335
chiqarishdagi shikastlanishlar va xodimlarning sogʻligʻi sababli chetlanish
holatlarini kamaytirish; talofatsizlik va ishlab chiqarish xavfsizligini
oshirish orqali sodir boʻladi.
Masalan, raqamli texnologiyalar ilgari aniqlab boʻlmaydigan sanoat
hodisalarini aniqlashga qodir – bu xodimlar xavfli yoki yopiq joylarda
ishlaganda yoki shaxsiy himoya vositalarining yetishmasligida qoʻl keladi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarishning muayyan bosqichlarida xodimlar
faoliyati toʻgʻrisidagi “raqamli” ma’lumotlar, shuningdek real vaqtda
olingan avtomatik ravishda bajarilgan ishlarning davomiyligi barcha
xodimlar ish kunlarining raqamli modelini tuzish va shu ma’lumot asosida
korxonadagi jarayonlarni tahlil qilish imkonini beradi.
Korxonaning
xavfsizligini
oshirish
haqida
gap
ketganda,
CenterVision video analitik tizimini ishlab chiqqan kompaniya 98%
aniqlik bilan ob’yektlarni tanib olish, shuningdek, butun ishlab chiqarish
jarayonini batafsil kuzatib borish va xavfsizlik qoidalarini buzganlik
toʻgʻrisida hisobotlarni tayyorlashga qodir boʻlgan tekshirilgan tizimlarni
ishlab chiqadi.
Raqamlashtirishning imkoniyatlari va afzalliklari kamdan-kam
hollarda, munozaraga sabab boʻladi. Statistikaga koʻra, raqamli
iqtisodiyotning Rossiyada ulushi 5%, Gʻarbiy mamlakatlarda - 16-35%;
innovatsion sanoat korxonalari soni 11% ni, ba’zi Gʻarbiy mamlakatlarda
60% gacha; yuqori texnologiyali va bilim talab qiladigan sohalarda band
boʻlganlar soni 4% ni, Gʻarbiy mamlakatlarda - 6% ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: