Volume-19, Issue-1, October- 2022 29 O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 96,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix28.11.2023
ölçüsü96,93 Kb.
#168940
1   2   3   4   5   6   7   8   9
29-37

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-19, Issue-1, October- 2022
 
35
Respublikamizda xususiylashtirish bo'yicha qo’yilgan vazifa davlat sektori bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ham sezilarli rol o’ynashini inkor qilmaydi. Chunki 
iqtisodiyotning davlat korxonalari maʼlum darajada saqlanib qolishi kerak bo’lgan 
sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga 
moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab 
qilinadi. 
Mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ulardan 
samarali foydalanish, umuman iqtisodiyotni isloh qilish bo'yicha 400 dan ziyod qonun
hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilinganligi va joriy etilganligini, ularning barchasi 
iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizasiya qilishda nafaqat 
mustahkam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining kafolati 
bo’lib xizmat qilishini taʼkidlamoq zarur. 
Bu ishlarni amalga oshirishdan ko'zlangan asosiy maqsad qarovsiz holda bo'lgan 
bino va inshootlar negizida zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlarni tayyorlovchi 
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etib, qo'shimcha o’rinlarini yaratishdir. Bu 
esa, o'z navbatida, bozorlarimizni xaridorgir va import o'rnini bosuvchi ko'plab yangi 
turdagi tovar hamda mahsulotlar bilan boyitish, eng muhimi, aholi bandligini 
taʼminlash va turmush farovonligini bundanda yuksaltirishga xizmat qiladi. Davlat 
aktivlarini boshqarish agentligi tashkil qilingandan so’ng o'tgan qisqa vaqt ichida 
muayyan ishlar amalga oshirildi. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida 
davlat mulki obʼektlarini xususiy sektorga sotishda bozor islohotlariga o'tish 
taʼminlandi, iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish, faol investisiya 
siyosatini yuritish, jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini jadal va barqaror 
rivojlantirish uchun amaliy choralar ko'rildi. 
Natijada davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlar, shu 
jumladan, investorlar o'rtasida shaffoflik va savdolarning ochikligi taʼminlandi. 2019 - 
yilning birinchi yarmida jami 384 ta davlat aktivi xususiy mulkka sotilgan: Shundan:
- 15 tasi to'lov qiymatida (obyekt va aksiya paketi (ulushi) bo'lib, 7 tasida narxini 
tushirish mexanizmi qo’llangan holda 23 994,0 mln. so'm to'lov qiymatida 9 650,0 mln. 
so'm investisiya kiritish va 25 ta yangi ish o'rni yaratish sharti bilan; 
- 293 tasi boshlang’ich narxi 1 so'm bo'lgan qiymatda o'tkazilgan savdolarda jami 
8 463.0 mln. so'm sotib olish to'lovlarini to'lash hamda 201 853,0 mln. so'm investisiya 
kiritish va 3 310 ta yangi ish o'rni yaratish sharti bilan; 
- 76 tasi "nol" xarid qiymatida jami 146 213,0 mln. so'm va 37 860,0 ming AQSh 
dollari ekvivalentida investisiya kiritish hamda jami 2 786 ta yangi ish o'rni yaratish 
sharti bilan sotilgan.
Shuningdek, joriy yilning 30 - iyun holatiga ko'ra, savdoda turgan aktivlar soni 
jami 186 ta bo'lib, shundan 26 tasi to’lov qiymatida, 22 tasi "nol" qiymatda hamda 138 
tasi boshlang’ich bahosi 1 so'm bo'lgan qiymatdagi obʼektlardir.



Yüklə 96,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin