часть
2
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
1264
Ta'limiy maqsad shundan iboratki, bola ta'lim jarayonida o‘zining aqliy ehtiyojlarini
qondirib, uni o‘rab turgan haqiqatni anglab boradi.
Ta'limning tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadlari o‘qitishning
munosib vosita, usul va uslublarini tanlash sharti bilan tadbiq etiluvchi va uslubiy
tamoyillarni belgilovchi asosiy faktor bo‘lib xizmat qiladi..
Pedagogning maktabgacha ta'limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga
oshirishga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini belgilashda 3ta sohani inobatga olish lozim: shaxs,
faoliyat bo‘yicha va refleksiv.
Shaxs sifatida tayyorgarlik – bu pedagogik tafakkur (gnostik, ya'ni aqliy qobiliyatlar -
ilmiy ma'lumotlarni farqlash malakalari, amaliy faoliyatda ilmiy bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash,
pedagogik vazifalarni malakali xal etish); pedagogik maqsadni belgilash (tashkilotchilik
qobiliyatlari - o‘qitish va takrorlash uchun optimal sharoit yaratish malakalari,
mashg‘ulotning kerakli shakllarini tanlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘quv jarayonini kerakli
inventar jixozlari bilan ta'minlash; o‘z mehnatini tashkil etish, har qanday tadbirlarni
rejalashtirish va o‘tkazish (ertaliklar, adabiy kechalar va boshqalar); pedagogik
yo‘naltirilganlik (kommunikativ qobiliyatlar: ma'lum bir ta'lim olayotganlar kategoriyasi
uchun hammabop shaklda ma'lumotni taqdim etish qobiliyati, vaziyatga qarab ma'lumotni
berish usul va uslublarini to‘g‘rilash, birovni ishontira olish qobiliyati, “pedagog-pedagog”,
“pedagog-ota-ona”, “pedagog-menedjer”, “pedagog-bola” darajalarida kasbiy muloqotni
savodli tuzish; bolalar jamoasida ijobiy psixologik mikroklimatni yaratish va boshqalar).
Kasbiy tayyorgarlik: pedagogik takt (intellektual mehnat bo‘yicha loyihaviy
qobiliyatlar: oddiy standartlar va qaror uslublarini olib tashlab, yangi, ajoyiblarini izlash;
ushbu va o‘z o‘zidan ma'lum narsadan yuqorilarini ko‘ra bilish; odatdagi muammolarni
asosiy bog‘liqliklarini qamrab olish; qaror qabul qilishning bir nechta turli yo‘llarini aniq
ko‘ra bilish va hayolan eng samaraligini tanlash; barcha masalalar xal etilib bo‘lingan joyda
muammoni sezish va mavjudligi; g‘oyaviy hosildorlik; bolaning individual rivojlanish o‘quv
jarayonini, innovatsion o‘quv rejasini, dasturni, o‘z faoliyatini loyihalashtirish va boshqalar).
Refleksiv tayyorgarlik: pedagogik refleksiya (refleksiv qobiliyatlar sezgirlikning 3 turini
o‘z ichiga oladi: ob'ektni his etish: real haqiqat bolalarda qanday aks-sado berayotganiga,
bunda qay darajada bolalarning qiziqish va ehtiyojlari namoyon bo‘lishiga, “ularni
pedagogik tizimning talablariga mos kelishiga” pedagogning alohida sezgirligi; me'yorni his
etish va takt turli pedagogik ta'sir ko‘rsatish vositalari ta'sirida bola shaxsida va faoliyatida
sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘lchoviga alohida sezgirlikda namoyon bo‘ladi, umuman
qanday o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, ular ijobiymi yoki salbiymi, qaysi belgilarga ko‘ra ular
haqida so‘zlash mumkin; dahldorlik hissi pedagogning shaxsiy faoliyati kamchiliklariga, ta