73
EMPATIYa -
(yunon. emratheia birgalikda dardlashmoq) - boshqa
odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga
hamdardlik qilish qobiliyati
O'YIN -
faoliyat turlaridan biri. Bu bolalarning kattalar faoliyatini, ularning
ish-
harakatlarini, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni aks ettirishda
ifodalanadigan va tevarak-atrofdagi borliqni bilishga qaratilgan faoliyatidir.
O'Z-O'ZINI KUZATISh -
odamning o'z psixik holatlari bilan o'z
xatti-
harakatlarini, o'rganishdan iborat usul.
O'Z-O'ZINI TUTA BILISh -
shaxsning muayyan sharoitlarda ortiqcha fikr,
his- tuyg'u, xatti-harakatlarini ongli ravishda tiyib turish, o'z fikr, hissiyot va
harakatlarini maqsadga muvofiq yo'naltira olishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
QAROR QABUL QILISh
- masalani xal qilish, echish usullaridan birini
tanlash.
QIZIQISh
- shaxsning o'zi uchun qimmatli va yoqimli bo'lgan
muayyan
narsa yoki hodisalarga munosabati. Q. keng va tor, chuqur va yuzasi,
barqaror
bo'lishi mumkin.
QISQA MUDDATLI XOTIRA
- qisqa muddatga esda qoldirishni
ta'minlaydigan xotira turi.
QOBILIYaTLAR
- shaxsning ma'lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va
osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta'minlaydigan individual psixologik
xususiyatlar.
Dostları ilə paylaş: