Quyida biz muloqot chog‘ida ishlatiladigan ayrim harakat va holatlar ma’nosi haqida fikr yuritamiz: Qo‘llar tana bo‘ylab pastga tushirilgan - har qanday sharoitda xotirjam va
aql bilan harakat qila oladigan, o‘ziga ishongan kishi. Uning so‘zlari hamda xatti-
harakatlari chuqur o‘ylangan va mantiqli. Bu xolatdagi odam ochiq va boshqalar
kutganidek o‘zini tabiiy tutadi.
Qo‘llar chuntakda yoki belda - agressiv va xujumga o‘tishga shay bo‘lgan
kishi. Agar sizning tanishlaringizdan birortasi ko‘pincha shunday xolatni egallasa,
bu uning avtoritarligi boshqalarga ta’sir va hukm o‘tkazishga intilishidan darak
beradi.
Qo‘llar ko‘krakda chalishtirilgan - o‘ziga ishonchsizligini yashirishga
harakat
qilayotgan kishi. Chalishtirilgan qo‘llar ximoya reaksiyasi bo‘lib,
muloqotda, o‘zaro bir-birini tushunishda to‘siq mavjudligini namoyish etadi. Agar
tinglovchi
shunday
xolatni
egallasa,
bu
uning
sizning
fikringizga
qo‘shilmayotganligi, gapingizni eshitishga xohishi yo‘qligidan darak beradi.
Mabodo, gapirayotgan odam shunday xolatni egallasa, uning gaplarining
to‘g‘riligiga, chin ko‘ngildan chiqayotganligiga shubxa bilan qarashga asos
bo‘lishi mumkin.
Qo‘llar orqada chalishtirilgan - ongsiz ravishda o‘z qo‘rqmasligini namoyish
etish maqsadida qorinni hamda ko‘krakni oldinga chiqarishga imkon yaratuvchi
o‘z-o‘ziga ishonch va ustunlik ishorasi. Stress vaziyatida xuddi shunday xolatni
egallash orqali birmuncha yengil tortish, erkinlik va o‘z-o‘ziga ishonchni xis qilish
mumkin. Tutib turgan qo‘l ikkinchi qo‘lning kanchalik yuqorisidan ushlagan
bo‘lsa, kishining shunchalik ko‘proq jaxli chiqayotgan bo‘ladi. Bu xolatda kishi
o‘zini nazorat qiladi va barcha haqiqatni aytayotganligiga ishonish qiyin.
Shartli ravishda barcha xolat va jestlarni
yopiq (oyoqlar va qo‘llar chalishtirilgan), o‘zini ximoya qilish,
nosamimiylik, yomon niyatni anglatuvchi hamda o‘z
38
o‘ziga ishonch, xotirjamlik, muloqotga moyillik va hamfikrlilikni bildiruvchi