Volume-19, Issue-1, October- 2022 29 O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 96,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü96,93 Kb.
#168940
1   2   3   4   5   6   7   8   9
29-37

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-19, Issue-1, October- 2022
 
34
Shuningdek, 2017 - yil 23 - fevralida Prezidentning "Tadbirkorlarning ishlab 
chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari 
to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, 2017 - yilgacha bo'lgan davrda 
xususiylashtirilgan 39631 ta korxona va obʼekt mavjud bo'lib, ulardan 22921 tasi 
hozirda faoliyat ko'rsatmoqda. 12616 tasi esa turli sabablarga ko’ra ishlamaydi. 
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 20 - oktyabrdagi 
"Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institusional bazasini 
yaratish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'grisida"gi PQ-3980-sonli 
Qarori ham qabul qilindi. Unga ko’ra, anʼanaviy ravishda davlat tasarrufida va 
boshqaruvida bo'lgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada to'planib qolgan 
muammo va kamchiliklar davlat-xususiy sheriklik tizimini joriy etishni 
jadallashtirishga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat aktivlarini boshqarish, 
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to'grisida» 2019 - yil 14 - yanvardagi PF-5630-son 
Farmoni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Davlat 
aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to'grisida»gi 2019 - yil 14 - 
yanvardagi PQ-4112-sonli qarori qabul qilindi. 
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining faoliyati xususiylashtirish bo'yicha 
chora-tadbirlarni amalga oshirishda ochiklik, shaffoflik, davlat va jamoatchilik 
nazorati. Fuqarolar ishtirokining teng huquqliligi, ularning ijtimoiy himoyasini 
taʼminlash va "Raqobat to'g'risida"gi Qonun talablariga rioya etishga qaratilgan. 
Mamlakatimizda xususiylashtirish jarayoni elektron tarzda amalga oshirilmoqda. 
Bunda aksiyalar bo'yicha ochiq birja savdolari va birjadan tashkari savdolar (uzse. uz), 
qolgan barcha davlat aktivlari bo'yicha esa elektron onlayn auksion savdolar (e-
auksion.uz), shuningdek, davlat obʼektlarini investisiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni 
belgilagan xolda "nol" xarid qiymatida sotish, davlat xususiy sheriklik asosida sotish 
(aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berish)dan foydalanilmoqda.
Ushbu yaratilayotgan qulayliklar tadbirkorlarning nafaqat mahalliy, balki tashqi 
bozorlarni ham puxta o'rganayotgani inobatga olinsa, auksion savdolarning elektron 
onlayn tizimga o'tkazilishi ham qulaylik, ham kamxarjlilik jihati bilan barcha 
manfaatdor tomonlarga mos keladi.
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida xususisy mulk va uning asosida 
rivojlanayotgan xususiy tadbirkorlikka keng e’tibor berilmoqda. eʼtibor berilmokda.
Qishloq xo'jaligi, qurilish, savdo, xizmat ko'rsatish sohasi singari tarmoqlar, uy-
joy fondi to’liq xususiy mulk egalari tasarrufiga o'tkazildi. Iste’mol tovarlari ishlab 
chiqaradigan, oziq-ovqat, tikuvchilik mahsulotlari, to’qimachilik, charm-poyafzal
mebel va farmasevtika sanoati tarmoqlarida davlatning ulushi anchaga kamaytirildi. 



Yüklə 96,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin