Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Buning uchun turli insonlar bilan suhbatlashish jarayonida bir necha



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/45
tarix28.11.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#169180
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
MULOQOT MADANIYATI MODULI BO‘YICHA

Buning uchun turli insonlar bilan suhbatlashish jarayonida bir necha 
kichik qoidalarga amal silsa bas: 
-I- suxbatdoshingizga og‘ir botadigan, xafa qiladigan, noqo‘lay vaziyatga solib 
qo‘yadigan, gapirishni istamaydigan mavzu bo‘yicha suxbatlashish mumkin 
emas; 
-I- suxbatdoshingizga o‘zingizga ta’rif, tasnif berishdan, o‘z muammo va 
yutuqlaringiz haqidagi ma’lumotga e’tiborni kuchaytirishdan qoching. suxbat 
chog‘ida o‘zingizni “men”ingizni markaziy joyga qo‘ymang, kamtar bo‘ling; 
-I- o‘zingizni fikringizni uqtirishdan oldin uyalib qolmasligingiz uchun 
hamsuxbatingizni ijtimoiy kelib chiqishi, shaxs sifatida aytilayotgan masala 
yuzasidan qanday ma’lumotga ega ekanligini bilib olgandan so‘ng suxbatga 
kirishing; 
-I- suxbatdoshingizni hurmat qilishga qrganing, hatto uning fikrini siz 
noto‘g‘ri deb bilganingizda ham oxirigacha eshiting -I- boshqa insonlarni 
g‘iybat qilishdan, ularni muammosi haqida gaplashish ham axloqsizlik 
sanaladi; 
Har qanday suxbat birinchi navbatda ma’lumotlar almashinuvidir. Suxbat 
jamoat joylarida yoki ko‘chada bo‘lsa boshqalarni o‘ziga jalb qilmagan xolda ovoz 
oxangini pastlatish lozim. Tez yoki xaddan tashqari cho‘zilib gapirish ham 
ma’lumotni o‘zlashtirishga xalakit beradi. Kam muomalada bo‘lgan, yaxshi 
tanimaydigan insonlar bilan muloqatda bo‘lishda hammaga tushunarli bo‘lgan 
yengil mavzu tanlab olinadi. Masalan, futbol, seriallar, telekursatuvlar v.x.k. xech 
qachon oilaviy muammolar, shaxsiy xayotdagi kelishmovchiliklar, o‘zi 
tushunmagan va ma’lumotga ega bo‘lmagan. Tor mutaxassislikka oid mavzularda 


32 
gaplashish mumkin emas. 
Hamma xursand xolatda suxbatlashayotgan xolatda kayfiyatni tushuruvchi 
qo‘rqinchli voqealar, ko‘ngilsiz holatlar haqida gapirish boshqalarning kayfiyatini 
tushurib yuboradi. Kasal ko‘rgani borganda o‘lim haqida, uning kasalining tarixi, 
mayda-chuydalari haqida gapirish mumkin emas. Uning o‘rniga yolg‘on bo‘lgan 
taqdirda ham, ko‘rinishi yaxshiligi, albatta to‘zalib ketishi mumkinligi borasida 
suxbat qurish lozim. Dasturxon atrofida ishtaxani bug‘uvchi mavzular haqida 
gapirilmaydi. Taomni yomonlash, kamchilik axtarish mumkin emas, balki 
pishirgan insonni ko‘nglini ko‘tarish lozim. 
Tarbiyali va madaniyatli inson umumiy tanish haqida fikr bildirayotganda 
yolg‘on ishlatmaydi, u haqida noloyiq so‘zlar aytmaydi. Bir inson haqida (xatto u 
yomon inson bo‘lganda ham) fikr bildirayotgan paytda u kirib qolsa, miyig‘ida 
kulib, iboli qarash, piching, qochiriqlar qilish, ba’zida betga aytgan haqiqiy 
fikrdan ham qattiq dilga ozor beradi. Suxbatlashishning chog‘ida inson tinglashni 
ham bilmog‘i darkor. 
Tinglash faqat eshitib o‘tirish degani emas. Yaxshi suxbatdosh o‘z 
suxbatdoshi fikrini mantiqiy tugatgandan so‘ng, o‘z fikrini to‘liq bayon qilib 
beruvchi insondir. Juda ham kerak bo‘lib qolgan vaqtda kechirim surab, masalan, 
“Kechirasiz, menimcha shu fikringiz...” yoki “Fikringizni bo‘lganim uchun uzr 
surayman, menimcha.” bu vaqtda gapirayotgan odam suxbatdoshiga imkon berishi 
lozim. Insonning dunyoqarashi haqida gap ketganda albatta yoshlar bilan kattalar 
o‘rtasida tushunmovchiliklar bo‘ladi. Shunday paytlarda yoshlar o‘zlarini fikrlarini 
yoqlamasdan “xo‘p” deb mavzuni o‘zgartirishlari kattalarning dili og‘rib 
qolishidan saqlaydi. 
Suxbatdoshingizning fikrini noto‘g‘ri deb bilgan taqdiringizda ham tarbiyali 
va kamtar inson sifatida munosabatda bo‘lib “menimcha, adashdingiz”, “uzr men 
boshqa fikrdaman”, “kechirasiz, men sizning fikringizga qo‘shilmayman” degan 
iboralar bilan murojaat qilinadi. Xech qachon “umuman noto‘g‘ri”, “bu to‘g‘rida 
xech narsani tushunmaysiz”, “bu narsani yosh bola ham biladi” degan iboralarni 
ishlatish mumkin emas. 
Nazorat savollari: 
1.
Muloqot deganda nimani tushunasiz? 
2.
Muloqot turlari xakida nimalarni bilasiz?
3.
Muloqot muammosi bilan kaysi olimlar kuprok shug‘ullanganlar? 
4.
Muloqotchanlikni kanday tarbiyalash mumkin? 
5.
Insonlar bilan suxbatlashish jarayonida bir necha kichik qoidalarga amal 
qilishi kerak? 


33 
6.
Muloqot jarayonida qanday psixologik to‘siqlar mavjud? 
7.
Muloqotning nechta funksiyasi mavjud? 
Foydalanish uchun tavsiya etiladigan ukuv-uslubiy adabiyotlar 
ruyxati 
1. Alimjonova Z., Tulaganov A.N., Nutq san’ati.- T., Fan, 2005. Bobonazarova B. 
2 2. Nutq san’ati. -T., O‘zDSI, 2004 Djuldikaraeva X. Nutq san’ati (Talaffo‘z 
texnikasi).- T., O‘zDSI, 2008 
3. Jumaniyozov R. Nutqiy maxorat (Notik, nutq, mantik). - T., Adolat, 2005 
4. Jumanov I. Nutq san’ati. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, T., 2007 
5. Kilichev E., Kilichev B.E. Notiklik madaniyati. Bo‘xoro, 2005. Kueturov R.,
6. Begmatov E., Tojiev Yo. Notiklik madaniyati. T.: 1992.
7. Nosirova A. Jonli so‘z san’ati asoslari.- T., 2003
8. Nurmuhammedova U. Nutq san’ati. - T., O‘zDSI, 2008. 
9. Rasulova A. Nutq san’ati. - T., 2006. 
10. Saidov U. Nutq madaniyati va notiklik san’ati. - T.: Akademiya, 2007 
11. Xojimatova M. Nutq san’ati / -T., Yangi asr avlodi, 2011 


34 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin