Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/45
tarix28.11.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#169180
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
MULOQOT MADANIYATI MODULI BO‘YICHA

«Men» - munozarada»
deb ataluvchi holat ayni bahs - munozaralar 
o‘tkazish uchun qulay, chunki unda shaxs o‘z fikrini dadil aytish uchun 
imkoniyatni his qiladi. Odatda, bunday bahslar to‘rtburchak stol atrofida 
uyushtiriladi. 
«Men» - hamkorlikdaman» 
degan holat kattaroq guruhlar tarkibida 
tashkil etiladi. Munozara a’zolari to‘rt-besh kishidan bo‘lib alohida stollar atrofida 
o‘tirib, har bir guruh o‘z qarorini chiqaradi. «Munozara» klublari» faoliyati shu 
tarzda tashkil etiladi. 
 
2-sxema 
 
«Bahs-munozara» metodi ishtirokchilarining joylashishi sxemasi 
 
 
 
 
 
 
 
Bu keltirilgan har bir xolat bahs qatnashuvchilarida o‘ziga xos ruhiy 
tayyorgarlik va mas’uliyat xissini keltirib chiqaradi. 
Demak, dars mobaynida o‘qituvchi mavzuning xarakteri va u bo‘yicha 
shakllantirish lozim bo‘lgan bilim, malaka va fazilatlarga mos tarzda munozara 
sharoitini tanlashi va shundan keyingina mashg‘ulotni boshlashi kerak. Ko‘rinib 
turibdiki, an’anaviy sinfda tashkil etiladigan mashg‘ulotlarning samaradorligi 
deyarli yo‘q, chunki ular oldingi qatorlarda o‘tirgan tinglovchilarning 
faolligigagina yo‘naltirilgan, qolganlar «o‘yindan tashqari» holatda, bu narsa 
ularning dars mazmuniga munosabatlarida bevosita aks etadi.
 
 
Kichik, tor doiralardagi ixcham guruhlarda uyushtirilgan munozaralarning 
e
rkin mavzuli, yo‘naltirilgan va aniq ssenariyli disput
turlari mavjud bo‘lib, bu 
tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining muloqot tajribasiga bog‘liqdir 
(«disput» so‘zining lug‘aviy ma’nosi - «fikrlayapman», «tortishayapman», degan 


17 
ma’nolarni bildiradi). Kichik guruhlarda tashkil qilinadigan munozaralardagi 
asosiy narsa - guruh a’zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab, har birining 
o‘z fikr-mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlari borligidir.
Bunday guruhda boshlovchi ham qatorda o‘tirib, mavzuning yechimi 
batamom hal bo‘lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. 
Lekin asosiy rol guruhning a’zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan 
norasmiy lider asosiy bahs yurituvchi bo‘lishi mumkinligini unutmasligi zarur. 
Bunday bahs-munozaralar turli sharoitda, ko‘pincha bahs ishtirokchilari uchun 
tabiiy sharoitlarda (masalan, sinfda, talabalar auditoriyalarida, ish xonalarida va 
b.da) o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.


18 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin