqtisodiy bitim 
valyutalarni xarid qilish, sotish bilan bog'liq, binobarin, davlatning 
tashqi iqtisodiy faoliyati xorijiy valyutalarning kelib tushishi va 
sarflanishida o'z aksini topadi. Shuning uchun to'lov balansida 
valyutalarning kelib tushishi (+) sarf qilinishi ( - ) bilan belgilanadi 
(qarang, joriy operatsiyalar balansi, kapitallar harakati balansi).
TO 'LO V FUNKSIYASI - o'yin natijasi bo'lib o'yinchining yutug'ini yoki
yo'qotishini bildiradi.
TO 'LO V MANBAI - soliq to'lovchiga to'lovlami amalga oshiruvchi yuridik
shaxs.
TO 'LO V QOBILIYATIGA EGA BO'LGAN EHTIYOJ - ehtiyojning ma’lum
paytda to'lov vositasi (mablag') bilan ta’minlangan qismi.
TO 'LO V TOPSHIRIG'I - korxona, firma, tashkilotning unga xizmat qiladigan
o'z schyotidan mablag' o'tkazish zarurligi haqidagi topshirig'i.
416


TO 'LO V TOPSHIRIQNOMASI - muassasaning boshqa shaxsning hisob-
raqamiga pul o'tkazishi ko'rsatiladigan va ushbu muassasaga 
xizmat ko'rsatadigan bankka bergan topshirig'i mazmuniga ko'ra 
tayyorlangan hisob-kitob hujjati.
TO 'LO V VALYUTASI - tomonlarning keUshuvi bilan tovarlarning tashqi
savdo aloqalarida haqini to'lashda yoki xalqaro kreditni qaytarishda 
ishlatiladigan valyuta.
TO'LOVGA LAYO QATLILIK - bank zarur muddatlarda kredit-omonatchilar,
banklar davlat oldidagi majburiyatlarini to'la summada bajara olish 
layoqatini bildiradi.
TO'LOVGA QOBILIYATSIZLIK - firma yoki davlatning moliya yoki
valyuta-moliyaviy ahvoli, bunda ular o'z vaqtida moliyaviy 
majburiyatlarini bajara olmaydilar.
TO'LOVGA QODIRLIK - yuridik yoki jismoniy shaxsning moliyaviy
majburiyatlarini o'z vaqtida bajara olish imkoniyati.
TO'LOVLARNING NAVBATLILIGI - bir necha muddatli va muddati
o'tib ketgan to'lovlar mavjud bo'lganda va ularni to'liq to'lash 
(qaytarish, uzish) uchun mablag'lar yetarli bo'lmagan holda 
to'lovchining hisob varag'idan pul mablag'larini o'tkazish (olish, 
undirish) ketma-ketligi.
TO'LQINSIMON NAZARIYA - Elliotning to'lqinsimon nazariyasi, texnik
tahlil nazariyasi.
TO'XTOVSIZ INVENTARIZATSIYA USULI - asosiy fondlami tiklashdagi
bahosini aniqlash uchun (u yoki bu kunga nisbatan). Buning uchun 
baho indekslari yordamida investitsiyalarning tiklashdagi bahosi 
aniqlanadi.
TOMAS M O R - (1478-1535) ingliz olimi. “Utopiya” (1516) asarida hayoliy
sotsializm g'oyalarini bergan, “qo'ylar odamlarni yeb qo'ydi” 
iborasining muallifi (dehqonlarning o'z yerlaridan mahrum 
qilinishi). “Utopiya” so'zi yunoncha “u” - yo'q va “topos” - joy
so'zlaridan tashkil topgan, ya’ni bu so'zning ma’nosi “o'zi yo'q
»
1
• 
joy dir.
TOMMAZO KAMPANELLA - (1568-1639) italyan iqtisodchisi. Italiyadagi
og'ir iqtisodiy ahvolni ko'rgan. “Oftob shahri” (1602 yilda yozilib, 
1632 yilda chop etilgan) kitobida umumiy mulkchilik, mehnat 
asosida hayoliy sotsializm g'oyalari rivojlantirilgan.
TOMOMAN (PRINSIPIAL) YANGI TOVAR - birinchi marta yaratilgan va
hayotda o'z o'xshashlariga ega bo'lmagan tovar.
4 1 7


TOTAL (HAR TOMONLAMA) YONALTIRILGANLIK 
-
doimiy
tarzda iste’molchiga yo'naltirilganlik, u bilan teskari aloqa o'rnatish 
hamda sotuvdan keyingi xizmat ko'rsatish hisobiga, mahsulotni 
tizimli takomillashtirib borish.
TOVAR - bozorda oldi-sotdi orqali ayirboshlanadigan mehnat mahsuli. Tovar
shunday mahsulotki, u ishlab chiqaruvchilarning emas, balki 
boshqalarning talab-ehtiyojini qondirish uchun yaratiladi. Shu 
sababli u ayirboshlanadi. Tovar moddiy shakldagi mahsulot 
bo'lishi shart emas, xizmatlar ham tovar shakliga kiradi. Turli 
moddiy shakldagi aqliy mehnat mahsuli, ilmiy-texnikaviy g'oyalar 
va ishlanmalar, nomoddiy shakldagi xizmatlar (davolash, o'qitish, 
muzika, raqs ijro etish, qo'shiq kuylash kabilar) har xil qiymatli 
qog'ozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, valyuta) ham tovar bo'ladi. 
Tovar bozorda pul vositasida ayirboshlanadi.
TOVAR ASSORTIMENTI - foydalanish maqsadi, bir xil mijozlarga sotilishi,
yoki bir xil do' konlar orqali sotishni, yoki bir xil narxlar chegarasida 
sotilishiga qarab turib o'zaro bog'liq bo'lgan tovarlar guruhidir 
(avtomobillar assortimenti, pardoz vositalari assortimenti va h.k.)
TOVAR BELGISI - qonun bilan himoyalangan marka yoki uning qismi,
biror ishlab chiqaruvchining tovar va xizmatlarini boshqa ishlab 
chiqaruvchining o'xshash tovar va xizmatlaridan farqlash uchun 
mo'ljallangan original grafik tasvir, raqam, harf yoki so'zlarning 
birikmasidir.
TOVAR BIRJASI - bir yoki bir necha xil tovar bilan ulgurji savdo-sotiqni
amalga oshiruvchi tijorat korxonasi. Tovar birjasi korxona va 
tashkilotlar o'rtasida oldi-sotdi aloqalarini yurgizadi. Tovar birjasi 
ochiq yoki yopiq turda bo'ladi. Ochiq birjada birja a’zolari bilan bir 
qatorda boshqa tadbirkor savdo qila oladi. Yopiq birjada birjaning 
a’zosi bo'lganlargina savdo qiladi. Birja savdolashuvida shakllangan 
narxlarbirjakotirovkalari deb yuritiladi va ular har kunie'lonqilinadi. 
Tovar birjasi daromadi birja muomalasi ishtirokchilari to‘laydigan 
xizmat haqidan tashkil topadi. O'zbekistonda 1993-yilda tovar- 
xomashyo birjasi tashkil etilgan.
TOVAR HARAKATI - tovarlarning ishlab chiqarilgan joydan iste’mol
qilinadigan joygacha jismoniy harakati bo'lib, ularni joylashtirish, 
saqlash, jo'natish, 
tashish, yuklash, 
tushirish, 
zaxiralarini 
shakllantirish jarayonlaridan iborat.
TOVAR HAYOTINING BOSQICHLARI - tovarning hayotiy davrida unga
bo'lgan talab xarakteri va uni sotish darajasi bilan belgilanadigan 
hamda ajralib turadigan alohida paytlar (bosqichlar).
418 
.


TOVAR INNOVATSIYASI - l ) mahsulotni takomillashtirishning original,
sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarish 
bilan bog'liq bo'Igan uzluksiz jarayoni. Tovarning hayotiylik davri 
uzunligini vakorxonaningrentabelligini ta’minlovchi chora-tadbirlar 
ichida alohida o'ringa ega. O'z ichiga mahsulotni differensiyalash 
va diversifikatsiyalashni kiritadi; 2) bozorga yangi mahsulotni yoki 
mahsulotlar guruhini olib kirish.
TOVAR ISHLAB CHIQARISH - oldi-sotdi orqali tovarlarni ayirboshlash
uchun mahsulotiarni ishlab chiqarish. U ibtidoiy tuzum yemirilishi 
davrida vujudga kelgan. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kdishi 
sabablari quyidagilar: ijtimoiy mehnat taqsimoti; tovar ishlab 
chiqaruvchilarning xususiy mulkni vujudga kelishi natijasida 
alohidalashuvi. Bozor iqtisodiyotinlng o'zi tovar ishlab chiqarishga 
asoslangandir. Tovar ishlab chiqarish umuminsoniy hodisa 
hisoblanadi. Tovar ishlab chiqarishni qiymat qonuni talab va taklif 
qonuni, pul muomalasi qonunlari tartibga soladi.
TOVAR ISTE’MOLI - sotib olingan mahsulotdan foydalanish, uni ishlatish
jarayoni.
TOVAR KAFOLATI - tovarning iste’mol jarayonida ma’lum davr ichida o'z
foydali funksional xossalarini to'la saqlab qolishi bo'yicha olingan 
javobgarlik, mas’uliyat.
TOVAR MARKASI 
-
bir 
ishlab 
chiqaruvchi, 
sotuvchi 
tovarlarini
umumlashtiruvchi va boshqalar tovarlaridan ajratib turuvchi nom, 
termin, belgi, tasvir, timsol yoki ularning birgalikdagi yaxlit shakli.
TOVARNARXI - ayirboshlashda tovar uchun to'lanadigan mablag', pul miqdori.
TOVAR NOMENKLATURASI - muayyan sotuvchi tomonidan xaridorlarga
taklif qilinadigan barcha tovar assortiment guruhlari va tovar 
birikmalarining yig'indisi. Tovar nomenklaturasi uning kengligi 
(assortiment guruhlari soni), to'yinganligi (ayrim tovarlar soni), 
chuqurligi (tovar taklifi variantlari), uyg'unlashuvi (tovarlarning 
turli xil assortiment guruhlari o'rtasidagi yaqinlik) nuqtai nazaridan 
ta’riflanadi.
TOVAR O'RAM I - tovarni solish, joylash, saqlash uchun xizmat qiladigan idish.
TOVAR OBOROTI - tovarlarning aylanishi, ishlab chiqarish va iste’molni bir-
biriga bog'lovchi takror ishlab chiqarish jarayonining bosqichi. 
Tovar muomalasi sohasida ishlab chiqarilgan mahsulot oldi-sotdi 
orqali ayirboshlanadi. Tovar oborotining aniq tashkil etilishi ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishga olib keladi. Tovar muomalasi 
sohasi tarmoqlar (savdo, tayyorlov) uchun tovar oboroti ular
419


faoliyatlarining asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birga 
tovar oboroti tovar muomalasi ko'lamlarini ko'rsatuvchi muhim 
xalq xo'jaligi ko'rsatkichi hisoblanadi.
TOVAR SIFATI - tovarni iste’mol qilish va undan foydalanish jarayonida aniq
ehtiyojni qondirish darajasi.
TOVAR SILJITISH - tovar haqidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga yetkazish va
singdirish, iste’molchilar bilan aloqa o'rnatish faoliyati.
TOVAR SIYMOSI - tovarning iste’molchilar ongida shakllangan tasawuri.
TOVAR SIYOSATI - tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga erishishga
yo'naltirilgan tadbir va strategiyalar majmuyi, yangi tovar yoki 
tovarlar guruhini bozorga olib kirish (innovatsiya), bozorda mavjud 
bo'lgan tovarlarni zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab 
chiqarish dasturidan tovar ishlab chiqarishni chiqarib tashlash 
(eliminatsiya), shuningdek, assortment siyosatidan iborat.
TOVAR SOTISHNI RAG'BATLANTIRISH - turli vositalar, usullar, tadbirlar
yordamida tovar sotuvchilar va oluvchilarning qiziqishini 
kuchaytirish.
TOVAR STRATEGIYALARI - 1) tovar siyosatining korxonaga tovar hayotiylik
davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining 
barqaror bo'lishini ta’minlashi mumkin bo'lgan asosiy prinsipial 
yo'nalishlari.Tovarstrategiyasiningasosiyturlari:tovaryokixizmatlar 
innovatsiyasi, variatsiyasi, eliminatsiyasi; 2) tovar nomenklaturasini 
optimallashtirish yo'nalishlarini ishlab chiqish hamda firmaning 
samarali faoliyat ko'rsatishi va raqobatbardoshligini ta’minlash 
uchun sharoitlar yaratuvchi tovarlar assortimentini aniqlash.
TOVARTAKLIFI - bozorda mavjud bo'lgan tovarlar majmuyi.
TOVAR TANNARXI - tovarni ishlab chiqarish uchun bevosita, to'g'ridan-to'g'ri
qilingan xarajatlar qiymati.
TOVAR TAQCHILLIGI - bozorda tovarlarning muntazam va surunkasiga
yetishmay, ularga bo'lgan talabning doimo qondirilmasligi.
TOVAR TARQATISH - ishlab chiqarilgan tovarlarni iste’molchilarga yetkazib
berish faoliyati.
TOVAR TARQATISH KANALI - tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan
iste’molchilarga bo'lgan makon va zamonda tovar harakatini amalga 
oshirish va mulk huquqini o'z zimmasiga oladigan tashkilotlar, 
korxonalar, shaxslar to'plami; ishlab chiqarishdan iste’molgacha 
tovar o'tadigan yo'l.
4
2
0


TOVAR VARIATSIYASI - ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo'lgan
tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki ko'rsatkichlarini o'zgartirish 
yo'li bilan modifikatsiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), 
estetik (dizayni, rangi, shakli), simvolik (tovar markasining nomi) 
xususiyatlari va firmaning bo' linmalari faoliyati bilan b og' liq b о ' lgan 
xususiyatlari o'zgartirilishi mumkin. Tovar sifatini yaxshilash, uning 
foydaliligini oshirish, shakli va stilini yaxshilash strategiyasi tovar 
modifikatsiyasining muhim strategiyasi bo'lishi mumkin.
TOVAR XO'JALIGI - tovar ishlab chiqarishga asoslangan va bozor orqali ishlab
chiqarish bilan iste’mol o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni ta’minlovchi, 
iqtisodiyotni tashkil qilishning ijtimoiy shaklidir.
TOVAR XOSSALARI - tovarning iste’mol qiymati va qiymati. Tovar qiymati
tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnatdir. 
U tovarlar 
ayirboshlanishida ifoda etiladi, tovar narxining obyektiv asosi 
hisoblanadi. Qiymat miqdorini ayrim ishlab chiqarishning yakka 
tartibdagi sarflangan mehnati emas, balki ijtimoiy-zaruriy mehnat 
sarfi, ya’ni tovarning aksariyat qismini yaratish uchun ketgan, ya’ni 
o'rtacha mehnat malakasi, mehnat shiddati va texnika darajasi 
sharoitida sarflangan va ehtiyojini qondirganligi uchun jamiyat 
tomonidan e’tirof qilingan mehnat belgilaydi. Tovarning iste’mol 
qiymati uni biror-bir ehtiyojlarni qondira olishidir. Narsaning 
foydaliligi uni iste’mol qiymatiga aylantiradi va undan foydalanishda 
namoyon bo'ladi. Tovarning iste’mol qiymatlari har qanday jamiyat 
boyligining moddiy mazmunini tashkil etadi. Demak, tovar ikki 
xossaga, ya’ni iste’mol qiymati va qiymatga ega. Tovar iste’mol 
qiymati va qiymatning birligidan iborat.
TOVARDA 
GAVDALANGAN 
MEHNATNING 
IKKI 
YOQLAMA
XARAKTERI - tovarning ikki xossasi borligiga sabab unda 
gavdalangan mehnatning ikki yoqlama xarakterda ekanligidan 
kelib chiqadi. Har bir alohida olingan tovarda nafli mehnat 
mujassamlangandir. Masalan, kostumdayigiruvchilar, to'qimachilar, 
tikuvchilar; nonda - nowoy, traktorchi, kombaynchi va boshqalar. 
Agar har bir aniq iste’mol qiymatida, masalan, kostumda ma’lum 
nafli aniq mehnat gavdalansa, uning qiymatida ish kuchi sarfi 
sifatida umumiy sarf qilingan inson mehnati gavdalanadi. Aniq 
mehnat turlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, tikuvchining 
mehnati nowoyning mehnatidan farqlanadi, chunki birinchisi 
kostum yaratadi, ikkinchisi esa non. Inson mehnatining umuman 
sarflanishi nuqtai nazaridan, ya’ni inson jismoniy, ma’naviy, ruhiy 
energiyasi nuqtai nazaridan tikuvchi va now oy mehnati bir xildir, 
ya’ni u abstrakt mehnatdir.
421 



TOVARLAR - mulkchilik huquqi qo'IIanishi mumkin bo'Igan fizik predmet
(buyum)lar. Tovarlar ayni paytda turli turdagi subyektlarda egalik 
qilish xohishini uyg'atuvchi, talab hissini tug'diruvchi predmet 
shaklida namoyon bo'lishi kerak.
TOVARLAR HAYOTIY SIKLI 
-
marketing 
nazariyasining 
asosiy
elementlaridan biri bo'lib tovarlar hayotiy sikli va uning asosiy 
bosqichlari tushunchasi xizmat qiladi. THTS konsepsiyasi asosida 
eski tovarlarni takomillashtirish va yangi tovarlarni yaratish bo'yicha 
marketing xatti-harakatlari ketma-ketligi aniqlanadi.
TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORI - 1. tovar birjalari; 2. ulgurji
bozor va chakana savdo; 3. marketing tashkilotlarini tashkil etish va 
ularning faoliyat ko'rsatishini talab etadi.
TOVARLARGA SOLIQLAR - narxdan aniq foizda tovarning har bir
birligidan absolut miqdorda belgilanadigan tovar va xizmatlarga 
soliqlar.
TOVARLARNI 
(ISHLARNI, 
XIZMATLARNI) 
REALIZATSIYA
QILISHDAN OLINGAN TUSHUM - realizatsiya qilingan
tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan (olinishi lozim bo'Igan) 
mablag'lar summasi, shu jumladan realizatsiya qilingan tovarlar 
(ishlar, xizmatlar) uchun haq to'lash yoki qarzni uzish hisobiga 
tushadigan mol-mulk qiymati.
TOVARLARNI EKSKLYUZIV TARQATISH - ma’lum hududda ayrim
tovarlarni tarqatish, sotish huquqi yagona bir vositachiga beriladi.
TOVARLARNI EKSPORT QILISH - O'zbekiston Respublikasining bojxona
hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo'lsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib 
chiqish
TOVARLARNI INTENSIV (JADAL) TARQATISH - kundalik iste’mol
tovarlarini mumkin qadar ko'proq joylarda tezroq sotish.
TOVARLARNI JALB ETIB TARQATISH - awaliga iste’molchilarda yangi
tovarga talab shakllantirish, so'ng vositachilarni jalb etish.
TOVARLARNI SELEKTIV TARQATISH - tovarlarni tarqatishda ishtirok
etishni istagan vositachilardan faqat ayrimlari jalb etiladi.
TOVARLARNI SHAXSIY SOTISH - tovar sotish maqsadida bir yoki bir necha
bo'lajak xaridor bilan suhbatlashib, tovarni og'zaki taqdim etish.
TOVARLARNI SOTISH TIZIM I - marketingning asosiy bo'g'ini va tovarni
yaratish, ishlab chiqarish va iste’molchigacha etkazish bo'yicha 
butun firma faoliyatining so'nggi qismidir.

Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin